Aqlli odamlar dangasa bo‘lishadi degan gapni o‘qigandim qayerdadir.
Rost shu. Nega deganda, ular bir ishni bajarish uchun mehnat qilishdan qochib, osonroq yo‘l qidirishadi va jamiki e‘tiborlarini shunga qaratib, qandaydir yangilik yaratib qo‘yishadi.
Meniyam o‘z sohamda, yoki real hayotda mehnat qilib topganimdan ko‘ra telegramda ancha ko‘p daromad ishlaganman.😄
Chunki, mehnat qilishga erinib kanal ochgandim bir paytlar. Hozir esa yangidan-yangi g‘oyalarga asos bo‘lmoqda )
In conclusion, be lazy. (That‘s joke guys. Work harder and think smarter)
@Taqdir_bitiklari
Rost shu. Nega deganda, ular bir ishni bajarish uchun mehnat qilishdan qochib, osonroq yo‘l qidirishadi va jamiki e‘tiborlarini shunga qaratib, qandaydir yangilik yaratib qo‘yishadi.
Meniyam o‘z sohamda, yoki real hayotda mehnat qilib topganimdan ko‘ra telegramda ancha ko‘p daromad ishlaganman.
Chunki, mehnat qilishga erinib kanal ochgandim bir paytlar. Hozir esa yangidan-yangi g‘oyalarga asos bo‘lmoqda )
In conclusion, be lazy. (That‘s joke guys. Work harder and think smarter)
@Taqdir_bitiklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Taqdir bitiklari
Aqlli odamlar dangasa bo‘lishadi degan gapni o‘qigandim qayerdadir. Rost shu. Nega deganda, ular bir ishni bajarish uchun mehnat qilishdan qochib, osonroq yo‘l qidirishadi va jamiki e‘tiborlarini shunga qaratib, qandaydir yangilik yaratib qo‘yishadi. Meniyam…
Bu postdan keyin kommentariyani to‘ldirib tashlaydiganlar topiladi.
"Meni aytyapti", "Men uchiga chiqqan aqlli ekanman unda", deb.
Hoy baraka topogurlar, aqlli dangasalar ishni bitirish haqida o‘ylab yotishadi. Dangasa dangasalar esa, ishni bitirish tugul, qanday qilib shu ishni qilmaslik haqida bahona qidirib yotishadi. ))

#aqlingizga_tasanno ))
– Nechta tilni bilasiz?
– Uchta: o‘zbek, ingliz, rus.
– Unday bo‘lsa, ingliz tilida "ona", nima degani?
– Mère.
– Iye, bu fransuz tilida-ku?!
– Unaqada to‘rtta til bilar ekanman-da!

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Juma ayyomingiz muborak aziz dindoshim! 🕌🌙
Yaqinlaringizni Sayyidul Ayyom bilan qutlang🌙
@Taqdir_bitiklari ☕️

#voy_ablah ))
— Teshavoy, ko‘chadan yuz ming dollar topib olsang nima qilasan?
— Nima qilardim, ellik mingini biznesga tikaman, yigirma mingiga mashina olaman, qolgan o‘ttiz mingini uyga boshlang‘ich to‘lov qilib, kereditni sekin yopib yuraveraman...
— Menga hozir 5 million so‘m kerak-da, berib turmaysanmi?
— Yo‘q og‘ayni, to‘g‘ri tushun, o‘zimniyam kereditim bor-da...

#qanday_qilib
— Miyadagi pulni plastik kartaga qanday qilib o‘tkazsa bo‘ladi?🧐
P.S: Kommentariyalarni o‘qib, shunaqa rukn boshlagim keldi. Qiziq savollar berib turaman endi. Eng kreativ javob bergan odamni donolar donosi, deb e‘lon qilib turaman keyingi safariga.😄
@Taqdir_bitiklari
— Miyadagi pulni plastik kartaga qanday qilib o‘tkazsa bo‘ladi?
P.S: Kommentariyalarni o‘qib, shunaqa rukn boshlagim keldi. Qiziq savollar berib turaman endi. Eng kreativ javob bergan odamni donolar donosi, deb e‘lon qilib turaman keyingi safariga.
@Taqdir_bitiklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Kecha youtubeda Oskar mukofotiga da‘vogar 15 daqiqalik film e‘tiborimni tortdi.
Kichkinagina 2-sinf o‘quvchisi o‘z ustozini sevib qoladi. Hamda, unga uzuk sovg‘a qiladi. O‘qituvchi ayol ham unga bolalarcha yumshoqlik bilan o‘z hursandchiligini yashirmaydi.
Biroq, bola bunga ishongandi. Keyingi kuni ustozini bir yigit bilan ko‘rib, uni duelga taklif qiladi. U ham bolakayni hafa qilmaslik uchun ertasiga qizni kutish chog‘ida bolaning yoniga boradi.
Mana shu joyida haqiqiy tuyg‘ular to‘qnashuvini kuzatish mumkin. Bolakay chindan ham ustozini yaxshi ko‘rardi. Shu sababli yigitni tovbasiga tayantiradi. Kap-katta yigit mushtdek boladan qo‘rqib, yig‘lab, unga uylanmasligini tan oladi. Qiz ham qo‘lidagi nikoh uzugini otib yuboradi bu holni ko‘rib yigitdan ko‘ngli qolgancha.
Ana sizga kino! Yaxshisi buni ko‘rish kerak.
Aytgancha, tili inglizcha. Men deyarli aytib berdim, endi tushunmasangiz ham tushunasiz.😅
@Taqdir_bitiklari
Kichkinagina 2-sinf o‘quvchisi o‘z ustozini sevib qoladi. Hamda, unga uzuk sovg‘a qiladi. O‘qituvchi ayol ham unga bolalarcha yumshoqlik bilan o‘z hursandchiligini yashirmaydi.
Biroq, bola bunga ishongandi. Keyingi kuni ustozini bir yigit bilan ko‘rib, uni duelga taklif qiladi. U ham bolakayni hafa qilmaslik uchun ertasiga qizni kutish chog‘ida bolaning yoniga boradi.
Mana shu joyida haqiqiy tuyg‘ular to‘qnashuvini kuzatish mumkin. Bolakay chindan ham ustozini yaxshi ko‘rardi. Shu sababli yigitni tovbasiga tayantiradi. Kap-katta yigit mushtdek boladan qo‘rqib, yig‘lab, unga uylanmasligini tan oladi. Qiz ham qo‘lidagi nikoh uzugini otib yuboradi bu holni ko‘rib yigitdan ko‘ngli qolgancha.
Ana sizga kino! Yaxshisi buni ko‘rish kerak.
Aytgancha, tili inglizcha. Men deyarli aytib berdim, endi tushunmasangiz ham tushunasiz.
@Taqdir_bitiklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#shunaqa_gaplar
Filga ishva qil deyishganda uchta do‘konni buzib yuborgan ekan.
Eplagan qilsa-da)
@Taqdir_bitiklari
Filga ishva qil deyishganda uchta do‘konni buzib yuborgan ekan.
Eplagan qilsa-da)
@Taqdir_bitiklari
#yaxshi_tilak
O‘n besh yoshing g‘am va alamlarga to‘la o‘tsin.
Hurmat bilan otang va onang.
Wednesday filmidan🤷♀️
@Taqdir_bitiklari
O‘n besh yoshing g‘am va alamlarga to‘la o‘tsin.
Hurmat bilan otang va onang.
Wednesday filmidan
@Taqdir_bitiklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Odatda deyarli kino ko‘rmayman. Ammo, istisno bo‘lib turibdi hozirda.
Kecha "Слуга народа" (Xalq xizmatchisi) nomli kino ko‘rdim. Unda Ukrainaning hozirgi prezidenti Volodimr Zelenskiy asosiy rolni ijro etgan. U dastavval tarix o‘qituvchisi bo‘ladi va kutilmaganda achchiq haqiqatlarni aytgan videosi internetda tarqalib ketib, prezidentlikka saylanib qoladi.
U nihoyatda xalqparvar, hamda to‘g‘ri odam edi. Shu sababli prezidentligi uchun o‘ziga berilgan cheksiz imkoniyatlardan foydalanishni rad eta boshlaydi. Hamda, ishga ham avtobus yoki taksida borishni afzal ko‘radi.
Sirasini aytganda biroz ko‘raman, deb ocirigacha ko‘rib qo‘yibman bir o‘tirishda.
Eng qiziq joyi shunda-ki, Zelenskiy shu kino namoyishidan (2016-yil. U paytda Zelenskiy QVZ jamoasi a‘zosi edi) uch yil o‘tib, 2019-yilda rostdan ham Ukraina prezidentiga aylanadi. Tasodifni qarang. ))
Maslahat beraman ko‘rishni.
@Taqdir_bitiklari
Kecha "Слуга народа" (Xalq xizmatchisi) nomli kino ko‘rdim. Unda Ukrainaning hozirgi prezidenti Volodimr Zelenskiy asosiy rolni ijro etgan. U dastavval tarix o‘qituvchisi bo‘ladi va kutilmaganda achchiq haqiqatlarni aytgan videosi internetda tarqalib ketib, prezidentlikka saylanib qoladi.
U nihoyatda xalqparvar, hamda to‘g‘ri odam edi. Shu sababli prezidentligi uchun o‘ziga berilgan cheksiz imkoniyatlardan foydalanishni rad eta boshlaydi. Hamda, ishga ham avtobus yoki taksida borishni afzal ko‘radi.
Sirasini aytganda biroz ko‘raman, deb ocirigacha ko‘rib qo‘yibman bir o‘tirishda.
Eng qiziq joyi shunda-ki, Zelenskiy shu kino namoyishidan (2016-yil. U paytda Zelenskiy QVZ jamoasi a‘zosi edi) uch yil o‘tib, 2019-yilda rostdan ham Ukraina prezidentiga aylanadi. Tasodifni qarang. ))
Maslahat beraman ko‘rishni.
@Taqdir_bitiklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Juma ayyomingiz muborak aziz dindoshim! 🕌🌙
Yaqinlaringizni Sayyidul Ayyom bilan qutlang🌙
@Taqdir_bitiklari ☕️
Yaqinlaringizni Sayyidul Ayyom bilan qutlang🌙
@Taqdir_bitiklari ☕️
Svet o‘chmasayam ga‘lati bo‘larkan. Odam chidolmayapti.)
Ha, aytgancha yurtboshimiz Namangandalar-ku. Shu yerlarga ko‘proq kelib tursalar ham mayli derdik.
@Taqdir_bitiklari
Ha, aytgancha yurtboshimiz Namangandalar-ku. Shu yerlarga ko‘proq kelib tursalar ham mayli derdik.
@Taqdir_bitiklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
* * *
Siz ketasiz, jon qoladi tirnalib,
Yashash kerak dilda yara, iz bilan.
Kun o‘tadi, oy o‘tadi qiynalib,
Yana qachon ko‘rishamiz siz bilan?..
Yuragimning bir bo‘lagi, kamisiz,
Tomog‘imda mudom yig‘i kabisiz,
Sog‘inaman, ketmay turib hali siz,
Yana qachon ko‘rishamiz siz bilan?..
Ko‘zingizda ruh poklansin yuvilib,
Ko‘ksingizda tursin ko‘zim yumilib,
O‘lish uchun mehringizga ko‘milib,
Yana qachon ko‘rishamiz siz bilan?..
Ayting, qachon ko‘rishamiz siz bilan?😉
@Taqdir_bitiklari
Siz ketasiz, jon qoladi tirnalib,
Yashash kerak dilda yara, iz bilan.
Kun o‘tadi, oy o‘tadi qiynalib,
Yana qachon ko‘rishamiz siz bilan?..
Yuragimning bir bo‘lagi, kamisiz,
Tomog‘imda mudom yig‘i kabisiz,
Sog‘inaman, ketmay turib hali siz,
Yana qachon ko‘rishamiz siz bilan?..
Ko‘zingizda ruh poklansin yuvilib,
Ko‘ksingizda tursin ko‘zim yumilib,
O‘lish uchun mehringizga ko‘milib,
Yana qachon ko‘rishamiz siz bilan?..
Ayting, qachon ko‘rishamiz siz bilan?
@Taqdir_bitiklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Suratda Toshkent shaxrida yashovchi Abdivokhapova Umidaning farzandi - Qodirov Muhammadjon.
2018-yilda tug’ilgan
Qodirov Muhammadjonga Salomiy Sudirgi tashxisi qo’yilgan.
Endilikda Muhammadjonda miya yemirilishi boshlangan❕
Kasalning Hindistonda davosi topildi. Muhammadjon sahovatpesha insonlarning ko’magiga muhtoj. Hindistonda davolanishiga 17000$ ketadi aperetsaga yig"ildi 5000💲
Karta raqami:
Uzkart: 8600 3329 9440 2091
Humo kart: 9860 0201 1341 1159
Ushbu kartalar onasi Abdivokhapova Umidaning nomida.
Onasining Telefon raqami:
+998998105027
Sizlardan Muhammadjonning holatiga befarq bo’lmasligingizni so’rab qolamiz.
Beminnat, beg’araz qilingan yaxshilikni Robbimiz mukofotlasin!
Robbimiz qalblarimizni ulfat etsin. Himmatimizni baland aylasin.
Har kim qo’lidan kelgancha (10.000 so’m) bo’lsa ham yordam bersa edi…

#ana_xolos
— Aka, mang sizga qand.
— Rahmat, mehribon ukajonim!
— Shirinmi?
— Albatta shirin.
— Unda nega buni Bobikka bergandim yemasdan tuflab tashladi?
@Taqdir_bitiklari
— Aka, mang sizga qand.
— Rahmat, mehribon ukajonim!
— Shirinmi?
— Albatta shirin.
— Unda nega buni Bobikka bergandim yemasdan tuflab tashladi?
@Taqdir_bitiklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Juma ayyomingiz muborak aziz dindoshim! 🕌🌙
Yaqinlaringizni Sayyidul Ayyom bilan qutlang🌙
@Taqdir_bitiklari ☕️
Yaqinlaringizni Sayyidul Ayyom bilan qutlang🌙
@Taqdir_bitiklari ☕️
Poyezddayam yo‘llar yama-ya!
Aytganca, poyezdni amartizatori ketibdi. Taqir-taqir qilyapti yurganda. Yoki dami chiqib ketgan shekilli. Kimda nasos bor? 🤪😄
@Taqdir_bitiklari
Aytganca, poyezdni amartizatori ketibdi. Taqir-taqir qilyapti yurganda. Yoki dami chiqib ketgan shekilli. Kimda nasos bor? 🤪😄
@Taqdir_bitiklari
Hozirgi davrda tilimiz shu darajada qashshoqlashib ketgan-ki, xatto eng ko‘p ishlatiladigan so‘zlarimizning ham o‘z tilimizda qanday aytilishini bilmaymiz.
Ruchka, atapleniya, korobka, poyezd, vagon, montaj, sement, shifer, sideniya, kreslo, rul, vokzal, airoport, kurtka, krasovka, botinka, kafe, restoran, diskoteka, zavod, truba, balon, radio, televizor, gaz, benzin, zapravka, ochered, sharf, kepka, triko, diska, jurnal, stipendiya, grand, kontrakt, kompyuter, galstuk, stansiya, prokror, zaryadnik, prshexod, printer, kserokopiya, paynet, karta, balans, buhgalter, kalkulyator, avans, pol, tyopliy pol, potolok, samolyot, perival, ekran, batareya, kabel, rozetka, parashok, shkaf, svet, nasos, traktor, kran, bolt, gayka, klyuch, otverka, lampochka, stol, stul, parta, doska, passport, militsiya, otdel, dostavka, fontan, kachelya, makaron, zajigalka, metro...
Bular hech nima emas hali. Ancha kuzatdim. Kundalik hayotda ishlatadigan 70-75% so‘zlarimiz baynalminal ekan.
O‘z tilini bilmaydigan avlodmiz.
Menimcha asl holiga qaytishi deyarli imkonsiz endi...