Javoxir Tuxtayev | Blog orqali daromad
3.06K subscribers
111 photos
29 videos
25 links
Shunchaki boy bo’lishni emas, balki boylikka olib boradigan yo’lni sev!

Ushbu kanalda telegram blog yuritish orqali daromad qilishni o'rganamiz.

Murojaat uchun: @JavoxirTuxtayev
Download Telegram
​Aslida bu gaplarni o‘zimga aytyapman, lekin sizga ham foydali bo‘lar...

​Yillar davomida bitta narsaga amin bo‘ldim: Siz hech kimni o‘zgartira olmaysiz.

​To‘g‘ri, hammamizda o‘sha "qahramonlik" xissi bor — jamoamizni, do‘stimizni yoki yaqinlarimizni majburlab bo‘lsa ham tepaga tortgimiz keladi.

Ularga imkoniyat beramiz, motivatsiya beramiz, vaqtimizni tikamiz. Lekin bir haqiqat bor: inson o‘zi xohlamasa, siz uni o‘sha chuqurdan chiqarib ololmaysiz.

​Noluvchi va hamma narsaga bahona topadigan odamni o‘zgartirishga urinish — bu eng yomon investitsiya ekan.

Siz uni qo‘llaringiz bilan ko‘tarib turganda u tepada turgandek ko‘rinadi, lekin qo‘lingizni qo‘yib yuborgan zahotingiz u yana eski holatiga qaytadi.

​Xo‘sh, bunaqa "tortishuvlarga" sarflagan energiyamiz arziydimi?

​Energiya — bizning eng qimmat resursimiz. Uni fikrlashini yangilashni xohlamaydiganlarga sarflash — shunchaki isrof.

​Hozir tushunib yetayotganim:
​Tabiiy saralashdan qo‘rqmaslik kerak. Kimdir siz bilan oxirigacha boradi, kimdir yo‘lda qoladi. Bu xiyonat emas, shunchaki har kimning tezligi har xil.

​Vazifangiz dunyoni qutqarish emas. Avval o‘z darajangizni oshiring. Nur taratsangiz, o‘zi kerakli odamlar o‘sha nurga qarab kelishadi.

​Mentorlikning ham chegarasi bor. Ichida uyg‘onish bo‘lmagan odamga eng zo‘r ustoz ham yo‘l ko‘rsatolmaydi. Qalbga o‘zgarish urug‘ini solish bizning qo‘limizda emas.

​O‘zim uchun chiqargan xulosam: Kimnidir orqamdan sudrab yurishni to‘xtatdim. Sizga ham tavsiyam: o‘zgarmaydiganlarni sudrab vaqtingizni yo‘qotmang, yoningizda siz bilan birga yugurishga tayyor bo‘lganlar bilan yo‘l bosing.

​Energiya — bu omonat. Uni o‘sishga tayyor insonlarga va o‘z maqsadingizga yo‘naltiring.

❤️Join: @Tanilish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤‍🔥5🔥4🐳2👍1🎉11
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ustozlik orqasidan 9 kunda 1000$ daromad!

Ortiqcha izoh shart emas, pastda yuborilgan videoni ko`ring👇
👍1615🔥9❤‍🔥8🎉7🐳2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔥1612👍11🎉11❤‍🔥10🐳21
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❤‍🔥21🔥17🎉9👍871🐳11
Bugun shu kanalda Telegram Ads bo'yicha jonli dars o'taman👇

https://t.me/+Wt9I6WNIeFwxOTUy

Agar sizlarga shu mavzu qiziq bo'lsa qo'shilib olsangiz bo'ladi!

Darsni soat 21:00 da boshlaymiz!
🔥2❤‍🔥11
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Telegram Adsda reklama yoqishda nimalarga e`tibor berish kerak?

Kecha o'tilgan darsning yozib olingan shakli. Kecha darsga kirmagan bo'lsangiz videoni ko'rib chiqishni maslahat beraman
❤‍🔥5👍21🔥1
Shu paytgacha eng koʻp stressga sabab boʻlgan ish - pravaga tayyorlanish boʻldi:)
😁15👍2
Bugun 5-kun hammasi yaxshi ketyabdi.

Ishni boshlaganimda hammasi juda qiyindek koʻringan edi.

Toʻgʻrisini aytsam prava men uchun emas deb aytayotgan edim.

Lekin bugun natijalar ancha yaxshi. Yana 10 kuncha tayyorlansam, imtihonga kirishga tayyor boʻlaman nasib.

Hozir pravaga tayyorlanayotganlar bormi oramizda?👇
🔥7🎉21👍1
Odamdan doʻstlik chiqmaydi.

Foydang tegmay qolishni boshlasa bunga oʻzing amin boʻlasan.

Foyda uchun birlashish xato, doʻstlik abadiy degan yolgʻonlarga aldanishni toʻxtating.

Har qanday odamni boshqasi bilan birlashtiradigan narsa foyda.

U xoh boʻlsin pul, xoh boʻlsa boshqa narsa.

Xullas bu dunyoda hamma narsa manfaat ustiga quriladi.

Oldin bu gapga men ham qarshi edim hammaga oʻxshab.

Lekin bugun amin boʻldimki, kitoblardagi doʻstlik faqat kitoblarda ekan.

Gapimga qoʻshilasizmi?👇

🦢Join: @Tanilish
🔥11💯4🐳21🎉1
✈️ Siz bilgan narsa noto'g'ri bo'lishi mumkin.

Kanalda yangi bir rubrika boshlamoqchiman.

Online daromad va telegram kanal haqida ko'pchilik ishonib yuradigan xato fikrlarni olib chiqaman va o'zim bilgan eng to'g'ri javobini yozaman.

Bu fikrlar hozirgi bilimim va tajribam asosida to'g'ri deb hisoblayman.

Bu fikrlar vaqt o'tib o'zgarishi mumkin.

Maqsad ahmoqlarcha ishonib yurgan narsalarimizni birga topib ularni birga to'g'irlash.

Shu format sizlarga qiziqmi? 👇

❤️‍🔥 - Albatta

✈️Join: @Tanilish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤‍🔥8🔥3🐳2
✈️ "Avval obunachi yig'ay, keyin sotaman" deyish - bu xato strategiya.

Agar auditoriya sizdan biror narsa sotib olishga o'rganmasa, 10 mingta bo'lganda ham sotib olmaydi.

Sotuvni va foyda keltirishni kichik sondan boshlang.

"❤️‍🔥" - Men ham shu fikrga qo'shilaman

Join: @Tanilish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤‍🔥8🔥4👍2
"Hozir erta" deb kutish — eng katta xatolardan biri.

Kanalni monetizatsiya qilish uchun minglab odam yig'ish shart emas.

Agar sizda aniq mahsulot yoki xizmat bo'lsa, hatto 100-200 ta obunachi bilan ham ilk daromadni ko'rish mumkin.

Aksincha, kanal katta bo'lguncha kutish motivatsiyangizni so'ndirib qo'yishi yoki auditoriyani faqat "tekin" kontentga o'rgatib qo'yishi mumkin.

Pul ishlashni hozirdan o'ylang!

"❤️‍🔥" - Men ham shu fikrga qo'shilaman

Join: @Tanilish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤‍🔥6👍2🎉2💯1
Ko'p post joylash — bu hali sifatli o'sish degani emas.

Kuniga o'ntalab foydasiz postdan ko'ra, haftasiga 2-3 ta, lekin obunachiga haqiqiy qiymat beradigan sifatli kontent afzalroq.

Haddan tashqari ko'p post tashlash odamlarni bezovta qilib, kanalingizni "mute" (ovozsiz) qilib qo'yishiga yoki tark etishiga sabab bo'ladi.

Miqdor ketidan quvmang, sifatga e'tibor qarating.

"❤️‍🔥" - Men ham shu fikrga qo'shilaman

Join: @Tanilish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5❤‍🔥4🔥1💯1
Telegramda sifatli va maqsadli auditoriyani faqat tekinga yig‘ish - juda uzoq va qiyin jarayon.

Bepul usullar (o‘zaro reklama yoki qiziqarli kontent tarqatish) yaxshi, lekin haqiqiy o‘sish uchun marketingga sarmoya kiritish shart.

Reklamaga biznesning bir qismi deb qarash kerak.

Sarmoyasiz natija ham shunga yarasha bo‘ladi.

"❤️‍🔥" - Men ham shu fikrga qo'shilaman

Join: @Tanilish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3❤‍🔥3🔥2💯1
Anonim kanallar yashab qolishi mumkin, lekin shaxsiy brend darajasida ishonch qozona olmaydi.

Odamlar logotipdan ko'ra, insonga ko'proq ishonishadi va undan sotib olishni afzal ko'rishadi.

Shaxsingizni ko'rsatish — bu auditoriya bilan ko'prik o'rnatish demakdir.

Agar yuzingizni ko'rsatishni istamasangiz ham, hech bo'lmasa o'z ovozingiz va shaxsiy fikrlaringiz bilan kanalda "borligingizni" bildiring.

"❤️‍🔥" - Men ham shu fikrga qo'shilaman

Join: @Tanilish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤‍🔥6🔥1🎉1
Kichik kanallarning o‘z reklama bozori bor.

Ko‘plab brendlar aynan kichik, lekin obunachilari faol (mikro-influenser) kanallarga reklama berishni afzal ko‘rishadi, chunki ularda ishonch yuqoriroq bo‘ladi.

Reklamachi topish uchun minglab obunachini kutish shart emas, asosiysi — sifatli kontent va jonli auditoriya.

Harakatni hozirdan boshlamasangiz, katta kanal darajasiga chiqish yanada qiyinlashadi.

"❤️‍🔥" - Men ham shu fikrga qo'shilaman

Join: @Tanilish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤‍🔥4🔥1🎉1
Raqobat bor joyda talab ham bo'ladi.

Agar siz tanlagan yo'nalishda boshqa kanallar ko'p bo'lsa, demak bu mavzu odamlar uchun qiziq.

Sizning ustunligingiz — bu sizning yondashuvingiz va shaxsiy tajribangiz.

Hech kim ma'lumotni aynan sizdek yetkazib bera olmaydi.

Bozor qanchalik katta bo'lmasin, sifatli va o'ziga xos kontent uchun doim joy topiladi.

"❤️‍🔥" - Men ham shu fikrga qo'shilaman

Join: @Tanilish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤‍🔥3🔥3👍1🎉1
Statistika — bu shunchaki raqamlar.

Ko'p ko'rilgan (view) yoki ulashilgan (share) postlar har doim ham daromad yoki sodiq mijoz degani emas.

Muhimi — bu ko'rsatkichlarning ortida qanchalik maqsadli auditoriya turganidir.

Agar statistika baland-u, lekin sotuv yoki muloqot bo'lmasa, demak kontent strategiyasini qayta ko'rib chiqish kerak.

Raqamlar ortidan emas, natija ortidan quving.

"❤️‍🔥" - Men ham shu fikrga qo'shilaman

Join: @Tanilish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤‍🔥2🔥1💯1
Reklama — bu Telegramda pul ishlashning faqat bitta va eng oddiy yo'li.

Aslida, kanal orqali o'z xizmatlaringizni sotish, infomahsulotlar (kurslar, qo'llanmalar) yaratish, obunachilar uchun yopiq klublar tashkil qilish yoki hamkorlik (affiliate) dasturlarida qatnashish ancha ko'proq daromad keltirishi mumkin.

Kanalni shunchaki reklama maydoni emas, balki to'laqonli biznes ekotizimi sifatida ko'ring.

"❤️‍🔥" - Men ham shu fikrga qo'shilaman

Join: @Tanilish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤‍🔥3🔥21👍1
Kanalning o‘smayotganiga har doim ham mavzu aybdor emas.

Ko‘pincha muammo kontentning berilish uslubida, reklama strategiyasining yo‘qligida yoki auditoriya bilan muloqot yetishmasligida bo‘ladi.

Yomon mavzuning o‘zi yo‘q, shunchaki har bir mavzuning o‘z auditoriyasi bor.

Mavzuni almashtirishga shoshilmang, avval yondashuvni o‘zgartirib ko‘ring.

"❤️‍🔥" - Men ham shu fikrga qo'shilaman

Join: @Tanilish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤‍🔥61🔥1🎉1