Javoxir Tuxtayev | Blog orqali daromad
3.05K subscribers
111 photos
29 videos
25 links
Shunchaki boy bo’lishni emas, balki boylikka olib boradigan yo’lni sev!

Ushbu kanalda telegram blog yuritish orqali daromad qilishni o'rganamiz.

Murojaat uchun: @JavoxirTuxtayev
Download Telegram
Bu odam Мандзони, Пьеро Italiyalik rassom

U sotgan mahsulotini har bir grammini oltin narxiga teng narxda belgilagan.

Eng qizig`i u cheklangan shaklda sotilgan 30 grammdan 90 dona

Nima sotgan deb o`ylaysiz?

🕊Join: @Tanilish
Super Sotuvchi Usuli!

SOPRANO Texnikasi

🕊S - Situatsiya (Holat)
- Ismi
- Yoshi
- Kasbi
- Manzili
- Nima sababdan sotib olmoqchi?

🕊O - Opit (Tajribasi)
- Hozirgacha nima qilib korgan?
- Kimlarda oqigan?
- Qanaqa natijalar erishgan?|
- Qanaqa kutilmalari bor?

🕊P - Problemi (Muammolari)
- Qanaqa muammolari bor?
- Qanchadan beri shu muammosi bor?
- Nimalarni yoqotgan?

🕊R - Resheniya (Yechim)
- Ozi aytgan muammosi boyicha unda yechim beramiz!

🕊A - Analogi (Analoglar)
- Nima uchun aynan bizni tanladi boshqalarni emas?

🕊N - Nyuansi (Nyuanslar)
- Mijoz tolov qilishining asosiy sababi nima?

🕊O - Ogranechiniya (Cheklovlar)

- MIjozlarni - Vaqt va Son bilan cheklaymiz.

🦢Join: @Tanilish
Darsga qatnashgan barchaga rahmat❤️‍🔥

Dars haqida fikrlar?

6 kunlik sayohatimiz o`z nihoyasiga yetdi!
🔥8❤‍🔥3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
SOTUV

Nima qilsam mahsulotimni ko'proq va tezroq sota olaman?

Bu savolga manashu video dars javob beradi!

Dars mavzusi: To'g'ri sotuv qilishning 5 xil usuli tushuntirildi.

Qimmat sotish uchun nimalarga e'tibor berish kerak.

Sotuvni oshirish uchun eng yaxshi usul qaysiligini o'rganib chiqdik!

Agar video yoqsa reaksiya bosasiz, yoqmasa shart emas😊

🕊Join: @Tanilish
🔥3🎉1🐳1
Telegram kanal yuritish bo‘yicha foydali tavsiyalar:

1. Reklama.

Reklama muhim. Unga pul tiking. Va o‘zaro kanallar bilan alishing, lekin ko‘p emas. Hadeb reklama qo‘yaverish obunachilarga hurmatsizlik.

2. Doimiylik.
Kanal boshida ko‘tarilishi qiyin bo‘ladi. Sabr qiling. Doimiy mehnat qiling va kanalga mehr bering. Sizga rahmatlar yomg‘iri kelgan esingizdan chiqib ketadi hammasi.

3. Tartib.
Kanalingiz tartibli bo‘lsin. Imloga e’tibor bering, stikerlarda tanlovli va iqtisodchi bo‘ling. Uni o‘qiydigan insonlarni hurmat qilib, ularga osonlik yarating.

4. Xilma-xillik.

Kontentingiz yoqishi uchun, faqat bir xil emas, har xil narsalar ulashing. Inson yangilikni yoqtiradi.

5. Sabab.
Insonlarga kanalingizda qolish uchun sabab bering. Toki bu foydali jihat ularni doimo ushlab tura olsin.

6. Va yodda tuting.
Siz hammani ham mamnun qilolmaysiz. Kanaldan chiqib ketganlar ham bo‘ladi. Ularga o‘ylanmang.

🕊Join: @Tanilish
🔥5👍3🐳2
YANGILIK

Mana vanihoyat 7 kunlik Telegram blog yuritish bo'yicha darslarimizni ham yakunlab oldik.

Bu darslar tugaganidan keyin bu kanalni o'chirib yuborib, darslarimni asosiy kanalimda davom etishni rejalashtirayotgan edim.

Keyin o'ylab qoldim - "Kanalni o'chirishdan foyda yo'q. Undan ko'ra u yerda odamlarga yordam berish kerak"

Aynan qaysi jabhada?

Kanal ochishdan tortib - birinchi 1000$ sotuv qilganicha.

Vazifa aniq va tushunarli. Blog boshlaganlarda qanday muammolar bo'lishini qisman bilaman va aynan shu muammolarga yechim berishni boshlayman.

Lekin bir muammo bor, men bu kanaldagi har bir insonga birinchi 1000$ pulini telegram orqali topishni o'rgatmoqchiman.

Lekin ulardagi hamma muammolarni bilmayman. Hammangizga telefon qilib muammoyingizni so'rab chiqish uchun ko'p vaqt va energiya ketadi.

Undan ko'ra sizdagi jamiiyki muammolarni shu post tagiga yozing va olam guliston.

Men sizlarga Telefon qilib muammoyingizni so'rashni o'rniga muammolaringizni yechish uchun video darslarni tayyorlashni boshlayman.

Hozircha aniq bilmayman, bu darslar qanaqa formatda bo'ladi video shakldami yoki audio shaklda.

Yozilgan muammolarning qanchalik dolzarbligiga qarab buni kelishamiz.

Balkim 10 kunlik yoki 20 kunlik hattoki 30 kunlik ham marafon tashkil qilib yuborishimiz mumkin. (TEKINGA)

U narsalarni keyinroq hal qilamiz. Hozir sizdan talab qilinadigan narsa shuki - O'zingizdagi hamma muammolarni shu post tagiga yozing.👇

Hech qaysi biri qolib ketmasin. Men esa bu muammolarni qanday hal qilish ustida bosh qotiraman. Qani kettik👇

🕊Join: @Tanilish
🐳8❤‍🔥2🔥1
KELAJAK UCHUN ENG ZO‘R INVESTITSIYA

Hurmatli do‘stlar, ko‘pchilik Telegram orqali qanday daromad qilishni o‘rganmoqda.

Lekin haqiqiy natija — faqat fikrlash doirasi keng odamlarga nasib etadi.

Men kecha 3 ta kitob sotib oldim:

1. “Mudarris”
Inson ruhiyatini, tarbiya va o‘qituvchilik sirlarini ochib beradi.

2. “Propaganda"
Odamlar fikrini boshqarish va ta’sir o‘tkazish san’atini o‘rgatadi.

3. “Jinoyat va jazo"
Vijdon, adolat va insoniylik haqida o‘ylantiradi.

Bu kitoblar menga pul keltirmaydi. Lekin ular menga to‘g‘ri fikrlash, samarali kontent yozish va odamlar bilan chuqur aloqa o‘rnatish imkonini beradi.

Esda tuting: eng kuchli blogger — eng ko‘p o‘ylaydigan odamdir.

Agar siz ham kelajakda katta natijalarga erishmoqchi bo‘lsangiz, pulga emas, tafakkuringizga sarmoya kiriting.

Kitob — gapirmaydigan eng aqlli ustozdir.

🕊Join: @Tanilish
❤‍🔥10
Tabriklasangiz bo'ladi!

Akalar ajoyib yangilik bor!🥳

Sal keyinroq nimaligini aytaman.

Bu ishni sizlarga ham foydasi bor. Nima yangilik ekanligi sizlarga qiziqmi yoki aytmay qo'yaveraymi?😁

❤️‍🔥 - Tabriklayman
❤‍🔥19👍1🔥1
Yangilik haqida to'liq gapirdim‼️

1 kunlik jonli efir tashkillashtirmoqchiman, qaysi mavzu sizga muhimligini yozib qoldiring.

Eng muhim mavzular orasidan bittasidan tanlab dars o'tib beraman.

🕊Join: @Tanilish
🔥8❤‍🔥3🎉2🐳1
Hech o'ylab ko'rganmisiz?🤔

Blog yuritishni to'liq o'rganib o'rtacha oyiga qancha pul topsa bo'ladi?
❤‍🔥2🐳1
🧠 Supermiyadagi birinchi ish kunimdan xulosa

Bugun Supermiya kompaniyasida birinchi ish kunimni boshladim.

Kecha esa kanalimda “Telegram orqali qancha pul topsa bo‘ladi?” degan post yozgan edim.

Shundan keyin bugungi ish davomida bitta muhim narsani angladim:

Offline ish haqiqatan ham qiyin ekan. Ertalabdan kechgacha energiya, vaqt, kuch — hammasi ketadi.

Albatta, offline ishdan ham katta pul topish mumkin, lekin buning uchun juda ko‘p harakat, vaqt va sabr kerak.

Online ishda esa buning aksi — kamroq kuch sarflab, ancha ko‘p natija olish mumkin.

Men Telegram orqali online dars berib oyiga o‘rtacha 15 million so‘m topardim. Ish hajmi kam, lekin natijasi katta.

Xulosa shuki, online ish kam energiya bilan katta daromad keltiradi.

O‘rtacha 1000$ topish — mutlaqo real narsa.

Har xolda menda o'xshadi.

Qanday qilib — buni keyingi postda aytaman 😉

O'zi sizlarga shu mavzu qiziqmi?👇

❤️‍🔥 - albatta, menga qiziq.

🕊Join: @Tanilish
❤‍🔥5🔥4😁2👍1🐳1
YOQDIMI?

Kanal rasmini o'zgartirdim!

Ayrim aqllilarning aytishi bo'yicha kanalga shaxsiy rasm qo'yish shart ekan.

Nima ham deymiz, aqlli odamlarni aytganini qilgan yaxshi😁

Yuqoridagi postni o'qimasangiz - orzular orzuligicha qoladi!💯
😁14❤‍🔥1
Kanal glavniysidagi rasm sizga yoqdimi?

❤️‍🔥 - menga yoqdi
❤‍🔥19🐳3🎉2👍1🔥1
Akamiz noto'g'ri tushunibdi, nimadir devorilar😁

Men oynaga qarab o'zingizni tasvirlang demagandim lekin:)

Aka gapni oxirigacha o'qimasdan oynaga qarab o'zlarini tasvirlab yuboribdilar😂
😁16🔥1🎉1
O'zim yomon ko'radigan lekin har doim qiladigan yomon odatlarim:

• Uyqudan uyg'onishim bilan birdaniga telefonni chuqalash.

• Yakshanba kuni abedgacha uxlash.

• Har Kuni soat kechki 12 dan keyin yotish.(huddi biror davlatni boshqaradigan odamga o'xshab uyqu kelishi qiyin)

• Kitobni bir boshidan o'qiy olmaslik, hohlagan bo'limdan o'qishni boshlaymiz. ("Tasodifga aldanganlar" kitobini oxiridan o'qishni boshlaganman.)

• Ba'zi gaplarni o'ylamay gapirib hafa qilish.

• Sababsiz ukamni tinmay urishib keraksiz ishlarni ham unga qildirish. (Lekin anashu joyi zo'rda lekin. Faqat ukasi borlar meni tushunadi.)

• Odamlarga vada berib uni bajarmaslik.

• Agar qo'limga naqt pul tushsa o'zimni Andrew Tate o'xshatib hamma pulimni ishlatib yuboraman. 4-5 oy oldin *** million so'm havoga uchgandi. (Shuning uchun hozir pulimni kartada saqlayman.)

• Prava olmagan bo'lsam ham YPX hodimlari oldida huddi 20 yillik shopirday haydab ketish Yetmaganiga signal bosib ketishga balo bormi😁

• Mashina yuvganda doimo chala yuvish, (faqat o'zimni mashinamni toza yuvaman.)

• Ba'zida ukamni bilan sparing tushish, bir oyda kamida 2-3 marta. (mendan 2 yosh kichik bo'lsa ham udarlarga zo'r chiqaydi, hullas tekin trener😊)

• Agarda o'zim mashina haydasam musiqani baland qo'yish. Bu odat menga ukamdan yuqdi. Oldin bunaqa odatim yo'q edi.

• Eng yomon odatlarimdan biri yaqin qarindoshlar yoki do'stlar bilan bir davrada o'tira olmaslik. (Nimagadir unaqa davralarda o'zimni yomon xis qilaman. Men hohlamagan mavzularda gap ketadi.)

Hozircha esimga kelganlari shular, yana esimga kelsa davomini ham yozaman.

Sizdachi, sizda qanday yomon odatlar bor? Uyalmay yozavering hammani yozganini birma-bir o'qiyman.

✍️ JavoxirTuxtayev
❤‍🔥5🔥2🐳2👍1🎉1
SAVOL?

Meni qanchalik taniysiz?

1 - 10 ballgacha hisoblanganda!

1 - umuman tanimayman

10 - dinazavrlar davridan beri sizni taniyman.

Javoblaringizni kutaman👇
🔥4🐳2❤‍🔥1👍1
Barcha erkaklarni “Xalqaro erkaklar kuni bilan tabriklayman.”💪🏻
👍9🔥5❤‍🔥4🎉1
Qora qishloqdan boshlangan yo‘l

Sizga bir sirni aytsam, mening bugungi yo‘lim Samarqandning Oqdaryo tumanidagi Qorateri degan kichkina qishloqdan boshlangan.

Hech qanday boylik, alohida sharoit yoki zo‘r imkoniyatlar bo‘lmagan.

Oddiy oilada, oddiy hayot. Hatto aytsam, o‘rtachadan pastroq sharoit.

Lekin ikkita narsa juda kuchli edi:

ORZU va INTILISH

Bolaligim deyarli kompyuter va kitob bilan o‘tgan.

Boshqalar vaqtini o‘yin bilan o‘tkazgan bo‘lsa, men kompyuterning qanday ishlashiga qiziqib, informatika olimpiadalarida qatnashib yurardim.

Sharoit kam edi, lekin orzu ko‘p edi.

Ba’zan kichkina qishloqda katta orzu qilishning o‘zi ham odamga kuch beradi.

Bugunga kelib bitta narsani aniq tushunganman:

👉 Insonni tug‘ilgan joy emas, qarorlar tarbiyalaydi.

👉 Orzuingiz katta bo‘lsa, sharoit kichikligi unga halaqit qilolmaydi.

Sizning ham hayotingiz qayerdan boshlanganiga emas, qayerga ketayotganingizga qarab baholanadi.

🦢Join: @Tanilish
🔥8❤‍🔥4👍3🐳3
Bolaligimdagi ikki dunyo

Ochig‘ini aytsam, bolaligim juda qiziq o‘tgan. Men ikki dunyo orasida yurgandek bo‘lardim.

👀 Tashqi dunyo — oddiy hayot, kam imkoniyat, ko‘pchilik qiladigan odatiy mashg‘ulotlar.

Ichki dunyo — kompyuter, IT, kitoblar, yangi narsalar o‘rganishga bo‘lgan cheksiz ishtiyoq.

Atrofimdagi bolalar ko‘chada o‘ynayotgan paytda men kompyuter yonida:

“Bu narsa qanaqa ishlaydi?”
“Nimani qanday o‘zgartirsa bo‘ladi?”
deb o‘zimcha tajriba qilib yurardim.

Ko‘p vaqtim shunday o‘tar, hatto ba’zan vaqtni ham unutib qo‘yardim.

O‘sha paytda hayotimga nima berayotganini tushunmaganman, rostini aytsam😅

Ammo bugun orqaga qarasam, aynan o‘sha bolalikdagi qiziqishlar — hozirgi yo‘limning poydevori bo‘lgan.

Shuni bilib qo‘ying:

👉 Har bir kichik odat — kelajakdagi katta o‘zgarishning boshlanishi bo‘ladi.

👉 Bir qarashda ahamiyatsiz bo‘lib tuyulgan qiziqishlar, aslida hayotingizni butunlay o‘zgartirishi mumkin.

🦢Join: @Tanilish
👍4🔥3❤‍🔥2🐳2