Ta'limga oid (Perevod) | O'qishni ko'chirish
28.9K subscribers
1.57K photos
305 videos
279 files
1.61K links
O'qishni ko'chirishga oid ma'lumotlar berib boruvchi telegramdagi yagona rasmiy kanal

Manfaatli hamkorlik: @Talimgaoid_admin
Savollar: @TalimgaoidBot
Reklama: @UnitedAgency
Download Telegram
⚡️Aytishlaricha, Ta'lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi tugatilishidan eng ko'p maktab o'qituvchilari xursand ekan.

Sababi oxirgi vaqtlarda o'qituvchilar malaka toifa attestatsiya narxi 800$ gacha chiqib ketganligini aytishmoqda. Katta ehtimol bilan attestatsiyani endi Xalq ta'limi vazirligi oladi.

Yomg'irdan qochib, do'lda tutildim bo'lmasinda ishqilib....

O‘qishni ko‘chirishga oid yangiliklar:
@Talimgaoid_perevod
⚡️Kecha o'zicha mensimay muomala qilayotgan inspeksiyadagi akalar, bugun ancha yuvosh tortib qolishibdi.

Har bir davrning o'z yakuni bor....

O‘qishni ko‘chirishga oid yangiliklar:
@Talimgaoid_perevod
⚡️Oliy ta'limga oid barcha tizimni umumlashtirish juda yaxshi ish bo'ldi

Oliy ta'limni turli xil bo'g'inlar bilan emas, bitta yagona vazirlik orqali boshqarish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Oliy ta'lim vazirligiga berilgan shuncha qo'shimcha vakolatlar o'zini o'z samarasini berishi uchun vazir A.Toshqulov kamida 5 yil o'z lavozimida ishlashi kerak.

Buncha vakolatni faqat A.Toshqulovgina uddalay oladi. Qolganlar esa aksincha bundan foydalanishi, suiste'mol qilishi hamda ko'pchilik norozi bo'lgan Inspeksiya kadrlarini olib kelishi mumkin. Vazirlik inspeksiya hodimlarini ishga olmay o'z kollektivi bilan buyog'iga faqat "bosishi kerak".

O‘qishni ko‘chirishga oid yangiliklar:
@Talimgaoid_perevod
“Qishki perevod” haqida batafsil❗️

Uzrli sabablarga ko‘ra o‘qishni ko‘chirish to‘g‘risidagi arizalarni qabul qilish bo‘yicha hududiy Ishchi guruhlar faoliyatini boshladi.

📄 Arizalar 20-dekabrdan 20-yanvarga qadar (o‘sha kuni ham) qabul qilinadi.

Qishki “perevod”ga barcha ham hujjat topshirolmaydi. Faqat 2 ta uzrli sababga ega talabalar uchun hujjat topshirishga ruxsat beriladi:

talaba oila qurishi munosabati bilan turmush o‘rtog‘i doimiy yashaydigan hududdagi OTMga o‘qishini ko‘chirish uchun;

davlat organlarining xodimlari ish joyi o‘zgargan taqdirda uning turmush o‘rtog‘i yoki voyaga yetmagan farzandi o‘qishini ko‘chirish uchun (tegishli vazirlik (idora) rahbarining tavsiyasi asosida).

📒 Hududiy ishchi guruhlarga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ariza (ariza blankasi hududiy ishchi guruhi tomonidan beriladi va talaba tomonidan joyida to‘ldiriladi);
talabaning reyting daftarchasi yoki belgilangan shakldagi akademik ma’lumotnoma yoki transkript nusxalari (bittasi bo‘lsa yetarli);
pasport nusxasi;
yuqorida qayd etilgan uzrli sabablarni asoslovchi tegishli hujjatlar.

O‘qishni qayta tiklash bo‘yicha (ko‘chirib tiklash bundan mustasno) arizalar talabaning chetlatilganligiga necha yil bo‘lganligidan qat’i nazar bevosita o‘zi tahsil olgan OTMga taqdim etiladi.

Xorijdagi hamda yurtimizdagi nodavlat oloygohlardan O‘zbekistondagi davlat OTMlariga o‘qishni ko‘chirish uchun arizalar hozir qabul qilinmaydi. Bu toifadagilar faqatgina yozgi qabul jarayonlarida hujjat topshirishlari mumkin.

O‘qishni ko‘chirishga oid yangiliklar:
@Talimgaoid_perevod
#Talabaga_yordam

⚡️Bo'sh o'rinlarini o'zida jamlagan platforma yaratildi!

💠O'zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining ochiq ma'lumotlari asosida respublika miqyosida mavjud bo'sh ish o'rinlari haqida ma'lumot beruvchi telegram boti ishga tushirildi.

📌Ushbu bot orqali respublika miqyosida turli sohalar bo'yicha real vaqt rejimida yangilanib turuvchi bo'sh ish o'rinlari bo'yicha ma'lumotlar olishingiz mumkin.

➡️ Bundan tashqari ushbu platforma (@edu_vakant_bot) orqali talabalar ham o'zlari uchun bo'sh ish o'rinlari topishlari mumkin.

Barcha talabalarga ulashing ♻️

O‘qishni ko‘chirishga oid yangiliklar:
@Talimgaoid_perevod
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️TelegramStat xizmati "Ta’limga oid (perevod)" telegram kanalimizning 2022-yil uchun statistikasini taqdim etibdi.

📁 Unga koʻra:

➡️ Yil davomida 1 590 ta post qoldirilgan;
➡️ Ulashishlar soni 191 475 ta;
➡️ Reaksiyalar soni 111 121 ta;
➡️ Sharhlar soni 107 965 ta;
➡️ 83 ta kanal bizdan iqtibos olgan;
➡️ 308 ta kanal bizni eslagan
➡️ Repostlar soni 154 tani tashkil etgan.
➡️ Kanaldagi postlar 18 695 005 marta koʻrilgan;

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:
@Talimgaoid_perevod
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Ta'limga oid
​​ABDUQODIR TOSHQULOV – ISLOHOTNING IKKI YILI

A.Toshqulov 2021-yil 14-yanvarda Prezidentning 6141-sonli farmoni bilan Oliy va o'rta maxsus ta'lim vaziri etib tayinlandi.

Ikki yillik faoliyati davomida Oliy ta'lim tizimida misli ko'rilmagan islohotlar o'tkazdi, korrupsiyani yo'qotish uchun maksimal kurashdi va natijalarga erishdi. Yuqoridan kelgan topshiriq va iltimoslarni bajarmaslikka harakat qildi, qonuniy asosda "iltimoslarga" yo'llarni yopdi.

😀Ana shular uning yuqori elita hamda o'zi ishlayotgan vazirlik tizimida ham dushman orttirishga sababchi bo'ldi. Ko'p tizimlarda adolatparvar emas, "kelishadigan, sodiq" kadrlar munosib ko'riladi va qadrlanadi. Aynan ular adolatparvarlar o'rnini egallab keladi.

A.Toshqulovning vazirlik paytida o'zidan qoldirgan izlari:

➡️Fanlar majmuasining o'z vaqtida e'lon qilinishi (avvallari imtihondan bir oy avval e'lon qilinardi);
➡️OTMlarda o'qishga kirishda korrupsiyaning deyarli yo'qolishi;
➡️Magistraturaga kirishdagi korrupsiyaning butkul tugatilishi;
➡️O'qishni ko'chirishdagi korrupsiyasiga deyarli barham berilishi;
➡️Vazirlikning omma uchun ochiqligi (aynan Toshqulov davrida vazir va o'rinbosarlarining murojaat botlari ommaga e'lon qilindi, o'qishni ko'chirish masalasida alohida telegram raqam e'lon qilinib murojaatlar bilan individual ishlandi, talabalar vazirlikkacha shikoyat qilib bora olishdi va ular tinglandi);
➡️OAV uchun vazirlik butkul ochildi, voqea-hodisalarga tezkor munosabat bildirildi.
➡️Shaxsan vazir ishtirokida Xushnudbek Xudoyberdiyev, Yoshlarni qo'llab-quvvatlash telegram kanallarida ovozli chat tashkil etildi hamda boshqa loyihalarda bevosita vazir ishtirok etishi orqali ommaga hamisha ochiq bo'lishga harakat qildi.

☝️Biroq, islohotlar hammaga birdek yoqavermadi. Tag zamirida oliy ta'limni tiklashga qaratilgan sayyi-harakatlar "korrupsion tuynuklari" yopilib qolgan shaxslar tomonidan salbiy kutib olindi va A.Toshqulovni ketkazish uchun faoliyatining birinchi yilidanoq urinishlar boshlandi. Bir guruh talabalar miting uchun yollandi, vazirdan norozi qatlamni shakllantirish uchun maksimal harakat qilindi.

A.Toshqulovning islohotlarini 3 toifa 3 xil qabul qildi:

1⃣ Islohotlarni tushungan ziyolilar – ijobiy qabul qildi va qo'llab-quvvatladi;
2⃣ Islohotlarni tushungan korrupsionelar – salbiy qabul qildi va qo'llab-quvvatlamadi;
3⃣ Islohotlarni tushunmagan talabalar – qo'llab-quvvatlamadi. Xususan "perevodchilar". Ular uchun avvalgi tizim – osongina yoki korrupsion sxema orqali o'qishni ko'chirish yaxshiroq edi, shu sababli ham vazirning islohotlari ular tomonidan salbiy kutib olindi. Bundan manfaatdor kishilar tomonidan Toshqulovga qarshi "kompaniya" boshlandi....

Davomi bor....

Ta'lim sohasiga oid yangiliklar:
@Talimgaoid
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“Qishki perevod” haqida batafsil❗️

Uzrli sabablarga ko‘ra o‘qishni ko‘chirish to‘g‘risidagi arizalarni qabul qilish bo‘yicha hududiy Ishchi guruhlar faoliyatini boshladi.

📄 Arizalar 20-dekabrdan 20-yanvarga qadar (o‘sha kuni ham) qabul qilinadi.

Qishki “perevod”ga barcha ham hujjat topshirolmaydi. Faqat 2 ta uzrli sababga ega talabalar uchun hujjat topshirishga ruxsat beriladi:

talaba oila qurishi munosabati bilan turmush o‘rtog‘i doimiy yashaydigan hududdagi OTMga o‘qishini ko‘chirish uchun;

davlat organlarining xodimlari ish joyi o‘zgargan taqdirda uning turmush o‘rtog‘i yoki voyaga yetmagan farzandi o‘qishini ko‘chirish uchun (tegishli vazirlik (idora) rahbarining tavsiyasi asosida).

📒 Hududiy ishchi guruhlarga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ariza (ariza blankasi hududiy ishchi guruhi tomonidan beriladi va talaba tomonidan joyida to‘ldiriladi);
talabaning reyting daftarchasi yoki belgilangan shakldagi akademik ma’lumotnoma yoki transkript nusxalari (bittasi bo‘lsa yetarli);
pasport nusxasi;
yuqorida qayd etilgan uzrli sabablarni asoslovchi tegishli hujjatlar.

O‘qishni qayta tiklash bo‘yicha (ko‘chirib tiklash bundan mustasno) arizalar talabaning chetlatilganligiga necha yil bo‘lganligidan qat’i nazar bevosita o‘zi tahsil olgan OTMga taqdim etiladi.

Xorijdagi hamda yurtimizdagi nodavlat oloygohlardan O‘zbekistondagi davlat OTMlariga o‘qishni ko‘chirish uchun arizalar hozir qabul qilinmaydi. Bu toifadagilar faqatgina yozgi qabul jarayonlarida hujjat topshirishlari mumkin.

O‘qishni ko‘chirishga oid yangiliklar:
@Talimgaoid_perevod
⚡️Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti o‘z faoliyatini boshladi

🗂 2022-yilning 28-dekabr kuni Ta’lim inspeksiyasi tomonidan Aniq va ijtimoiy fanlar universitetiga lisenziya berildi.

🎓 Ayni kunlarda yangi universitetning bakalavr va magistratura bosqichiga quyidagi 9 ta yo‘nalish bo‘yicha kunduzgi, kechki va sirtqi ta’lim shakllarida tahsil olish uchun hujjatlar qabul qilinmoqda:

👤BAKALAVR

Matematika va informatika
Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili
Tarix (mamlakatlar va yo‘nalishlar bo‘yicha)
Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)
Psixologiya (faoliyat turlari bo‘yicha)

👤MAGISTRATURA

Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili)
Tarix (yo‘nalishlar va faoliyat turlari bo‘yicha)
Psixologiya (faoliyat turlari bo‘yicha)
Matematika (yo‘nalishlar bo‘yicha)

📫 Qabul jarayonlari 2023-yil 1 yanvardan 20-yanvarga qadar davom etadi.

🗺Toshkent viloyati, Toshkent tumani, Toshkent xalqa yo‘li ko‘chasi

O‘qishni ko‘chirishga oid yangiliklar:
@Talimgaoid_perevod
11-yanvardan ish va o'quv jarayonlari o'zgarayotgan oliygohlar ro'yxati

O‘qishni ko‘chirishga oid yangiliklar:
@Talimgaoid_perevod
Forwarded from Ta'limga oid
Talabaning kundaligi: “Kontrakt to‘lagan noma’lum odam”

Kontrakt to‘lashga bir so‘m pulim yo‘q, onamga qarayotgan vrach yozib bergan dorilar uchun harakat qilishim kerak edi. O‘ylay-o‘ylay o‘qishdan akademik ta’til olishga qaror qildim. Ta’til olish uchun ariza yozishga borganimda mening o‘qishim uchun shartnoma olib ketishganini va bir yillik pul to‘langanini bilib hayratda qoldim. Adashmovchilik bo‘lgandir, deb qayta-qayta tekshirtirdim – haqiqat!

👉 https://kun.uz/uz/82135630

Ta'lim sohasiga oid yangiliklar:
@Talimgaoid
Forwarded from Ta'limga oid
Muddatidan avval ilmiy ishini tugatgan doktorantlarga qolgan stipendiyalari mukofot tarzida to'lab berilmaydigan bo'ldi

O’zbekiston Respublikasining “2023 yil uchun “O’zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to’g’risida”gi Qonuni ijrosini taʼminlash chora-tadbirlari to’g’risida” 2022-yil 30-dekabrdagi PQ-471 O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Qaroriga muvofiq:

🇺🇿 Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi “Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 304-son qaroriga 2-ilovaning 34-bandi o’z kuchini yo’qotdi.

Bu degani doktorant ilmiy ishlarini muddatidan oldin tugatgan taqdirda qolgan mablag’lar mukofot tarzida berish amaliyoti bekor qilindi!

Ta'lim sohasiga oid yangiliklar:
@Talimgaoid
⚡️Rasman: qishki ta’til uzaytirildi

O‘zbekistonga anomal sovuq ob-havo kirib kelishi munosabati bilan barcha bo‘g‘indagi ta’lim muassasalarida qishki ta’til muddati 17-yanvarga qadar uzaytirildi.

O‘quv mashg‘ulotlari 18-yanvar, chorshanba kunidan boshlanadi.

O‘qishni ko‘chirishga oid yangiliklar:
@Talimgaoid_perevod
Forwarded from Ta'limga oid
Qo'shimcha ta'til nodavlat oliygohlarga ham tegishli

Qishki taʼtil muddatining 17-yanvargacha uzaytirilishi barcha boʻgʻindagi taʼlim muassasalari, xususan, nodavlat umumtaʼlim maktablari, professional taʼlim muassasalari, nodavlat oliy taʼlim muassasalari, ularning filiallari va xorijiy OTMlarga ham taalluqli.

Ta'lim sohasiga oid yangiliklar:
@Talimgaoid
Ayrim nodavlat oliygohlar nima uchun dars jarayonlari boshlayapti?

Anomal sovuq sababli ta'til vaqtini 18-yanvarga qadar uzaytirish davlat ta'lim muassasalari uchun majburiy hisoblanadi.

Ta'tilni 18-yanvarga qadar uzaytirish odatda nodavlat ta'lim muassasaalari uchun bu tavsiyaviy harakterga ega hisobalanadi. Agarda vazirlik buni majburiy sifatida talqin qilmasa, Xushnudbek aytganidek bu haliyam tavsiyaviy hisoblanadi.

O‘qishni ko‘chirishga oid yangiliklar:
@Talimgaoid_perevod
Forwarded from Ta'limga oid
⚡️Nаvbаtdаn tаshqаri tаtil kunlаri dаvomidа barcha tа'lim tаshkilotlаridа fаoliyat yuritаyotgаn xodimlаrning ish hаqi toʼliq toʼlаnаdi.

🇺🇿Oʼzbekiston Respublikasi Hukumatining tegishli yigʼilish bayoniga asosan, 2023-yil 10-18-yanvar kunlari beriladigan navbatdan tashqari taʼtil kunlari davomida taʼlim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan rahbar xodimlar, tarbiyachilar, pedagoglar, professor oʼqituvchilar va boshqa xodimlar, jumladan, mehnatiga soatbay haq toʼlanadigan xodimlarga amaldagi ish haqi toʼlovlari saqlangan holda toʼlanadi.

Ta'lim sohasiga oid yangiliklar:

@Talimgaoid
2022-yilda 138,9 ming talaba chet elga o'qishga uchun ketgan

Qirg'iziston – 52291 nafar
Tojikiston – 47213 nafar
Rossiya – 13128 nafar
Qozog'iston –10646 nafar
Turkiya – 5265 nafar

O‘qishni ko‘chirishga oid yangiliklar:
@Talimgaoid_perevod
​​2023-yilgi o'qishni ko'chirish uchun o'tish ballari nechi etib belgilandi?

2022-yilda xorijiy va nodavlat oliygohlaridan davlat oliygohlariga o'qishni ko'chirish uchun o'tish ballari ta'lim sohasiga qarab har xil etib belgilangan edi (pastdagi rasmga ko'rsatilgan).

Avvalgi vazir A.Toshqulov 2023-yilda o'qishni ko'chirish uchun o'tish ballari 2022-yilda oliygohlarda abituriyentlar tomonidan to'plangan kontrakt o'tish balini olinishini ta'kidlagan edi. Ya'ni qaysidir oliygohning qaysidir yo'nalishiga belgilangan kvota doirasida kontraktning o'tish bali hisoblanishi nazarda tutilgan.

🤔 Xo'sh bu yil shu o'tish ballari yana o'zgaradimi?

Bu masala hozircha noma'lum. Yurtimizda qaysidir sohaning tepasiga yangi rahbar kelsa u o'z qarashlari bilan tizimga yangilik olib kirishga harakat qiladi. Bu esa quyi bo'g'indagilar tomonidan har xil kutib olinadi. Aslida bir tizimga umumiy strategiya qo'llanib, rahbar almashsa ham strategiya almashmasligi kerak, bizda esa aksincha. Demak o'qishni ko'chirish masalasida ham o'zgarishlar bo'lishi mumkin. Salbiy yoki ijobiy bunisi hozircha noma'lum.

Ko'ramiz, yangi vazir islohotlarni davom ettirarmikin yoki tizimga yana yangilik kiritarmikin. Bunisini vaqt ko'rsatadi. Lekin vazirlikning logotipi olib tashlanganiga qaraganda, nimadirlar bo'ladiyov🤷‍♂

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:
@Talimgaoid_perevod
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Kim O'sh shahrida? O'qishga qaytganlar bormi?
Anonymous Poll
27%
Men
73%
Uydaman
⚡️Xotin-qizlar uchun foizsiz taʼlim kredit ajratish tartibi.

📜 Prezidentning 2022-yil 18-iyuldagi PQ-323-sonli qaroriga koʻra, toʻlov-kontraktda oʻqiyotgan xotin-qizlarga joriy yildan boshlab imtiyozli foizsiz taʼlim krediti beriladigan boʻldi.

Kredit kimlarga beriladi?

Oʻzbekistondagi barcha oliy taʼlim muassasalari talabalariga (davlat, xususiy va xorijiy OTMlar filiallari);
Oʻrta maxsus va professional taʼlim muassasalari oʻquvchilariga (texnikum, kasb-hunar kolleji va h.k.).

Qaysi taʼlim shakliga beriladi?

✔️ Kunduzgi;
✔️ Sirtqi;
✔️ Kechki.

Masofaviy taʼlimga berilmaydi.🙅🏻‍♀

14 foizda berilar ekan-ku, nega foizsiz deyilyapti?

Toʻgʻri, taʼlim krediti aslida 14 foizlik stavkada beriladi. Ammo bu foiz qismini xotin-qizlar toʻlamaydi, davlat toʻlab beradi. Aniqrogʻi Moliya vazirligi huzuridagi Taʼlim kreditini moliyalashtirish jamgʻarmasi tomonidan qoplanadi. Xotin-qizlar faqat taʼlim kreditining asosiy qismini toʻlaydi xolos.

Toʻlash qachondan boshlanadi?

Taʼlim kreditining asosiy qismi talabaning rasmiy oʻqish muddati tugagandan soʻng ettinchi oydan boshlab (yaʼni olti oy oʻtib) 7 yil davomida qaytariladi. Masalan, 7 mln soʻm taʼlim krediti olinsa, oʻqishni tugatgandan soʻng, 6 oy oʻtgach 7 yil mobaynida oyma-oy 83 ming soʻmdan toʻlab boriladi.

Qanday hujjatlar kerak?

1️⃣ bankka ariza;
2️⃣ shaxsni tasdiqlovchi hujjat;
3️⃣ taʼlim muassasasi bilan toʻlov-kontrakt shartnomasi;
4️⃣ talabaning doimiy daromad manbaiga ega boʻlgan oila aʼzolari va boshqa uchinchi shaxs birgalikda qarz oluvchi sifatida taʼlim krediti qaytarilishining taʼminoti boʻyicha hujjat.

❗️“Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kirgan oilalarning xotin-qizlariga ajratiladigan taʼlim kreditlari uchun garov va kafilliklar talab etilmaydi.

O‘qishni ko‘chirishga oid yangiliklar:
@Talimgaoid_perevod