Ta'limga oid (Perevod) | O'qishni ko'chirish
28.9K subscribers
1.57K photos
303 videos
279 files
1.61K links
O'qishni ko'chirishga oid ma'lumotlar berib boruvchi telegramdagi yagona rasmiy kanal

Manfaatli hamkorlik: @Talimgaoid_admin
Savollar: @TalimgaoidBot
Reklama: @UnitedAgency
Download Telegram
СУПЕР_КОНТРАКТНИНГ_МИНИМАЛ_МИҚДОРИ+.pdf
628.5 KB
⚡️Super-kontrakt miqdorlari 10 foizga kamaytirildi

Barcha davlat OTMlarida tabaqalashtirilgan (super) to‘lov-kontrakt miqdorlari 10 foizga arzonlashtirildi.

Ilovadagi jadval orqali yo‘nalishlar kesimidagi tabaqalashtirilgan (super) to‘lov-kontrakt miqdorlari bilan tanishishingiz mumkin.

Oʻqishni koʻchirishga oid yangiliklar:
@Talimgaoid_perevod
Nodavlat @Talim_Live.pdf
141.5 KB
#xususiy_oliygohlar

Qaysi xususiy oliygohlarning litsenziyasi mavjud?

Bugungi kunda 53 ta nodavlat xususiy oliy ta'lim tashkilotlari faoliyat yuritish uchun litsenziya olgan. Ushbu ro'yxatda 53 ta oliygohlarning nomi keltirilgan va ularni diplomi Oʻzbekistonda tan olinadi.

Ro'yxat 17.09.2022 holatiga ko'ra ta'lim inspeksiyasi ma'lumotlari asosida tayyorlandi.

O‘qishni ko‘chirishga oid yangiliklar:
@Talimgaoid_perevod
Hurmatli kuzatuvchilar! Muammoyingiz rostan ham hal bo'lishini istasangiz oliygoh nomi va shaxsiy ma'lumotlaringizni batafsil yozing

So'nggi vaqtlarda ishlarim sababli kanalda mavzular yoritish bo'yicha vaqt kam ajratyapman. Kanal ham yordamchi adminlar tomonidan yurgizilmoqda.

Lekin o'qishni ko'chirish bo'yicha muammolar, ishchi guruhlar tomonidan qo'yilayotgan xato-kamchiliklar, talabalar tomonidan noto'g'ri talqin qilinayotgan xabarlar hamda botga kelayotgan murojaatlar hamisha nazoratda turibdi.

Botga yuborilayotgan savollarga ko'p hollarda javob qaytarish imkoniyati bo'lmayapti va asosli deb topilganlari umumiy mavzu tarzida kanalda olib chiqilmoqda.

Kanalimiz va undagi murojaatlar Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi mutasaddilari tomonidan kuzatib boriladi va imkon qadar ko'mak berib turishadi.

Agarda sizda asosli murojaatlaringiz bo'lsa F.I.O hamda aynan qaysi oliygoh bilan bog'liq muammoyingiz bo'lsa batafsil yozib qoldiring. Sizga vazirlik darajasida yordam bera olishimiz uchun barcha ma'lumotlar to'liq zarur.

IZOH: Yuborilgan murojaatlarning faqat asosli deb topilganlari vazirlik darajasida ko'rib chiqilishiga yordam beriladi.

O‘qishni ko‘chirishga oid yangiliklar:
@Talimgaoid_perevod
Nodavlat oliygohlarning diplomi o‘tadimi?

JAVOB: Oʻzbekiston Respublikasi “Taʼlim toʻgʻrisida”gi qonunining 31-moddasiga muvofiq, Davlat taʼlim standartlari va davlat taʼlim talablariga muvofiq taʼlim xizmatlarini koʻrsatuvchi nodavlat taʼlim tashkilotlari bitiruvchilarga davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatlarni beradi.

☝️ Yaʼni, tegishli litsenziyaga ega nodavlat oliy taʼlim tashkilotlari tomonidan berilgan diplomlar davlat oliy taʼlim muassasalari diplomlari bilan teng darajada qabul qilinadi.

Asos: https://lex.uz/docs/5013007

Manba: @nodavlattalim

O‘qishni ko‘chirishga oid yangiliklar:
@Talimgaoid_perevod
A.Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti bo'yicha shikoyat

Talaba imtihondan yetarli ball to'plagani biroq, fanlardan qarzdorlik mavjudligi sababli yetarli ball to'plagan talabalarning ham o'qishini ko'chirish rad etilayotgani haqida shikoyat qilishmoqda.

Mas'ul vakildan munosabat kutamiz: @TalimgaoidBot

O‘qishni ko‘chirishga oid yangiliklar:
@Talimgaoid_perevod
⚡️Quydagi bakalavriat kunduzgi taʼlim yoʻnalishlarida oʻqish muddati 3 yil etib belgilangan.

— Musiqa taʼlimi
— Jismoniy madaniyat
— Texnologik taʼlim
— Chaqiriqgacha harbiy taʼlim
— Tasviriy sanʼat va muhandislik grafikasi
— Maktabgacha va boshlangʻich taʼlimda jismoniy tarbiya va sport
— Sport faoliyati (faoliyat turlari boʻyicha)

O‘qishni ko‘chirishga oid yangiliklar:

@Talimgaoid_perevod
⚡️3-kurs talabalari ham maktablarda dars berishlari mumkin!

Hukumatning "Ta’lim darajasi yuqori boʻlmagan maktablarga malakali oʻqituvchi-pedagoglarni jalb qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi (15.10.2021 646-son) qaroriga binoan, pedagogika yoʻnalishlarida kunduzgi kechki, sirtqi boʻlimlarining 3-kursida tahsil olayotgan talabalarga maktablarda dars berish huquqi berildi.

Avvalgi tartibga binoan talabalar faqat 4-kursdan boshlab, maktablarda dars berishlari mumkin edi.

O‘qishni ko‘chirishga oid yangiliklar:

@Talimgaoid_perevod
Ta'limga oid (Perevod) | O'qishni ko'chirish
A.Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti bo'yicha shikoyat Talaba imtihondan yetarli ball to'plagani biroq, fanlardan qarzdorlik mavjudligi sababli yetarli ball to'plagan talabalarning ham o'qishini ko'chirish rad etilayotgani…
RASMIY MUNOSABAT!

"Ijtimoiy tarmoqlarda Alisher Navoiy nomidagi ToshDO‘TAUga xorijdagi OTMlardan o‘qishni ko‘chirish bilan bog‘liq turli shikoyatlar tarqaldi.

Shikoyatlarda xorijdan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha imtihonlarda yetarli ball to‘plagan, ammo kredit-modul tizimi bo‘yicha fanlardan qarzdorligi qayd etilgan talabalarga rad javobi berilayotgani iddao qilingan.

Mazkur holat bo‘yicha shuni ma'lum qilamizki, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-sonli qarorining 3-ilovasi bilan "Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risida NIZOM"ning 9-bandi 6-xatboshida o‘quv rejalaridagi fanlari bo‘yicha farqlar 4 tadan oshganda qabul qilayotgan OTM tomonidan o'qishini ko'chirish rad etilishiga asos bo'ladi.

Ammo, universitet mazkur holat bo‘yicha talabalarning oilaviy sharoitini inobatga olib,  xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha davlat siyosatini ta'minlash maqsadida dekanatlarga tavsiya kiritildi."


Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti Matbuot xizmati

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:
@Talimgaoid_perevod
Farg'ona davlat universiteti bo'yicha shikoyat

Murojaatchiga ko'ra, bir yil avval o'qishni ko'chirish bo'yicha mas'ul shaxs xorijdan kunduzgi ta'limga o'qishini ko'chirgan talabalarni majburan kechki ta'limga o'tkazdirganligi va bir yildan kunduzgi ta'limga o'tkazib olish mumkinligi haqidagi yolg'on va'dalar unutilganini aytmoqda:

"Хурматли Бот мен ........... Фаргона вилояти Учкуприк тумани Бешкапа кишлогида яшайман, шу тумандаги 8- мактабда укитувчи булиб ишлайман.Мени кизим ....... Фардуни 3- курсида филологияда кечкида укийди Утган йили четдан перевод килинган, бу йил кечкида укийсиз янаги йилига 1та ариза билан кундузгига перевод килинаверасизлар дейишган эди Фардудагилар, лекин бу йил ариза ёзганимизга карамай перевод килишмади. Кизим 2002 йил хеч каерда ишламайди, мана яшаш жойимиз хам узок. Мени катта кизим Усманова Зиёдахон хам КДПИда шартнома асосида укийди.Менда 2та шартнома талаба булишига карамасдан Фарду мени кизим Усманова Озодахонга кечкида укигани сабабли етокхона хам бермади, хозир квартирада турибди, лекин кечкида укигани сабабли хатто квартирасини хам шартнома килиб булмас эмиш.Булар кайси конунда курсатилган, ахир кечагина ОТМ вазири А.Тошкулов кечкида укийдиган талабага ётокхона берилмасин деган конун йук, талаба ёш булса унга ётокхона берилиши керак, хохласа шароити такозо этса кундузгига утказиш керак деди- ку., чунки кизим узи хохлаб кечкига перевод килмаган, янаги йилга кундузгида укийсизлар дейишган.Хурматли Бот мени кизимни масаласини ижобий хал килинишига ёрдам беришингизни илтимос киламан.Мендан олдин хам кизим курсдоши билан сизларга мурожаат килган экан, лекин жавоб булмаган.Мен бир она хамда устоз сифатида сизларга мурожаат киляпман, илтимос ёрдам беринглар."

Afsuski o'tgan yili ko'plab OTMlar talabalar va ota-onalarni shu vaj bilan aldab ta'lim shaklini o'zgartirishga majbur qilishgan. Sabab esa moddiy texnik baza. Talabaga shuni to'g'ri tushuntirmay yolg'on va'dalar berilgan. Shular ichida FarDU ham bor ekan demak...

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:
@Talimgaoid_perevod
KREDIT-MODUL – OTMlar faqatgina talabadan "soqqa" qilish tizimini ishlatmoqda, majburiyatlar esa bajarilmayapti

Oliy ta'lim tizimida 2020/2021 o'quv yilidan boshlab Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tizimidagi oliygohlar uchun kredit-modul tizimini joriy etish ko'zda tutilgan va joriy etildi.

Ushbu tizimda o'qitish sistemasi Yevropa tizimi (European Credit Transfer and Accumulation System — ECTS) asosida ta’limning kredit-modul tizimini joriy etish tartibini belgilaydi. Ushbu tizimga ko'ra talaba va oliygohning o'z majburiyati va o'qitishni yangicha tizimi joriy qilinishi kerak.

Lekin OTMlar kredit-modul tizimining faqat oliygoh foydasiga ishlaydigan qismlarinigina qo'llashmoqda. Talaba huquqlari esa poymol etilmoqda. Tizimning faqat ayrim qismlari amal qilmoqda, xo'sh nima uchun?

TALABALAR DIQQATIGA!

Kredit-modul tizimiga ko'ra, fan o'qituvchilarini oliygoh emas talaba shaxsan tanlaydi. Ya'ni fanlar bo'yicha qaysi o'qituvchi darsga kirishini talaba mustaqil belgilaydi va bunda akademik guruhlar, kursdoshlar degan tushunchaning o'zi mavjud bo'lmaydi.

Masalan siz ingliz tili yo'nalishda o'qiysiz. Sizga "Asosiy o'rganilayotgan chet tili" fanidan darsga kirmoqchi bo'lgan o'qituvchini mustaqil o'z vaqtingizga qarab tanlaysiz. Qolgan talabalar ham shunday. Shunda aynan siz tanlagan o'qituvchi bo'yicha 40 yoki 70 ta talaba darsga kiradi. Boshqa fanda esa yana boshqa talabalar bilan bitta darsda o'tirasiz. Qisqa aytsa har xil fanda har xil talabalar bilan darsda qatnashasiz. Sizda doimiy kursdoshlar bo'lmaydi. (Bu haqida keyingi postimizda batafsil tushuntirib beramiz)

Xo'sh, nima uchun bu tizim amal qilmayaptiyu, talabalarda pul undiruvchi kredit to'lash yaqqol amal qilyapti?

Agarda yuqoridagi talabaning huquqlari amalga oshgudek bo'lsa, o'qituvchini ishda qolish yoki qolmasligini oliygoh emas talaba belgilaydi. Qaysi o'qituvchiga qancha dars berilishi vakolati ham butkul talabalar qo'liga o'tib ketadi. Bu yerda dekan, zamdekan yoki tyutor dekan lavozimlar yo'qolib ketadi. Sababi bu tizimda bunday lavozimlarga xojat yo'q. Lekin OTMlar bu tizimni to'liq amalda qo'llamaydi, sababi vakolatlarini yo'qotib qo'yishdan qo'rqadi.

Xo'sh, talabadan kredit-to'lashni majbur qilishsa nima qilish kerak?

Unda siz ham o'qituvchi tanlash huquqingizni talab qiling. Tartibi haqida batafsil post qilamiz. Sizdan majburiyatingizni talab qilishyaptimi, siz ham huquqlaringiz asosida oliygohdan majburiyatlarini talab qiling.

Sizga huquqiy asos: 2020-yildagi 824-sonli Vazirlar Mahkamasi qarori

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:
@Talimgaoid_perevod
Talabalar huquqini bilmasligidan foydalanib millionlab kredit-summalari undirilyapti.

Kredit-modul nima uchun faqat bir tomonlama ishlayapti? Yoki talabalar huquqlarini talab qilib bosh ko'tarishi shartmi?

Talabalardan pul undirishni qoyillatayotgan OTMlar majburiyatlariga tupurib qo'yganmi? Bugungi zamonaviy dunyoda talabalar huquqlarini talab qilmasligiga shunchalik ishonasizmi? Xo'sh talabalar bosh ko'tarsa nima qila olasiz? Balkim o'ylab ish qilish vaqti kelgandir hurmatli mutasaddilar?

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:
@Talimgaoid_perevod
Kredit-modul tizimining ishlamayotgan bandlaridan biri

Kredit-modul tizimida talaba fan o'qituvchisini mustaqil tanlay oladi, vaholan-ki, kredit pullarini talab qilishni qoyillatayotgan oliygohlar tomonidan amalda bu qo'llanilmayapti.

Agarda sizdan o'qishni ko'chirish masalasida kredit to'lovini talab qilishsa ushbu qarorni "yuzlariga oting". Qo'rqmay haqqingizni talab qiling. Og'zaki baland-parvoz gaplarni emas, yozma huquqiy asoslangan javoblarni talab qiling

📄 Asos: 2020-yildagi 824-sonli Vazirlar Mahkamasi qarori

Barcha talabalarga maksimal tarqating♻️

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:
@Talimgaoid_perevod
Oliygohlarda ta'lim sifati kredit to'lovini talab qilishga arziydimi?
Anonymous Poll
71%
Yo'q, mutlaqo arzimaydi
13%
Ha, arziydi
16%
Natijani ko'rish
Namangan davlat universitetida ham kredit to'lovlari talab qilinmoqda

Murojaatchiga ko'ra, shundoq ham darslar onlayn sifatsiz o'tilgan hamda aslida 5 bahoga yopilgan fanlar transkriptda 3 bo'lib qolgan. Mutasaddilar buni texnik nosozlik deb izohlashgan, lekin mana shu texnik nosozlik talabalar uchun 4-5 mln so'mga tushmoqda. Talabalar ham kontrakt ham kontrakt miqdoriga teng kredit to'lashdan norozi bo'lishmoqda.

Xo'sh, talabalardan kredit to'lovi talab qilinayotgan ekan, oliygoh talabalarga fan o'qituvchisini tanlash huquqini berganmi? Ta'lim sifati kredit to'lovini talab qiladigan darajadami o'zi?

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:
@Talimgaoid_perevod
Kredit to'lasam fandan bilimim oshib qoladi?

Talaba savol beryapti: "Xo'sh biz fanlardagi farqlarni qayta topshirmay hisoblab berilgan 3-4 millionlan kredit-to'lovini amalga oshirsak, o'sha fanlardan bilimli bo'lib qolamizmi? Demak to'lov qilsak, o'sha fanni o'zlashtirgan bo'lib qolar ekanmizda? Bu yerda maqsad faqat pul ishlab bo'lib qolyaptiku?"

Rostan ham asosli savol:

Kredit to'lovini amalga oshirish talabani bilimli qiladimi? Rostan ham qiziq.

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:
@Talimgaoid_perevod
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Qaysi banklar taʼlim krediti ajratmoqda? Ular qanday shartlar asosida beriladi?

📹 Bu haqidagi batafsil maʼlumotni yuqoridagi videolavha orqali bilib olasiz.

O‘qishni ko‘chirishga oid yangiliklar:
@Talimgaoid_perevod
Toshkent davlat pedagogika universiteti bo'yicha yana shikoyat

"Assalomu alaykum men TDPU texnologik ta'lim yoʻnalishi sirtqi boʻlim 2-kurs talabasiman. Men taʼlim shaklini oʻzgartirish boʻyicha
transfer.edu.uz saytida onlayn tarzda ariza yozgan edim. Tavsiya etildingiz deb javob keldi. Lekin universitetga borib uchrashsam joy yoʻq deya qaytarishdi. Sirtqidan Kunduzgi taʼlimga perevod qilganlarga rad javobi berishdi.

Axir kunduzgi taʼlim shaklidan sirtqi taʼlim shakliga oʻzgartirganlar ham juda koʻpku, nega joy yoʻq deyishadi. Olishmas ekan nega bizni tavsiya etildingiz deb sarson qilishadi. Bir marta emas 4 marotaba qaytarishdi 3 kundan keyin keling. Ertaga keling deb sarson qilishib, oxirida rad javobi berishadi. Iltimos bizning murojatimizni bir koʻrib berishsin. Ijobiy natija kutib qolaman rahmat"


Murojaat tahrirsiz e'lon qilindi

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:
@Talimgaoid_perevod
Ta'limga oid (Perevod) | O'qishni ko'chirish
Toshkent davlat pedagogika universiteti bo'yicha yana shikoyat "Assalomu alaykum men TDPU texnologik ta'lim yoʻnalishi sirtqi boʻlim 2-kurs talabasiman. Men taʼlim shaklini oʻzgartirish boʻyicha transfer.edu.uz saytida onlayn tarzda ariza yozgan edim. Tavsiya…
Bu vaziyatda ishchi guruh mas'uli 100 foiz aybdor

Sababi ariza "Tavsiya etildi" statusiga o'tganida talabaning o'qishi ko'chirilishiga yakuniy xulosa berilgan bo'ladi. Mas'ul shaxs bilimsizlik qilib ish tutgan.

Agarda arizani "qabul qilindi" statusiga o'tkazganida, keyinchalik rad etishi mumkin edi. Saytning o'zida ariza "Tavsiya etildi" statusi bilan qanoatlantirilganidan keyin bunday rad etishga haqqi yo'q.

Kimda shaxsiy kabinetda "Tavsiya etildi" statusiga o'zgarib, so'ng oliygohga chaqirib arizangiz rad etilsa, mas'ul shaxsning ustida vazirlik darajasida shikoyat qilishingiz mumkin. Huquqiy jihatdan siz haqsiz.

👉 Ma'lumot uchun ta'lim shaklini o'zgartirish bo'yicha arizalarni ko'rib chiqish OTM mas'ullariga yuklatilgan.

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:
@Talimgaoid_perevod
Termiz davlat pedagogika instituti bo'yicha shikoyat

Talaba yozyapti: bir davlat oligohidan boshqasiga uzrli sabab bilan aynan o'zim o'qigan yo'nalishga o'qishimni ko'chirdim. Biroq fanlardagi farqlar chiqyapti. Qanday qilib davlat oliygohlaridagi aynan bitta yo'nalishlarda fanlar chiqishi mumkin?

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:
@Talimgaoid_perevod
Barcha o'qishini ko'chirayotgan talabalar diqqatiga!

Kredit-modul tizimi to'liq amal qilmay turib, talabalardan kredit to'lovini talab qilayotgan barcha oliygohlar bo'yicha audio va videofaktlar qabul qilamiz. Murojaatchilar shaxsi sir saqlanadi. Barcha video va audiomurojaatlar kanalda e'lon qilinadi.

QAT'IY OGOHLANTIRISH❗️

Talabalarning asosli murojaatlari qonuniy tarzda ijobiy hal qilinmagan oliygohlarning so'nggi ikki yillikdagi XDFU darajasidagi noturdosh yo'nalishlarga o'qishini ko'chirilgan talabalar ma'lumotlarini e'lon qilamiz.

Aslida noturdosh yo'nalishlarga o'qishni ko'chirish maxfiy ravishda amalga oshayotganini xalq bilsin. Ana o'shanda ko'ramiz.

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:
@Talimgaoid_perevod