Ta'limga oid (Perevod) | O'qishni ko'chirish
29.1K subscribers
1.56K photos
303 videos
273 files
1.61K links
O'qishni ko'chirishga oid ma'lumotlar berib boruvchi telegramdagi yagona rasmiy kanal

Manfaatli hamkorlik: @Talimgaoid_admin
Savollar: @TalimgaoidBot
Reklama: @UnitedAgency
Download Telegram
Ta'limga oid (Perevod) | O'qishni ko'chirish
#Murojaat Andijon davlat universitetiga o'qishini ko'chirmoqchi bo'lgan bir guruh talabalar nomidan ekan "Xorijdan O'qishni ko'chirish masalasida Andijonliklar uchun muammo Men qirgiziztondan filologiya va tillarni o'qitish ingliz tili yonalishida oqiman…
Mendagi ma'lumotlarga ko'ra, bu yerda ishchi guruhlarda mutlaqo ayb yo'q. Ayb ikki oliygoh rahbarlari hamda saytdagi kamchilikda.

Ushbu muammo haqida batafsil ma'lumotga egamiz, lekin tushuntirish uchun bir nechta post yozish ham kamlik qiladi.

Hurmatli talabalar, havotirlanmang. Tez orada kamchilik bartaraf etiladi. Katta ehtimol bilan Andijon davlat pedagogika institutiga ko'chirilasiz.

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:
@Talimgaoid_perevod
Ov mavsumi: Samarqand davlat chet tillar instituti xodimi 2 000 dollar pora bilan ushlandi

Samarqand davlat chet tillar instituti tyutori fuqaroga soxta hujjat tayyorlab, uning o‘qishini ko'chirib berish uchun 2 000 dollar pora olgan vaqtda ushlandi.

U fuqaro F.ni 3500 dollar evaziga Qozog‘istondagi OTMning 1-kursini tugatgani to‘g‘risida hujjat tayyorlab berishini, shu orqali o‘zi ishlayotgan institutining 2-kursiga o‘qishini ko'chirib berishni va’da qilgan. Buning evaziga institut xodimi 2000 dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:
@Talimgaoid_perevod
YODJU texnika instituti Namangan filialidagilar uchun maxsus

Oliygoh rahbariyati, sizlardan iltimos qilgan bo'lardik-ki, talabalarga transkript berishda mas'uliyat bilan yondashing. Ushbu transkript qiz bola talaba uchun berilgan, lekin u otasining qizi emas o'g'li?

Qiz bola talabaga berilgan transkriptda "otchestvo" uchun Muxtorjon o'g'li deb yozilgan.
Vaholanki u qiz bola. Har holda Oliy ta'lim muassasasi bo'lib turib bu qadar qo'pol xatolarga yo'l qo'ymasligingizni so'rab qolamiz. Bu kabi xatolar afsus yana bor....

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:
@Talimgaoid_perevod
Savol: Arizam necha haligacha qachon qabul qilinmayapti?

✔️ Javob: Ishchi guruhdagilar ham odam, robot emas. Navbatingiz kelganida ko'rib chiqadi. Sizdek talabalar mingdan ortiq. Ularni ichida qalbaki hujjat topshirayotganlari ham talaygina. Ishchi guruhlar qaysi biriga ulgursin. Robot emas odam ko'rib chiqadi arizalarni. Sabr qiling, albatta arizangiz uchun javob boradi. Mutasaddilarni ham tushuning. Shunchaki kuting, vassalom.

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:
@Talimgaoid_perevod
#Ishchi_guruhlarga

"Al-buxoriy" nodavlat universiteti nomini "Oriental" universiteti nomiga o'zgartirgan.

Shu sababli ushbu oliygohda o'qishni ko'chirish uchun arizalarni qabul qilishingiz mumkin. Oliygoh nomini o'zgartirishi uning litsenziyasiga ta'sirini ko'rsatmaydi.

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:
@Talimgaoid_perevod
#Ishchi_guruhlarga

O'sh davlat pedagogika universitetining akreditatsiya va litsenziyasi mavjud

Ayrim ishchi guruhlar (nomlari bizda mavjud) shu masalada qiynalishayotgan ekan. Shu sababli ularga yordam bo'ladi deb ushbu ma'lumotni ulashyapmiz:

O'sh davlat pedagogika instituti
O'sh davlat pedagogika universiteti


Ikkalasi ham bir oliygoh. Nom jihatdan o'zgarish bo'lgan va litsenziya va akreditatsiya hujjatlarida maummo yo'q. Ta'lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasida ko'rsatilgan ma'lumotlar eski holatda, u hali yangilanmagan. Shu sababli inspeksiyaning saytiga tayanib qolmang.

Ko'p oliygohlar mana shu O'sh davlat pedagogika universitetidan kelgan arizalarni rad etishmoqda. Bu oliygoh bo'yicha muammo yo'q, bemalol arizalarni qabul qilishingiz mumkin.

Talabalar va ularning ota-onalari, bu holatdan havotirga tushmang va arizani qaytadan tahrirlab yuborishingiz mumkin.

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:
@Talimgaoid_perevod
#Xatoliklar

Samarqand davlat tibbiyot universitetining o'ta qo'pol xatosi

#SamDTU o'qishni ko'chirish bo'yicha ishchi guruhi xorijiy oliy ta'lim muassasasining Davolash ishi yo'nalishidan Samarqand davlat tibbiyot universitetining davolash ishiga o'qishni ko'chirish uchun ariza yozgan.

Ishchi guruh esa noturdosh deb rad qilyapti. Nimalar bo'lyapti KARL😂😂😂

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:
@Talimgaoid_perevod
#Xatoliklar

Qovun sayli: Buxoro davlat universiteti ishchi guruhi hali hanuz eski qarorlar bilan ishlayapti🤦‍♂

#BuxDU ishchi guruhi talabaning arizasini "sirtqi ta'limdan kunduzgi ta'limga ko'chirish mumkin emas" vaji bilan rad etibdi. Vaholanki 2017-yilda qabul qilingan VMQ-393 sonli qarorning ushbu bandi 2020-yilda o'z kuchini yo'qotgan.

31.01.2020 yildagi 59-sonli Vazirlar Mahkamasining qarori 8-bandiga ko'ra, sirtqi ta'limdan kunduzgi ta'limga o'qishni ko'chirishga ruxsat berilgan.

Bu yilgi ishchi guruhlar qovun tushurish bo'yicha poyga o'ynamayaptimi?

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:
@Talimgaoid_perevod
#Ishchi_guruhlarga

Ta'lim shakllararo o'qishni ko'chirish bo'yicha shablon

Arizalarni ko'rib chiqayotgan oliy ta'lim muassasalarining hududiy ishchi guruhlari uchun tayyor shablon.

Bu yerda odamni biroz chalg'itadigan holatga ko'proq ahamiyat bering:

👉 Sirtqidan kechkiga mumkin ✔️
👉 Kechkidan sirtqiga mumkin emas

Arizalarni ko'rib chiqishda sabr va muvaffaqqiyat tilaymiz.

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:
@Talimgaoid_perevod
Turdosh yo'nalishlar ro'yxati.pdf
1.3 MB
#Ishchi_guruhlarga

⚡️⚡️Mos va turdosh yo'nalishlar ro'yxati.

Ushbu faylda o'qishni ko'chirmoqchi bo'lganlar uchun turdosh va noturdosh yo'nalishlar ro'yxati bor. Bir guruhda bo'lsa turdosh har xil guruhlarda bo'lsa noturdosh hisoblanadi. Xorijdan va nodavlat oliygohlardan o'qishini ko'chirmoqchi bo'lganlar faqat turdosh yo'nalishga ariza yoza oladi.

Bu eng oxirgi versiyadagi ro'yxat. Arizalarni ko'rib chiqishdi ushbu fayldan foydalanishingizni tavsiya qilamiz

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:
@Talimgaoid_perevod
Ta'limga oid (Perevod) | O'qishni ko'chirish
Turdosh yo'nalishlar ro'yxati.pdf
#Ishchi_guruhlarga

*Izoh:

Ayrim ta'lim yo'nalishlari bir vaqtning o'zida 2-3 ta guruhda mavjud. Masalan:

Boshlang'ich ta'lim va sport tarbiyaviy ish – 6 va 10-guruhlarda joylashgan. Ikkala guruhdagi boshqa yo'nalishlar uchun ham turdosh hisoblanadi.

Bu kabi bir nechta guruhlarda joylashgan yo'nalishlar ko'p. Mana shu masalada e'tiborli bo'ling, bilmay noturdosh deb rad etib qo'yish ehtimolligi mavjud.

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:
@Talimgaoid_perevod
#Ishchi_guruhlarga

Hududiy ishchi guruhlar mana shu ta'lim yo'nalishi bo'yicha qiyinchiliklarga uchrayotgan bo'lishi mumkin.

"Педагогический" deb yozilgan ta'lim yo'nalishi aslida pedagogika emas "Jismoniy madaniyat" hisoblanadi. O'tilgan fanlardan ham bilib olishingiz uchun 4 semestr ko'rsatilgan transkriptni sizga ilova qilamiz.

Shu sababli ushbu ta'lim yo'nalishidan Jismoniy tarbiya yo'nalishiga yoki unga mos (turdosh) yo'nalishiga ariza yozsa qabul qilishingizni tavsiya qilamiz.

Hududiy ishchi guruhlarga imkon qadar yordamlashishga harakat qilamiz.

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:
@Talimgaoid_perevod
#Ishchi_guruhlarga

Kseronusxa holatida yuklangan transkriptlarni qabul qilmang❗️

Har yili o'qishni ko'chirishda hujjat topshirishda qalbaki hujjatlar bilan ham ariza topshirish holatlari kuzatilib turadi. Bu yildan bu usulning yangisi kserokopiya holatidagi soxta transkriptlar ommalashibdi. Buning haqiqiy yoki soxta hujjat ekanligini ajratish deyarli imkonsiz.

Shu sababli asl nusxadagi (rangli muxr bosilgan) transkript yuklanmagan arizalarni rad etishni tavsiya qilamiz. Bu bo'yicha sizda vakolat bor. Hech qanday qonun buzilishi hisoblanmaydi.

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:
@Talimgaoid_perevod
#Xatoliklar

Farg'ona davlat universiteti

#FarDU mutasaddilari (menimcha anglashilmovchilik sabab) arizasi asossiz rad etishgan. Xorijda jismoniy madaniyatda o'qib, FarDUning aynan shu yo'nalishiga topshirilgan ariza "noturdosh" deb rad etilgan.

Mutasaddilar iltimos e'tiborliroq bo'ling...

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:
@Talimgaoid_perevod
#Ishchi_guruhga

PQ-279-sonli qarorga ko'ra, nodavlat ta'lim tashkilotlaridan davlat oliy ta'lim muassasalarining NOTURDOSH ta'lim yo'nalishlariga o'qishni ko'chirishda bir martalik orttirilgan kontrakt to'lash ko'rsatilgan.

Demak, noturdosh bo'lsa ham arizani qabul qilaverasiz, faqat izoh qismida yuqoridagi bandni keltirib qo'ysangiz kifoya.

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:
@Talimgaoid_perevod
#Xatoliklar

O'qishni ko'chirish bo'yicha ikkita sabab faqatgina yurtimizdagi bir davlat oliygohidan boshda davlat oliygohiga ko'chirishda amal qiladi.

Boshqa hollar bundan mustasno. Xorij va nodavlat oliygohlardan o'qishni ko'chirishga bu sabablarning aloqasi yo'q

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:
@Talimgaoid_perevod
⚡️⚡️⚡️
DIQQAT!!!

O'zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasining Qirg'iziston vakilligi ertaga 01.08.2022 kuni kechki Qirg'iziston vaqti bilan 23:00 da Qirg'izistonda ta'lim olayotgan talabalar uchun telegram kanalimizda "Ovozli chat" bo'lib o'tadi.
Ovozli chatda ishtirok etuvchilar:
1. O'zbekiston Respublikasining Qirg'iziston Respublikasidagi elchixonasi konsuli N.Amanov.
2. O'zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasining markaziy apparati vakillari.
3. @talimgaoid_perevod kanali ta'sischisi vakilligimizni Fan va ta'lim bo'yicha koordinatori F. Axmadjonov.
4. @talim_live jamoasi va rahbari.
Ishtirok etishadi.
Mavzular:
1. Passport va visaga oid savollar.
2. Chegaraga oid savollar.
3. O'qishni ko'chirishga oid savollar.
4. O'qishga qabul bo'yicha savollarga javob beriladi.

Manzil
👇👇👇
https://t.me/uzbyoshlar_kg?livestream=ec8c69b290136e79b9

O'TKAZIB YUBORMANG!!!
BARCHAGA TARQATINGLAR!!!
Forwarded from Ta'lim Live
❗️NEGA MENI ARIZAM QABUL QILINMAYAPTI?

😥 Nega meni arizam qabul qilinmayapti? Qo'shnim Tursunboy mendan keyin ariza topshirgandi, arizasi qabul qilindi!

Shu savolga javob bersak! Bunga bir nechta sabablar bor.

Jumladan;
— Arizalar ko'pligi sababli ishchi guruhlar ulgurmayapti;
— Kamchiligi bor arizalar ko'pligi ishchi guruh ishini sekinlatmoqda;
— Tursunboyning omadi bor, shuning uchun arizasi sizdan oldin ko'rib chiqildi.

⭕️ Tushunarsiz va bahsli arizalar boshga hamkasblar bilan maslahatlashgan holda ko'rib chiqiladi va bu tabiiy jarayon hisoblanadi.

Taʼlim tizimiga oid yangiliklar:
➡️ @Talim_Live
Forwarded from Firdavs Axmadjanov
#Ishchi_guruhlarga

Qirg'iziston Respublikasida joylashgan oliygohlar akreditatsiya (litsenziya) hujjatlari

🏛 Batkent davlat universiteti
🏛 Bishkek xalqaro innovatsion texnologiyalar universiteti
🏛 O'sh yuridik instituti
🏛 O'sh texnologiya universiteti
🏛 Bishkek xalqaro tibbiyot universiteti
🏛 Ijtimoiy rivojlanish va tadbirkorlik instituti
🏛 Qirg'iz-qozoq univetsiteti
🏛 K.Toktamatov nomidagi xalqaro universiteti
🏛 Tibbiyot va ijtimoiy tadqiqotlar instituti
🏛 Qirg'iz-rus ta'lim akademiyasi
🏛 Qirg'iz-o'zbek xalqaro universiteti
🏛 Qirg'iz-slavyan universiteti
🏛 Zamonaviy xalqaro universitet
🏛 O'sh davlat gumanitar pedagogika universiteti
🏛 O'sh davlat universiteti

Ro'yxat to'liq emas. Boshqa oliygohlar ham mavjud. Ushbu oliygohlar hozirda ham qonuniy faoliyat olib bormoqda va hech qandat hujjatlari bekor qilinmagan.

⚠️ Arizangiz "inspeksiya saytida oliygohingiz mavjud emas" sababi bilan rad etilsa, oliygohingiz akreditatsiya (litsenziya) hujjatlarini ham yuklang.

👉 @Axmadjanoov 👈
⚡️Fanlardan qarzdorligi bor talaba o‘qishini ko‘chira oladi

Ayrim xususiy oliygohlar o'z talabalari sonini yo'qotmaslik uchun VMQ-393 sonli qarorni noto'g'ri talqin qilib, bu orqali transkript berishni noqonuniy deyishmoqda ekan. Bunchalikmasda endi🤦‍♂

Biz avval ham aytganmiz, talabaning faqat 1-kursning 1-semestri to'liq yopilgan bo'lsa kifoya, qolgan kurslar va semestrdagi qarzdorlikning o'qishni ko'chirishga ta'siri yo'q deb. Bu haqida vazirlik o'z rasmiy telegram kanalida e'lon qilgan. (Rasmda ko'rishingiz mumkin)

Talaba 1-kursning 1-semestrni to'liq yopib, qolgan semestrdan qarzdor bo'lsa ham perevod qila oladi. Kurs masalasini esa o'qishini ko'chirgan OTM hal qiladi. Shunday ekan transkript so'rab kelgan talabalaringizni huquqini buzmang, qarorlarni noto'g'ri talqin qilib talabalar kontigentini saqlab qolishni o'ylavermang.

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:
@Talimgaoid_perevod