Ta'limga oid (Perevod) | O'qishni ko'chirish
28.9K subscribers
1.57K photos
305 videos
279 files
1.62K links
O'qishni ko'chirishga oid ma'lumotlar berib boruvchi telegramdagi yagona rasmiy kanal

Manfaatli hamkorlik: @Talimgaoid_admin
Savollar: @TalimgaoidBot
Reklama: @UnitedAgency
Download Telegram
Har yilgidek o'qishni ko'chirishga oid feyk xabarlar tarqalmoqda!

O‘qishni ko‘chirishga oid yangiliklar:
@Talimgaoid_perevod
#Nodavlat_oliygohlarga

⚡️Qo'shma ta'lim dasturidan nodavlat oliygohga o'qishni ko'chirish mumkin

Qo'shma ta'lim dasturlarida tahsil olayotgan talabalar o'qishini nodavlat oliygohlariga ko'chirishi mumkin. Bu bo'yicha cheklov yo'q, quyidagi qarorda ham faqatgina davlat oliygohiga ko'chirish mumkin emasligi keltirilgan.

📄 Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 06.07.2021 yildagi 421-sonli qarorining 4-bob, 28-bandida qo'shma ta'lim dasturida tahsil olayotgan talabalar "...boshqa O'zbekiston Respublikasi davlat oliy ta'lim tashkilotiga ko'chirishiga ruxsat etilmaydi" deyilgan.

⚠️ Shunday ekan, nodavlat oliygoh rasmiylari bemalol qo'shma ta'lim dasturi talabalarini o'qishga qabul qilishingiz (o'qishini ko'chirishingiz) mumkin.

O‘qishni ko‘chirishga oid yangiliklar:
@Talimgaoid_perevod
O'qishni ko'chirish bo'yicha arizalarga nima uchun "javob kelmayapti"?

Xorij va nodavlat oliygohlaridan davlat oliygohlariga o'qishni ko'chirish bo'yicha arizalar my.uzbmb.uz sayti orqali topshiriladi.

Ushbu saytga kelib tushgan arizalar tegishliligi bo'yicha oliygohlarning mas'ul hodimlari tomonidan ko'rib chiqiladi. Ya'ni siz qaysi oliygohga o'qishingizni ko'chirmoqchi bo'lsangiz o'sha oliygoh arizangizni ko'rib chiqadi va "qabul qilindi" yoki "rad etildi" statusiga o'tkazadi.

Oliygohlardagi o'qishni ko'chirish bo'yicha mas'ul hodimlar arizalarni ko'rib chiqishni boshlagach albatta talabgorlarga arizalar bo'yicha xabarnoma sms shaklida boradi hamda shaxsiy kabinetida ariza stutisi o'zgaradi.

O‘qishni ko‘chirishga oid yangiliklar:
@Talimgaoid_perevod
O'qishni ko'chirish uchun topshirilgan arizani tahrirlasa bo'ladimi?

O'qishni ko'chirish bo'yicha my.uzbmb.uz sayti orqali noto'g'ri ariza topshirgan talabalar arizasini tahrirlash imkoniga ega.

Sizning arizangiz holati "Ko'rib chiqish uchun qabul qilindi" statusida turgan bo'lsa bemalol uni tahrirlash imkoniga egasiz. Agarda ariza holati keyingi bosqichga o'tgan bo'lsa u holda tahrirlash imkoniyatingiz yo'q va ariza rad etilishini kutasiz.

Rad etilgan arizalarni qayta tahrirlash imkoni beriladi.

O‘qishni ko‘chirishga oid yangiliklar:
@Talimgaoid_perevod
💹 Talabalar o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha arizalar statistikasi

24-iyul soat 09:00 holatiga ko‘ra talabalar o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha jami 26 ming 067 nafar talaba onlayn ro‘yxatdan o‘tdi (batafsil infografikada👆).

respublika davlat oliy ta’lim muassasalariaro o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha transfer.edu.uz platformasi orqali – 13 809 nafar;

nodavlat va xorijiy oliy ta’lim muassasalaridan o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha my.uzbmb.uz platformasi orqali – 12 258 nafar talaba ariza topshirgan.

❗️Eslatma: arizalar 5-avgust (shu kuni ham) kuniga qadar onlayn qabul qilinadi.

O‘qishni ko‘chirishga oid yangiliklar:
@Talimgaoid_perevod
⚡️Xotin-qizlar uchun foizsiz taʼlim kredit ajratish tartibi

📜 Prezidentning 2022-yil 18-iyuldagi PQ-323-sonli qaroriga koʻra, toʻlov-kontraktda oʻqiyotgan xotin-qizlarga joriy yildan boshlab imtiyozli foizsiz taʼlim krediti beriladigan boʻldi.

Kredit kimlarga beriladi?

Oʻzbekistondagi barcha oliy taʼlim muassasalari talabalariga (davlat, xususiy va xorijiy OTMlar filiallari);
Oʻrta maxsus va professional taʼlim muassasalari oʻquvchilariga (texnikum, kasb-hunar kolleji va h.k.).

Qaysi taʼlim shakliga beriladi?

✔️ Kunduzgi;
✔️ Sirtqi;
✔️ Kechki.

Masofaviy taʼlimga berilmaydi.🙅🏻‍♀

14 foizda berilar ekan-ku, nega foizsiz deyilyapti?

Toʻgʻri, taʼlim krediti aslida 14 foizlik stavkada beriladi. Ammo bu foiz qismini xotin-qizlar toʻlamaydi, davlat toʻlab beradi. Aniqrogʻi Moliya vazirligi huzuridagi Taʼlim kreditini moliyalashtirish jamgʻarmasi tomonidan qoplanadi. Xotin-qizlar faqat taʼlim kreditining asosiy qismini toʻlaydi xolos.

Toʻlash qachondan boshlanadi?

Taʼlim kreditining asosiy qismi talabaning rasmiy oʻqish muddati tugagandan soʻng ettinchi oydan boshlab (yaʼni olti oy oʻtib) 7 yil davomida qaytariladi. Masalan, 7 mln soʻm taʼlim krediti olinsa, oʻqishni tugatgandan soʻng, 6 oy oʻtgach 7 yil mobaynida oyma-oy 83 ming soʻmdan toʻlab boriladi.

Qanday hujjatlar kerak?

1️⃣ bankka ariza;
2️⃣ shaxsni tasdiqlovchi hujjat;
3️⃣ taʼlim muassasasi bilan toʻlov-kontrakt shartnomasi;
4️⃣ talabaning doimiy daromad manbaiga ega boʻlgan oila aʼzolari va boshqa uchinchi shaxs birgalikda qarz oluvchi sifatida taʼlim krediti qaytarilishining taʼminoti boʻyicha hujjat.

❗️“Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kirgan oilalarning xotin-qizlariga ajratiladigan taʼlim kreditlari uchun garov va kafilliklar talab etilmaydi.

O‘qishni ko‘chirishga oid yangiliklar:
@Talimgaoid_perevod
⚡️Davlat oliygohining o'zida yo'nalishni va ta'lim shaklini o'zgartirish mumkin

Davlat oliy ta'lim muassasalarida o'qiyotgan talabalar oliygoh ichida ta'lim yo'nalishini mos va turdosh yo'nalishlarga hamda noturdosh yo'nalishlarga ham o'zgartirishi mumkin. Bunda:

Mos va turdosh yo'nalishga – imtihonsiz, oddiy kontrakt asosida;
Noturdosh yo'nalishga – imtihonsiz, oshirilgan kontrakt asosida;
Ta'lim shaklini o'zgartirish – imtihonsiz, oddiy kontrakt asosida.

Arizalar har bir oliygohning o'zida offlayn shaklda ishchi guruh tomonidan qabul qilinadi.

📄 Kerakli hujjatlar:

Ariza (o'sha joyning o'zida yoziladi);
Pasport nusxasi;
Transkript yoki reyting daftarchasi

O‘qishni ko‘chirishga oid yangiliklar:
@Talimgaoid_perevod
Nima uchun arizalar hanuzgacha ko'rib chiqilmayapti?

My.uzbmb.uz platformasi orqali topshirilgan arizalar oliy ta'lim muassasalari tomonidan ko'rib chiqiladi.

Vazirlik tomonidan OTM ishchi guruhlariga tizimdagi arizalarni ko'rib chiqish uchun login-parollar berilmayotgani sababli hanuzgacha arizalar ko'rib chiqilayotgani yo'q.

Vazirlikning o'zi qachonki mas'uliyatni zimmasiga olsa, keyin OTMlar ham ishlay boshlaydi.

O‘qishni ko‘chirishga oid yangiliklar:
@Talimgaoid_perevod
Chirchiq davlat pedagogika universitetida "ichki perevod" stavkasi 300$mi?

Ushbu universitet bilan bog'liq murojaat qilinishi bo'yicha to'rtinchi holat. Mutasaddilar ogohlantirib qo'yishsa yaxshi bo'lardi.

O‘qishni ko‘chirishga oid yangiliklar:
@Talimgaoid_perevod
Aslo bunday qilmang❗️

Agarda sizda ham ushbu holat kuzatilayotgan bo'lsa, aslo bunday qilmang. Sababi siz bir yil avvalgi transkript boshqa OTM nomi bilan hujjat topshirishingiz mumkin, xatto imtihonlargacha kiritilasiz.

Biroq, o'qishni ko'chirib bo'lgandan so'ng olib kelishingiz lozim bo'lgan hujjatlarni aynan bir yil avvalgi oliygohdan olib kelolmaysiz. Ana shunda sizni "perevodingiz" bekor qilinadi.

O‘qishni ko‘chirishga oid yangiliklar:
@Talimgaoid_perevod
💹 Talabalar o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha arizalar statistikasi

25-iyul soat 09:00 holatiga ko‘ra, talabalar o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha jami 29 ming 602 nafar talaba onlayn ro‘yxatdan o‘tdi (batafsil infografikada👆).

respublika davlat oliy ta’lim muassasalariaro o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha transfer.edu.uz platformasi orqali – 15 447 nafar;

nodavlat va xorijiy oliy ta’lim muassasalaridan o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha my.uzbmb.uz platformasi orqali – 14 155 nafar talaba ariza topshirgan.

❗️Eslatma: arizalar 5-avgust (shu kuni ham) kuniga qadar onlayn qabul qilinadi.

O‘qishni ko‘chirishga oid yangiliklar:
@Talimgaoid_perevod
⚡️O'qishni ko'chirish bilan bog'liq sayt ishlamayapti!

My.uzbmb.uz saytida "O'qishni ko'chirish (xorijiy va nodavlat)" bo'limi ishlamayapti, rasmda ko'rishingiz mumkin.👆

Katta ehtimol saytdagi yuklamalarning ortib ketganligi sababli serverlarda muammo yuzaga kelgan bo'lishimi mumkin. Vazirlikdagilar qarab qo'yishsa yaxshi bo'lardi.

O‘qishni ko‘chirishga oid yangiliklar:
@Talimgaoid_perevod
⚡️O'qishni ko'chirish uchun to'lov qachon amalga oshiriladi?

Savol: Men o'qishni ko'chirish uchun my.uzbmb.uz sayti orqali ariza topshirdim, lekin to'lov kvitansiyasi chiqmadi. Qachon va qanday to'lovni amalga oshirishim kerak?

O'qishni ko'chirish uchun topshirilgan arizalar ishchi guruh tomonidan ko'rib chiqila boshlanganidan so'ng arizangiz qabul qilinadi.

Ariza qabul qilinganidan so'ng, arizaning pastki qismida to'lov kvitansiyasi shakllanadi. Ushbu kvitansiya orqali 165 ming so'm to'lov summasini 5-avgust sanasigacha amalga oshirishingiz mumkin bo'ladi.

O‘qishni ko‘chirishga oid yangiliklar:
@Talimgaoid_perevod
⚡️O'tgan yilgi transkript bilan perevod qilish mumkin

SAVOL: O'tgan yilgi perevod uchun transkript olgandim, lekin imtihondan yiqildim. Bu yil o'sha transkript bilan "perevod" uchun hujjat topshira olamanmi?

👉 JAVOB: Agarda siz hozirda o'qiyotgan oliygohingizda tahsilni davom ettirayotgan bo'lsangiz, yangi transkript olishingiz tavsiya etiladi. Ya'ni 2022/2023 o'quv yilining transkript bilan hujjat topshirishingiz maqsadga muvofiq.

Biroq, o'tgan yilgi transkript bilan ham bemalol hujjat topshira olasiz. Sizdan talab etiladigan narsa imtihondan o'tganingizdan so'ng, o'qishingizni ko'chirgan ololiygohga yangi o'quv yilingizni transkriptini ham olib borasiz. Shunda kurs masalasi sizni foydangizga ishlaydi.

Mobodo siz, o'tgan yili imtihondan yiqilib, qaytib oliygohingizga bormaganligingiz sababli o'qishdan chetlatilgan bo'lsangiz ham, bir yil avvalgi transkript bilan ham "perevod" uchun hujjat topshira olishingiz mumkin.

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:
@Talimgaoid_perevod
Forwarded from Nodavlat oliygohlar
⚡️ Rasman: Ilk nodavlat oliygohi litsenziyasi bekor qilindi

“VALLEY INNOVATIVE UNIVERSITY” MCHJga nodavlat taʼlim xizmatlarini koʻrsatish faoliyati uchun berilgan litsenziyasi bekor qilindi

Fargʻona tumanlararo iqtisodiy sudining 2023-yil 17-iyuldagi hal qiluv qarori bilan “VALLEY INNOVATIVE UNIVERSITY” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga 2022-yil 13-dekabrda nodavlat taʼlim xizmatlarini koʻrsatish faoliyati uchun berilgan 053546-sonli litsenziya bekor qilindi. Boʻlib oʻtgan sud majlisi muhokamalarida oliy taʼlim tashkiloti faoliyatida aniqlangan qoʻpol qoidabuzarliklar sudga taqdim etilgan asosli hujjatlar bilan oʻz isbotini topdi.

Nodavlat taʼlim sohasida umumiy va alohida litsenziya talablari hamda shartlariga rioya etishda qator qoʻpol qoidabuzarliklarga yoʻl qoʻyganligi aniqlandi. Jumladan:

1) mazkur oliy taʼlim tashkilotining litsenziyada koʻrsatilgan foydalanish uchun ajratilgan bino-inshootlari muassislarga mulk huquqi yoki ijara shartnomasi asosida tegishli ekanligini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud emas;

2) Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining HEMIS axborot tizimiga taʼlim oluvchilar va pedagog xodimlar toʻgʻrisida toʻgʻri va toʻliq maʼlumotlar kiritilmagan;

3) vakolatli davlat organi bilan kelishilgan holda yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bilan shugʻullanadigan rektor maslahatchisi shtat birligi joriy etilmagan;

4) taʼlim tashkilotining bankdagi hisob varagʻida 150 ming AQSH dollari yoki shu miqdor ekvivalentdagi mablagʻ mavjud emas;

5) 60 ta kompyuter texnikasi bilan jihozlangan elektron kutubxona va 20 ta kompyuter texnikasi, skaner va nusxa koʻchirish apparati bilan jihozlangan axborot-resurs markazi tashkil etilmagan;

6) taʼlim oluvchilar har bir fandan oʻquv adabiyotlari (darsliklar, oʻquv qoʻllanmalari) bilan taʼminlanmaganligi aniqlandi.

25.07.2023

@Nodavlat_oliygohlar – nodavlat oliygohlar haqida so'nggi ma'lumotlar bazasi
Forwarded from Nodavlat oliygohlar
⚡️Faoliyati tugatilgan "Valley innovative university" talabalari taqdiri nima bo'ladi?

Oliygohda hozirgi kunga qadar jami 200 ga yaqin talabalar tahsil olishar edi. Bir hafta ilgari oliygoh o'z talabalariga faoliyati tugatilayotgani haqida ogohlantirish e'lon qilgan. Ya'ni talabalarning oliygoh taqdiri haqida xabari bor edi.

Xo'sh ushbu talabalarning taqdiri nima bo'ladi

❗️Ushbu nodavlat oliygoh talabalariga PQ-100-sonli qarorda ko'rsatilganidek, boshqa davlat yoki nodavlat oliygohlarga o'qishni ko'chirish huquqi beriladi.

👉 Buning uchun talabalar vaqtni bekor o'tkazmasdan my.uzbmb.uz sayti orqali davlat oliygohiga o'qishni ko'chirish uchun ariza topshirilari tavsiya etiladi. Tez orada vazirlik tomonidan davlat oliygohlarining hududiy ishchi guruhlarga ushbu talabalardan tushgan arizani ko'rib chiqish bo'yicha tavsiya yoki ularning taqdiri yuzasidan rasmiy ma'lumot beriladi.

25.07.2023

@Nodavlat_oliygohlar – nodavlat oliygohlar haqida so'nggi ma'lumotlar bazasi
⚡️Talabalar o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha arizalar qabul qilish davom etmoqda.

respublika davlat oliy ta’lim muassasalariaro o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha transfer.edu.uz platformasi orqali;

nodavlat va xorijiy oliy ta’lim muassasalaridan o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha my.uzbmb.uz platformasi orqali;

oliy ta'lim muassasasi doirasida talabalar o'qishi ta'lim shakli va yo'nalishini o'zgartirish (mos va turdosh yoʻnalishlar) bo'yicha institutning Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash bo'limiga murojaat qilishingiz mumkin.

❗️Eslatma: arizalar 5-avgust (shu kuni ham) kuniga qadar onlayn qabul qilinadi.

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:

@Talimgaoid_perevod
⚡️Ishchi guruhlar yana xato qilishni boshlashdi!

Har yili o'qishni ko'chirish jarayonlari boshlanganidan so'ng, ishchi guruhlar tomonidan arizalarni ko'rib chiqishda xato kamchiliklarga, ayrim hollarda esa qo'pol xatolarga yo'l qo'yishadi. Kanalimiz orqali ushbu xatolarni bartaraf etish bo'yicha ko'mak berib kelamiz.

Bu yil ham arizalarni ko'rib chiqishda xatolar kuzatila boshlandi. Bizga bir nechta ma'lumotlar kela boshladi. Shu sababli kanalimizda qaysi oliygohlar tomonidan qanday kamchiliklarga yo'l qo'yilayotgani hamda tavsiyalar berib borishni boshlaymiz.

Hududiy ishchi guruhlar kanalimizga kuzatib borishlarini tavsiya qilamiz.

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:
@Talimgaoid_perevod
Namangan davlat universiteti: ariza asossiz rad etilgan

Qirg'izistonda 3-kursni tamomlagan talaba Namangan davlat universitetiga o'qishini ko'chirish uchun ariza topshirgan. Biroq oliygohda davolash ishi yo'nalishining 4-kursi mavjud bo'lmaganligi sababli ariza rad etilgan.

Shundan so'ng, talaba qaytadan ariza yozib 3-kursda ham o'qishga rozi ekanligini izoh qismiga yozgan. Biroq, yana 4-kurs mavjud emasligi vaji bilan ariza rad etilgan.

Ushbu holatda ishchi guruh qo'pol xatoga yo'l qo'ygan. Ishchi guruh arizani rad etishga haqqi yo'q, kurs masalasiga esa xulosa qilish huquqi yo'q. Kurs masalasini esa dekanat tomonidan fanlar farqiga qarab belgilanadi.

Shu sababli NamDUdan mas'ul shaxslar shu kabi arizalarga e'tiborli bo'ling, oddiy xatolar bilan uyatga qolishingiz mumkin.

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:
@Talimgaoid_perevod