Ta'lim telekanali | Rasmiy
4.71K subscribers
1.11K photos
278 videos
12 files
1.34K links
Ta'limga doir foydali xabarlar kanaliga xush kelibsiz!

Hamkorlik uchun: @Otabek_Hoshimov
Download Telegram
📣 MatchED Expo 2025 va TOEFL Educators Forum — bu shunchaki ko‘rgazma emas, balki ta’lim olamining eng yirik forum va expo tadbiri!

14- Oktabt kuni siz xalqaro univeristet valillari bilan to’g’ridam to’g’ri suhbat qilish imkoniyatiga ega bo’lasiz va bundan tashqari quyidagi seminarlarda qatnashishingiz mumkin:

📘 SAT Tips for Success – SAT MAKON jamoasidan samarali tayyorgarlik sirlari
🕐 13:30 – 14:00

🎓 Erasmus+ OpportunitiesVisola Rakhmatullaeva bilan Yevropada o‘qish imkoniyatlari
🕐 14:00 – 14:40

📑 Essay Writing for Top UniversitiesNYUAD vakili Zhaydra Bainazardan insho yozish bo‘yicha masterklass
🕐 13:00 – 13:30

🎁 Maxsus sovg‘alar:
🎓 ETS — TOEFL iBT imtihonini bepul topshirish imkoniyati
📘 Topscore — bepul kurslar va kitoblar
🌐 Globalpass — chet el universitetlariga hujjat topshirish uchun voucherlar

Expo va Seminarlarda Qatnashish uchun ro’yxatdan o’ting!

📅 14 oktabr 2025
9:30 – 17:00
📍 Azimut Grand Hotel Tashkent

📧 Info@matchedexpo.com
☎️ +998 95 866 60 60
Telegram | Instagram | YouTube
1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Ta'lim telekanali" loyihasi 2024-yili oktabrda tashkil etilgan edi.

Loyihaning asosiy ko'zlangan maqsadi O'zbekistondagi ta'lim dargohlarini va ulardagi jarayonlarni yoritib berishdan iborat.

Shu loyihamiz doirasida ozmi ko'pmi ta'lim dargohlarini yoritib berdik. Hozir yana har xil joylarni yoritishda ishtirok etmoqdamiz.

Yaqinda @icc_kimyo loyihasi asoschilari bilan O'zbekistondagi eng oldi tibbiyot maktabi "Abu Ali ibn Sino maktabi"ni yoritgan edik. Maktabda hamma narsa bepul. 5 mahal taom beriladi. Ko'pgina xususiy maktablardan kuchli. Prezident nazoratidagi maktablardan biri.

Shu maktab haqida to'liq ko'rsatuv tayyorladik, hoziroq kirib tomosha qiling. Sizga foydali bo'ladi degan umiddamiz.

To'liq ko'rsatuvni ko'rish:
👉 https://www.youtube.com/watch?v=BcNWrv66fQU
🔥21
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🤗 Osiyo Xalqaro Universitetida stomatologiya sohasida xalqaro ilmiy konferensiya!

🏢 Bugun Osiyo Xalqaro Universitetida “Stomatologik kasalliklarni profilaktikasida zamonaviy yondashuvlar va innovatsion yechimlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘z ishini boshladi.

🌟 Mazkur nufuzli tadbir O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamkorligida tashkil etilgan bo‘lib, unda O‘zbekiston, Rossiya, Turkiya va Pokistondan taniqli olimlar, professorlar va yosh tadqiqotchilar ishtirok etmoqda.

🎙 Konferensiyaning ochilish marosimida quyidagi nufuzli mehmonlar so‘zga chiqdilar:
Dexkanov Suxrob Sobirovich — Osiyo Xalqaro Universiteti rektori
Prof. Sunatullo G‘affarov — O‘zbekiston Respublikasi bosh stomatologi
Prof. Aleksandr Pankratov — Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sechenov universiteti olimi
Prof. Usman Sana — Pokiston Davlat oliy universiteti vakili
• Shuningdek, Turkiya, Rossiya va O‘zbekistondan yetakchi mutaxassislar ham ilmiy ma’ruzalar bilan ishtirok etishdi.


🔬 Konferensiya davomida stomatologiyada zamonaviy profilaktika yondashuvlari, raqamli texnologiyalar, biomateriallar, ortopedik davolash usullari va innovatsion metodlar bo‘yicha muhim ma’ruzalar tinglanmoqda.

💡 Ushbu konferensiya — tibbiyotdagi ilmiy yutuqlarni amaliyotga tatbiq etish, xalqaro hamkorlikni kengaytirish hamda yosh olimlar uchun yangi imkoniyatlar yaratish yo‘lida muhim qadamdir.

Ilm, innovatsiya va tajriba birlashgan maskan — bu Osiyo Xalqaro Universiteti!

🔗 rus/english

Telegram | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2🤝1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📢 E’tibor bering! O‘quvchilarning 90% qiynalayotgan muammo larni birgalikda qilamiz!

FE'Lning vazifasini chalkashtiryaptsizmi?
ESSE yozishda tezis, dalil va fikrlarga qiynalaypsizmi?
Bundan tashqariSINTAKSISdagi savollarda ham ko'p xatolar kuzatilyaptimi?

🚨 Bu muammolar oddiy emas. Bu — yozma ishlarda past baho, testlarda xatolar, imtihonlarda hayajon, va eng yomoni — o‘ziga bo‘lgan ishonchni yo‘qotish degani.

🎯 Shu sababli men 3 kunlik bepul vebinar o‘tkazaman:
📌 “FE'L, SINTAKSIS, ESSE yozish va eng og‘ir mavzular — oddiy tilda, aniq usulda!”

21:00
📍Vebinar manzili:
@oson_onatili1

👩‍💻Savol va murojaatlar uchun:
@NaziraRashidova

Hoziroq ulanib oling, bugun birinchi mavzuyimizni boshlaymiz.
Ta'limga oid ko'p takrorlanayotgan savol - javoblar

1️⃣ O'z vaqtida maktabni bitirmaganlar qanday qilib attestat olishi mumkin?

Javob: Bu yerda

2️⃣ Farzandimga oltin medal berilmaydimi?

Javob: Bu yerda

3️⃣ Bog‘chaga qo‘yilgan elektron navbat, yuqoriga emas, pastga ham tushishi mumkinmi?

Javob: Bu yerda

4️⃣ To‘g‘ridan - to‘g‘ri oliy toifa olish mumkinmi?

Javob: Bu yerda

5️⃣ Vazir jamg'armasidan ustama olish uchun oliy toifali ustozlar ham malaka toifa sinovlarida ishtirok eta oladilarmi?

Javob: Bu yerda

6️⃣ Pedagoglar attestatsiyada ishtirok etish uchun malaka oshirgan bo'lishi shartmi?

Javob: Bu yerda

7️⃣ Vazir jamg'armasidan har oylik ustama olishga oid barcha kutgan yangilik

Javob: Bu yerda

8️⃣ Maktab qabuliga onlayn ariza yuborish

Javob: Bu yerda

🔟 Xorijiy oliy ta'lim muassasasiga topshirish uchun apostil talab etildi, u qanday olinadi?

Javob: Bu yerda

Shu kabi ko'p so'raladigan savollarga aniq javob olib borish uchun telegram kanalimizga obuna bo'ling: @Talim_telekanali

🇺🇿 Ushbu javob videolar "Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi" va "Ta'lim telekanali" hamkorligida tayyorlanmoqda. Sizlarga foydali bo'layotganidan xursandmiz!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🚀Har bir farmatsevt bu videoni ko‘rishi kerak | Pharmaceutical Technical University

To'liq video:
➡️ https://youtu.be/IznEla7mEmk

- 80 mln $ lik Xalqaro darajadagi  universitet
- 2 mlrd $ lik Unikal farmatsevtik klaster

🎁 Video so'ngida qiymati 5 000 000 so’mga yaqin PREMIUM KIMYO kitoblarimizni maktabingiz jamoasi (3 ta maktab uchun 20 juftdan) bilan BEPUL yutib olishingiz uchun konkurs e'lon qilganmiz.

Videoga layk bosib, yaqinlaringizga ulashing.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ta'lim sifatini ta'minlash milliy agentligining asosiy vazifalari nimalar?

🇺🇿Ta'lim sifatini ta'minlash milliy agentligining asosiy vazifalari ta'lim tashkilotlarini akkreditatsiyadan o'tkazish, milliy reytingni yuritish va umummilliy so'rovnomalar o'tkazishdan iborat.

Sifatli ta’lim — kelajakni bunyod etuvchi kuch.

🔁 English

#asosiyvazifalar #nqaae

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Xushxabar! Yana bir o‘quvchimiz Harvard universitetiga 100 foizlik grant asosida o‘qishga kirdi

Farg‘ona shahridagi Prezident maktabi 11-sinf o‘quvchisi Sobirova Dilafro‘z Salohiddin qizi Наrvard universitetining Integrativ biologiya yo‘nalishiga qabul qilindi, u 4 yilga 100 foizlik grant yutib oldi!

Dilafro‘z 2008-yil 1-aprelda Farg‘ona viloyati Quva tumanida tug‘ilgan. Ayni damda u Farg‘ona shahridagi Prezident maktabining 11-sinf o‘quvchisi. Uning yutuqlari talaygina. SAT xalqaro imtihonidan 1540 ball, xalqaro IELTS imtihonidan 8.0 ballni qo‘lga kiritgan. Asosiy fan olimpiadasida ingliz tilidan Farg‘ona viloyatida 1-o‘rin hamda nemis tili multilevel imtihonidan B2 daraja olgan. Shuningdek, u maktabdagi eko-qo‘mita sardori, Yangi O‘zbekiston universiteti tomonidan tashkillangan Hogwarts yozgi oromgohi ikki karra qatnashchisi, Hippo xalqaro ingliz tili olimpiadasi yarim-finalisti, Harvardning HPAIR konferensiyasiga qabul qilingan, Technovation Girls xalqaro tanlovining o‘quvchilar vakili va UNESCO tomonidan tashkillangan “Be an explorer” tanlovi finalisti.

Yodingizda bo‘lsa Dilafro‘z “Raqamli avlod qizlari” loyiha tanlovida o‘zining “EcoHelp” deb atalgan loyihasi bilan faol ishtirok etgan edi. Mana bu videoda u va boshqa qizlarimiz haqida ma’lumot bergan edik. U loyihasida bugungi kundagi eng katta muammolardan bo‘lgan chiqindi masalasini hal etishga qaratilgan, bu orqali faol fuqarolarni rag‘batlantirish mumkin bo‘lgan ilova ishlab chiqqan edi.

Ko‘rib turganingizdek Dilafro‘z davlatimizda yaratilgan sharoitlardan samarali foydalana olgan hamda tinimsiz mehnatlari evaziga mana shu darajaga erishgan. Ayni vaqtda Guliston shahridagi Prezident maktabi o‘quvchisi Asilbek Ashurov, Namangan shahridagi Prezident maktabi o‘quvchisi Go‘zalxon Haydarova va boshqa yoshlarimiz ham Harvard universitetida tahsil olmoqda. Davlatimiz rahbarining ta’limdagi islohotlari mevasini beryapti: mana shunday yutuqlar, natijalar orqali.

Dilafro‘zni yana bir bor tabriklayman, ota-onasi, ustozlariga ham tashakkur. Yutuqlaring bardavom bo‘lsin, qizim! Hamisha yurtimiz sha’nini yuksaklarga ko‘tar, xalqimiz va davlatimiz rahbari ishonchini oqla!

@hilola_umarova
6🔥2👍1
Forwarded from Avazbek Tulovov | Blog
Bugun - Registon tarixidagi unutilmas kun!

Registon ta’lim loyihasi asoschisi — Avazbek Tulovov O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan ta’lim yo‘lida qilgan ulkan, fidokorona va samimiy xizmatlari uchun “Xalq Ta’limi A’lochisi” ko'krak nishoni bilan taqdirlandi🏅

Ushbu muvaffaqiyat bilan butun Registon ta'lim loyihasi ustozlari, ota onalari va o'quvchilari nomidan chin qalbdan muborakbot etamiz.

Registon ta'lim loyihasi bilan O'zbekiston ta'limini dunyoda 1-o'ringa olib chiqamiz!
🔥5👍32
Juda ham foydali ma'lumotlar aytilibti. Tavsiya qilamiz.

👉 https://youtu.be/1AHaFE9NOYo?si=CfmLa-UECNPaN-Bi
🔥32
Forwarded from Akrom Malik
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Doʻstlarimiz yaxshi bilishadi – 2026-yil, 21-yanvar, chorshanba, soat 10:00 – 12:40lar oraligʻida Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat Oʻzbek tili va adabiyoti universitetida “Alisher Navoiy “Gʻaroyib us-sigʻar” devoni kontekstining nazariy masalalari” mavzusidagi PhD dissertatsiyasini himoya qildik.
Bu bosqich kamina uchun juda jiddiy edi. Bu haqda boshdan kechirganlarimni hujjat ishlaridan sal yengillasam, yozish niyatidaman.
Oʻsha kuni himoya jarayoni doʻstimiz Otabek Hoshimov tomonidan toʻliq tasvirga olindi. Hozir tanitimi tayyor boʻlibdi. Himoya jarayonini koʻrish biroz zerikarli kechishi mumkin, chunki ilmiy bahsni yaxshi anglash uchun shu soha ichida boʻlish kerak. Aks holda, muayyan qiyinchiliklar saqlanib qoladi.
Shu sababli tizerning oʻzi ham jarayondan biroz boʻlsa-da, xabar bera oladi deb oʻylaymiz.
Toʻliq tasvirni tayyor boʻlgach, youtubedagi oʻzanimizga joylaymiz, nasib.
1👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📚 Rahimov matematika olimpiadasida qatnashing!

Iqtidorli, bilimga chanqoq o‘quvchilarni aniqlash va ularni qo‘llab-quvvatlash uchun matematika fanidan olimpiada o'tkazmoqdamiz!

Olimpiadada Respublikamizning shahar, tuman va eng chekka qishloqlardan ham 5-, 6-, 7- va 8-sinf o‘quvchilari qatnashishlari mumkin.

G‘olib boʻlgan 12 o‘quvchiga Rahimov School:

🏫 To'liq o'qish
🛏 Yotoqxona
🍽 Ovqatlanish

xarajatlarini qoplaydigan 100% lik GRANT taqdim etadi!

📝 Olimpiada bosqichlari va umumiy shartlar bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin:
telegra.ph/Rahimov-Matematika-Olimpiadasi-02-05

📌 Roʻyxatdan oʻtish uchun: @RS_olimpiadabot

👉 Yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun bizni kuzatib boring!

@RahimovSchool | @rs_olimpiada
1
Ta'lim telekanali | Rasmiy
📚 Rahimov matematika olimpiadasida qatnashing! Iqtidorli, bilimga chanqoq o‘quvchilarni aniqlash va ularni qo‘llab-quvvatlash uchun matematika fanidan olimpiada o'tkazmoqdamiz! Olimpiadada Respublikamizning shahar, tuman va eng chekka qishloqlardan ham 5…
Rahimov School'dan katta loyiha!

5-6-7-8-sinflar uchun Rahimov Matematika Olimpiadasi!

12 ta g'olibga bitirgunicha:

📚 o'qish
🛌 yotoqxona
🍜 ovqatlanish xarajatlarini qoplaydigan 100% lik grant berishmoqchi ekan.

Bir bolaga 500,000,000 so'm, umumiy hisobda esa 5 mlrd so'm atrofidagi loyiha!

Yaqinlarga tarqating ↗️

📝 Ro'yxatdan o'tish uchun:
@RS_Olimpiadabot
1
Tashkent Metropolitan University (TMU) 2026–2027 o‘quv yili uchun xalqaro til sertifikatiga ega abituriyentlarga 100% gacha grantlar taqdim etadi.

🎓 Grantlar tizimi:
🔥 IELTS 6.5 – 9.0 — 100% gacha grant
🔥 IELTS 6.0 — 75% grant
🔥 IELTS 5.5 — 50% grant
🔥 IELTS 5.0 — 25% grant

Grantlar TOEFL, CEFR, Duolingo sertifikatlariga ham tatbiq etiladi
🚨 2026-yil qabul jarayoni ochildi va 21 avgustgacha davom etadi
🔒 Grant va kvotalar cheklangan — erta topshirgan yutadi!



📚 Yo‘nalishlar bo‘yicha kvotalar (har biri 100 tadan):
⚖️ Yurisprudensiya
💼 Buxgalteriya, Menejment, Marketing
💻 Kompyuter muhandisligi
🌍 Xalqaro biznes, Iqtisodiyot
🗣️ Ingliz tili filologiyasi
🧸 Boshlang‘ich va maktabgacha ta’lim



🌍 Xalqaro ta’lim. Mahalliy imkoniyat. Global kelajak.
TMU — bu nafaqat universitet, balki sizning kelajagingizga yo‘l.

👇 Qabul va ariza topshirish:
@tmuqabulbot

📞 +998 71 200 01 23

#TMU2026 #IELTSGrant #Qabul2026 #TalabalarUchun #KelajakBugundan
Forwarded from Sinchalak🕊
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🕊️Prezidentimiz har doim, hatto grafik juda tig’iz bo’lsa ham yoshlar bilan suhbatga vaqt ayamaydilar.
Samarqandda ham xuddi shunday bo’ldi.

Shahar markazidagi eski harbiy gospital o’rnida kreativ yoshlar shaharchasi qad rostlabdi. Ayni shu yerda yoshlar bilan o’tgan samimiy suhbatlarni bitta videoda jamladik. Kimdir savol berdi, yana kimdir g‘oyasini aytdi,
kimdir esa - balki kelajakdagi katta loyihasining birinchi qadamini shu yerda tashladi.

Albatta ko’ring, balki sizning ham do’stlaringiz bordir ular orasida.😉

@Sinchalak_blog
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎬 "TASHQARIDA" (hujjatli film) — muhim ijtimoiy mavzuga professional nigoh!

📌Mehnat migratsiyasi bugungi kunda O‘zbekiston ijtimoiy-iqtisodiy hayotining ajralmas qismiga aylangan. Ushbu jarayon nafaqat iqtisodiy ko‘rsatkichlarda, balki inson kapitali, xavfsizlik va huquqiy ong darajasida ham muhim o‘rin tutadi.

Progressiv islohotlar markazi tomonidan suratga olingan "Tashqarida" hujjatli filmi migratsiya masalasini kengroq kontekstda yoritadi:
🔹 Migratsiya oqimlarining zamonaviy tendensiyalari;
🔹 Mehnat migrantlari duch kelayotgan real muammolar;
🔹 Qonuniy migratsiya va malaka oshirishning roli;
🔹 Ichki mehnat bozoridagi yangi imkoniyatlar.

🎥 "Tashqarida" — faktlar, tahlil va insoniy hikoyalar uyg‘unligi.

🔗 Filmni to‘liq tomosha qiling!

@cpr_uz

LinkedIn | Twitter | Instagram | YouTube
1👍1😢1