Ta'lim Huquqi
1.95K subscribers
804 photos
365 videos
232 files
1.81K links
Murojaat uchun: @Talim_huquqibot

Muallif: Avazbek Yo’ldoshev
Download Telegram
HOKIM STIPENDIYASI

Bo'ston tumani Hokim stipendiyasi joriy etildi. Bundan koʻzlangan maqsad ta'lim sifatini oshirish, o'quvchi yoshlarni qo'llab quvvatlash, ular qalbida ona vatanga muhabbat va daxldorlik tuyg'ularini shakllantirish deb keltirilmoqda Bo'ston tumani xalq ta'limi bo'limi matbuot xizmati xabarida

Stipendiya: Har bir umumta'lim maktabidan 1 nafardan o'zining a'lo baholari, namunali xulqi va tashabbuskorligi bilan boshqalarga o'rnak bo'lgan o'quvchilar har chorak yakuni bo'yicha tuman hokimining stipendiyasi bilan taqdirlanadi.

Taʼlimga oid huquqiy va ommaviy maʼlumotlarni berib boruvchi kanalga obuna bo'ling:
➡️ @talim_huquqi
​​Hijobda darsga borish mumkinmi?

🇺🇿 Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-avgustdagi 666-sonli qarori mavjud.

O‘sha qarorning 3-bob 7-bandida shunday deyilgan.

O‘quvchilar ta’lim muassasasi binosi ichida bosh kiyimsiz yurishlari lozim, ta’lim muassasasida o‘tkaziladigan turli tadbirlar jarayoni bundan mustasno.

O‘zbekiston Respublikasida aholi turli millat va diniy konfessiyalar vakillaridan iboratligi hamda majburiy umumiy o‘rta ta’lim dunyoviy xarakterga egaligi munosabati bilan o‘quvchilarning maktab formasiga turli din va konfessiyalar xamda turli submadaniyatlarga mansublikni aks ettiruvchi elementlarni (hijob, kipa, kashaya, xoch va boshqalar) qo‘shishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Mana shu qarorga muvofiq maktab, oliygoh va boshqa davlat ta’lim muassasalarida hijobda yurishga ta’qiq mavjud.

Xususiy maktablarga keladigan bo‘lsak, xuddi shu qaror xususiy maktablarga ham tegishli, xususiy maktablar eng avvalo tadbirkorlik sub’yekti. Agar ular shu narsaga yo‘l qo‘yishayotgan bo‘lsa, demak qonun buzilish holatlari mavjud.

———

Masalani ikki tomondan tahlil qilib ko‘ramiz, dastlab qaror qanchalik huquqiy, ya’ni konstitutsiya bo‘yicha insonlarda diniy e’tiqod bo‘yicha erkinlik mavjud, fuqarolar qaysidir dinga e’tiqod qilishi yoki umuman hech qaysi dinga e’tiqod qilmasligi mumkin.

Har qanday normativ-huquqiy hujjat fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinlariga zid kelmasligi kerak.

Ikkinchi tomondan bu qarorda huquqlar cheklanmayapti, chunki fuqarolar dunyoviy maktabda ta’lim olish uchun kelishmoqda. Qaror bo‘yicha bosh kiyimda va diniy mansublikni aks ettiruvchi elementlarda kelish mumkin emas deyilmoqda.

Ya’ni har bir tashkilotning o‘z ichki nizomlari bo‘lgani kabi maktabning ham o‘z qoidalari bor. Shuning uchun shunday talab qo‘yilgan.

O‘quvchilar dini, millati, irqidan qat’iy nazar barcha maktablarda bu qoidaga amal qilishi shart. Har holda qonun talabi shunday.

Taʼlimga oid huquqiy va ommaviy maʼlumotlarni berib boruvchi kanalga obuna bo'ling:
➡️ @talim_huquqi
Talaba qaysi hollarda OTMdan chetlashtiriladi?

❗️Talaba oliy ta'lim muassasasidan quyidagi hollarda chetlashtirilishi mumkin

Oʻz xohishiga binoan;

Oʻqishning boshqa ta'lim muassasasiga ko'chirilishi munosabati bilan;

Salomatligi tufayli (tibbiy komissiya ma'lumotnomasi asosida);

Oʻquv intizomini va OTMning ichki tartib-qoidalari hamda odob-axloq qoidalarini buzganligi uchun;

Bir semestr davomida darslarni uzrli sabablarsiz 74 soatdan ortiq qoldirganligi sababli;

Oʻqish uchun belgilangan to'lov o'z vaqtida amalga oshirilmaganligi sababli (to'lov-kontrakt bo'yicha tahsil olayotganlar uchun);

Talaba sud tomonidan ozodlikdan mahrum etilganligi munosabati bilan;

Sud qaroriga ko'ra kirish imtihonlarida belgilangan tartibni buzganligi aniqlanganda (ushbu holatda talabalar safidan chetlashtirilganlar talabalar safiga qayta tiklanmaydi);

Vafot etganligi sababli.

Taʼlimga oid huquqiy va ommaviy maʼlumotlarni berib boruvchi kanalga obuna boʻlin👇
👉 @talim_huquqi
OʻQITUVCHILARGA QACHON AVTOKREDITLAR AJRATILADI?

2018-yilda oʻqituvchilar uchun qulay narxlarda avtokreditlar va uy-joylar ajratilishi haqida eshitmagan odam yoʻq boʻlsa kerak. 2018-yil 14-avgustda Prezident qarori ham tasdiqlangandi.

Bu PQ-3907-sonli qaror boʻlib, unda Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan taqdim etilgan roʻyxat boʻyicha xalq taʼlimi tizimidagi pedagog xodimlarga isteʼmol kreditlari, shu jumladan, avtotransport vositalari sotib olish uchun maxsus jamgʻarma hisobidan 14% lik 1 yil imtiyozli davr bilan 5 yil muddatga, dastlabki badal summasi — sotib olinayotgan avtotransport vositasi qiymatining 25 foizi miqdorda, tijorat banklari kreditlari hisobiga avtotransport vositalari sotib olish uchun avtotransport vositalari ajratilishi belgilab qoʻyilgan edi.

Undan tashqari har yili qishloq va shaharlarda namunaviy loyihalar boʻyicha qurilayotgan arzon uy-joylarning bir qismini xalq taʼlimi tizimidagi pedagog xodimlarga 20 yil muddatga, 3 yillik imtiyozli davr hamda birinchi 5 yil mobaynida yillik 7 foiz stavkasi bilan va keyingi davrda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasi miqdorida dastlabki badali 10 foiz boʻlgan ipoteka krediti sifatida berish, shuningdek, “Har bir oila — tadbirkor” dasturi doirasida pedagog xodimlarning oila aʼzolariga issiqxona tashkil etish, qoramol, parranda sotib olish va tadbirkorlik faoliyati uchun 3 yillik muddatga, 6 oylik imtiyozli davr bilan, yillik 7 foiz stavka miqdorida kreditlar berish tartibini ishlab chiqilishi lozimligi ham belgilangandi.

Afsuski, oradan ikki yil oʻtgan boʻlsada yuqoridagilarning hech biri bajarilmadi.

Toʻgʻri, qanchadir miqdorda avtokreditlar ajratildi. Lekin, bu juda oz miqdorda ajratilganligi uchun oʻqituvchilar bu xabarni eshitishga ham ulgurmasdan belgilangan limit tugab boʻldi.

Oʻshanda “Malibu”, “Tracker”, “Lacetti” uchun limit belgilanmagan. Xatto bu mashinalarga chegirmalar ham boʻlgan.

Lekin, aynan oʻqituvchilar sotib olishga qurbi yetadigan “Spark”, “Damas” va “Nexia 3” avtomashinalarini sotib olishga esa chegara qoʻyilgan.

Yaʼni, butun Oʻzbekiston boʻyicha quyidagi avtomobillarga:
“Spark” - 500 ta
“Damas” - 1000 ta
“Nexia 3” - 3000 ta miqdorida limit belgilangandi.

Shuningdek, bu imtiyozli avtokreditlar faqatgina Xalq taʼlimi xodimlari uchun emas balki, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Maktabgacha taʼlim vazirligi xodimlari uchun ham amal qilgan. Bu butun Oʻzbekistondagi oʻqituvchilar uchun dengizdan tomchi degani.

Moliya vazirligi, Markaziy bank, “Oʻzavtosanoat” AJ, Xalq taʼlimi vazirligi, Qurilish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi “Oʻzshaharqurilishinvest” va “Qishloqqurilishinvest” injiniring kompaniyalari oʻqituvchilar uchun qulay narxlarda boʻlgan uy-joy va avtokreditlar masalasini yana bir koʻrib chiqsa yaxshi boʻlardi.

Oʻqituvchilarga kredit uchun uy va mashinalar berilsa, Markaziy bank ham, “Oʻzavtosanoat” AJ ham foyda qilsa qiladiki, zarar qilmaydi. Kredit uchun deyilyapti, har qalay tekinga berilsin deyilmayapti.

P.S: Oʻqituvchi maqomini oshirish kerak deymizku, lekin shu oddiygina kredit masalasi xali ham ijobiy hal etilmaydi negadir.

Taʼlimga oid huquqiy va ommaviy maʼlumotlarni berib boruvchi kanalga obuna boʻlin👇
👉 @talim_huquqi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Tanzila Narbayeva: Ogʻzaki topshiriqlar, u qaysi ogʻizdan chiqmasin, hech qanday kuchga ega emas, Qonunga murojaat etinglar.

Taʼlimga oid huquqiy va ommaviy maʼlumotlarni berib boruvchi kanalga obuna boʻlin👇
👉 @talim_huquqi
Talabalarga imkon beraylik!

Amaldagi tartib (Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi 275-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 8-bandi) boʻyicha oliy taʼlim muassasasining 4-kursida oʻqiyotgan talabalargina davlat maktablarida pedagoglik qilishi mumkin, undan quyi kurslardagi talabalarda bunday imkon yoʻq. Bu qoida oliy oʻquv yurtlarining kunduzgi talabalari uchun ham, sirtqi taʼlimdagi talabalar uchun birdek amal qiladi.

Ana shu qatʼiy talab bugungi kunda oliy taʼlim muassalarida oʻqiyotgan talabalarning koʻplab imkoniyatlarini cheklab qoʻymoqda. Ayniqsa sirtqida oʻqiyotganlarda bu jiddiy muammo. Chunki ular toki 4-kurs boʻlmagunicha, pedagoglik faoliyati bilan shugʻullana olmaydilar. Aslida, sirtqi taʼlimda oʻqiyotgan talabada mehnat faoliyati uchun, shu jumladan maktablardagi pedagoglik faoliyati uchun yetarlicha vaqt boʻladi, bundan tashqari, undagi boʻsh vaqt, oʻzining ustida ishlashga, pedagoglik boʻyicha zamonaviy bilimlarni egallashga ham imkon beradi. Va unda oʻz bilimlarini va amaliy tajribalarini oʻquvchilarga ulashish imkoni koʻproq boʻladi.

Doim shu taklifni berib kelamizki, oliy taʼlimdagi talabalarning pedagoglik faoliyatiga oʻrnatilgan yuqoridagi cheklovni yumshatish kerak. Bu talabni 4-kursdan 2 yoki 3-kursga tushirish kerak, hech boʻlmasa sirtqilar uchun. Hozir ana shu qoidalar qayd etilgan 275-sonli qarorga oʻzgartirish kiritish masalasi ochiq muhokamaga qoʻyilgan vaqt, shundan unumli foydalanish kerak. Bu minglab talabalarni qiynayotgan dard, hozir.
https://regulation.gov.uz/uz/d/26196

Taʼlimga oid huquqiy va ommaviy maʼlumotlarni berib boruvchi kanalga obuna boʻlin👇
👉 @talim_huquqi
Uzrli sabablarga ko‘ra o‘qishini ko‘chirish istagida bo‘lgan talabalar diqqatiga!

Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risidagi Nizomning 15-bandiga muvofiq uzrli sabablarga ko‘ra o‘qishni ko‘chirish to‘g‘risidagi arizalarni qabul qilish bo‘yicha hududiy ishchi guruhlari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

Hududiy ishchi guruhlari 2020-yilning 20-dekabridan 2021-yilning 25-yanvar kuniga qadar (o‘sha kuni ham) faoliyat ko‘rsatadi.

Qayd etilgan Nizomga muvofiq fuqarolar quyidagi uzrli sabablarga ko‘ra hududiy ishchi guruhlariga ariza topshirishlari mumkin:
- talaba bir hududdan ikkinchi hududga doimiy yashash uchun yoki turmushga chiqish munosabati bilan ko‘chib o‘tganda;
- talabaning turmush o‘rtog‘i yoki ota-onasi harbiy xizmat o‘tash joyini o‘zgartirganda;
- talabaning ota-onasi (turmush o‘rtog‘i) xorijdagi davlat xizmatidan qaytganda.

❗️Ushbu sabablardan boshqa holatlarda fuqarolar o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha umumiy tartibda har yili 15-iyuldan 5-avgustga qadar ariza bilan murojaat qilishlari mumkin.

Fuqarolar uzrli sabablarga ko‘ra o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha hududiy ishchi guruhlariga quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari lozim:
- o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ariza (ariza blankasi hududiy ishchi guruhi tomonidan beriladi va talaba tomonidan joyida to‘ldiriladi);
- talabaning reyting daftarchasi yoki belgilangan shakldagi akademik ma’lumotnoma yoki transkript nusxalari (bittasi bo‘lsa yetarli);
- pasport nusxasi;
- yuqorida qayd etilgan uzrli sabablarni asoslovchi tegishli hujjatlar.

O‘qishni qayta tiklash bo‘yicha (ko‘chirib tiklash bundan mustasno) arizalar talabaning chetlatilganligiga necha yil bo‘lganligidan qat’iy nazar bevosita muayyan OTMga taqdim etiladi.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi axborot xizmati

Taʼlimga oid huquqiy va ommaviy maʼlumotlarni berib boruvchi kanalga obuna bo'ling:

➡️ @talim_huquqi
Oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻqishini koʻchirish, qayta tiklash va oʻqishdan chetlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga muvofiq:

👉 Barcha oʻquv shakllari boʻyicha talabalar safiga qayta tiklash toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

👉 Davlat grantlari boʻyicha taʼlim olgan yetimlar, I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslar, shuningdek, muddatli harbiy xizmatni oʻtagan (zaxiraga boʻshagan kunlaridan boshlab uch yil mobaynida), akademik taʼtildan belgilangan muddatda qaytgan shaxslar, Hukumat qarorlari va topshiriqlari hamda tizimida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirlik va idoralar tomonidan davlat buyurtmasi bilan xorijga oʻqishga yuborilgan va belgilangan muddatda qaytgan talabalar istisno tariqasida oʻqishga (muayyan kursga) davlat grantlari oʻrinlariga qayta tiklanishi mumkin.

👉 Oʻqishdan chetlashtirilgan (kursdan qoldirilgan) oʻquv yilida kursiga talabani oʻqishga qayta tiklashga (koʻchirib tiklashga) yoʻl qoʻyilmaydi.

👉 Oʻqishdan chetlatilganligiga 5 yildan 10 yilgacha muddat (harbiy xizmatda boʻlganlik, uch yoshgacha boʻlgan bolalarni parvarish qilish bilan bogʻliq mehnat taʼtili hamda sogʻliqni qayta tiklash vaqtlari ushbu muddatga kirmaydi) boʻlgan hollarda talabalar oʻqishini qayta tiklash oliy taʼlim muassasasi boʻysunuvidagi vazirlik va idoralar ruxsati bilan amalga oshiriladi.

Taʼlimga oid huquqiy va ommaviy maʼlumotlarni berib boruvchi kanalga obuna bo'ling:
➡️ @talim_huquqi
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risidagi Nizomning 15-bandiga muvofiq uzrli sabablarga ko‘ra o‘qishni ko‘chirish to‘g‘risidagi arizalarni qabul qilish bo‘yicha hududiy ishchi guruhlari roʼyxati

Taʼlimga oid huquqiy va ommaviy maʼlumotlarni berib boruvchi kanalga obuna bo'ling:
➡️ @talim_huquqi
⚡️Aytishlaricha, ko'plab OTMlar hozirda onlayn shaklda ta'lim olayotgan talabalarni yanvar oyida oliy ta'lim muassasasiga chaqirib, oflayn shaklda imtihon olishni (sessiya) rejalashtirmoqda. Ya'ni talabalar sessiyani OTMda topshirishlari rejalashtirilmoqda.

Jumladan, O'zbekiston Milliy universiteti mutasaddilari bugun shunday qarorga kelishgani aytilmoqda. Mavjud vaziyatlar qishki kanikuldan so'ng an'anaviy darslar boshlanishiga ishora qilmoqda. Namangan muhandislik-qurilish institutida esa allaqachon talabalar oflayn shaklda oraliq va yakuniylarni topshirishayotgani haqida murojaatlar kelmoqda.

P.S. Eslatib o'tamiz, ayni vaqtda xalqaro maydonda koronavirus bilan bog'liq vaziyat yomonlashgani sababli O'zbekiston 5 ta davlat bilan avia-qatnovlarni vaqtincha to'xtatdi. Xalqaro maydondagi vaziyatning O'zbekistonga ta'siri mavjud rejalarni o'zgarishiga olib kelishini istisno etib bo'lmaydi. Albatta bu bir taxmin.

Taʼlimga oid huquqiy va ommaviy maʼlumotlarni berib boruvchi kanalga obuna bo'ling:
➡️ @talim_huquqi
HUDUDIY XALQ TAʼLIMI BOʻLIMLARI XODIMLARI VA DIREKTORLAR QOʻSHIMCHA RAGʻBATLANIRILADI

Xalq taʼlimi vazirligi tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimi xodimlari hamda umumtaʼlim muassasalar direktorlarini qoʻshimcha moddiy ragʻbatlantirish, mukofotlash hamda moddiy yordam koʻrsatish tartibini belgilash maqsadida Xalq taʼlimi vazirining buyrugʻi loyihasini muhokamaga qoʻydi.

Ushbu hujjat loyihasi ilovasida “Tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlari huzurida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan Xalq taʼlimi xodimlarini ragʻbatlantirish jamgʻarmalari mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisida” Nizomi tasdiqlanmoqda.

Shu bilan birga:

Umumtaʼlim muassasalari bitiruvchilarining oliy hamda professional taʼlim tashkilotlariga oʻqishga kirish hamda ishga joylashish koʻrsatkichlari asosida, jamgʻarma mablagʻlari hisobidan umumtaʼlim muassasasi rahbarlari bir martalik toʻlovlari bilan ragʻbatlantirish;

Tuman (shahar) kesimida tuzilgan reytingda 1, 2, 3 – oʻrinni egallagan umumtaʼlim muassasalari direktorlariga keyingi oʻquv yili davomida lavozim okladiga nisbatan mos ravishda har oylik 30, 20, 10 foizlik ustamalar belgilanadi shakllantirish;

Umumtaʼlim muassasasi bitiruvchilarining 90 foiz va undan yuqori qismi oliy taʼlim muassasasiga har yil oliy taʼlim muassasalariga Qabul qilish davlat komissiyasi tomonidan belgilangan kvotalar doirasida yoki xalqaro tan olingan  OTM reytinglaridagi TOP-1000 talikka oʻqishga qabul qilingani uchun ushbu umumtaʼlim muassasasi direktoriga keyingi oʻquv yili davomida lavozim okladining 100 foiz miqdorigacha har oylik ustama haq belgilash;

Umumtaʼlim muassasasi oʻqituvchilari sifat tarkibi koʻrsatkichlaridan kelib chiqib, oʻquv yili yakuni boʻyicha umumtaʼlim muassasasi direktorlarini bir martalik moddiy ragʻbatlantirish;

Tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimi xodimlarini, oʻz ish faoliyatida yuqori natijalarga erishgan, lavozim yoʻriqnomasida belgilangan vazifalarni tashabbuskorlik bilan hamda sifatli va vijdonan bajarilishidan kelib chiqib, lavozim okladiga har oylik ustamalar belgilash;

Shuningdek, tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimi xodimlariga hisobot davrdagi ish natijalari boʻyicha mukofotlash hamda ularga belgilangan holatlarga moddiy yordam koʻrsatish belgilanmoqda.

Buyruq loyihasining muhokamasi 2021-yilning 7-yanvariga qadar davom etadi. Muhokamada ishtirok etmoqchi boʻlganlar mazkur havola orqali oʻz fikrlarini yozib qoldirishlari mumkin.

Taʼlimga oid huquqiy va ommaviy maʼlumotlarni berib boruvchi kanalga obuna bo'ling:
➡️ @talim_huquqi
Xalq taʼlimi boʻlimi xodimlarining yelkasiga ham shamol tegadigan boʻldi...

Nihoyat Xalq taʼlimi vazirligi tizimda kuch va bosim bilan ishlayotgan xodimlarni ragʻbatlantirish boʻyicha katta qadam tashladi.

Chunki, shu kunga qadar taʼlim tizimida oyliklar masalasida gʻalati bir holat bor edi. Yaʼni, maktablar faoliyatini muvofiqlashtirib boradigan, maktab oʻqituvchilaridan ham koʻproq ishlaydigan xalq taʼlimi boʻlimi xodimlariga juda kam miqdorda oylik maosh toʻlanar edi.

Xatto, boʻlim mudiri ham maktab direktoriga nisbatan kam maosh oladi. Lavozim nomi juda haybatli eshtiladi, oyligi esa...

Hozirgi kunda
👉XTB mudiri – 2 mln 188 ming 621 soʻm,
👉Mudir oʻrinbosari – 1 mln 788 ming 479 soʻm,
👉Shoʻba mudiri – 1 mln 788 ming 479 soʻm,
👉Boʻlim bosh mutaxasisi – 1 mln 699 ming 056 soʻm,
👉Kadrlar boʻyicha mutaxasis – 1 mln 107 ming 135 soʻm miqdorda oylik oladi.

Toʻgʻri, xalq taʼlimi boʻlimi xodimlari oʻqituvchilarga oʻxshab dars oʻtishmaydi. Lekin, ularning ish yuklamasi maktab xodimlarining ish yuklamasidan ancha koʻp. Ish vaqti ham chegara bilmaydi baʼzi hollarda. Ular asosan hisobot yozish, yuqoridan kelayotgan sanoqsiz jadvallarni toʻldirish bilan band boʻlishadi.

Xullas hech qaysi oʻqituvchi hududiy xalq taʼlimi boʻlimida ishlashni umuman hohlamaydi. Aslida maktab xodimlari xalq taʼlimi boʻlimlarida ishlashga intilib ishlashlari kerak menimcha.

Vazirlikning bu loyihasi xalq taʼlimi boʻlimi xodimlariga katta motivatsiya beradi albatta.

Shu oʻrinda Xalq taʼlimi vazirligi maktablarda kam oylik olib ishlaydigan xodimlarning ham oylik maoshlarini qayta koʻrib chiqsa yaxshi boʻlardi.

Taʼlimga oid huquqiy va ommaviy maʼlumotlarni berib boruvchi kanalga obuna bo'ling:
➡️ @talim_huquqi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Tanzila Narbayeva: Ota-onalarga murojaat qilib, oʻqituvchilarni hurmat qilishga chaqirdi

“Barchamiz – onamiz, otamiz va oʻz farzandlarimiz taʼlim-tarbiyasi uchun masʼulmiz. Lekin tan olib aytishimiz kerak, bugungi oʻquvchi ham, ota-onalar ham kechagi emas. Maktablarda erkak oʻqituvchilarning kamayib ketgani ham katta muammo, aslida.

Farzandining arzimagan shikoyati uchun maktabga yugurib kelib oʻqituvchiga «tashlanish”dan koʻpchilik ota-onalar uyalmay qoʻydi. Bu esa jamiyatda oʻqituvchi maqomining obroʻsizlanishiga olib kelmoqda.

❗️Hurmatli ota-onalarga murojaat qilmoqchiman: farzandim hayotda oʻz oʻrnini topishda qiynalmasin, mustaqil fikrli, mulohazali inson boʻlib voyaga yetsin desangiz bolangiz qalbida oʻqituvchiga ehtirom hissini tarbiyalang va oʻzingiz ham ustozlarni eʼzozlang. Oʻqituvchi oʻquvchi yoki uning ota-onasi tomonidan oyoqosti qilinadigan odam emas, balki ziyo tarqatuvchi inson, kerak boʻlsa hammadan bir pogʻona yuqori turuvchi shaxsdir».

Kanalga ulanish: @Talim_huquqi
#Oliy_taʼlim

Davlat granti asosida ta'lim olgan talabalar 3 yillik majburiy mehnat faoliyatini kambag'allik yuqori bo'lgan hududlarda amalga oshiradilar

Bu haqida Prezident Shavkat Mirziyoyev iqtisodiyot barqarorligini ta’minlash masalalari bo‘yicha o'tkazilgan yig‘ilishda aytgan.

Unda davlatimiz rahbari Xitoy tajribasidan kelib chiqib, kambag‘allik darajasi yuqori bo‘lgan qishloqlarga vazirlik va idoralarni biriktirib, muhtojlarga ko‘maklashish tizimini yaratish, oilaviy tadbirkorlik va tomorqachilikni rivojlantirish bo‘yicha topshiriqlar berdi. Davlat granti hisobiga tahsil olgan talabalarni 3 yil muddatga shunday hududlarga mehnat faoliyati uchun yo‘naltirish taklifi bildirildi.

P/S:
Ushbu taklifga asosan shu yil qaror qabul qilinib, o'qishga shu yildan qabul qilganlarga yoki keyingi yildan boshlab bitirayotganlarga amal qiladi. Gap faqat o'qituvchilik haqida ketmayapti, ushbu hududlarga davlat grantida ta'lim olgan barcha sohalardagi bitiruvchilar jalb qilinadi.

Taʼlimga oid huquqiy va ommaviy maʼlumotlarni berib boruvchi kanalga obuna bo'ling:
➡️ @talim_huquqi
#Oliy_taʼlimdan_keyingi_taʼlim

Mustaqil ilmiy izlanuvchilikka faqatgina pedagogik staj boʻlishi kerakmi?

Javob: Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-son qarorining
1-ilovasi 3 bob 9, 10, 11 va 12 bandlariga asosan, Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi uchun mustaqil izlanuvchilikka rasmiylashtirishda talabgorlardan kamida ikki yillik ilmiy-pedagogik ish staji yoki muayyan ilmiy yutuqlar (ixtiro uchun patentlar yoki mualliflik guvohnomalari) talab etiladi.

Fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun mustaqil izlanuvchilikka rasmiylashtirishda ilmiy-pedagogik staj talab etilmaydi.

Taʼlimga oid huquqiy va ommaviy maʼlumotlarni berib boruvchi kanalga obuna bo'ling:
➡️ @talim_huquqi
👨‍🎓Taʼlimga oid ayrim savollarga javoblar

Bolani bogʼchaga joylashtirishda kimlarga imtiyoz beriladi?
Batafsil oʻqish...

Kelasi oʻquv yilidan boshlab bola 7 yoshga toʻladigan yilda 1-sinfga qabul qilinishini bilasizmi?
Batafsil oʻqish...

Maktablarni qaysi organlar tekshirishga haqliy?
Batafsil oʻqish...

Kelgusi yilgi kirish imtihonlari qanday bo‘ladi?
Batafsil oʻqish...

Oliy ta’lim muassasasini qanday tanlash kerak?
Batafsil oʻqish...

Kontrakt uchun to'lanadigan daromadlarga soliq imtiyozlari mavjudligidan xabardormisiz?
Batafsil oʻqish...

Chet-el oliygohlaridan bahorda oʻqishni koʻchirish mumkinmi?
Batafsil oʻqish...

Qaysi hollarda chet-el oliygohlaridan oʻqishni koʻchirishga ruhsat etilmaydi?
Batafsil oʻqish...

Talaba qaysi hollarda OTMdan chetlashtiriladi?
Batafsil oʻqish...

Davlat granti asosida ta'lim olgan talabalar 3 yillik majburiy mehnat faoliyatini kambag'allik yuqori bo'lgan hududlarda amalga oshiradimi?
Batafsil oʻqish...

Akademik ta'til qanday hollarda beriladi?
Batafsil oʻqish...

Talabalarga stipendiyalar tayinlash va to'lash tartibi qanday amalga oshiriladi?
Batafsil oʻqish...

Magistraturaga qaysi fanlardan imtihonlar bo‘ladi?
Batafsil oʻqish...

Mustaqil ilmiy izlanuvchilikka faqatgina pedagogik staj boʻlishi kerakmi?
Batafsil oʻqish...

Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan 2021-yil rejalari
Batafsil oʻqish...

Taʼlimga oid huquqiy va ommaviy maʼlumotlarni berib boruvchi kanalga obuna bo'ling:
➡️ @talim_huquqi
#Oliy_taʼlim

Qanday holatlarda o'qishni ko'chirish bo'yicha ariza rad etilishi mumkin?

🇺🇿 Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-son qarori bilan tasdiqlangan "Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risidagi" Nizomning 9-bandiga muvofiq quyidagi holatlar fuqaroning o‘qishini ko‘chirish haqidagi arizasiga rad javobi berilishiga asos bo‘ladi:

Xorijiy davlatlarning akkreditasiyaga ega bo‘lmagan oliy ta’lim muassasalarida yoki ularning filiallarida o‘qiganlarga;

Respublika oliy ta’lim muassasalaridagi mavjud ta’lim shaklidan o‘zga (boshqa) ta’lim shaklida o‘qiganlarga;

Oliy ta’lim muassasalarining markazlari, bo‘limlari, o‘quv-maslahat punktlari va boshqalarda o‘qiganlarga;

Birinchi kursning birinchi semestriga birinchi semestr tugallanmagan holatda o‘qishni ko‘chirishga (talabaga kasallik tufayli akademik ta’til berilgan holatlar, o‘qigan ta’lim yo‘nalishi mavjud bo‘lmaganda ko‘chirib tiklash holatlari bundan mustasno);

Oliy ta’lim muassasasida mos (turdosh) ta’lim yo‘nalishi (mutaxassisligi) yoki ta’lim shakli mavjud bo‘lmasa;

Namunaviy o‘quv rejalaridagi umumkasbiy va ixtisoslik (mutaxassislik) fanlari bo‘yicha farqlar 4 tadan oshganda;

To‘lov-kontrakt asosida o‘qishga tavsiya etilganlar to‘lovni belgilangan muddatda amalga oshirmaganda;

Talabaning shaxsiy yig‘ma jildi (akademik ma’lumotnoma) belgilangan muddatlarda taqdim etilmaganda;

Oliy ta’lim muassasasiga davlat granti asosida ko‘chirish davlat granti asosida ta’lim oluvchilar soni (qabul kvotalari) doirasida bo‘sh o‘rinlar mavjud bo‘lmasa;

Oliy ta’lim muassasasi moddiy-texnika bazasining imkoniyati cheklanganda;

Maqsadli qabul qilinganlar boshqa ta’lim yo‘nalishi yoki ta’lim shakliga, boshqa oliy ta’lim muassasasiga;

Kechki (smenali) ta’limdan sirtqi (maxsus sirtqi) ta’limga hamda kechki (smenali) ta’limning bir ta’lim sohasidan ikkinchi ta’lim sohasiga;

Sirtqi ta’limdan maxsus sirtqi ta’limga hamda sirtqi (maxsus sirtqi) ta’limning bir ta’lim sohasidan ikkinchi ta’lim sohasiga;

Bir ta’lim shaklidan maxsus sirtqi ta’lim shakliga hamda maxsus sirtqi ta’lim shaklidan boshqa ta’lim shakliga;

Talaba O‘zbekiston va xorijiy oliy ta’lim muassasalarining o‘zaro kelishuvi asosida qabul qilinib qo‘shma ta’lim dasturlari asosida tahsil olgan yoki tahsil olayotgan bo‘lsa (mazkur qo‘shma dasturning o‘zi bundan mustasno);

Qonun hujjatlarida belgilangan boshqa holatlarda.

📃 Fuqaroning o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha arizasiga rad javobi berilgan taqdirda, arizani ko‘rib chiqish uchun belgilangan muddatda, arizada ko‘rsatilgan manzilga, arizani ko‘rib chiqqan komissiya yoki komissiya vakolat bergan tashkilot tomonidan javob xati yo‘llanadi.

Taʼlimga oid huquqiy va ommaviy maʼlumotlarni berib boruvchi kanalga obuna bo'ling:
➡️ @talim_huquqi
O'QISH KO'CHIRISH UCHUN ARIZALAR NEGA ONLAYN TARZDA QABUL QILINMAYAPTI?

O'qishni ko'chirish uchun ariza topshirish pandemiya sabab transfer.edu.uz sayti orqali onlayn ravishda oshirilayotgan edi. Biroq qishki perevodda hujjatlar ishchi guruhga borib topshiriladi va nima uchun?

BUNING SABABI BITTA VA ASOSLI:

Qishki perevod faqat uzrli sababga ega talabalar uchun amal qiladi. Agarda trasnfer.edu.uz sayti orqali hujjat topshirilsa xoxlagan talaba ariza topshiraveradi, saytda esa uzrli sababli talabalarning arizasinigina qabul qilish imkoniyati mavjud emas. Shu sababli ishchi guruhga hujjat olib borasiz, ular asosli arizalarni olib qoladi. Demak xoxlagan kishi ariza bilan murojaat qila olmaydi.

BU OQILONA QAROR. Agarda onlayn ravishda ariza topshirish tadbiq etilganda minglab assosiz arizlar topshirilardi va bu ma'nisiz ish samarasini oshirib yuborardi. Vazirlikning ushbu qarorini to'liq qo'llab-quvvatlayman.

Xo'sh unda arizalarni qayerga topshiramiz?

Uzrli sababga ega talabalar arizalarni har bir viloyatda faoliyat olib boruvchi ishchi guruhlarga topshirishi mumkin, bu bo'yicha hech qanday cheklov mavjud emas.

MASALAN: Andijondan Toshkentga o'qishingizni ko'chirish uchun, xoxlasangiz Andijon yoki Toshkentdagi ishchi guruhga ariza topshirasiz. Ko'nglingiz tusasa Namanganga kelib hujjat topshirishingiz ham mumkin. Bu yerda hech qanday hududiy cheklov va majburiyatlar yo'q. Har bir hududda ishchi guruhning tashkil etilishi, ariza bilan murojaat qiluvchilarning ishi oson bo'lishi uchun yaratilgan imkoniyat hisoblanadi.

ESLATMA: Qaysidir hududdagi ishchi guruh tomonidan asosli arizangizni "boshqa hududda topshirasiz" degan vaj bilan rad etsa, uning ustidan Oliy ta'lim vazirligi yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilishingiz mumkin.

Taʼlimga oid huquqiy va ommaviy maʼlumotlarni berib boruvchi kanalga obuna bo'ling:
➡️ @talim_huquqi
👨‍🎓Oʻqishni koʻchirish (perevod) boʻyicha ayrim savollarga javoblar

Bahorgi perevodga hujjatlarni qabul qilish qachondan boshlandi?
Batafsil oʻqish...

Oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻqishini koʻchirish, qayta tiklash va oʻqishdan chetlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning toʻliq matni
Batafsil oʻqish...

Oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻqishini koʻchirish, qayta tiklash va oʻqishdan chetlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomdan ayrim tushuntirishlar
Batafsil oʻqish...

Oʻqishni ko‘chirish to‘g‘risidagi arizalar onlayn qabul qilinadimi yo offlayn?
Batafsil oʻqish...

Oʻqishni ko‘chirish to‘g‘risidagi arizalarni qabul qilish bo‘yicha hududiy ishchi guruhlari roʼyxati
Batafsil oʻqish...

Qanday holatlarda o'qishni ko'chirish bo'yicha ariza rad etilishi mumkin?
Batafsil oʻqish...

Chet-el oliygohlaridan oʻqishni bahorda koʻchirish mumkinmi?
Batafsil oʻqish...

Qaysi hollarda chet-el oliygohlaridan oʻqishni koʻchirishga ruhsat etilmaydi?
Batafsil oʻqish...

Taʼlimga oid huquqiy va ommaviy maʼlumotlarni berib boruvchi kanalga obuna bo'ling:
➡️ @talim_huquqi
#Oliy_taʼlim

AQSh da o'qish uchun IELTS eng kamida nechi ball boʻlishi lozim ?

Til bilimi Amerika talabalari xalqaro talaba bo'lishdan oldin Amerika universitetlari va kollejlari tomonidan ko'rib chiqiladigan muhim omillardan biridir. IELTS (International English Language Testing System) - AQSh talabalar vizasiga murojaat etishni istagan talabalar uchun eng mashhur inglizcha test. IELTS AQShning 3400 dan ortiq institutlari tomonidan tan olingan va talabalarga AQShda joylashgan orzulari institutida joy topishga yordam beradi.

Har bir ta'lim instituti IELTS tomonidan tahlil qilingan til aniqligiga ishonadi, chunki bu test talabaning ingliz tilini tushunishi, o'qishi, yozishi va gapira olish qobiliyatini tekshiradi. Tilni bilish darajasi 0 dan 9 gacha bo'lgan diapazonlarda tahlil qilinadi.

AQShda o'qishni istagan talabalar o'zlarining til bilishlarini tasdiqlashlari shart va barcha institutlarning o'zlarining talablari mavjud. AQShda IELTS talabidan voz kechadigan bir qator boshqa institutlar mavjud, ular nomzod istagan kursdan yuqori darajada o'tishi mumkin degan xulosaga kelishi mumkin. Ammo, agar talabadan IELTS ballini topshirish talab etilsa, AQShning aksariyat universitet va kollejlarida qabul qilingan minimal ball 5,5 ga teng.

Taʼlimga oid huquqiy va ommaviy maʼlumotlarni berib boruvchi kanalga obuna bo'ling:
➡️ @talim_huquqi