Talabalar | Rasmiy kanali
83.6K subscribers
1.96K photos
737 videos
118 files
3.72K links
• Ta'limga oid eng so'nggi xabar va yangiliklar!

• Biz bilan talabalikning haqiqiy onlarini his qiling!

• Hamkorlik: t.me/tijoriy/152
Download Telegram
🇺🇿🇺🇦 Ukrainadagi oʻzbekistonlik talabalarga o‘qishni masofaviy shaklda davom ettirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqilmoqda.

Ukrainadan chiqib ketishni xohlovchi O‘zbekiston Respublikasining barcha fuqarolari pasport ma’lumotlarini Elchixonaning embassy@uzbekistan.org.ua elektron manziliga yuborishlari mumkin.

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍78🔥11❤5
⚡️ Dunyo kun sayin emas, soat sayin tahlikali bo‘lib boryapti. Biz iqtisodiyotimiz, mudofaamizni mustahkam qilib, ishonch bilan jonajon vatanimizning qudratini ko‘tarishga harakat qilishimiz kerak.

© Shavkat Mirziyoyev

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍112🔥26❤10😢6😁1
⚡️Tashqi ishlar vazirligining rasmiy xabari

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, shu jumladan, Rossiyaning Ukrainaga yaqin hududlarida joylashgan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun xavotirlanishga sabab va asoslar yo‘qligini ma’lum qilamiz.

O‘zbekiston Respublikasining Moskva shahridagi Elchixonasi hamda Rostov-Don shahridagi Bosh konsulxonasi Rossiya Federasiyasining tegishli vazirlik va idoralari bilan yaqin va doimiy aloqada bo‘lib turibdi.

Fuqarolarimiz uchun biron bir xavf-xatar yuzaga kelganda, tezkor ravishda tegishli choralar ko‘riladi.

Zarur hollarda fuqarolarimiz quyidagi aloqa raqamlariga murojaat qilishlari mumkin:

O‘zbekiston Respublikasining Moskvadagi Elchixonasi: +7 499 230-00-76, +7 499 230-00-32;

Rostov-Dondagi Bosh konsulxona: +7 988 586-59-82, +7 918 554-04-76, +7 988 586-70-35, +7 988 586-59-82.

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍49🔥6😢6❤5😁3
⚡️Texnikumda yaxshi oʻqigan bitiruvchilar OTMlarga imtihonsiz qabul qilinadi.

▪️Muvaffaqiyatli bitiruvchi semestrlarni 4 va 5 baholarga yakunlashi, baholarining kamida 50 foizi 5, tibbiyot OTMlari uchun 85 foizi 5 bo‘lishi kerak.

✅ Bunday bitiruvchilar suhbat asosida 2-kursdan o‘qishni davom ettirishi mumkin.

❌ Bu tartib harbiy va nodavlat OTMlarga, Toshkent davlat yuridik universitetiga tatbiq etilmaydi.

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍86😢21🔥11😁11❤9
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Savol: Hozir O‘zbekistonda ko‘plab xususiy universitetlar ochilyapti. Ularning diplomi ham davlat OTMlariniki bilan bir xil kuchga egami?

✅ Javob: Batafsil videoda - Ta'lim inspeksiyasi boshlig'i Sardor Maqsudov

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍37😁7😢3❤2
#tabassum_vaqti

Imtihon savoliga javob topolmay o‘tirgan talaba yoniga o‘qituvchi kelib:
— Bu fandan biliming yomon ekani ko‘rinib turibdi. Kel, senga boshqa savol beraman. Mana shu xonada nechta chiroq bor? - debdi.
Talaba savolga javob topa olmay o‘tirganida, tepadagi chiroqlarni sanab chiqqan ekan. U darrov, - sakkizta, - debdi.
O‘qituvchi esa:
— Topolmading. Meni portfelimdagi bilan to‘qqizta. Imtihondan o‘tolmading, - debdi.
Talaba ikkinchi martta imtihonga kirib, yana shu holatga tushibdi. Endi u professorni savoliga, - to‘qqizta chiroq bor, - deb javob beribdi.
Professor:
— Topa olmading. Bugun meni portfelim bo‘sh, - desa,
Talaba:
— Lekin meni sumkamda borku, - degan ekan talaba.


😅 Shustriy talabalarga yuborib qo'yamiz

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
😁227👍83🔥13❤12😢5
Juma Ayyom muborak
dindoshlarim.. 🕌🌙

Yaqinlarni Sayyidul Ayyom bilan qutlang!


© @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
❤74👍39🔥8
⚡️Endilikda IELTS sertifikati yo'qlar magistraturaga kirolmaydi

✅ Joriy yildan boshlab magistratura va doktoranturaga kiruvchilarga chet tilini bilish xalqaro sertifikatiga ega bo‘lish talabi kiritiladi.

📄 Bu haqda Prezidentning videoselektorda batafsil: ma'lum qilingan.(06.05.2021)

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍74😢58🔥11😁5❤4
⚡️ O‘zbekiston Ukrainadagi fuqarolarini Polsha orqali evakuatsiya qiladi

Ukrainadagi elchixonamiz Ukrainadagi vatandoshlarimizni Polsha orqali vatanga qaytarishni rejalashtirmoqda.

Kontakt uchun diasporamiz vakili Soliyev Ma’rufga murojaat qilish so‘ralgan. Telefon: (+380 96 102 10 95)

Xabarni guruhlarga tarqatib yuboring, kerakli insonlarga yetib borsin...!

🎓
@Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍73😢33😁5🔥3❤1
⚡️Davlat oliy ta’lim muassasalarining 2022-yil 1-yanvar holatiga (2021-yil yillik) daromadlari va xarajatlari to‘g‘risida ma’lumotlar Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining OCHIQ MA'LUMOTLAR portaliga joylandi.

👉 To'liq ro'yxat: https://edu.uz/media/0b379954-4f84-3684-9058-cf07bfcadd96.pdf

✅ Ushbu ro'yxatdan siz ta'lim olayotgan OTMning daromadlari va xarajatlari bilan tanishib chiqishingiz mumkin.

📄 Ma'lumotda 2021-yili ro'yxatdagi OTMlar 6 927 129.2 mln so'm daromad, 5 569 529.6 mln so'm xarajat qilingani aks etgan.

🎓
@Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍52😢9😁8❤7🔥7
⚡️ Endi talaba davlat imtihonidan yiqilsa, bir yil kutmaydi

Adliya vazirligi tomonidan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestasiyasi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritishni nazarda tutuvchi buyrug‘i davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi (ro‘yxat raqami 1963-3, 2021 yil 16 noyabr).

Unga ko‘ra, yakuniy davlat attestasiya sinovidan o‘ta olmagan shaxs (talaba) keyingi har bir o‘quv yilida (3 yil davomida) o‘z arizasiga muvofiq 2 martagacha imtihonni qayta topshirish huquqiga ega.

Oldingi tartib bo‘yicha bitiruvchi yakuniy davlat attestasiyasi sinovidan o‘ta olmagan taqdirda keyingi yillarda qayta topshirish huquqiga ega edi. Ushbu holat talaba uchun birmuncha qiyinchiliklar, xususan uning bir yillik qimmatli vaqtini maqsadli sarflay olmasligiga sabab bo‘lib kelgan.

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍130❤11🔥11😢10😁2
⚡️Akademik ta’til o‘quv yilining istalgan davrida, quyidagi muddatlarga beriladi:

👉 harbiy xizmatni o‘tash uchun — qonunchilik hujjatlarida belgilangan harbiy xizmatni o‘tash muddatiga;

👉 homiladorlik va tug‘ish, shuningdek, bolalarni parvarish qilish uchun — qonunchilik hujjatlarida belgilangan homiladorlik va tug‘ish, shuningdek, bolalarni parvarish qilish ta’tillari muddatiga (MK 233-234-moddalar);

👉 salomatligini tiklash hamda oilasining betob a’zosini parvarish qilish uchun — keyingi yilning talaba tomonidan to‘liq o‘zlashtirilmagan semestri boshlanguniga qadar bo‘lgan muddatga (agar mazkur Nizomning 11-bandiga muvofiq talaba akademik ta’til muddatiga ta’limning mavjud sirtqi, masofaviy yoki eksternat ta’lim shakliga o‘tkazilsa, navbatdagi semestrning boshlanguniga qadar bo‘lgan muddatga).

☝️Bunda, qayd etilgan muddatlardan biri talabaning arizasiga muvofiq OTM rektori (direktori) tomonidan belgilanadi.

❗️Talabaga akademik ta’til davrida stipendiyalar to‘lanmaydi.

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍86😢12😁11🔥10❤2👏1
⚡️ Oliy ta’limda masofaviy ta’lim shakli bo‘yicha qabul kvotasi shakllantiriladi

Bundan tashqari, to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish parametrlarini oliy ta’lim muassasalari tomonidan belgilash tartibi joriy etiladi.

👉 https://kun.uz/uz/03845367

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍55❤5😁2
#tabassum_vaqti

Men va ustozim 4-parada 😅

🎓
@Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
😁136👍42❤12😢11🔥5
⚡️Endi oliy taʼlim muassasalarining voleybol terma jamoalariga alohida eʼtibor qaratiladi.

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri – Oʻzbekiston voleybol federatsiyasi rahbari Abduqodir Toshqulov Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi xizmat safari davomida bosh murabbiy Azat Kazakov boshchiligidagi Nukus davlat pedagogika institutining qizlar voleybol jamoasi aʼzolari bilan uchrashdi.

👉 Batafsil

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍81😁12❤9🔥8😢5
⚡️ @Talabalar ishlashi mumkinmi?

Huquqshunos bloger Zafarbek Solijonov bu masalada chuqurroq tushuntirish berdi
:
"Ha ishlashi mumkin. Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirining Oliy ta’lim to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqidagi 9-sonli buyrug‘ining 50-bandiga ko‘ra, kunduzgi ta’limda o‘qiyotganlar o‘qishdan bo‘sh vaqtida oliy o‘quv yurti va boshqa ta’lim muassasalarida ishlashlari mumkin. Mehnat kodeksiga ko‘ra, xodimning ish vaqti 40 soatdan oshmasligi kerak. Sinov muddati 3 oydan oshmasligi shart. Smenalar orasidagi dam olish vaqti esa 12 soatdan kam bo‘lmasligi shart.

Ham o‘qib, ham ishlayotganlarda ish joyidan haq to‘lanadigan qo‘shimcha ta’tilga chiqish, qisqartirilgan ish haftasi sharoitida ishlash kabi imtiyozlar olishi mumkin. Ish beruvchi o‘qib ishlayotganlarga imtihonlar vaqtiga qarab mehnat ta’tili muddatini shu muddatga belgilab berishi lozim. Diplom ishi yoki bitiruv malaka ishini topshirayotganlar shu sanadan 10 o‘quv oyi mobaynida tayyorgarlik ko‘rishi uchun 6 kun ish kunida ishlasa, haftada bir kun o‘rtacha ish haqi saqlanib ishdan ozod etiladi.

Oliy va o‘rta-maxsus o‘quv yurtlarining oxirgi kurslarida ta’lim olayotganlarga diplom loyihasiga material to‘plashi uchun 30 kalendar kun muddati bilan ish haqi saflanmasdan ta’til beriladi. Ish beruvchi talabani g‘ayriqonuniy ravishda ish berishdan rad qilishi mumkinmas. Unga jarima qo‘llanishi mumkin. Ish o‘rni bo‘lsayu u yashirsa, unda yana alohida jarima qo‘llanilishi mumkin. Agar rad qilsa, u 3 kun ichida ishga olomasligini qonuniy asoslab yozma javob xati berishi kerak. Ko‘p hollarda ayol kishi ekani uchun (dekret va boshqa sabablar) ishga olishni rad qilishadi. Bundaylarga jinoyat kodeksining 148 moddasini eslatish kifoya. Yozma rad javobini olib prokuratura yoki hududingizdagi mehnat inspektoriga shikoyat qilishingiz mumkin."


🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍74❤8🔥8😁3⚡1
⚡️ “Yil talabasi – 2021” tanlovi sovrindorlari taqdirlandi

✅ Respublika oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “Yil talabasi – 2021” tanlovi o‘tkazildi. Bu safar tanlov g‘oliblarini taqdirlash marosimiga Andijon shahri mezbonlik qildi.

➡️ Tadbirda 7 ta nominatsiya bo‘yicha 21 nafar g‘olib talabalarga diplom, statuetka va esdalik sovg‘alari topshirildi. Shu bilan birga 1-, 2-, 3-o‘rin sohiblari bazaviy hisoblashning 15, 10 va 8 baravari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlandilar.

👉 Batafsil

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍47❤10😁3😢2🔥1
⚡️Xorijiy tillar va umumtaʼlim fanlari bo‘yicha o‘qish xarajatlari qoplab beriladi

✅ «Yoshlar daftari»ga kirgan yoshlar nodavlat ta’lim muassasalarida (o‘quv markazlar, repetitorlarda) kamida 3 oy o‘qigandan so‘ng, o‘qigan yo‘nalishi bo‘yicha imtihon topshirib, milliy sertifikatni qo‘lga kiritsa, uning o‘qish xarajatlarining 50 foizi, shuningdek, milliy sertifikat imtihoni uchun to‘lagan puli ham to‘liq qaytarib beriladi.

📄 Hisoblanishicha, milliy sertifikat imtihonini topshirish xarajati BHMning 1,5 baravari (hozirda 405 ming so‘m). O‘qish xarajatining 50 foizini (BHMning 5 baravarigacha) to‘lab berish mumkinligi belgilangan. Maksimal to‘lab berilsa, 1 350 000 so‘m bo‘ladi. 405 000 so‘m + 1 350 000 so‘m = 1 755 000 so‘m. Demak, yoshlar 1 755 000 so‘mgacha mablag‘ini qaytarib olishi mumkin.

👉 Batafsil ma'lumot

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍87🔥17❤11😢10😁5
#tabassum_vaqti

Kontraktda o‘qiydigan talaba toqqa chiqqanda aks-sado qaytar ekan, deb baland joyga chiqib baqirdi:
– Men boymaaan!!!
Aks-sado:
–Aldamaaa... Aldamaa... aldamaa...


🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
😁454👍67😢30❤23🔥17🥰1
⚡️​​Talabalar ham o‘qib, ham ishlashlari mumkin bo‘ladi.

✅ Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov Qoraqalpog‘istondagi yoshlar bilan uchrashuvda ma’lum qilgan.

▫️Vazirning ma’lum qilishicha, oliy ta’lim dargohida tahsil olayotgan talabalar 2-kursdan boshlab, ta’lim bilan birgalikda o‘z mehnat faoliyatlarini olib borishlari mumkin bo‘ladi.

📄 Prezidentning ta’lim sohasiga oid yig‘ilishida oliygoh talabalarini mehnat faoliyati bilan ta’minlash topshirig‘i berilgan.

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍139🔥5❤4😁4
#statistika

2021/2022-o‘quv yilida bitiruvchilarning oliy ta’lim muassasalariga kirish ko‘rsatkichlari bo‘yicha viloyatlar reytingi (Davlat test markazidan olingan ma’lumot asosida)

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍91😢15🔥8❤5👏1