Talabalar | Rasmiy kanali
83.6K subscribers
1.96K photos
737 videos
118 files
3.72K links
• Ta'limga oid eng so'nggi xabar va yangiliklar!

• Biz bilan talabalikning haqiqiy onlarini his qiling!

• Hamkorlik: t.me/tijoriy/152
Download Telegram
#haqiqitmi

O‘qituvchim: Kerak bo'lsa 100 marta so‘rang, 100marta bo'lsa ham tushuntirib beraman.
*Men 2 marta so‘raganimdan keyin*
O'qituvchim: .........


© @Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
😁8👍3❤1😱1
❗️Davlat imtihonidan yiqilgan talabaga 1 yilda 2 marta imtihon topshirish huquqi berildi

▪️Shu paytgacha yakuniy davlat attestatsiya sinovidan o‘ta olmagan talaba yana 1 yil kutishi kerak edi.

Yangi tartibga ko‘ra, endi talaba imtihondan yiqilsa, 3 yil davomida yiliga 2 marta imtihon topshirishi mumkin. Davlat imtihoni talabalardan yig‘iladigan arizalar soniga qarab tashkillashtiriladi.

© @Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
#Status

Ko'pchilikka orzu bo'lgan kunlar...
Men ularda yashayapman!

©
@Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍2
“KONTRAKT” haqida qisqacha she'r... 😅😄

☺️ Salom Ota, qalaysiz,
😉 Kunimga siz yaraysiz,
🙄 Nega unday qaraysiz,
🤦🏻‍♂️ Kontrakt oshib ketdi...😥

🤔Darsda hayol suraman,
🤭 Ijarada turaman,
😍 Sizni yaxshi ko'raman,
🤦‍♀️ Kontrakt oshib ketdi...😢

😔 Rosti, aytmadim qo'shib,
😭 Yig'lagim kelar jo'shib,
😫 Stipendiya tushib,
🤦🏻‍♂️ Kontrakt oshib ketdi...😥

😁 "O’qish" deya chopgandik,
😌 Oxir kamol topgandik,
😅 Yozda beshga yopgandik,
🤦‍♀️ Kontrakt oshib ketdi.😢

😪 Kunimiz o'tar arang,
🤯 Asablar bo'lar tarang,
🤕 Holimizga bir qarang,
🤦🏻‍♂️ Kontrakt oshib ketdi...😥

🤑 Byudjet edi zo'rimiz,
🤤 Shunga edi to'rimiz,
🤷‍♀️ Qurib qopdi sho'rimiz,
🤦‍♀️ Kontrakt oshib ketdi...😢

🤭 Ota, o'yga botasizov,
😌 Novvasni ham sotasizov,
😜 Yoki qarzga botasizov,
🤦🏻‍♂️ Kontrakt oshib ketdi...😂

✍ Navro'z ZIYO

© @Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍5😢5
​​#Qonunchilik_yangiliklari

Yuridik texnikum bitiruvchilarini yurisprudensiya yoʻnalishi boʻyicha OTMga qabul qilish tartibi belgilandi

Hukumat qarori (705-son, 22.11.2021-y.) bilan Adliya vazirligi yuridik texnikumi bitiruvchilarini yurisprudensiya yoʻnalishi boʻyicha oliy ta’lim muassasalariga qabul qilishga oid Nizom tasdiqlandi.

🗓 Nizomga muvofiq, hududiy adliya organlari har yili 10-iyungacha yuridik texnikum bitiruvchilariga yoʻllanma berish masalasini koʻrib chiqish uchun komissiya tuzadi.

🖥 Bitiruvchilar yoʻllanma olish uchun komissiyaga 20-iyungacha onlayn platforma orqali murojaat qiladi.

🔰 Arizalar 20-iyundan 30-iyungacha quyidagi asosiy talablar boʻyicha koʻrib chiqiladi:

👉 har bir fan boʻyicha reytingi 71 va undan yuqori boʻlishi (sirtqi yoki masofaviy ta’limda oʻqiganlar uchun 85 va undan yuqori);
👉 chet tilini B2 va undan yuqori darajada bilishini tasdiqlovchi sertifikati boʻlishi;
👉 ma’naviy-ma’rifiy va jamoat ishlari, loyihalar va tanlovlarda faol ishtirok etgan, shaxsiy yutuqlar mavjud boʻlishi;
👉 ichki tartib-qoidalarga, odob-axloq qoidalariga rioya etishi kerak;

☑️ Yoʻllanma olganlar hujjatlarini 5-25-iyulda OTMga onlayn yuboradi.

📌 Yoʻllanma olganlar bilan yakka tartibdagi suhbat 10-25-avgust kunlari oʻtkaziladi.

⚠️ Suhbatda mamlakatdagi islohotlar mohiyati, ixtisoslikni tanlashdagi motivatsiya, shaxsiy-kasbiy xususiyatlar, yuridik bilimlar aniqlanadi va baholanadi.

🎓 Suhbat natijalari 30-avgustgacha abituriyentni oʻqishga qabul qilish uchun tegishli OTMga yuboriladi.

©Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi

© @Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍1
#Bilasizmi

❓Oʻzbekistonda nechta oliy taʼlim muassasasi bor?

✅ Hozirda (23.11.2021-y. holatiga koʻra) Oʻzbekistonda 152 ta oliy taʼlim muassasasi mavjud. Shundan:

🏛Universitet — 27 ta;
🏛Institut — 45 ta;
🏛Akademiya — 3 ta;
🏛Konservatoriya — 1 ta;
🏛Filial — 29 ta;
🏛Xorijiy OTM va uning filiallari — 29 ta;
🏛Nodavlat (xususiy) OTM — 18 ta.

✔️Davlat oliy taʼlim muassasalari tegishliligi boʻyicha vazirlik va idoralar tasarrufiga biriktirilgan:

🔹Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi - 53 ta;
🔸Qishloq xo‘jaligi vazirligi - 5 ta;
🔹Sog‘liqni saqlash vazirligi - 11 ta;
🔸Madaniyat vazirligi - 9 ta;
🔹Badiiy akademiya - 1 ta;
🔸Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi - 7 ta;
🔹Adliya vazirligi - 2 ta;
🔸Transport vazirligi - 1 ta;
🔹Navoiy kon-metallurgiya kombinati - 2 ta;
🔸Tashqi ishlar vazirligi - 1 ta;
🔹Din ishlari bo‘yicha qo‘mita - 1 ta;
🔸Qurilish vazirligi - 2 ta;
🔹Turizm va sport vazirligi - 4 ta;
🔸Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi - 3 ta;
🔹Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi - 1ta;
🔸Davlat soliq qo‘mitasi - 1 ta;
🔹Prezident taʼlim muassasalari agentligi - 1 ta.

❗️Ushbu roʻyxatga harbiy va diniy oliy taʼlim muassasalari, jumladan, magistratura mutaxassisliklari tashkil etilgan tashkilotlar kiritilmagan.

👉 OTM roʻyxati pdf shaklda.

©Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi

© @Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
❤1👍1😢1
#Status

Hayot juda go‘zal lekin bu go‘zallikni his qilish uchun STIPENDIYA yetmaydi 😅

©
@Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
@​​Talabalar'ni qiynamang!

Bu dunyoda dardlar koʻp,
Qiynoqlar ham ziyoda.
Talabadek beozor,
Biror kas yoʻq dunyoda
U ham inson siz kabi,
Jonin temir oʻylamang.
Bahoni deb kun uzoq
Talabani qiynamang.

Talabaga baʼzan pul,
Hatto havo yetmaydi.
Siz qoʻygan toʻrt-besh baho
Kimdan qolib ketmaydi.
Qayerdagi oqibatsiz
Oshnalarni siylamang.
Oʻlib ketsin demangiz,
Talabani qiynamang.

Sizdek yana oʻn beshtasi,
Qoʻyib bermas bahoni.
Bahongiz talabadan
Yaratmaydi dahoni.
Oldida qovoq solib,
Asabini oʻynamang.
Zoʻr amal tegib qolib,
Talabani qiynamang.

Shaharga qishloqchadan
Kelib qilib gʻalaba.
Bir paytlar, eslang siz ham
Boʻlgandingiz talaba.
Endi esa koʻzda oynak,
Baland parvoz soʻylamang.
Ozgina achib yurak,
Talabani qiynamang.

Yalinsa, oʻsasizmi?
Ayab yashab himmatni.
Ikki-uch qoʻyib olib...
Ana koʻring hurmatni.
Gʻurbatli hayot haqda,
Eski qoʻshiq kuylamang.
U ham odam yashasin,
Talabani qiynamang.

Kino, sirk, konsertchalar
Talabasiz oʻtsinmi?
Sevmasinmi bechorlar
Dardni ichga yutsinmi?
Sizsiz ham dardlar bisyor,
Dardlarini tirnamang.
Talaba boʻlgansiz-ku
Talabani qiynamang.

Toʻrt yuzga koʻnganlarga,
Bahongiz bir tiyin-da.
Ammo "shoʻrlik" grandlarga
Uch olish ham qiyinda.
Bir paytlar sizlarni ham
Qiynashganin oʻylamang.
Anʼanani buzing darhol,
Talabani qiynamang.

© Sanjar Mashriqiy

Domlalar bor gurupalarga sekin tashab qo'yoramiz, bildirmastan😅

© @Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍7😱2
#bilasizmi ?

Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘quv yili davomida teng ulushlarda to‘rt marotaba o‘qish uchun to‘lovlarni amalga oshirishi mumkin.

©O'zRes Adliya vazirligi

© @Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍1
⚡️24-noyabr xalqaro do‘stlar kuni ekan!

Barcha do‘stlarimni bayram bilan chin qalbimdan tabriklayman! 🙂

©
@Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
#Status

Urishib kulishib birga yurardik 😄
Eshikdan talashib darsga kirardik 😛
Talabalik qisqaligin qaydan bilardik😔
Sog'inib ko'zimga to'ldi yoshlarim 🥺
Baxtimga sog' bo'ling Kursdoshlarim ❤️

© @Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍3❤1🤯1
#Talabalar

Andijon Davlat Universiteti Talabasi

© @Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍6👎2😁1
#Bilasizmi?

⚡️Ta'lim oluvchining uch toifasi mavjud...

✅Birinchisi,
eshitish orqali o'rganuvchilar (“auditory learners”), ya'ni tinglash (“listening”) orqali ko'proq bilim oladiganlar. Bu xislatga ega bo‘lganlar kitob o'qishdan ko'ra ma'ruza hamda axborot tinglashni afzal ko'radilar.

➡️Ikkinchisi, vizual o'rganuvchilar (“visual learners”), ya'ni diqqatini ko'rayotgan, kuzatayotgan narsalarga qaratadiganlar. Bu xislatga ega bo‘lganlar esa biror narsani tushunish va eslab qolish uchun uni o'z ko'zlari bilan ko'rishni afzal ko'radilar.

⏩Uchinchisi, tajribalar orqali yoki kinestetik o'rganuvchilar (“experiential”, “kinesthetic learners”), ya'ni biror-bir narsani bajarish, tajribalar o'tkazish, sinash orqali o'rganadiganlar.

❓Xo'sh, siz ushbu uchta toifadagi o'rganuvchilardan qaysi biriga kirasiz?

©
Sardor Usmonov

©
@Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Talabalik - oltin damlarim...

​​​4 yil qayda qolib ketmaydi,
Yarim ko'ngil hech ham to'lmaydi,
Bu kunlar hech unutilmaydi
Talabalik - oltin damlarim!

Bayram ketidan bayram kelishlar,
Bosh qotishi-yu, darsdan qochishlar,
Dekanat tomon tinmay chopishlar
Talabalik - oltin damlarim!

Bayramlaru go'zal tadbirlar,
Dilda shodlik, taskin ko'ngillar,
Balki o'tar ushbu davrlar
Talabalik - oltin damlarim!

Vaqt g'animat aslo qaytmaydi,
Kecha, bugun qaytib kelmaydi,
Ko'p ishlarga 4 yil yetmaydi,
Talabalik - oltin damlarim!

Boshga tushganni ko'z ham ko'radi,
Ba'zan bu ko'zlar yoshga to'ladi,
Sessiya ham bir gap bo'ladi,
Talabalik - oltin damlarim!

Uyqusiz o'tganda bedor tunlarim,
Bir mahal ovqat yeb o'tgan kunlarim,
Stipendiyadan qolib qiynalganlarim,
Talabalik - oltin damlarim!

Oltin davr deya bunday yotmagin,
Vaqt o'tib ketdi deb g'amga botmagin,
Ilm izla, o'rgan, toshday qotmagin,
Talabalik - oltin damlarim!

Mehnat qilgin bu kunlar o'tib ketadi,
Bu mashaqqat mevasi erta qaytadi,
Unutmagin do'stim Farxod aytadi:
Talabalik - oltin damlarim!

Har narsaning ham o'z o'rni bordir,
Ba'zilar galstuk taqishga zordir,
Ilmsiz, hunarsiz kishi hayotda xordir.
Qadrlab o'qiyman, to'lsin kamlarim,
Talabalik - oltin damlarim...

© @Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍3
#eslatma

❗️Talabalarni ijaraga qo‘ygan uy egalaridan daromad solig‘i olinmasligi mumkin.

▪️Qonun loyihasiga ko‘ra, talabalarni o‘z uylariga ijaraga joylashtiruvchi shaxslarning ijara to‘lovlaridan olgan daromadlari jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘idan ozod etiladi.

👉 Uy egasi va talaba o‘rtasida ijara shartnomasi qanday tuziladi? ( Batafsil ma'lumot )
👉 Talabalarga ijara to‘lovining bir qismini qoplab berish tartibi qanday? ( Batafsil ma'lumot )
👉 Ijara to‘lovi uchun ariza namunasi. ( NAMUNA )

© @Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍1👏1
❗️DIQQAT, MUHIM XABAR!

⚡️To‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar uchun to‘lovlarni amalga oshirish muddati uzaytirilishi kutilmoqda

Bu haqda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi ma'lum qildi:

🔰Bugungi kunda ko‘pchilik talabalar va ularning ota-onalari murojaatlarini inobatga olib, to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar hamda o‘qishini bir oliy ta’lim muassasasidan boshqa oliy ta’lim muassasasiga ko‘chirayotgan talabalar uchun kontrakt to‘lovlarini amalga oshirish muddatini uzaytirish bo‘yicha vazirlik tomonidan tegishli takliflar tayyorlandi va to‘lov muddati uzaytirilishi kutilmoqda.

✅Ma’lumot o‘rnida, Davlat komissiyasining tegishli yig‘ilish bayoniga asosan respublikamizdagi davlat oliy ta’lim muassasalari bakalavriati va magistraturasiga to‘lov-kontrakt, shu jumladan tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar uchun to‘lovlarni amalga oshirish muddati 2021 yilning 20 noyabr sanasi etib belgilangan edi.

© @Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi