Talabalar | Rasmiy kanali
130K subscribers
1.91K photos
721 videos
114 files
3.63K links
• Ta'limga oid eng so'nggi xabar va yangiliklar!

• Biz bilan talabalikning haqiqiy onlarini his qiling!

• Hamkorlik: t.me/tijoriy/152
Download Telegram
⚡️Yetarli ball to‘play olmagan abituriyentlaro'z xohishlariga ko'ra,super-kontrakt asosida o'qishlari mumkin.

Super-kontrakt miqdori quyidagicha:

Agar 0.1 balldan — 1.0 ballgacha yetmasa oddiy kontraktning 1.5 barobarini to'laydi;
Agar 1,1 baldan — 2,0  ballgacha yetmasa oddiy kontraktning 2 barobarini to'laydi;
Agar 2,1 baldan — 3.0 ballgacha yetmasa oddiy kontraktning 2.5 barobarini to'laydi;
Agar 3,1 balldan — 4.0 ballgacha yetmasa oddiy kontraktning 3 barobarini to'laydi;

👉 Agar 4,0 balldan ortiq ball yetmasa tabaqalashtirilgan to'lov-kontraktning minimal miqdorini to'laydi. Bu miqdor yo'nalishlarga qarab bazaviy kontraktning 8 barobardan 25 barobargacha belgilanishi mumkin.

🤖@Mandat_aiBot ushbu bot orqali taxminiy summasini hisoblashingiz mumkin!

📢 Eslatma: Ushbu summalar bir necha yildan beri amal qilib keladi.

@Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
45👀63👌1🤝1
⚡️Talabalikga tavsiya etilganlar quyidagi hujjatlarni OTMga taqdim etadi.

🔵 Rektor nomiga ariza (OTMda yoziladi);
🔵 Pasport yoki ID karta nusxasi (asli koʻrsatilgan holda);
🔵 Diplom yoki attestat (ilovasi bilan birga) asl nusxasi;
🔵 Til bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikat (mavjud bo‘lsa) asli;
🔵 3,5x4,5 foto surat 6 ta;
🔵 Imtiyoz asosida talabalikka tavsiya etilganlar uchun imtiyoz beruvchi hujjatning aslini;
🔵 Roʻyxatdan oʻtkazilgandagi abituriyent qayd varaqasi;
🔵 Hujjatlar yig‘ma jildi (papka skorosshivatel);
🔵 Konvert A5 formatida.

📃 Mandat javoblari: @MandatIarbot
📃 Mandat javoblari: @MandatIarbot


@Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
358🔥7👍3🤣2🤝2
😎 ‘‘Akang endi talaba’’ ‘‘Opang endi talaba’’

Sizning profilingiz uchun maxsus fotolar.

Mandat javoblari: @MandatIarbot

@Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤣12424👍6🤪6🔥53👏3👀2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🪐 “Yangi O'zbekistonda zamonaviy ilm-fan, sun'iy intellekt va innovatsion ta'limni rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlari” mavzusida qisqa muddatli masofaviy o’quv dasturlariga taklif etamiz!

🔸 Talabalar va magistrantlar
kursi uchun 👉 1-modul
🔸 Doktorant va tadqiqotchilar
kursi uchun 👉 2-modul
🔸 O’qituvchi va pedagoglar
kursi uchun 👉 3-modul

🔖 Kurs yakunida Diplom beriladi.
🗓 Dastur davomiyligi: 5 kun.
Qabul: 15-avgustgacha.
✍️ Ro’yxatdan o’tish


📲 @ITIM_UZBEKISTAN
13🔥3👏2👌2👀21
⚡️ Oltinchi yoʻnalish tanlash qachon boshlanadi?
Oʻtgan yili avgust oyi oxirida 6-yoʻnalish tanlash imkoni berilgan edi. Bu yil ham agar toʻlmay qolgan kvotalar boʻlsa bunday imkon beriladi.


Vakant oʻrin (6-yoʻnalish) oʻzi nima?
Masalan deylik, Andijon davlat universitetining Tarix yoʻnalishiga bu yil 40 ta kvota ajratilgan. Lekin shu kvota doirasida 30 ta abiturieynt oʻqishga kirgan, qolgan 10 ta oʻrin esa 56,7 ball ham toʻplay olmagan abituriyentlar hisobiga boʻsh qolgan. Natijada mana shu 10 ta oʻrin uchun 6-yoʻnalish sifatida tanlash imkoni beriladi.
Xoʻsh 6-yoʻnalishni tanlash tartibi qanday?
1 haftadan keyin yuqorida ta'kidlaganimdek, qaysi oliygohlarda qaysi yoʻnalishlar toʻlmay qolgani haqida ma'lumotlar chiqadi. Shunda 56,7 balldan koʻp toʻplab, 5 ta yoʻnalishga ham oʻqishga kirolmagan abituriyentlar 6-yoʻnalishni tanlashlari uchun my.uzbmb.uz sayti orqali onlayn jarayon boshlanadi.


❗️Xoxlagan oltinchi yoʻnalishni tanlay olmaysiz!
Beshta yoʻnalishga ham oʻqishga kirolmagan abituriyentlar topshirgan fanlar majmuasiga mos 6-yoʻnalish mavjud boʻlsagina topshira oladilar. Ya'ni Tarix yoʻnalishiga xos fanlardan test topshirgan abituriyent Iqtisodiyot yoʻnalishidagi vakant oʻrinni tanlay olmaydi.


‼️ Agarda siz topshirgan fanlarga mos 6-yoʻnalish qaysidir OTMda mavjud boʻlsa uni tanlaysiz hamda mavjud balingiz bilan taqdiringiz aniq boʻladi. Ya'ni boʻsh qolgan 5 ta oʻrin uchun siz kabi 6-yoʻnalish tanlaganlardan kimning bali yuqori boʻlsa shu 5 kishi qabul qilinadi. Qolganlar qabul qilinmaydi.

Mandat javoblari: @MandatIarbot

@Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
32🔥43👌1👀1
⚡️ Yotoqxonaga ariza topshirish qachondan boshlanadi?

2026/2027-o‘quv yilida davlat OTMlariga 1-kursga tavsiya etilgan talabalar talabalikka qabul qilinganidan so‘ng talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza berishlari mumkin.

Amaldagi tartibga ko‘ra, yotoqxonaga joylashish uchun arizalar 1-avgustdan o‘quv yili yakuniga qadar qabul qilinadi.
Arizani:

🔹 my.gov.uz orqali onlayn;
🔹 Davlat xizmatlari markazi orqali elektron shaklda topshirish mumkin.

❗️ Muhim: Mandat natijalari e’lon qilingach, 1-kursga tavsiya etilgan abituriyentlarning ma’lumotlari yotoqxona bo‘yicha axborot tizimlariga bosqichma-bosqich yuklanadi.

Shu sababli ayrim abituriyentlarda my.gov.uz orqali ariza berish vaqtida “Foydalanuvchi ma’lumotlar bazasida mavjud emas” degan xabar chiqishi mumkin.

Agar siz talabalikka tavsiya etilgan bo‘lsangiz, ammo tizimda ma’lumotlaringiz ko‘rinmasa, xavotir olmang. Ma’lumotlar hali tizimga kiritilmagan bo‘lishi mumkin.

Bir necha kun kutib, qaytadan urinib ko‘rish tavsiya etiladi.

Mandat javoblari: @MandatIarbot

@Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
50👏4🤣4🤪4🔥3
Super-kontraktga arizani qachon va qayerga borib yozishim kerak?

Belgilangan oʻtish balini toʻplay olmagan, ammo tabaqalashtirilgan toʻlov-shartnoma (super-kontrakt) asosida oʻqish istagini bildirgan talabgorlar uchun kontrakt.edu.uz platformasi orqali o‘quv jarayonlari boshlangandan so‘ng onlayn ariza berish va shartnomani onlayn rasmiylashtirish imkoniyati yaratiladi.

❗️Imtihondan yetarli ball to‘play olmagan abituriyentlaro'z hohishlariga ko'ra, super-kontrakt asosida o'qishlari mumkin. Batafsil...

@Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
22👏5
❗️OTMlar tomonidan super-kontrakt miqdorlari e’lon qilina boshlandi

O‘tgan yildan boshlab tabaqalashtirilgan (super) to‘lov-kontrakt miqdori rektorlar tomonidan mustaqil belgilanadigan bo‘ldi.

💰 Bunda qabul chegaralariga 4,05 balldan ortiq ball yetmagan abituriyentlar uchun tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt miqdorlari bazaviy to‘lov-kontraktning 3,0 barobaridan kam bo‘lmagan miqdorda belgilanadi.

Ayrim oliygohlarda super-kontrat miqdorlari e’lon qilinmoqda. Jumladan, Termiz davlat universitetida super-kontrakt miqdorlari yo‘nalishlarga qarab 29,6 mln so‘mdan boshlanadi.

Eng qimmat miqdor yurisprudensiya, xalqaro munosabatlar hamda davlat va jamiyat boshqaruvi yo‘nalishida bo‘lib, 90 mln so‘mni tashkil etmoqda.

ℹ️ Eslatib o‘tamiz, super-kontraktga ariza berish hali boshlanmadi, taxminan sentyabr oyining ikkinchi yarmida boshlansa kerak. Arizalar onlayn qabul qilinadi, oliygohga borish shartmas.

@Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
19👏2👀21🔥1🤣1
⚡️Xorijiy va nodavlat OTMlardan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari 19-avgustdan boshlanadi

📆 Xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan respublika oliy ta’lim muassasalarining mos va turdosh ta’lim yo‘nalishlariga talabalar o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari joriy yil 19-20-avgust kunlari bo‘lib o‘tadi.

📝 Test sinovlari ikki smenada tashkil etilib:

1️⃣-smena — 08:00 dan 11:00 ga qadar;
2️⃣-smena — 15:00 dan 18:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.

Bunda abituriyentlar test sinovi o‘tkaziladigan hududga test sinovi boshlanishidan kamida 1 yarim soat oldin pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan kelishlari, shuningdek:

1️⃣-smenada 07:30 ga qadar;
2️⃣-smenada 14:30 ga qadar tekshiruvlardan o‘tgan holda o‘z joyiga joylashgan bo‘lishlari lozim.


📕 Test sinovlari 2 ta mutaxassislik va 3 ta majburiy fan bo‘yicha o‘tkaziladi hamda talabgorlarga mutaxassislik fanlarida 30 tadan, majburiy fanlarda 10 tadan - jami 90 ta test topshirig‘i va ularni ishlash hamda javoblar varaqasiga ko‘chirish uchun 3 soat vaqt beriladi.

@Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
242🔥2👏1👀1🤝1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Rasman: keyingi haftadan abituriyentlarga 6-yo'nalish tanlash imkoni beriladi

O'zi tanlagan 5 ta yo'nalishga kira olmagan, lekin baland ball to'plagan abituriyentlar 6-yo'nalish tanlashi mumkin bo'ladi.

@Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍169👏1
⚡️ Oliy ta’lim tashkilotlari, akademik litsey va texnikumlarda yangi o‘quv yili boshlanish sanasi belgilandi

2026/2027-o‘quv yilida akademik litsey va texnikumlarda o‘quv jarayonlari 2-sentyabrdan boshlanadi.

Oliy ta’lim tashkilotlarida esa:

1-bosqich talabalari uchun — 7-sentyabrdan;
2-bosqich va undan yuqori bosqich talabalari uchun — 14-sentyabrdan o‘quv jarayonlari tashkil etiladi.

@Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
15🔥14👏84👍3
⚡️Yiqilgan abituriyentlarda bo'sh qolgan o'rinlarda 6-yo'nalish tanlash imkoni bor

Bunga oid hukumatning tegishli qarori bor. Unga ko'ra, minimal ball to'plagan, biroq talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlarga bo'sh qolgan yo'nalishlarda tanlovda qatnashish imkoni beriladi.

Qarorga ko'ra, jarayon quyidagicha tashkil etiladi:

— imtihon natijalari e'lon qilingach, bir hafta o'tib, fanlar majmuasi va ta'lim tili mos vakant yo'nalishlarga bir hafta muddatda ro'yxatdan o'tiladi;
— qabul reyting ketma-ketligiga qat'iy rioya qilingan holda, bazaviy to'lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi;
— BMBA shakllantirgan qaydnomalar OTMlar uchun buyruq rasmiylashtirishga asos bo'ladi.

Eslatib o'tamiz, vakant o'rinlar bo'yicha tanlov faqat imtihonda qatnashib, minimal balldan o'tgan (56,7) abituriyentlar uchun amal qiladi.

@Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥1311👍103
UZbonusplay’dan “🎧 Rus va ingliz tillarini biladiganlar uchun masofaviy ish vakansiyasi”ni taqdim etamiz.

Xalqaro AI kompaniyasining platformasida AI til modellarini baholash va o‘qitishda ishtirok eta oladigan rus tilida erkin so‘zlasha oladigan mutaxassislar uchun vakansiya ma'lumotlari e'lon qilindi.

💰 Taxminiy maosh: Maksimal soatiga $30–$65 (※ Saralash natijalari, ko'nikmalar va vazifa murakkabligiga qarab belgilanadi)
📍 Ish shakli: To'liq masofaviy (uydan turib ishlash)

📋 Asosiy vazifalar:
• Rus tilidagi audio ma'lumotlarni tinglash hamda nutqning tabiiyligi, talaffuz va intonatsiyasini baholash.
• Loyiha standartlariga muvofiq ingliz tilida qisqa hisobotlar tuzish.

🎯 Nomzodga qo'yiladigan talablar:
• Rus tili: Ona tili darajasida yoki juda yuqori darajada erkin bo'lishi
• Ingliz tili: B2 yoki undan yuqori darajada
Tilshunoslik, diktorlik/ovoz berish, filologiya yoki ta'lim sohasida tajribaga ega bo'lganlar ma'qullanadi (AI sohasida tajriba talab etilmaydi).


👉 Vakansiya tafsilotlari bilan tanishish va ariza topshirish quyidagi havola orqali amalga oshiriladi:
[https://jobs.micro1.ai/post/c732f04d-3d0e-410f-ba42-781cd9f09915?referralCode=64fb6fc6-5177-4814-ab60-a314a4ea852d&utm_source=referral&utm_medium=share&utm_campaign=job_referral/?ref=telegram_yokota_0fe2e9]
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
163👍1🔥1
⚡️BMBA rasmiylarining bildirishicha, oʻqishni koʻchirish boʻyicha test natijalari bugun kechga e'lon qilishi rejalashtirilmoqda ekan.

Aslida esa kecha eʼlon qilinishi kerak edi, hammayoq jim-jit!

@Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
23👏6🔥3
🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟
😎 Open budjetga 1ta ovoz bor kantrakimni toʻlab berganga bervoraman !
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤣215🔥87👀42👏2
⚡️Rasman: O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha birinchi kun natijalari e’lon qilindi

📣 Talabalar o‘qishini xorijiy va nodavlat OTMlardan davlat OTMlariga ko‘chirish bo‘yicha 2026-yil 19-avgust kuni o‘tkazilgan test sinovi natijalari e’lon qilindi.

Test sinovida ishtirok etgan talabgorlar o‘z natijalarini my.uzbmb.uz saytidagi "O‘qishni ko‘chirish (xorijiy va nodavlat) Natija“ bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda bilishlari mumkin.

Izoh: Mutaxassislik fanlaridan kasbiy (ijodiy) imtihon topshirgan talabgorlarning natijalari OTMlar tomonidan kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari Bilimni baholash agentligiga taqdim etilgandan soʻng e’lon qilinadi.

@Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
13👀2👍1🤝1
⚡️ 6-yo'nalish uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlandi

Oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish imtihonlarida ishtirok etib, belgilangan minimal 56,7 ball va undan yuqori ball to‘plagan, biroq talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlarga, shu jumladan, ro‘yxatdan o‘tishning ikkinchi bosqichida oliy ta’lim tashkiloti va bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarini tanlamagan abituriyentlarga vakant o‘rinlar mavjud bo‘lgan, fanlar majmuasi va ta’lim tili mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha qo‘shimcha tanlovda ishtirok etish imkoniyati yaratildi.

2026/2027-o‘quv yilida jami 80 ta oliy ta’lim muassasasida 31 808 ta vakant o‘rin mavjud bo‘lib, mazkur vakant o‘rinlarni to‘ldirish maqsadida abituriyentlar o‘rtasida qo‘shimcha tanlov o‘tkaziladi.

2026-yil 22-avgustdan 28-avgustga qadar (shu kuni ham) Agentlikning my.uzbmb.uz rasmiy platformasi orqali mazkur toifadagi abituriyentlar qo‘shimcha tanlovda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

Abituriyentlarga fanlar majmuasi va ta’lim tili mos bo‘lgan, vakant o‘rinlar mavjud bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarini tanlash huquqi beriladi.

Ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar vakant o‘rinlarga to‘plagan ballari ketma-ketligiga qat’iy rioya qilingan holda, bazaviy to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya qilinadi.

Tanlov yakunlari bo‘yicha Agentlik tomonidan tegishli tanlov qaydnomalari shakllantirilib, oliy ta’lim tashkilotlariga taqdim etiladi.

@Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
18🔥43👏3👍2