Talabalar | Rasmiy kanali
128K subscribers
1.91K photos
722 videos
114 files
3.64K links
• Ta'limga oid eng so'nggi xabar va yangiliklar!

• Biz bilan talabalikning haqiqiy onlarini his qiling!

• Hamkorlik: t.me/tijoriy/152
Download Telegram
⚡️Pedagogika yoʻnalishida tahsil olayotgan davlat va nodavlat oliygoh talabalari endi har yili test topshiradilar

Yangi nizom loyihasiga ko‘ra, pedagogika yo‘nalishidagi 3-bosqich talabalari har yili maxsus test sinovlaridan o‘tkaziladi.

Test natijalari talabalar reytingiga ta’sir qilmaydi, ammo past ko‘rsatkich qayd etilgan oliygohlar navbatdan tashqari tekshiruvga tushishi mumkin.

Hujjatda qayd etilishicha, mazkur tartib davlat va nodavlat oliy ta’lim muassasalariga tatbiq etiladi. Tashqi diagnostika orqali bo‘lajak o‘qituvchilarning bilim darajasi yagona metodologiya asosida tekshiriladi.

@Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
19👍3👏1
⚡️«Qurbon hayiti» bayrami munosabati bilan necha kun dam olamiz?

5 ish kuni ishlovchilar 5 kun dam oladi:
27-may (chorshanba) — «Qurbon hayiti» bayrami;
28-may (payshanba) — qo‘shimcha dam olish kuni;
29-may (juma) — qo‘shimcha dam olish kuni;
30-may (shanba) — dam olish kuni;
31-may (yakshanba) — dam olish kuni;


6 ish kuni ishlovchilar ham 5 kun dam oladi:
27-may (chorshanba) — «Qurbon hayiti» bayrami;
28-may (payshanba) — qo‘shimcha dam olish kuni;
29-may (juma) — qo‘shimcha dam olish kuni;
30-may (shanba) — qo‘shimcha dam olish kuni;
31-may (yakshanba) — dam olish kuni;


@Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
14👌5👍4🔥21
⚡️Ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar uchun tavsiyanoma olishga arizalar qabul qilish boshlandi

Ehtiyojmand oilalardagi 4 ming nafar xotin-qizlarga qoʻshimcha qabul koʻrsatkichlari doirasida ajratiladigan tavsiyanomalar berish uchun arizalar qabuli boshlandi.

📝 Arizalar Yagona portal (my.gov.uz) orqali elektron shaklda qabul qilinadi.

🗓 Talabgorlarning arizalari 8-iyunga qadar qabul qilinadi.

Talabgorlarga quyidagi mezon asosida tavsiyanoma beriladi:


— Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning xotin-qizlari;

— tо‘liqsiz oilada tarbiyalanayotgan, ya’ni otasi yoki onasi yoxud ularning ikkalasi ham vafot etgan ijtimoiy himoyaga muhtoj qizlar;

— turmush о‘rtog‘i vafot etgan, voyaga yetmagan farzandini yolg‘iz tarbiyalayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollar;

nogironligi bо‘lgan farzandi bor ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar;

— ikki va undan ortiq farzandlarini tarbiyalayotgan, boshqa qarindoshlaridan alohida (ijarada) yashayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj yolg‘iz ayollarning qiz farzandlari;

— ota-onalaridan biri yoki har ikkisi ham birinchi yoki ikkinchi guruh nogironi bо‘lgan ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar.

 
@Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔔Bitiruvchilar uchun unutilmas sovg‘a!

🇺🇿 Toshkent shahar hokimligi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan hamkorlikda siz bitiruvchilarni yilning eng yorqin va eng katta bitiruv shou-kechasiga taklif etadi! 🎉

🙂 25-may
🕓 18:00
📍 Olimpiya shaharchasi
🎟 Kirish mutlaqo bepul

Bu oqshomda sizni:
yulduzli sahna;
🎤20 dan ortiq sevimli san’atkorlar;
🎧trenddagi hitlar;
💜cheksiz energiya;
🔡mega vibe;
🎼unutilmas atmosfera kutmoqda.

Do‘stlaringiz bilan keling va bu oqshomni bir umr esda qoladigan lahzalarga aylantiring! 🚀

📍25-may kuni soat 18:00 da Olimpiya shaharchasida ko‘rishamiz!

@Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
171👍1👏1
⚡️Rasman: 27-may Qurbon hayiti bayrami sifatida keng nishonlanadi.

Kelasi hafta faqat 2 kun ish, 5 kun dam bo’ladi.
25-may, dushanba — ish kuni;
26-may, seshanba — ish kuni;
27-may, chorshanba – Qurbon hayiti;
28-may, payshanba – barcha uchun qo‘shimcha dam olish kuni;
29-may, juma – barcha uchun qo‘shimcha dam olish kuni;
30-may, shanba – haftada 6 kun ishlaydiganlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni;
31-may, yakshanba – barcha uchun odatiy dam olish kuni;
1-iyun, dushanba — ish kuni.

@Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👌863👍2🔥2👀1
⚡️Rasman: abituriyent 206ming so‘m testga kirish uchun toʻlaydi

◼️ O‘rta ta’limni avvalgi yillarda tugatgan abituriyentlar kirish imtihonlarida qatnashish uchun bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravari miqdorida to‘lov qilishlari kerak.

Ayni paytda bir BHM – 412 ming so‘m, yarim baravari esa 206 ming so‘m.

❗️Lekin hamma abituriyentlar ham to‘lov qilmaydi. To‘lovdan ozod abituriyent toifalari:
o‘qishni test o‘tkazilayotgan yili tugatgan bitiruvchilar;
nogironligi bo‘lgan shaxslar;
mehribonlik uylari bolalari;
bolalar shaharchasining bitiruvchilari;
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslar va ularning farzandlari;
“Yoshlar daftari”da ro‘yxatda turuvchi yoshlar kirish imtihonlarida qatnashish uchun to‘lov qilmaydi.


🚪 Abituriyentlarga yuboring!

@Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
19👍2🔥2👌1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
☺️ BU REKLAMA EMAS, TAVSIYA

🔵Alfraganus universiteti siz izlagan barcha imkoniyatlarni o’zida mujassam qilgan. Universitet tanlashda adashmang.

🔵Qabulga oid savollar: 78 122 75 57
🔵T/m: @Alfraganus_callcenter
🔵T/m kanal: @Alfraganusuniversity

— 100 dan ortiq xorijiy universitetlar bilan mustahkam aloqalar o‘rnatilgan;
Bir nechta xalqaro sertifikat va rasmiy nufuzli hujjatlarga ega;
— YUNESKO bilan rasmiy hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan;
Xalqaro reytinglarda yuqori o‘rinlarni band etib kelmoqda;
20 nafardan ortiq talaba davlat stipendiyalari sohibiga aylandi;
A’lochi talabalar uchun ichki grant dasturlari mavjud;
Bitiruvchilar Kembrij kabi dunyoning eng yetakchi oliygohlariga magistratura bosqichiga qabul qilingan;
Faqatgina joriy yilning o‘zida bitiruvchilar uchun 2000 dan ortiq bo‘sh ish o‘rinlari taklif etildi.

📝Telegram 🎞 Youtube
📝Facebook 💻Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6🤣2
⚡️ Imtihonga yaxshi tayyorlanish uchun 5 ta usul

📌 Qabul boshlanishiga ham kam qoldi, kirish imtihonlari ham yaqinlashyapti. Ko‘proq narsa o‘qib o‘zlashtirishga shoshayotgan bo‘lsangiz kerak. Unda bu post sizga yordam beradi.

⌛️O‘qish uchun yetarli vaqt ajratish lozim. Qancha dars tayyorlash, qancha dam olish samarali bo‘lyapti? O‘zingiz uchun belgilab oling.

🪑 Dars qilish uchun qulay sharoit qiling. Siz dars qiladigan xona qorong‘u emasmi? O‘tiradigan stulingiz sizga qulaymi? Hamma narsa siz uchun qulay bo‘lsin.

📊 Diagramma va turli vizual shaklli usullar yordamida bilimingizni mustahkamlashga harakat qiling.

📝 Sinov imtihonlarida qatnashib ko‘ring. Sababi undagi savollar formati asosiy imtihondagiga o‘xshash bo‘lsa, qiyinchiliklaringizni kamaytiradi.

✔️ Javobingizni boshqalarga tushuntirib bering. Masalan, nimaga testga bu javob tanlanganini og‘zaki aytib berish uni keyinchalik esdan chiqarmaslikka yordam beradi.

@Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
13🔥32👀2👍1👌1🤝1
⚡️Rasman: Bazaviy va tabaqalashtirilgan kontrakt mablagʻlarini toʻlash muddati 10-iyunga qadar uzaytirildi

Abituriyentlar, ularning ota-onalari va oliy ta’lim tashkilotlarining murojaatlari inobatga olinib, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli bayoni bilan quyidagi toifadagi fuqarolar uchun to‘lov-kontrakt muddatlari uzaytirildi:

💬 bakalavriat va magistraturada bugungi kunga qadar darslarda qatnashib, yakuniy imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan abituriyentlar;
💬 o‘qishi ko‘chirilgan (ko‘chirib tiklangan) va qayta tiklangan talabalar.


Ular uchun bazaviy va tabaqalashtirilgan to‘lov-kontraktning bir yillik o‘qitish qiymatining 100 foizini to‘lash hamda talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning so‘nggi muddati 2026-yil 10-iyunga qadar (shu kuni ham) uzaytirildi.

Eslatma: amaldagi tartibga koʻra, ikkinchi va undan yuqori bosqich talabalar kontraktini toʻlash muddati oliy ta’lim tashkilotlari rahbari tomonidan uzaytirilishi mumkin.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi


@Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
122👍2👏2🔥1🤣1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
147👍2🔥1🤝1
⚡️Tezkor: Davlat oliygohlarida tahsil olayotgan pedagog farzandi boʻlgan talabalarga 30%lik kontrakt chegirmasi beriladi

Tegishli loyihaga koʻra, 2026/2027-o‘quv yilidan boshlab har yili davlat oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga kirgan hamda tahsil olayotgan pedagoglarning farzandlari to‘lov-kontrakt summasi uchun 30 foiz miqdorida chegirma joriy etilishi koʻzda tutilmoqda.
🖊 Asosiy ma'lumotlar:

◾️Chegirma hozirda oʻqiyotgan hamda yangi oʻquv yilidan qabul qilingan talabalarga beriladi.
◾️Chegirma miqdori: oddiy kontrakt summasining 30% ini tashkil etadi
◾️Chegirma faqat bir oʻquv yili uchun beriladi (har yili amal qilmaydi).
◾️Chegirma faqat kunduzgi ta'lim talabalari uchun amal qiladi.
◾️"Perevodchilar" ham chegirma olishlari mumkin.
Super-kontraktda tahsil olayotgan talabalar uchun chegirma berilmaydi.
Qoʻshma ta'lim dasturi talabalari uchun ham amal qilmaydi.


@Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
74👍1🔥1👏1👀1
⚡️ Kim abituriyent sifatida roʻyxatdan oʻta oladi?

Quyidagi taʻlim muassasalarini tugatgan shaxslar bakalavriаtga hujjat topshirishga haqli:

🏫 Umumiy oʻrta taʻlim — 11 yillik maktabni tugatganlar
🏫 Oʻrta maxsus taʻlim — 9 yillik asos + 2 yillik oʻrta maxsus taʻlimni tugatganlar
🏫 Boshlangʻich kasbiy taʻlim — 9 yillik asos + 2 yillik boshlangʻich kasbiy taʻlimni tugatganlar
🏫 Eski tizim boʻyicha — 2020 yil 24 sentabrgacha amal qilgan «Taʻlim toʻgʻrisida»gi Qonun kuchga kirguniga qadar 9 yillik umumiy oʻrta + 3 yillik oʻrta maxsus, kasb-hunar taʻlimini tugatgan va tegishli hujjatga ega boʻlgan shaxslar


Asos: VM 578-son qarori

@Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
143👍2👀2🔥1👌1
🆔 “086-forma”ni Yagona portal orqali olish mumkin

Yagona portal (My.gov.uz)dagi “Sog‘liqni saqlash” bo‘limida ushbu xizmat ishga tushirildi.

Xizmatdan foydalanish mutlaqo bepul bo‘lib, ma’lumotnoma portalda shakllanishi uchun fuqaro avval tegishli tibbiyot muassasasida shifokorlar ko‘rigidan o‘tgan bo‘lishi lozim.


@Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
14👍10👀4🔥21🤝1
❗️1- iyundan xususiy universitetlarda qabul boshlandi

O‘zbekistondagi nodavlat oliy ta’lim muassasalarida 2026–2027 o‘quv yili uchun abituriyentlardan hujjat qabul qilish boshlandi.

Faqat davlat akkreditatsiyasidan o‘tgan ta’lim dasturlari bo‘yicha qabul amalga oshiriladi.

🗓 Qabul jarayoni odatda iyun–sentyabr oylarida davom etadi.

Shuningdek, kelgusida har bir xususiy oliygoh uchun qabul kvotalari belgilanishi rejalashtirilgan.

@Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
20👏3🤣21🔥1
⚡️Toshkentda talaba qiz o‘qituvchi tomonidan pichoqlab o‘ldirildi

Toshkent shahrining Sergeli tumanida O‘zDJTU talabasi bo‘lgan 2004-yilda tug‘ilgan qiz va uning tanishi — 51 yoshli Xitoy fuqarosi rashk sabab 1998-yilda tug‘ilgan o‘qituvchi tomonidan pichoqlangan.

Xitoylik erkak voqea joyida vafot etgan, talaba qiz esa ikki kun o‘tib shifoxonada hayotdan ko‘z yumgan.

Ma’lum qilinishicha, hodisadan so‘ng universitetda faoliyat yurituvchi erkak professor-o‘qituvchilar va xodimlardan talaba-qizlarga nisbatan nojo‘ya xatti-harakatlar, shilqimlik va tazyiqlarga yo‘l qo‘ymaslik mazmunidagi kafolat xati (tilxat) olingan.

Holat yuzasidan qasddan odam o‘ldirish moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


@Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👀1615🔥11
❗️Kirish imtihonlarida savol tushadigan TOP-10 ehtimoliy badiiy asarlar ro'yxati
 
Oliy ta'lim muassasalariga ona tili va adabiyot fanidan asosiy yoʻnalishda imtihon topshiradigan talabalarga Bilim va malakani baholash agentligi tomonidan tasdiqlangan 10 ta badiiy asrlardan ham savollar tushishi aytib oʻtilgan.

Kitoblar ro'yxati quyidagicha:

1. Abdulla Qodiriy "O‘tgan kunlar"
2. Abdulla Qodiriy "Mehrobdan chayon"
3. Oʻtkir Hoshimov "Ikki eshik orasi"
4. Oʻtkir Hoshimov "Nur borki soya bor"
5. Mirmuhsin "Me’mor"
6. Choʻlpon "Kecha va kunduz"
7. Abdurauf Fitrat "Abdulfayzxon"
8. Abdulla Oripov "Sohibqiron"
9. Oʻtkir Hoshimov "Urushning so‘nggi qurboni"
10. Abdulla Qahhor hikoyalari (barchasi)


@Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
36🔥4👏42👌2👍1
⚡️ Ertadan 2026/2027-o‘quv yili uchun abituriyentlarni ro‘yxatga olish boshlanadi

📄 2024-yildan boshlab, davlat oliy va professional ta’lim muassasalariga (kasb-hunar maktabi bundan mustasno) qabul qilish bo‘yicha imtihonlar “avval test, so‘ng tanlov” tamoyiliga muvofiq bir vaqtda o‘tkazilishi belgilangan.

📝 Bunda abituriyentlar o‘z tanloviga ko‘ra test sinovi natijasida to‘plagan balidan kelib chiqib, dastlab oliy ta’limning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga, so‘ng professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun tanlovda ishtirok etadi.

🗓 Oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha kirish imtihonlari iyul-avgust oylarida o‘tkaziladi.

@Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1311🔥4👍2👏2
❗️Qabul-2026 ochildi

Bugundan boshlab abituriyentlar my.uzbmb.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

🔔 Abituriyentlar 5-iyundan 25-iyunga qadar (25-iyun kuni ham) test sinovi topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tadi. Bunda abituriyentlar faqat test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, ta’lim tili va test topshirish hududini tanlaydi xolos.

Imtihonlar iyul–avgust oylarida o‘tkaziladi.

@Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
28👍42🔥2🤣1👀1🤝1
☺️ ALFRAGANUS UNIVERSITETI YEVROPADA TAN OLINGANI HAQIDA XABARLAR TARQALMOQDA

👍 Gap shundaki universitet Yevropaning EQAS sertifikatini qo’lga kiritgan edi. O’tgan oyda universitet Amerikaning bir qator nufuzli universitetlariga tashrif buyurib qoshma ta’lim dasturi bo’yicha kelishuvga erishgani aytilmoqda.

🤝 Qayerda o’qisam ekan deyotganlarga ushbu yangilikni yuborib qoying!

🔵Qabulga oid savollar: 78 122 75 57
🔵T/m: @Alfraganus_callcenter
🔵T/m kanal: @Alfraganusuniversity
🔵Instagram: havolalink
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7🔥2👌2👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul2026

⚡️Rasman: 2026-2027-o‘quv yili uchun abituriyentlarni ro‘yxatga olish boshlandi


🔰 2024-yildan boshlab, davlat oliy va professional ta’lim muassasalariga (kasb-hunar maktabi bundan mustasno) qabul qilish bo‘yicha imtihonlar “avval test, so‘ng tanlov” tamoyiliga muvofiq bir vaqtda o‘tkazilishi belgilangan.

📝 Bunda abituriyentlar o‘z tanloviga ko‘ra test sinovi natijasida to‘plagan balidan kelib chiqib, dastlab oliy ta’limning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga, so‘ng professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun tanlovda ishtirok etadi.

🗓 Oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha kirish imtihonlari iyul-avgust oylarida o‘tkaziladi.

Davlat oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga qabul jarayoni quyidagi 2 bosqichda amalga oshiriladi:

1️⃣-bosqichda abituriyentlar har yili 5-iyundan 25-iyunga qadar (25-iyun kuni ham) test sinovi topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tadi hamda test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, ta’lim tili va test topshirish hududini hamda kirish imtihonlari tarkibida kasbiy (ijodiy) imtihon bo‘lsa, ushbu imtihonni topshiradigan davlat OTMni tanlaydi.

2️⃣-bosqichda abituriyentlar test sinovlari to‘liq yakunlanganidan so‘ng 15 kun davomida oliy ta’lim muassasasi, bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shaklini tanlaydilar. Oliy ta’lim muassasasi, bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shaklini tanlamagan abituriyentlar yakuniy tanlovga qo‘yilmaydi.

🖥 Professional ta’lim muassasalarida o‘qish istagini bildirgan abituriyentlar professional ta'lim muassasasini , kasb va mutaxassislikni hamda ta’lim shaklini OTMlariga qabulning yakuniy natijasi e’lon qilinganidan so‘ng 10 kun muddatda tanlaydi.

@Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
48🔥64👍2👏2👌1👀1
⚡️Ham perevod uchun, ham abituriyent bo'lib oliygohga hujjat topshirish mumkinhatto talabalar ham

O'qishni ko'chirmoqchi bo'lgan talaba oliygohga abituriyent bo'lib ham hujjat topshirishi mumkin.


🖊 Buning uchun, 5-iyun va 25-iyun oralig'ida my.uzbmb.uz sayti orqali abituriyent sifatida oliy ta'lim muassasasiga hujjat topshirishi mumkin.

➡️15-iyul sanasidan boshlanadigan o'qishni ko'chirish uchun qabul jarayonida ham tegishli sayt orqali "perevod" uchun hujjat topshirishi imkoniyatiga ega. Bunda transkript yuklansa kifoya.

Abituriyent va "perevodchilar" uchun test bir xil vaqtda bo'lmasligi sababli bemalol imtihonga kirib chiqishi va muvaffaqqiyatli o'tganidan so'ng, keyinchalik o'z xoxshiga ko'ra birini tanlashiga to'g'ri keladi.

⚠️Bir vaqtda ikki xil jarayonga hujjat topshirish ta'qiqlanmagan va bu keyinchalik talabaga hech qanday muammo tug'dirmaydi. Ammo bir vaqtning o'zida ikkita oliy ta'limda o'qish imkoniyati mavjud emas.

☝️Yana bir muhim jihat: OTMlarda tahsil olayotgan talabalar ham abituriyent sifatida hujjat topshirib koʻrishlari mumkin. Bu oʻzi xoxlamagan yoʻnalishga oʻqishga kirib qolgan talabalar uchun ikkinchi imkoniyat degani.

@Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
35🔥2👏2👌2👍1🤣1