Talabalar | Rasmiy kanali
42.9K subscribers
1.83K photos
699 videos
106 files
3.45K links
• Ta'limga oid eng so'nggi xabar va yangiliklar!

• Biz bilan talabalikning haqiqiy onlarini his qiling!

• Reklama: t.me/tijoriy/116
Download Telegram
❗️Kirish imtihonlarida savol tushadigan TOP-10 ehtimoliy badiiy asarlar ro‘yxati
 
Oliy ta’lim muassasalariga ona tili va adabiyot fanidan asosiy yo‘nalishda imtihon topshiradigan talabalarga Bilim va malakani baholash agentligi tomonidan tasdiqlangan 10 ta badiiy asrlardan ham savollar tushishi aytib o‘tilgan.

📚Kitoblar ro‘yxati quyidagicha:

1. Abdulla Qodiriy “O‘tgan kunlar”;
2. Abdulla Qodiriy “Mehrobdan chayon”;
3. O‘tkir Hoshimov “Ikki eshik orasi”;
4. O‘tkir Hoshimov “Nur borki soya bor”;
5. Mirmuhsin “Me’mor”;
6. Cho‘lpon “Kecha va kunduz”;
7. Abdurauf Fitrat “Abdulfayzxon”;
8. Abdulla Oripov “Sohibqiron”;
9. O‘tkir Hoshimov “Urushning so‘nggi qurboni”;
10. Abdulla Qahhor hikoyalari (barchasi).

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
10👀3👍2🤣1
📌 Talabalarning TTJ da yashash xarajatlarini qoplab berish haqida batafsil ma’lumot

Ma’lumot o‘rnida, agar davlat yotoqxonasi bo‘lmasa, talabalar davlat-xususiy sheriklik asosida qurilgan turar joylarga joylashtirilishi mumkin. Hukumatning yangi qaroriga asosan, bunday hollarda ham unga kompensatsiya to‘lab beriladi. To‘lovlar har oyning 15-sanasiga qadar talabaning bank plastik kartasiga o‘tkazib beriladi.

Ijara to‘lovlariga kompensatsiya olish bilan bog‘liq har qanday arizalar oyning 7-sanasiga qadar qabul qilinadi. Uni my.gov.uz yoki kontrakt.edu.uz orqali onlayn tarzda yuborishingiz mumkin.

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
4
📌 Darsga kelmagan “akademik qarzdor talaba”ning kursdan qoldirilish tartibi

(kredit-modul tizimi boʻyicha)

• 1 ta fan uchun 6 kredit ajratilgan.
• 1 kredit 30 soatga teng.
• 1 ta fanning 6 krediti 180 soat
• 180 soatning 40 foizi (72 soat) auditoriya soatiga, qolgan 60 foizi (108 soat) esa mustaqil taʼlimga ajratilgan.

Talaba auditoriya uchun ajratilgan 72 soatning ¼ qismini (yaʼni 18 soatni) qoldirsa, yakuniy nazoratga kiritilmaydi.

▶️Yakuniy nazoratga kiritilmagan talaba akademik qarzdor hisoblanadi. Akademik qarzdor talaba kursdan qoldiriladi. Mana shu tariqa bakalavriat yoʻnalishidagi talaba 8 yil oliy taʼlim muassasasida qolishi mumkin.

@Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
144🔥3👌2👍1
Forwarded from texnomart
😎 Toychog‘ingizga kerakli texnikalar 0-0-12 aksiyada!

Radar detektor, avtosignalizatsiya va videoregistrator kabi uskunalarni ustamasiz, boshlang'ich to'lovsiz 12 oyga bo'lib to'lashga xarid qiling.

📅 Muddat: 6-19-fevral kunlari.

🚀 Toychog'i borlarga jo'natib qo'ying!



😎 Нужные устройства для вашей «ласточки» в акции 0-0-12!

Радар детектор, автосигнализацию и видеорегистратор можно приобрести без наценки и без первоначального взноса с оплатой в рассрочку на 12 месяцев.

📅 Срок: с 6 по 19 февраля.

🚀 Отправьте тем, у кого есть своя «ласточка»!

➡️ Buyurtma bering

71-209-99-44 | texnomart.uz
👉 Obuna bo'ling: @texnomart
4👀21👍1🔥1👏1
#haqiqitmi

O‘qituvchim: Kerak bo'lsa 100 marta so‘rang, 100marta bo'lsa ham tushuntirib beraman.
*Men 2 marta so‘raganimdan keyin*
O'qituvchim: .........


@Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤣284🔥32
#abituriyent2026 #fanlarmajmuasi

⚡️2026/2027-o‘quv yili uchun bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va ularga mos test sinovi (kasbiy (ijodiy) imtihon) topshiriladigan fanlar majmuasi tasdiqlandi

Eslatma: Taʼlim yoʻnalishlari nomi oʻzgarganda, shuningdek, yangi yoʻnalishlar tashkil etilganda mos ravishda tegishli oʻzgartirishlar kiritiladi.


👉 Yuklab olish

@Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
❤️ “Ijtimoiy reestr”ga kiritilgan oilalarning kunduzgi ta’limda o‘qiyotgan talabalari uchun yotoqxona xarajatlari Davlat byudjeti hisobidan qoplab beriladi:

talaba grant yoki kontrakt asosida o‘qishidan qat’i nazar yotoqxona xarajatlari qoplab beriladi;
talabalar TTJga ustuvorlik bilan (navbatsiz) qabul qilinadi;
oliy ta’lim muassasasining rektori nomiga har oyning 7-sanasiga qadar kontrakt.edu.uz axborot tizimi orqali ariza bilan murojaat qiladi;
TTJda yashash xarajatlari — har oy to‘lov sifatida talabaga beriladi;
to‘lovlar har oyning 15-sanasiga qadar talabaning plastik kartasiga o‘tkaziladi;
talabalar yotoqxona to‘lovini oldindan amalga oshirgan taqdirda, ushbu mablag‘lar belgilangan tartibda talabaning bank plastik kartasiga to‘liq qaytarib beriladi.


Ma’lumot o’rnida, bugungi kunda oliy ta’lim muassasalarida bunday toifadagi talabalar soni 5 ming nafardan ortiqni tashkil etadi.

@Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
92
⚡️Rasman: 2026-yilda muborak Ramazon oyining boshlanishi 19-fevral kuniga to‘g‘ri keladi.

Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasining axboroti asosida Prezident qarori qabul qilindi.

@Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
12👍7👌3
⚡️Ramazon oyida ehtiyojmand oilalarga 1 mln soʻmdan yordam puli beriladi

Oʻzbekiston Prezidenti qaroriga koʻra, «Vaqf» xayriya jamoat fondiga 800 milliard soʻm ajratildi.

Yangi qarorga muvofiq, moddiy yordam quyidagi oilalarga beriladi:
davlat taʼminotidagi oilalar;
parvarishiga muhtoj yolgʻiz yashovchi va yolgʻiz keksalar;
nogironligi boʻlgan shaxslar;
yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum bolalar yashaydigan oilalarni har biriga bir martalik 1 mln soʻm moddiy yordam ajratiladi.

@Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
9🔥3👏1
Forwarded from 🎓 PulMan Acadamy
🚀 Хотите начать карьеру бизнес-аналитика?

Pulman запускает первый поток Pulman Academy — программу подготовки бизнес-аналитиков с возможностью трудоустройства.

Это 12 недель практики внутри реальной финансовой компании.
Обучение бесплатное.


Что вас ждёт:
• работа с реальными данными
• разбор бизнес-процессов и метрик
• практика на кейсах компании
• поддержка наставников
• итоговый проект
• возможность получить оффер по результатам обучения

Кого мы ищем:
— студентов 3–4 курса и выпускников
— тех, кому интересны аналитика и финансы
— внимательных к цифрам и деталям

Ограниченное количество мест.

Подать заявку на участие - https://forms.gle/t72ViS1FTHPySRSD8
6🔥1
⚡️Xotin-qizlar kuni bayrami arafasida dam olish kunlari qanday boʻladi?

Bu yil 8-mart — Xotin-qizlar kuni bayrami haftaning yakshanba kuniga toʻgʻri keladi.

Mehnat kodeksiga koʻra, dam olish kuni ishlanmaydigan bayram kuniga toʻgʻri kelgan taqdirda, dam olish kuni bayramdan keyingi ish kuniga koʻchiriladi.

Shunga koʻra, bayram arafasida dam olish kunlari quyidagicha boʻladi:

🔹Haftada 5 kun ishlaydiganlar 3 kun dam oladi:
7-mart — shanba dam olish kuni;
8-mart, yakshanba– bayram kuni, dam olish kuni;
9-mart, dushanba – qoʻshimcha dam olish kuni.

🔸 Haftada 6 kun ishlaydiganlar 2 kun dam oladi:
8-mart, yakshanba– bayram kuni, dam olish kuni;
9-mart, dushanba – qoʻshimcha dam olish kuni.


@Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍53👏1