Talabalar | Rasmiy kanali
42.1K subscribers
1.83K photos
700 videos
106 files
3.45K links
• Ta'limga oid eng so'nggi xabar va yangiliklar!

• Biz bilan talabalikning haqiqiy onlarini his qiling!

• Reklama: t.me/tijoriy/116
Download Telegram
Harbiy xizmatchilarning farzandlari uchun davlat grantiga o‘tish ballari quyidagicha bo‘ldi (tavsiyanomasi borlar uchun):

Mudofaa vazirligi — 72,9 ball (775 ta kvota);

Ichki ishlar vazirligi — 68,1 ball (174 ta kvota);

Favqulodda vaziyatlar vazirligi — 71,9 ball (226 ta kvota);

Davlat xavfsizligi xizmati — 76,7 ball (488 ta kvota);

Prezident davlat xavfsizligi xizmati — 114,9 ball (35 ta kvota);

Elektron texnologiyalarni rivojlantirish markazi — 69,6 ball (35 ta kvota);

Milliy gvardiya — 68 ball (697 ta kvota);

Harbiy prokuratura — 128,6 ball (9 ta kvota).

ESLATMA: bu ichki ishlar organlari xodimlarining farzandlari uchun qo‘shimcha 5%li davlat granti asosidagi kvota emas, ularning o‘tish ballari OTM kesimida chiqadi.

@Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍67🤣407🔥65🤝2👏1👌1
Nega 1-kursga kirganlar yotoqxona uchun ariza bera olmayapti?

Ma’lumki, talabalikka tavsiya etilganlar davlat oliy ta’lim muassasalarining talabalar turar joyiga joylashish uchun Davlat xizmatlari markazi yoki my.gov.uz portali orqali onlayn ariza yuborish imkoniyati yaratilgan.

Biroq, ayni paytda 1-kursga tavsiya etilganlar to‘g‘risidagi maʼlumotlarni “Talabalar turar joyi axborot tizimi”ga yuklash ishlari olib borilayotganligi bois talabalar tomonidan ariza yuborish xizmati hozircha o‘z ishini boshlamadi.

Mazkur ishlar tez orada yakuniga yetkazilgandan so‘ng, 1-kursga tavsiya etilganlar ariza yuborishlari mumkin bo‘ladi.

Bu haqida qo‘shimcha ma’lum qilinadi, deyiladi vazirlik xabarida.

@Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤣15👍13👀21
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️1-kurslarga ham yotoqxona uchun ariza yuborish imkoni ochildi

Ayni paytda talabalikka tavsiya etilganlar to‘g‘risidagi maʼlumotlarni “Talabalar turar joyi axborot tizimi”ga yuklash ishlari o‘z yakuniga yetdi.

Endilikda, 1-kurs talabalari davlat OTMlarining yotoqxonalariga joylashish uchun Davlat xizmatlari markazi yoki Yagona portal orqali elektron ariza yuborishlari mumkin.

Xizmatdan foydalanish uchun havola:
https://my.gov.uz/oz/service/870

@Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍171
Maqsadli qabul bilan grantga kirganlarni nima kutyapti?

📌 Agar siz maqsadli qabuldan foydalanmoqchi bo‘lsangiz, unda bu postni, albatta, o‘qing.

Maqsadli qabulda kimlar qatnasha oladi?
Kvota tasdiqlangach, maqsadli qabul o‘rinlari hududlar kesimida bo'linadi. Aynan bir hududga ajratilgan maqsadli qabul kvotasidan foydalanish uchun o‘sha hududda doimiy yashaydigan (propiskasi bor) abituriyent maqsadli qabuldan foydalanadi.

📄Abituriyentning umumiy o‘rta yoki o‘rta ta’limni tugatganligi to‘g‘risida hujjati, ya’ni shahodatnomasi ham bo‘lishi kerak.

Maqsadli qabulga kvotalar qanday taqsimlanadi?

Kvotalar yo‘nalishlar kesimida va yo‘nalishlar kesimidagi o‘rinlar esa hududlar kesimida taqsimlanadi. Masalan, sog‘liqni saqlash, xalq ta’limi kabi yo‘nalishlar alohida ajratiladi.

Maqsadli qabulda yetarli ball to‘plolmaganlar o‘qishdan yiqiladimi?

Maqsadli qabul tanlovida qatnashgan abituriyent kerakli ballni yig‘sa, u grant asosida talaba bo‘ladi. Lekin to‘play olmasa, boshqa abituriyentlar bilan birgalikda umumiy tanlovda qatnashadi. Balli yetsa, albatta, talaba bo'ladi.

O‘qishga topshirayotganda maqsadli qabul qanday tanlanadi?

OTMga kirish uchun onlayn ariza topshirayotgan abituriyent maqsadli qabulni tanlasa, ham maqsadli, ham umumiy tanlovda ishtirok etadi. Masalan, Toshkent tibbiyot universitetining Davolash ishi yo‘nalishiga abituriyent yashayotgan hududga 2 ta joy ajratilgan bo‘lsa, u ham shu 2 ta joy uchun, ham ajratilgan umumiy kvota uchun tanlovda qatnashadi.

❗️Maqsadli qabul bilan pastroq ball to‘plab ham grantga kirish mumkin.
Lekin 2 ta narsani hisobga olish kerak:

Maqsadli qabul bilan o‘qishga kirgan talabaga "perevod"ga ruxsat berilmaydi;

➡️ Keyinchalik o‘qishni tugatgandan so‘ng o‘z hududida 5 yil ishlab berish majburiyati qo‘yiladi.

@Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍20🤪21
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
1-kurslarga yotoqxona olish uchun One ID kerak

1-bosqichga tavsiya etilgan talabalar yotoqxonaga joylashish
bo‘yicha Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ariza yuborishlari uchun One ID tizimidan ro‘yxatdan o‘tishlari kerak bo‘ladi.

@Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍81
O‘qishga KIRGANLAR boshqa yo‘nalishga super-kontraktni tanlay oladimi?
#abituriyent

Masalan, birinchi va ikkinchi yo‘nalishga bali yetmadi, lekin uchinchi yo‘nalishga o‘qishga kirdi. Abituriyent uchinchi yo‘nalishda o‘qishni istamay, birinchi yoki ikkinchi yo‘nalishda super-kontraktda o‘qiy oladimi?

Bu masala hozircha ochiq turibdi, joriy yilgi tartib tasdiqlanmagan.

O‘tgan yili abituriyent o‘zi tanlagan BIRINCHI yo‘nalishga kira olmagan, lekin 2, 3, 4 yoki 5-yo‘nalishlardan biriga o‘qishga kirgan bo‘lsa, unda istisno tariqasida faqat BIRINCHI tanlagan yo‘nalishida super-kontraktda o‘qishiga ruxsat berilgan edi. Bu istisno 2, 3 yoki 4-yo‘nalishga taalluqli emas. Yaʼni 3 ga kirgan bo‘lsa, 2-yo‘nalishda super-kontraktda o‘qiy olmasdi, faqat BIRINCHIga ruxsat berilgandi.

Joriy yilgi tartib tasdiqlansa, qo‘shimcha xabar beriladi.

Agar abituriyent beshala yo’nalishga ham kira olmagan bo’lsa, unda istalgan yo’nalishda super-kontraktda o’qishni tanlashiga ruxsat berilgan. Xohlasa, birinchini tanlaydi, xohlasa, uchinchini tanlaydi, xohlasa, beshinchini tanlaydi.

@Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍192
#Qabul2024 #Apellatsiya
Apellatsiya arizalarini qabul qilish boshlandi

Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari natijasidan norozi bo‘lgan abituriyentlar apellatsiya arizalarini my.uzbmb.uz saytida (shaxsiy kabineti orqali) onlayn tarzda 18-avgustdan 27-avgustga qadar (10 kun davomida) berishlari mumkin.

📌 Abituriyent apellatsiya shikoyati berishi uchun test sinovida ishtirok etgan va test sinovidan chetlatilmagan bo‘lishi lozim.

🔖 Apellatsiya arizasini bergan abituriyentga uni ko‘rib chiqish sanasi va vaqti ko‘rsatilgan xabarnoma beriladi.

🏢 Abituriyent xabarnomada belgilangan vaqtda shaxsini tasdiqlovchi hujjat va xabarnoma bilan Bilimni baholash agentligiga kelishi kerak.

📆 Apellatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqish 2024-yil 22-avgustdan boshlanadi.

@Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍12
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Nega bizda diplomga qiziqish kuchli?

Nega O'zbekistonda ko'plab abituriyentlar qaysi yo'nalishga kirish oson bo'lsa o'shanga kirishga harakat qilishadi?

Yoki teskarisi, nega diplomining nufuzi baland oliygohga kirishga harakat qilishadi?

Abituriyentlarga yuborib qo'ying!

@Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21🤣18👀63👌3
Savol: Oʻqishini koʻchirayotgan 2-kurs talabasi imtixondan oʻta olmasa kelgusi yillarda ham oʻqishini koʻchira oladimi?

Javob: Oʻqishni koʻchirishda hech qanday kursda cheklov yoʻq. Talaba nechanchi kurs boʻlishidan qatʼiy nazar 2-3-4-kurs boʻladimi oʻqishini koʻchira oladi. Ya'ni, kurs bo'yicha cheklov yo'q.

Lekin, masalaning boshqa jihati ham bor, kurs qanchalik katta bo'lsa, fanlar o‘rtasidagi farq ham ko‘p bo‘lsa kursning pasayish ehtimoli ham shunchalik yuqori bo'ladi.

@Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍14🔥4
"Perevod"chilar necha ball to‘plasa, o‘qishini ko‘chira oladi?

Ushbu o‘tish ballari joriy yilda ham tizimida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralarning takliflari asosida shakllantirildi.

@Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍93
#Qabul2024
⚡️ O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari o‘tkazildi

🏢 Talabalar o‘qishini xorijiy va nodavlat OTMlardan davlat OTMlariga ko‘chirish bo‘yicha 2024-yil 19–20-avgust kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida test sinovlari o‘tkazildi.

🚦Test sinovlarida 40 897 nafar talabgor ishtirok etdi. 2 902 nafar talabgor qatnashmagan bo‘lsa, 83 nafar talabgor tartib-qoidani buzgani sababli test sinovlaridan chetlashtirildi.

🎙 20-avgust kuni o‘tkazilgan test sinovi natijalari bugun my.uzbmb.uz saytida e'lon qilinadi.

📱Talabgorlar o‘z natijalarini my.uzbmb.uz saytidagi "O‘qishni ko‘chirish (xorijiy va nodavlat) Natija“ bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda bilishlari mumkin bo‘ladi.

Izoh: mutaxassislik fanlaridan kasbiy (ijodiy) imtihon topshirgan talabgorlarning natijalari OTMlar tomonidan kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari Bilimni baholash agentligiga taqdim etilgandan soʻng e’lon qilinadi.

@Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1021
#Qabul2024
⚡️ O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari o‘tkazildi

🏢 Talabalar o‘qishini xorijiy va nodavlat OTMlardan davlat OTMlariga ko‘chirish bo‘yicha 2024-yil 19–20-avgust kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida test sinovlari o‘tkazildi.

🚦Test sinovlarida 40 897 nafar talabgor ishtirok etdi. 2 902 nafar talabgor qatnashmagan bo‘lsa, 83 nafar talabgor tartib-qoidani buzgani sababli test sinovlaridan chetlashtirildi.

🎙 20-avgust kuni o‘tkazilgan test sinovi natijalari bugun my.uzbmb.uz saytida e'lon qilinadi.

📱Talabgorlar o‘z natijalarini my.uzbmb.uz saytidagi "O‘qishni ko‘chirish (xorijiy va nodavlat) Natija“ bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda bilishlari mumkin bo‘ladi.

Izoh: mutaxassislik fanlaridan kasbiy (ijodiy) imtihon topshirgan talabgorlarning natijalari OTMlar tomonidan kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari Bilimni baholash agentligiga taqdim etilgandan soʻng e’lon qilinadi.

@Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍15
O‘qishga kirish qiyinmi? Joriy yilda 60 ball bilan 1500 ga yaqin yo‘nalishga kontraktga kirsa bo‘lar edi
#abituriyent

O‘qishga kirish qiyin yoki osonligini ko‘rsatuvchi eng yaxshi ko‘rsatkich, bu o‘tish ballarini tahlil qilishdir. Menga doim qiziq bo‘lgan, masalan, 100 ball olgan abituriyent qayerlarga o‘qishga kira oladi? Nechta joyga bali yetgan bo‘lardi?

Yuqoridagi jadvalda davlat granti uchun 4 ming 256 ta, to‘lov-kontrakt uchun esa kunduzgi ta’limda 3 ming 215 ta, sirtqida 1 ming 458 ta, kechkida 285 ta va masofaviyda 80 ta yo‘nalishlardagi 2024-yilgi o‘tish ballarining tahlili aks etgan.

Davlat granti bo‘yicha

Davlat granti misolida ko‘radigan bo‘lsak, 100 ball olgan abituriyentlar 1 ming 532 ta yo‘nalishga grantga kira olgan. Bu umumiy yo‘nalishlarning 36% ini tashkil qiladi.

Joriy yilda 70 ball bilan 570 ta (13,4%) yo‘nalishga davlat grantiga kirish mumkin bo‘ldi.

150 ball olganlar esa 70 foiz grantga kirdi, degani bo‘lgan. Faqat to‘g‘ri yo‘nalish tanlay olgan bo‘lsa bo‘ldi.

To‘lov-kontrakt bo‘yicha

Kontraktda esa kirish ballari aaaancha past. Masalan, atigi 80 ball bilan kunduzgi ta’limning 56 foiz yo‘nalishiga, sirtqida 72%, kechkida 60%, masofaviyda esa 96% yo‘nalishga kontraktga o‘qishga kirsa bo‘ladi. Bor-yo‘g‘i 80 ball to‘plasa yetadi.

Yoki 60 ball bilan barcha ta’lim shakllarini qo‘shganda 1 ming 466 ta yo‘nalishga kontraktga kirish mumkin edi.

100 ball to‘plasangiz-ku, kontraktga kirish ehtimolingiz juda yuqori bo‘lgan. Masalan, kunduzgida 2 ming 286 ta (71%), sirtqida 1 ming 274 ta (87%) yo‘nalishga o‘tish ballari 100 dan past bo‘lgan.

Albatta, bu umumlashtirilgan natijalar. Ayrim talabgir yo‘nalishlarda kirish ballari yuqori bo‘lganini bilaman. Lekin unaqalar soni juda kam bo‘lgan.

Umumiy holat shuni ko‘rsatmoqdaki, o‘qishga kirish juda oson, faqat to‘g‘ri yo‘nalish tanlay olishga ham ko‘p narsa bog‘liq. Boshqacha aytganda, yoki orzu qilingan o‘ta nufuzli yo‘nalishga kirish uchun yetarli darajada o‘qish kerak, yoki to‘plangan ballga yarasha yo‘nalish tanlash kerak.

@Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍46🤣114🤝2👀1