Talabalar | Rasmiy kanali
42.2K subscribers
1.83K photos
700 videos
106 files
3.45K links
• Ta'limga oid eng so'nggi xabar va yangiliklar!

• Biz bilan talabalikning haqiqiy onlarini his qiling!

• Reklama: t.me/tijoriy/116
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️57 nafar abituriyent huquqshunoslik bo‘yicha savollarga 100 foiz javob berganBMBA

Bilimni baholash agentligi mutaxassisi bir qator abituriyentlarning e’tiroziga sabab bo‘lgan holat bo‘yicha munosabat bildirdi. Nega sanksiyalardan savol tuzilgani haqida javob beribdi.

@Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤣74👍16👏9🔥6👀322🤪1
❗️O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha yuborilgan arizalarning texnik kamchiliklarini bartaraf etish uchun qisqa muddat berildi

2024/2025-o‘quv yili uchun xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan respublika davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha my.uzbmb.uz platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tish mobaynida kamchilikka yo‘l qo‘ygan fuqarolar arizalarini 9-avgust soat 23:59 gacha qayta ko‘rib chiqishi va mavjud texnik kamchiliklarni bartaraf etishlari mumkin.

To‘lovlarni amalga oshirish esa, 10-avgust soat 13:00 da to‘xtatiladi.

Ro‘yxatdan o‘tgan barcha talabgorlardan my.uzbmb.uz platformasidagi shaxsiy kabinetlarini kuzatib borishlari so‘raladi.

❗️Eslatma: bunda faqat ilova qilib yuklangan u yoki bu hujjatlarni sifatlisiga almashtirish, xatoliklarni tuzatish hamda to‘lovlarni amalga oshirish mumkin, biroq yangi arizalar topshirish imkoniyati yo‘q.

@Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍18🤣73🤪3🔥2👌1
⚡️ Bu yil 159 abituriyent imtihondan chetlatildiBMBA

◾️ Test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlarning 43 677 nafari (2023-yilda 25 661 nafar) chet tili sertifikatiga ega bo‘lgan abituriyentlar bo‘lib, shundan 76 nafari maksimal (189,0) ball to‘plagan. Umumta’lim fanlaridan milliy sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentlar esa 13 142 nafarni (2023-yilda 3 255 nafar) tashkil etgan holda, ulardan

118 nafari maksimal (189,0) ball olgan. Ham umumta’lim fanlaridan milliy sertifikatga, ham chet tili sertifikatiga ega bo‘lgan abituriyentlar soni 4 259 nafar (2023-yilda 355 nafar) bo‘lib, shundan 74 nafari maksimal (189,0) ball to‘plagan.

Test sinovlari davrida jami 159 nafar abituriyent tartib-qoidalarni buzganligi sababli test sinovlaridan chetlashtirildi. Jumladan, 62 nafar abituriyent hududga kirish joyida va 97 nafar abituriyent imtihon jarayonida test sinovlari tartib-qoidalarini buzganligi aniqlandi.

@Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍94🤣20👀1066🤝4
🔥 G'alabaga yetguncha, yutqazganlaringizdan xulosa chiqaring

"Muvaffaqiyatni nishonlash yaxshi, lekin muvaffaqiyatsizlikning saboqlarini o'rganish muhimroq."

© Bill Geyts

@Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4612🔥8👏3👀1
⚡️ "Perevod" imtihoni 19-21 avgust kunlari o'tkazilishi reja qilinyapti — BMBA

Ovozli chatda BMBA o'qishni ko'chirish imtihonlari 19-dan 21-avgustga qadar o'tkazilishi reja qilinayotganini ma'lum qildi.

Sanalar va ruxsatnomalar qachon chiqishi aniq bo'lgach, qo'shimcha ma'lumot beriladi.

@Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍151
⚡️ O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha

❇️ 2024/2025-o‘quv yili uchun xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan respublika davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha jami 43 882 nafar talabgorga test sinovlarida ishtirok etishga ruxsat etildi.

Shundan:

👉 respublikadagi nodavlat oliy ta'lim tashkilotlaridan - 33 255 nafar;
👉 xorijiy OTMlarning respublikadagi filiallaridan -- 657 nafar;
👉 xorijiy davlatlarning OTMlaridan - 9 970 nafar.

❗️O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovlarining o‘tkazilish sanasi va talabgorlar uchun ruxsatnomalarni berish muddatlari haqida qo‘shimcha ma'lumot beriladi.

@Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍28🤣62👏2👀2
⚡️Magistratura mandati 20-avgustga qadar eʼlon qilinadi!

2024-2025-yilgi qabul jarayonida magistratura mutaxassisliklari uchun, imtihonlar oʻtkazilmaydi. Talabgorlar diplom bali va chet tili sertifikatlari asosida qatʼiy saralanadi. Avval diplom ball, keyin chet tili sertifikati ustunligi koʻrib chiqiladi.

2024-2025-yilgi qabul jarayonida magistratura mutaxassisliklari uchun talabgorlar oʻqish javoblari 20-avgustga qadar eʼlon qilinadi.

@Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍41👀8👏43👌31
⚡️ “Perevod” imtihoni sanalari aniq boʻldi

📆 Talabalar o‘qishini xorijiy davlatlardagi OTMlardan, shuningdek, O‘zbekistondagi xorijiy va nodavlat OTMlardan davlat OTMlariga ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari 19-20-avgust kunlari bo‘lib o‘tadi.

Test sinovlari ikki smenada tashkil etilib:

1️⃣-smenada 08:00 dan 11:00 ga qadar;
2️⃣-smenada 15:00 dan 18:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.

Test sinovlari 2 ta mutaxassislik va 3 ta majburiy fan bo‘yicha o‘tkaziladi hamda talabgorlarga mutaxassislik fanlarida 30 tadan, majburiy fanlarda 10 tadan - jami 90 ta test topshirig‘i va ularni ishlash hamda javoblar varaqasiga ko‘chirish uchun 3 soat vaqt beriladi.

👨🏻‍💻 Talabgorlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani Bilimni baholash agentligining my.uzbmb.uz saytidan olishlari mumkin.

❗️ Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binoga ruxsatnomada belgilangan vaqtdan kechikmasdan, pasport (ID-karta) va ruxsatnoma bilan kelishlari lozim.

@Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍283🔥21
⚡️ Xorijiy va nodavlat OTMlardan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar 16–17-avgust kunlari o‘tkaziladi

Talabalar o‘qishini xorijiy davlatlardagi, shuningdek, O‘zbekistondagi xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan davlat oliy ta’lim muassasalarining alohida iqtidor talab etadigan yo‘nalishlariga ko‘chirish bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar 16–17-avgust kunlari bo‘lib o‘tishi belgilandi.

Talabgorlar imtihonda ishtirok etish uchun ruxsatnomani Bilimni baholash agentligining my.uzbmb.uz saytidagi shaxsiy kabinetidan olishlari mumkin.

Unda kasbiy (ijodiy) va test sinovi imtihonlarining o‘tkazilish joyi, sanasi hamda vaqti haqidagi ma’lumotlar ko‘rsatilgan.

❗️ Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binoga ruxsatnomada belgilangan vaqtdan kechikmasdan, pasport (ID-karta) va ruxsatnoma bilan kelishlari lozim.

⚠️ ESLATMA: kasbiy (ijodiy) imtihonlarda qatnashgan talabgorlar, majburiy fanlar (ona tili, matematika, tarix)dan o‘tkaziladigan test sinovlarida ham ishtirok etishlari shart. Aks holda, ularning kasbiy (ijodiy) imtihonda olgan ballari inobatga olinmaydi.

@Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍19🤝1
🚛 Logistikada Kelajagingizni Quring!

Siz logistikada muvaffaqiyatli karyera qurishni xohlaysizmi?
🌟 Movex Academy sizga bu imkoniyatni taqdim etadi!

💼 Bizning ta’lim dasturlarimiz:

🔹 2 oylik intensiv o‘quv dasturlari
🔹 Dunyoning eng talabchan bozorlarida faoliyat yurituvchi mutaxassislar tomonidan o‘qitiladi
🔹 Dasturlarni muvaffaqiyatli tamomlagan o‘quvchilarga Movex Groupda ishga joylashish imkoniyati

🌟 Nima uchun Movex Academy?

1 Ta’lim to‘lovining 100% qaytarilish kafolati
2 Yuqori natijaga erishgan o‘quvchilarni ish bilan ta’minlanadi
3 Farg‘ona shahrining markazida joylashgan

📈 Bizning muvaffaqiyat hikoyalarimizdan biriga aylaning!
Logistikada o‘z o‘rningizni topish va karyerangizni yangi darajaga olib chiqish uchun hoziroq ro‘yxatdan o‘ting!

👉 Batafsil ma'lumot uchun; t.me/movexacademy/111

Yaxshi kelajak – bugun boshlangan! 🚀
👍10🤝2
"5️⃣ soat qoidasi"

📚 Dunyoning eng muvaffaqiyatli odamlari kuniga hech bo‘lmaganda bir soatni o‘qish va o‘rganishga sarflaydi. Bunda "5 soat qoidasi" degan formula ishlatadiganlar ham bor.

Bu qoidaga ko‘ra, kuniga bir soatni, haftasiga esa kamida 5 soatni nimadir yangi narsa o‘rganib, rivojlanishga sarflashi lozim. Bir kun uchun bir soat kam ko‘rinishi mumkin, lekin har hafta 5 soatni doimiy o‘qish va o‘rganishga sarflash orqali individual tarzda ko‘p narsani o‘zlashtirib olish mumkin.

Bunda 3 ta bosqich bor:
o‘qish;
"hazm qilish"
amalda qo‘llab ko‘rish.

@Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍37
⚡️ CEFR uchun qabul boshlandi

📆 2024-yil 27–29-sentabr kunlari Bilimni baholash agentligi tomonidan ingliz va arab tillaridan malaka imtihonlari o‘tkaziladi.

Imtihonlarda ishtirok etish istagida bo‘lgan talabgorlar 15-avgustdan boshlab my.gov.uz sayti orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin. 14-sentabr ro‘yxatdan o‘tishning so‘nggi sanasi hisoblanadi.

❗️Malaka imtihonida ishtirok etish uchun talabgorlardan bazaviy hisoblash miqdorining 1.5 baravarida to‘lov undiriladi.
15-sentabr to‘lov qilishning so‘nggi muddati sanaladi.

Eslatma: chet tillaridan malaka imtihonlarining 2024-yil 2-yarimyillik uchun jadvali tez kunlarda e'lon qilinadi.

@Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍416👀2🔥1
⚡️Rasman: Yakuniy mandat e’lon qilindi

2024–2025-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalari e’lon qilindi.

📌 Tanlov natijalarini 3 xil usulda bilish mumkin.

1️⃣ my.uzbmb.uz sayti orqali:

my.uzbmb.uz saytiga abituriyentning pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.

2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali:

mandat.uzbmb.uz saytiga abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.

3⃣ Quyidagi botlarga ID yuboring:
👉 @MandatIarbot
👉 @MandatIarbot
👉 @MandatIarbot

#Natija #Qabul2024 #Abituriyent2024 #abituriyent #mandat #talaba


@Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍45🤣17👀1065🤝3🔥2👏2👌2
Harbiy xizmatchilarning farzandlari uchun davlat grantiga o‘tish ballari quyidagicha bo‘ldi (tavsiyanomasi borlar uchun):

Mudofaa vazirligi — 72,9 ball (775 ta kvota);

Ichki ishlar vazirligi — 68,1 ball (174 ta kvota);

Favqulodda vaziyatlar vazirligi — 71,9 ball (226 ta kvota);

Davlat xavfsizligi xizmati — 76,7 ball (488 ta kvota);

Prezident davlat xavfsizligi xizmati — 114,9 ball (35 ta kvota);

Elektron texnologiyalarni rivojlantirish markazi — 69,6 ball (35 ta kvota);

Milliy gvardiya — 68 ball (697 ta kvota);

Harbiy prokuratura — 128,6 ball (9 ta kvota).

ESLATMA: bu ichki ishlar organlari xodimlarining farzandlari uchun qo‘shimcha 5%li davlat granti asosidagi kvota emas, ularning o‘tish ballari OTM kesimida chiqadi.

@Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍67🤣407🔥65🤝2👏1👌1
Nega 1-kursga kirganlar yotoqxona uchun ariza bera olmayapti?

Ma’lumki, talabalikka tavsiya etilganlar davlat oliy ta’lim muassasalarining talabalar turar joyiga joylashish uchun Davlat xizmatlari markazi yoki my.gov.uz portali orqali onlayn ariza yuborish imkoniyati yaratilgan.

Biroq, ayni paytda 1-kursga tavsiya etilganlar to‘g‘risidagi maʼlumotlarni “Talabalar turar joyi axborot tizimi”ga yuklash ishlari olib borilayotganligi bois talabalar tomonidan ariza yuborish xizmati hozircha o‘z ishini boshlamadi.

Mazkur ishlar tez orada yakuniga yetkazilgandan so‘ng, 1-kursga tavsiya etilganlar ariza yuborishlari mumkin bo‘ladi.

Bu haqida qo‘shimcha ma’lum qilinadi, deyiladi vazirlik xabarida.

@Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤣15👍13👀21
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️1-kurslarga ham yotoqxona uchun ariza yuborish imkoni ochildi

Ayni paytda talabalikka tavsiya etilganlar to‘g‘risidagi maʼlumotlarni “Talabalar turar joyi axborot tizimi”ga yuklash ishlari o‘z yakuniga yetdi.

Endilikda, 1-kurs talabalari davlat OTMlarining yotoqxonalariga joylashish uchun Davlat xizmatlari markazi yoki Yagona portal orqali elektron ariza yuborishlari mumkin.

Xizmatdan foydalanish uchun havola:
https://my.gov.uz/oz/service/870

@Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍171
Maqsadli qabul bilan grantga kirganlarni nima kutyapti?

📌 Agar siz maqsadli qabuldan foydalanmoqchi bo‘lsangiz, unda bu postni, albatta, o‘qing.

Maqsadli qabulda kimlar qatnasha oladi?
Kvota tasdiqlangach, maqsadli qabul o‘rinlari hududlar kesimida bo'linadi. Aynan bir hududga ajratilgan maqsadli qabul kvotasidan foydalanish uchun o‘sha hududda doimiy yashaydigan (propiskasi bor) abituriyent maqsadli qabuldan foydalanadi.

📄Abituriyentning umumiy o‘rta yoki o‘rta ta’limni tugatganligi to‘g‘risida hujjati, ya’ni shahodatnomasi ham bo‘lishi kerak.

Maqsadli qabulga kvotalar qanday taqsimlanadi?

Kvotalar yo‘nalishlar kesimida va yo‘nalishlar kesimidagi o‘rinlar esa hududlar kesimida taqsimlanadi. Masalan, sog‘liqni saqlash, xalq ta’limi kabi yo‘nalishlar alohida ajratiladi.

Maqsadli qabulda yetarli ball to‘plolmaganlar o‘qishdan yiqiladimi?

Maqsadli qabul tanlovida qatnashgan abituriyent kerakli ballni yig‘sa, u grant asosida talaba bo‘ladi. Lekin to‘play olmasa, boshqa abituriyentlar bilan birgalikda umumiy tanlovda qatnashadi. Balli yetsa, albatta, talaba bo'ladi.

O‘qishga topshirayotganda maqsadli qabul qanday tanlanadi?

OTMga kirish uchun onlayn ariza topshirayotgan abituriyent maqsadli qabulni tanlasa, ham maqsadli, ham umumiy tanlovda ishtirok etadi. Masalan, Toshkent tibbiyot universitetining Davolash ishi yo‘nalishiga abituriyent yashayotgan hududga 2 ta joy ajratilgan bo‘lsa, u ham shu 2 ta joy uchun, ham ajratilgan umumiy kvota uchun tanlovda qatnashadi.

❗️Maqsadli qabul bilan pastroq ball to‘plab ham grantga kirish mumkin.
Lekin 2 ta narsani hisobga olish kerak:

Maqsadli qabul bilan o‘qishga kirgan talabaga "perevod"ga ruxsat berilmaydi;

➡️ Keyinchalik o‘qishni tugatgandan so‘ng o‘z hududida 5 yil ishlab berish majburiyati qo‘yiladi.

@Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍20🤪21
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
1-kurslarga yotoqxona olish uchun One ID kerak

1-bosqichga tavsiya etilgan talabalar yotoqxonaga joylashish
bo‘yicha Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ariza yuborishlari uchun One ID tizimidan ro‘yxatdan o‘tishlari kerak bo‘ladi.

@Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍81
O‘qishga KIRGANLAR boshqa yo‘nalishga super-kontraktni tanlay oladimi?
#abituriyent

Masalan, birinchi va ikkinchi yo‘nalishga bali yetmadi, lekin uchinchi yo‘nalishga o‘qishga kirdi. Abituriyent uchinchi yo‘nalishda o‘qishni istamay, birinchi yoki ikkinchi yo‘nalishda super-kontraktda o‘qiy oladimi?

Bu masala hozircha ochiq turibdi, joriy yilgi tartib tasdiqlanmagan.

O‘tgan yili abituriyent o‘zi tanlagan BIRINCHI yo‘nalishga kira olmagan, lekin 2, 3, 4 yoki 5-yo‘nalishlardan biriga o‘qishga kirgan bo‘lsa, unda istisno tariqasida faqat BIRINCHI tanlagan yo‘nalishida super-kontraktda o‘qishiga ruxsat berilgan edi. Bu istisno 2, 3 yoki 4-yo‘nalishga taalluqli emas. Yaʼni 3 ga kirgan bo‘lsa, 2-yo‘nalishda super-kontraktda o‘qiy olmasdi, faqat BIRINCHIga ruxsat berilgandi.

Joriy yilgi tartib tasdiqlansa, qo‘shimcha xabar beriladi.

Agar abituriyent beshala yo’nalishga ham kira olmagan bo’lsa, unda istalgan yo’nalishda super-kontraktda o’qishni tanlashiga ruxsat berilgan. Xohlasa, birinchini tanlaydi, xohlasa, uchinchini tanlaydi, xohlasa, beshinchini tanlaydi.

@Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍192
#Qabul2024 #Apellatsiya
Apellatsiya arizalarini qabul qilish boshlandi

Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari natijasidan norozi bo‘lgan abituriyentlar apellatsiya arizalarini my.uzbmb.uz saytida (shaxsiy kabineti orqali) onlayn tarzda 18-avgustdan 27-avgustga qadar (10 kun davomida) berishlari mumkin.

📌 Abituriyent apellatsiya shikoyati berishi uchun test sinovida ishtirok etgan va test sinovidan chetlatilmagan bo‘lishi lozim.

🔖 Apellatsiya arizasini bergan abituriyentga uni ko‘rib chiqish sanasi va vaqti ko‘rsatilgan xabarnoma beriladi.

🏢 Abituriyent xabarnomada belgilangan vaqtda shaxsini tasdiqlovchi hujjat va xabarnoma bilan Bilimni baholash agentligiga kelishi kerak.

📆 Apellatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqish 2024-yil 22-avgustdan boshlanadi.

@Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍12
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Nega bizda diplomga qiziqish kuchli?

Nega O'zbekistonda ko'plab abituriyentlar qaysi yo'nalishga kirish oson bo'lsa o'shanga kirishga harakat qilishadi?

Yoki teskarisi, nega diplomining nufuzi baland oliygohga kirishga harakat qilishadi?

Abituriyentlarga yuborib qo'ying!

@Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21🤣18👀63👌3