Talabalar | Rasmiy kanali
83.8K subscribers
1.96K photos
736 videos
118 files
3.72K links
• Ta'limga oid eng so'nggi xabar va yangiliklar!

• Biz bilan talabalikning haqiqiy onlarini his qiling!

• Hamkorlik: t.me/tijoriy/152
Download Telegram
#Kulgu_time

Sessiya haqida qisqacha😅

🎓
@Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍2
🛌 Bugun 7-dekabr Uyquchilar kuni

❗️Bugun talabalar dars vaqtida uxlab qolsa domlalar soʻkmasin😁

🎓
@Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
❗️O‘zbekistonda talabalar qishki ta’tilga ertaroq chiqishadi.

Ma’lum qilinishicha, mamlakatdagi oliy o‘quv yurtlari talabalari qishki ta’tilga ertaroq chiqadi. Ta'til qachon boshlanishi hozircha ma'lum emas, lekin tez orada rasmiy ma'lumotlarni e'lon qilamiz. Yangiliklarni kanalimizda kuzatib boring!

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
#sessiya

Talabalardan shedevr 😄

🎓
@Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
❗️​​Kontrakt to‘lashning so‘nggi muddati qachon?

✅ Xabaringiz bo‘lsa kerak, 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab, oliy ta’lim muassasalari talabalariga to‘lov-kontrakt miqdorlarini o‘quv yili davomida teng ulushlarda to‘rt bo‘lib to‘lash imkoniyati berilgan edi.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xabariga ko‘ra, talabalar kontraktni quyidagi muddatlarda bo‘lib to‘lashlari mumkin:

👉 belgilangan to‘lov miqdorining kamida 25 foizini talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar uchun 15 sentyabrgacha (yoki Davlat qabul komissiyasi belgilagan muddatgacha) hamda ikkinchi va undan keyingi bosqich talabalar uchun 1 oktyabrgacha (yoki OTM rahbariyati uzaytirgan muddatgacha);

👉 belgilangan to‘lov miqdorining kamida 50 foizi 1 yanvargacha, 75 foizi 1 aprelgacha va 100 foizi 1 iyulgacha (yoki OTM rahbariyati uzaytirgan muddatlargacha);

👉 xorijiy fuqarolar uchun OTM rahbariyati belgilagan muddatlargacha;

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍1
#Status

Dunyoda ko'pdur ulug' martaba
Ilohim bo'layin men ham TALABA...

🎓
@Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
​​💥TALABASHUNOSLIK💥

🤑 Talaba —bir so'mi yo'q millioner.
🤫 Talabalik bileti — nomi ulug', suprasi quruq.
🤯 Sessiya — yarim yillik uyqudan uyg'onish.
😍 Stipendiya — xayot mazmuni.
🥵 Seminar — 80 daqiqa o'limga tik boqish.
🥱 Maruza — kecha chala qolgan uyquning davomi.
☠ Domla — sessiyada qo'lga tushmas qasoskor.
🥴 Darslar — ezmashunoslik asoslari.
🤠 Tanka — najot kemasi.
😝 Dekanatga chaqirilgan talaba — oy borib, omon qayt.
😜 Parta — yangliklar doskasi.
😋 Oshxona — talabalar orzusi.
😫 Oshqozon — tatilga chiqqan xodim.
😬 Zachotka — domla uchun qasos olishning yagona imkoniyati.
😴 Kutubxona — uyqu xonasi.

😅 Talaba do'stlarimizga yuboramiz !

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👏1
🇺🇿 Bugun bosh qomusimiz qabul qilinganiga 29 yil toʻldi.

Mazkur qutlug' kun munosabati bilan, jamoamiz nomidan barcha vatandoshlarimizni 8-dekabr, Konstitutsiyamiz qabul qilingan kun bilan samimiy muborakbod etamiz.

Goʻzal yurtimizni, xonadonlarimizni tinchlik-osoyishtalik, fayz-u baraka aslo tark etmasin!

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍1
😅 Talabalar haqida ikki qator she'r.

​​Stipendiya kech kelar,
Kassir saralab berar,
Byudjetlarni puli bor,
Kantraktlar aybdor.

Arz qilamiz kimga ham,
Bankda ozi pullar kam.
Isbot uchun har yili,
Dekan minar jiguli,

Fakultet der qulayman,
Oqimay ham o'lay man.
Balki shudir g'alaba,
Zato bizlar TALABA...

😊 Talabalarga yuborib qo'yamiz!

🎓
@Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍2😁1
#Kulgu_time

1-kurslar sessiyadan oldin...😅

🎓
@Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍1
​​“Sening joying Qo‘yliqda emas”. Mardikorlikka chiqib hayoti tubdan o‘zgarib ketgan navoiylik talaba yigit hikoyasi

Navoiy viloyatidanman. 2019-yil Toshkent davlat iqtisodiyot universitetiga o‘qishga kirdim. Oilaviy sharoitim tufayli xarajatlarimni qoplash uchun ishlashga to‘g‘ri keldi. Ish qidira boshladim, ammo qayerga bormay “student kerak emas” deb qaytaraverishdi. Qancha harakat qilmay tayinli ish topa olmadim. Oxiri mardikorlikka chiqishga qaror qildim.

O‘sha kuni ertalabdan yomg‘ir yog‘gandi. Bunday ob-havo sabab kunlik ishlarning narxi oshardi, ammo ishga olib ketuvchilar ham shunga yarasha ko‘p bo‘lmasdi. Bir payt oldimizga Spark kelib to‘xtadi. “80 ming so‘m beraman, yerto‘lani tozalash kerak” dedi va ish joyining suratini ko‘rsatdi. Ochig‘i, ish bu narxga arzimasdi, ya’ni bu yumushni bajarish uchun ko‘proq pul to‘lanishi kerak aslida. Biroq ishni hech kim olmadi. Qaytib ketishga pulim yo‘qligi uchun men rozi bo‘lib qo‘ya qoldim.

Mahmud aka (meni ishga olib ketgan odam) shinavanda, ustiga-ustak iqtisodchi, Kanadada firmasi bor ekan. Tezda chiqishib ketdim. To‘ytepagacha O‘zbekiston iqtisodiyoti haqida suhbatlashib ketdik.

Manzilga yetgach, tezda ish boshladim. Mahmud akaning men bilan suhbatlashgisi keldi, shekilli, yonimga kelib yordam berishga kirishib ketdi. Gaplashib, qanday ishni tugatganimizni bilmay qoldik. Gap bilan bo‘lib, soat 21:00 bo‘lganini sezmabman ham. Mahmud akaga yotoqxonaga 22:00 dan keyin kirgizmasligini, tez ketishim kerakligini aytdim. Aka esa uyda bir o‘zi ekanini va oilasi Kanadada yashashini aytdi. Agar xohlasam bir kecha qolishim va ertalab shu yerdan o‘qishga ketishim mumkinligini aytdi.

Shunday qilib, Mahmud akanikida qoladigan bo‘ldim. Tun yarmiga qadar suhbatlashib o‘tirdik. O‘sha kuni kitoblardagidan ko‘p bilimga ega bo‘ldimki, menga endi ishlagan pulim ham kerak emasdi. Ammo moddiy sharoitim bunga yo‘l qo‘ymasdi.

Tong otdi. Ertalab uydan chiqib ketayotgan vaqtim Mahmud aka qo‘limga bir bog‘lam ming so‘mlik pul tutqazdi va “Kechgacha ishlaganing uchun mana 100 ming so‘m. Pulni sanama, o‘zimga to‘g‘ri odamman” dedi. Shu sabab pulni sanamay, minnatdor bo‘lib, uydan chiqib ketdim. Yotoqxonaga yetib borib, pulni sanamoqchi bo‘ldim. Qarasam, ikkita 100 dollarlik pul qatlab qo‘yilgan ekan. Bitta ming so‘mlikka esa “Sening joying Qo‘yliqda emas, o‘qi” deb yozilgan edi.

Ochig‘ini aytsam, o‘sha puldan qiynalib yurgan paytlarim o‘qishni tashlab Rossiyaga ketmoqchi edim. Agar Mahmud aka menga yordam bermaganida hozir Rossiyaning qaysidir o‘rmonida ishlab yurgan bo‘larmidim, bilmayman. Ular bergan pulga uch oy davomida ingliz tili kurslariga qatnadim. Ishga joylashdim. Birgina uchrashuv sabab hammasi o‘zgarib ketdi.

Rahmat sizga, Mahmud aka!

“Daryo” “Yaxshilik” loyihasi

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍6
#Kulgu_time

Anaqa hozir nima bo'ldi ? 😅

🎓
@Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍4🤣2🤔1
#Status

O‘zbeklarni savodsizga chiqargan millatlar oyog‘iga latta bog‘lab yurganida bizni ota bobolarimiz yulduz sanashgan!
© I.A.KARIMOV

🎓
@Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
❤7👍1
#qishki_tatil

❗️Olingan ma'lumotlarga ko'ra O‘zbekistonda talabalar qishki ta’tilga 20-dekabrdan chiqishi mumkin.


Bir necha kun oldin O‘zbekistonda talabalar qishki ta’tilga ertaroq chiqishi mumkinligi haqida xabar bergan edik.

Ma’lum qilinishicha, mamlakatdagi oliy o‘quv yurtlari talabalari qishki ta’tilga 20-dekabrdan chiqishi mumkinligi haqida aytilmoqda. Ta'til qachongacha bo‘lishi esa hozircha ma'lum emas, lekin tez orada qishki ta‘til nech kun bo‘lishi haqida rasmiy ma'lumotlarni e'lon qilamiz.

Yangiliklarni kanalimizda kuzatib boring👇

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍1🔥1
#Status

Talabani dars qilish charchatmaydi,
Dars qilishim kerak degan o'y charchatadi...eee 😅

🎓
@Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍1
😅 Talabalarga 4 qator she'r

😉 ​​Universitet arzimas fido bo'lishga,
😐 Talabasan urinma dekan bo'lishga,
😢 Bilginki yaqindir sessiya payti,
😂 Boymisan? Tayyor tur gado bo'lishga..

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍1
#Kulgu_time

Darsda o'tirganlar bormi ? 😅

🎓
@Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍3
⚖️9 dekabr — Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni

🌐 2003-yilda BMTning Korrupsiyaga qarshi konvensiyasi imzolangan va 9-dekabr — Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni deb e’lon qilingan.

Sekin guruppalarga jo'natib qo'yamiz😅

©️Umid Shomurodov

🎓
@Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍1
#Kulgu_time

Ikki talaba turmush quribdi. To'yda kelin hech narsa yemay o'tirsa, bir mehmon so'rabdi:
— Nega bu kelin hech narsa yemaydi-yam, ichmaydi-yam?
O'tirganlardan biri:
— Chunki u pul qo'shmadi-da!😂
🤦🏻‍♂

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍3🤓1