Talabalar | Rasmiy kanali
84.1K subscribers
1.96K photos
736 videos
117 files
3.71K links
• Ta'limga oid eng so'nggi xabar va yangiliklar!

• Biz bilan talabalikning haqiqiy onlarini his qiling!

• Hamkorlik: t.me/tijoriy/152
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡Super-kontraktda o‘qish imkoniyatlari yana ham kengaytirildi

✅ O‘zi tanlagan 1-yo‘nalishga bali yetmay, boshqa yo‘nalishga o‘qishga kirganlar, imtihondan butkul yiqilganlar va o‘qishini ko‘chirayotganlar uchun super-kontrakt bo‘yicha yangi eshiklar ochildi. Arizalar 1-oktabrgacha qabul qilinadi. Tafsilotlar bilan ushbu lavhada tanishing.

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍13😁6❤1👎1🥰1
⚡ SUPER KONTRAKTning miqdori kontrakt to‘loviga nisbatan quyidagicha belgilanadi:

👉 1 ballgacha yetmaganda
— 1,5 barobar;
👉 1,1 balldan 2 ballgacha yetmaganda — 2 barobar;
👉 2,1 balldan 3 ballgacha yetmaganda — 2,5 barobar;
👉 3,1 balldan 4 ballgacha yetmaganda — 3 barobar;
👉 kirish uchun 4 balldan ko‘p va minimal balldan (56,7) kam bo‘lmaganda — 10 barobar va undan ko‘p (yo‘nalishga qarab).

Bundan tashqari, 56,7 dan kam ball to‘plaganlar ham talaba bo‘lishi mumkin.

Bunda abituriyentlar hujjat topshirgan yo‘nalishi bo‘yicha eng yuqori SUPER KONTRAKT miqdorining 2 barobarini to‘lashi lozim.
Masalan, oshirilgan to‘lov kontrakti 10 barobar (100 mln. so‘m) bo‘lsa — 20 barobar (200 mln. so‘m) to‘lanadi.

❗️Eslatib o‘tamiz, oshirilgan kontrakt faqat birinchi o‘quv yili uchun to‘lanadi.

Ariza yozishning oxirgi muddati 1-oktabr.

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍32😁8🥰2👏2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡ Toʻlov-shartnomalarni kontrakt.edu.uz orqali onlayn olish boʻyicha videoqoʻllanma

🎓
@Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍12❤3👎3🥰3
😂 Talabalar haqida ertak...

😉 Oxirigacha o'qing va talaba do'stlarimizga yuborib qo'yamiz...

🎓
@Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
😁190👍35❤8👏8🥰7🎉5😱2
⚡️Xotin-qizlar uchun foizsiz taʼlim kredit ajratish tartibi.

📜 Prezidentning 2022-yil 18-iyuldagi PQ-323-sonli qaroriga koʻra, toʻlov-kontraktda oʻqiyotgan xotin-qizlarga joriy yildan boshlab imtiyozli foizsiz taʼlim krediti beriladigan boʻldi.

❓Kredit kimlarga beriladi?

✅ Oʻzbekistondagi barcha oliy taʼlim muassasalari talabalariga (davlat, xususiy va xorijiy OTMlar filiallari);
✅ Oʻrta maxsus va professional taʼlim muassasalari oʻquvchilariga (texnikum, kasb-hunar kolleji va h.k.).

❓Qaysi taʼlim shakliga beriladi?

✔️ Kunduzgi;
✔️ Sirtqi;
✔️ Kechki.

Masofaviy taʼlimga berilmaydi.🙅🏻‍♀️

❓14 foizda berilar ekan-ku, nega foizsiz deyilyapti?

✅ Toʻgʻri, taʼlim krediti aslida 14 foizlik stavkada beriladi. Ammo bu foiz qismini xotin-qizlar toʻlamaydi, davlat toʻlab beradi. Aniqrogʻi Moliya vazirligi huzuridagi Taʼlim kreditini moliyalashtirish jamgʻarmasi tomonidan qoplanadi. Xotin-qizlar faqat taʼlim kreditining asosiy qismini toʻlaydi xolos.

❓Toʻlash qachondan boshlanadi?

✅ Taʼlim kreditining asosiy qismi talabaning rasmiy oʻqish muddati tugagandan soʻng ettinchi oydan boshlab (yaʼni olti oy oʻtib) 7 yil davomida qaytariladi. Masalan, 7 mln soʻm taʼlim krediti olinsa, oʻqishni tugatgandan soʻng, 6 oy oʻtgach 7 yil mobaynida oyma-oy 83 ming soʻmdan toʻlab boriladi.

❓Qanday hujjatlar kerak?

1️⃣ bankka ariza;
2️⃣ shaxsni tasdiqlovchi hujjat;
3️⃣ taʼlim muassasasi bilan toʻlov-kontrakt shartnomasi;
4️⃣ talabaning doimiy daromad manbaiga ega boʻlgan oila aʼzolari va boshqa uchinchi shaxs birgalikda qarz oluvchi sifatida taʼlim krediti qaytarilishining taʼminoti boʻyicha hujjat.

❗️“Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kirgan oilalarning xotin-qizlariga ajratiladigan taʼlim kreditlari uchun garov va kafilliklar talab etilmaydi.

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍53🥰5🤬4❤1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ayollar ilmli joyda
Kelajak avlodga foyda...

Ma’lumki, ayni kunlarda to‘lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan o‘quvchi va talabalar uchun 12 ta tijorat banki tomonidan ta’lim kreditlari berilmoqda.

Ushbu qulaylik va imkoniyatni aktyor, shoir, rejissyor, dublyaj ustasi Erkin Bozorov Xalq banki misolida o‘ziga xos uslubdagi ijodi orqali ko‘rsatibdi.

Ta’lim krediti ajratuvchi banklar:

🏦 Agrobank;
🏦 Aloqabank;
🏦 Asakabank;
🏦 Hamkorbank;
🏦 Ipotekabank;
🏦 Mikrokreditbank;
🏦 Milliybank;
🏦 OrientFinancebank;
🏦 Qishloqqurulishbank;
🏦 Sanoatqurilishbank;
🏦 Turonbank;
🏦 Xalqbanki.

➡️👆Bank nomlariga biriktirilgan ilovalarni yuklab olib, barcha ta’lim kreditlari to‘g‘risida batafsil ma’lumot olishingiz mumkin.

📌Eslatma:

➡️ Toʻlov-shartnoma —
kontrakt.edu.uz;

➡️ Kredit uchun ariza berish — talim-krediti.uz platformalari orqali onlayn amalga oshiriladi.

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍39❤3🥰3🔥1👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ O‘zbekcha kredit-modul tizimi

✅ Ko‘p bor oliy ta’lim tizimida joriy qilin(ayot)gan kredit-modul tizimi haqida gapirilmoqda, o‘rni kelganda bu bilan balandparvoz gaplarni gapirib, maqtanilmoqda. Kredit-modul tizimi yaxshi, ammo uni ham o‘zimizga moslashtirishdi.

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
😁34👍18🐳5🥰2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📌 «Kvotalar oshirilayotganida yotoqxona masalasi inobatga olinishi kerak» – talabalarning dolzarb muammosi haqida

Talabalarni turar joy bilan ta’minlash masalasi haligacha dolzarb bo‘lib turibdi. Mavzuni o‘rgangan jurnalist Ziyoda Ramazonova talaba o‘qishga kelayotganda u yotoqxona bilan ta’minlanadimi yoki yo‘q, buni albatta bilishi kerakligi, aks holda 5-sentabr kungi holat takrorlanaverishini ta'kidlamoqda.

👉 https://kun.uz/uz/25949132

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍35👎3🥰1😁1
⚡ Talabalarga uyini ijaraga bergan shaxslar daromad solig‘i to‘lamasligi aytilgandi, shu kuchga kirdimi?

✅ JAVOB: Ha, bu imtiyoz kuchga kirgan.

Soliq kodeksining 378-moddasi 19-1-moddasiga binoan, soliq to‘lovchining uy-joylarni talabalarga ijaraga berishdan olingan daromadlari soliq solinmaydigan daromadlar hisoblanadi.

Boshqacha aytganda talabalarga uyini ijaraga berganlar daromad solig‘i to‘lamaydi. Talaba ham soliq to‘lamaydi.

ℹ️Ma’lumot uchun: bundan tashqari yotoqxona bilan qamrab olinmagan va o‘ziga, shu jumladan, ota-onasiga (qonuniy vakillariga) tegishli bo‘lmagan uyda ijarada yashaydigan talabalarga ular tomonidan to‘lanadigan oylik ijara to‘lovining 50 foizi byudjet mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi.

Ijara pulining 50 foizi (Toshkent shahrida 270 ming so‘mgacha, qolgan hududlarda esa BHMning 135 ming so‘mgacha) davlat OTMlarining kunduzgi ta’lim shaklida, davlat granti yoki to‘lov-kontrakt asosida tahsil oladigan va ijara huquqi asosida yashaydigan talabalarga qoplab beriladi. Buning uchun talabalar o‘zlari o‘qib turgan OTMga murojaat qilishlari lozim.

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍26🥰2❤1
Domla va talaba sessiyada:

Domla: - Samalyotda 300 g'isht bor edi. Bittasi tushib ketdi. Nechta qoldi?
Talaba: - Albatta 299 qoladi. Domla: - Ha to'g'ri. Tuyani 3 ta xarakat bilan muzlatkichga qanaqilib joylimiz?
Talaba: - Birinchi muzlatkichni ochamiz, tuyani joylimiz, eshigini yopamiz.
Domla: - Ha to'g'ri. Sigirni 4 ta xarakat bilan qanaqilib muzlatkichga joylaymiz?
Talaba: - Birinchi muzlatkich eshigini ochamiz, tuyani chiqazamiz, sigirni joylaymiz, eshigini yopamiz.
Domla: - Ha to'g'ri. Keying savol, o'rmon qiroli sher tug'ulgan kun o'tkazdi. Hamma hayvon bordi yu bittasi bormadi. U qaysi hayvon?
Talaba: - Albatta sigir borolmadi. Chunki, u muzlatkichda.
Domla: - Ha buyam to'g'ri. Chol timsoxli ko'ldan suzib o'ta oladimi?
Talaba: - Ha o'ta oladi. Chunki tumsoxlar sherni tug'ilgan kunida ku.
Domla: - Ha bunisi ham to'g'ri. Lekin chol suzib o'tolmay cho'kib o'ldi. Nega?
Talaba: - Qariganligi uchun yarmida charchab qolib cho'kib ketgan.
Domla: - Yo'q topolmading. Cholni boshiga samalyotdan tushgan g'isht tushib o'ldi. Bor qayta topshirasan sessiyadan o'ta olmading.


😅 Talabalarga yuborib qo'yamiz

🎓
@Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
😁210👍47😢20🐳9🌚8❤6🤬6👎5💯3🥰1🤔1
#Status

Talabani dars qilish charchatmaydi,
Dars qilishim kerak degan o'y charchatadi...eee 😅

🎓
@Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍92😁43🕊7🥰6🔥5👏3
⚡️Talaba oliy ta’lim muassasasidan quyidagi hollarda chetlashtirilishi mumkin:

a)
o‘z xohishiga binoan;
b) o‘qishning boshqa ta’lim muassasasiga ko‘chirilishi munosabati bilan;
v) salomatligi tufayli (tibbiy komissiya ma’lumotnomasi asosida);
g) o‘quv intizomini va oliy ta’lim muassasasining ichki tartib-qoidalarini buzganligi uchun;
d) bir semestr davomida darslarni uzrli sabablarsiz 74 soatdan ortiq qoldirganligi sababli;
e) o‘qish uchun belgilangan to‘lov o‘z vaqtida amalga oshirilmaganligi sababli (to‘lov-kontrakt bo‘yicha tahsil olayotganlar uchun);
j) talaba sud tomonidan ozodlikdan mahrum etilganligi munosabati bilan;
z) vafot etganligi sababli.

Harbiy xizmatni o‘tash, salomatligini tiklash, homiladorlik va tug‘ish, shuningdek bolalarni parvarish qilish ta’tillari davrida talabaga Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan tartib asosida akademik ta’til berilishi mumkin.

‼️ Belgilangan muddatlarda fanlarni o‘zlashtira olmagan (akademik qarzdor bo‘lgan) talaba oliy ta’lim muassasasi rektori buyrug‘i bilan kursdan qoldiriladi.

Akademik qarzdorligi tufayli kursdan qoldirilgan talaba to‘lov-kontrakt asosida o‘qishini quyi kursdagi o‘quv semestri boshidan boshlashi mumkin.

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍39😢8👎7😁4🥰3
⚡️Xotin-qizlar uchun 7 yillik foizsiz ta’lim krediti

✅ 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab barcha xususiy, xorijiy va davlat oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim tashkilotlarida kunduzgi, sirtqi va kechki ta’lim shaklida xotin-qizlarning to‘lov-kontrakt asosida tahsil olishi uchun imtiyozli shartlarda ta’lim kreditlarini davlat budjetidan ajratishning yangi tizimi joriy etildi.

✅ Tijorat banklari Moliya vazirligi tomonidan joylashtiriladigan depozit mablag‘lari hisobidan ta’lim kreditlarini 7 yil muddatga 14 foiz stavkada ajratadi. Bunda kreditning foiz stavkalarini so‘ndirish Moliya vazirligi huzuridagi Ta’lim kreditini moliyalashtirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan, ularni tijorat banklariga to‘lash orqali amalga oshiriladi.

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍39🥰7🔥3❤1👎1
😁 O‘zbekiston milliy universitetida bepul Wi-Fi ishlatish uchun to‘ldiriladigan anketa ekan bu

🎓
@Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
😁114🤣80👍29🤯16🤡11🤔8😢8👏2❤1
⚡ Xotin-qizlar uchun foizsiz taʼlim kredit ajratish tartibi.

📜 Prezidentning 2022-yil 18-iyuldagi PQ-323-sonli qaroriga koʻra, toʻlov-kontraktda oʻqiyotgan xotin-qizlarga joriy yildan boshlab imtiyozli foizsiz taʼlim krediti beriladigan boʻldi.

❓Kredit kimlarga beriladi?

✅ Oʻzbekistondagi barcha oliy taʼlim muassasalari talabalariga (davlat, xususiy va xorijiy OTMlar filiallari);
✅ Oʻrta maxsus va professional taʼlim muassasalari oʻquvchilariga (texnikum, kasb-hunar kolleji va h.k.).

❓Qaysi taʼlim shakliga beriladi?

✔️ Kunduzgi;
✔️ Sirtqi;
✔️ Kechki.

Masofaviy taʼlimga berilmaydi.🙅🏻‍♀️

❓14 foizda berilar ekan-ku, nega foizsiz deyilyapti?

✅ Toʻgʻri, taʼlim krediti aslida 14 foizlik stavkada beriladi. Ammo bu foiz qismini xotin-qizlar toʻlamaydi, davlat toʻlab beradi. Aniqrogʻi Moliya vazirligi huzuridagi Taʼlim kreditini moliyalashtirish jamgʻarmasi tomonidan qoplanadi. Xotin-qizlar faqat taʼlim kreditining asosiy qismini toʻlaydi xolos.

❓Toʻlash qachondan boshlanadi?

✅ Taʼlim kreditining asosiy qismi talabaning rasmiy oʻqish muddati tugagandan soʻng ettinchi oydan boshlab (yaʼni olti oy oʻtib) 7 yil davomida qaytariladi. Masalan, 7 mln soʻm taʼlim krediti olinsa, oʻqishni tugatgandan soʻng, 6 oy oʻtgach 7 yil mobaynida oyma-oy 83 ming soʻmdan toʻlab boriladi.

❓Qanday hujjatlar kerak?

1️⃣ bankka ariza;
2️⃣ shaxsni tasdiqlovchi hujjat;
3️⃣ taʼlim muassasasi bilan toʻlov-kontrakt shartnomasi;
4️⃣ talabaning doimiy daromad manbaiga ega boʻlgan oila aʼzolari va boshqa uchinchi shaxs birgalikda qarz oluvchi sifatida taʼlim krediti qaytarilishining taʼminoti boʻyicha hujjat.

❗️“Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kirgan oilalarning xotin-qizlariga ajratiladigan taʼlim kreditlari uchun garov va kafilliklar talab etilmaydi.

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍27
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡ Nodavlat oliygohlarning diplomi davlat oliygohlari qatorida tan olinadimi?

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍28👎5🔥3
Tibbiyot sohasi boʻyicha oliy taʼlim muassasalari reytingi

Eng yuqori natija qayd etgan oliy taʼlim muassasalari:

🔹 Toshkent tibbiyot akademiyasi
🔹 Buxoro davlat tibbiyot instituti
🔹 Toshkent davlat stomatologiya instituti

Eng quyi natija qayd etgan oliy taʼlim muassasalari:

♦️ Fargʻona jamoat salomatligi tibbiyot instituti
♦️Qoraqalpogʻiston tibbiyot instituti
♦️Andijon davlat tibbiyot instituti

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍23👏3❤2🔥1😁1
Oliy ta’lim muassasalarining umumiy reytingi e’lon qilindi

Eng yuqori natija qayd etgan OTMlar:
➖ “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti;
➖ O‘zbekiston Milliy universiteti;
➖ Toshkent moliya instituti;
➖ Samarqand davlat universiteti;
➖ Navoiy davlat konchilik instituti.

Eng quyi natija qayd etgan OTMlar:
➖ Termiz muhandislik texnologiya instituti;
➖ O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti;
➖ Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti;
➖ Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti;
➖ Qarshi davlat universitetining pedagogika instituti.

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍25🥰6❤1
​⚡️OTMlarga qabul qilingan oʻquvchilar ulushi boʻyicha reytingi

Yetakchi oʻrinlarda:

🔹 “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universitetining “International house Tashkent" akademik litseyi;
🔹 Buxoro davlat universiteti akademik litseyi;
🔹 Toshkent pediatriya tibbiyot instituti akademik litseyi;
🔹 Navoiy davlat pedagogika instituti akademik litseyi;
🔹 I.M.Gubkin nomidagi RDNGU Toshkent shahridagi filiali akademik litseyi.

Soʻnggi oʻrinlarda:

♦️ Buxoro davlat tibbiyot instituti akademik litseyi ;
♦️ Toshkent kimyo-texnologiya instituti akademik litseyi;
♦️Qarshi davlat universiteti akademik litseyi;
♦️Toshkent tibbiyot akademiyasi akademik litseyi;
♦️Toshkent davlat transport universiteti akademik litseyi.

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍33👏2
⚡️Men 3 oydan beri bitta kitobni o'qiyapman, kitob nomi Ingliz tilini 10 kunda o'rganing...

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
😁197👍22🤣21🤯7👎6🔥3🤡3