Talabalar | Rasmiy kanali
83.7K subscribers
1.96K photos
737 videos
118 files
3.72K links
• Ta'limga oid eng so'nggi xabar va yangiliklar!

• Biz bilan talabalikning haqiqiy onlarini his qiling!

• Hamkorlik: t.me/tijoriy/152
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
OLIY TA'LIM nomli qisqa metrajli film

©
Feruz Bahodirov filmi

🎓
@Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍24👏3🥰2
📌 SamDCHTI talabalari yotoqxonaga joylashishlari uchun 14-sentabridan onlayn ariza topshirishlari mumkin

Xabaringiz bor, Samarqanddagi barcha OTMlarda darslar 26-sentyabrdan boshlanishi haqida xabar bergan edik.

Samarqand shahriga kirish yo‘llari 14-, 15-, 16- va 17-sentabr kunlari berkitiladi.

Talabalarga qulaylik yaratish maqsadida, Samarqand davlat chet tillar institutida talabalar turar joylariga joylashish yuzasidan arizalar berish onlayn tartibda manager.samdchti.uz platformasi orqali joriy yilning 14-sentabridan 20-sentabrigacha (shu kuni ham) qabul qilinadi.

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍25👎2🥰2🤯2😢2🤔1
⚡️Texnikumdan oliygohga imtihonsiz kirish mexanizmi bekor qilinadi

“Umuman, texnikumlarga bo‘lgan yondashuvlarni o‘zgartirish kerak. Ular oliygohga kirishning oson yo‘li emas, murakkab kasb beradigan, mehnat bozorida raqobat qiladigan tizim bo‘lishi kerak”, dedi davlat rahbari.

Kelgusi yildan texnikumdan oliygohga imtihonsiz kirish mexanizmi bekor qilinishi belgilandi.

Moliya vazirligiga oliygoh talabalari uchun joriy etilgan imtiyozli ta’lim kreditini yangi o‘quv yilidan texnikum va kollej o‘quvchilari uchun ham joriy etish topshirildi.

Shuningdek, kollej va texnikumlarda o‘qish uchun davlat grantlari va ehtiyojmand oila a’zolari uchun subsidiyalar ko‘paytiriladi.

Oliy ta’lim vazirligiga oldinroq 207 ta texnikum faoliyatini o‘rganib, samarasiz ishlayotgan 70 ta texnikumni tugatishga topshiriq bergandi.

Ularning 25 tasi monomarkazlar tashkil etish uchun Bandlik vazirligiga o‘tkaziladi, qolgan 45 tasi negizida kasb-hunar maktablari tashkil etiladi.

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍41👎3🥰2❤1🤔1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ayollar ilmli joyda
Kelajak avlodga foyda...

Ma’lumki, ayni kunlarda to‘lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan o‘quvchi va talabalar uchun 12 ta tijorat banki tomonidan ta’lim kreditlari berilmoqda.

Ushbu qulaylik va imkoniyatni aktyor, shoir, rejissyor, dublyaj ustasi Erkin Bozorov Xalq banki misolida o‘ziga xos uslubdagi ijodi orqali ko‘rsatibdi.

Ta’lim krediti ajratuvchi banklar:

🏦 Agrobank;
🏦 Aloqabank;
🏦 Asakabank;
🏦 Hamkorbank;
🏦 Ipotekabank;
🏦 Mikrokreditbank;
🏦 Milliybank;
🏦 OrientFinancebank;
🏦 Qishloqqurulishbank;
🏦 Sanoatqurilishbank;
🏦 Turonbank;
🏦 Xalqbanki.

➡️👆Bank nomlariga biriktirilgan ilovalarni yuklab olib, barcha ta’lim kreditlari to‘g‘risida batafsil ma’lumot olishingiz mumkin.

📌Eslatma:

➡️ Toʻlov-shartnoma —
kontrakt.edu.uz;

➡️ Kredit uchun ariza berish — talim-krediti.uz platformalari orqali onlayn amalga oshiriladi.

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍22👏5🥰2❤1
😅 Oliy ma’lumot olish uchun 3 yil o‘qiladigan yo‘nalishlar borligini bilasizmi?

✅ Ushbu rasmda ko‘rsatilgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida o‘qish muddati 3 yil etib belgilangan.

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍46😁14🤣6❤5❤‍🔥5👎5🥰5🔥4🤩3🤔1
⚡️ ​​Kontrakt to‘lashning so‘nggi muddati qachon?

✅ Xabaringiz bo‘lsa kerak, 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab, oliy ta’lim muassasalari talabalariga to‘lov-kontrakt miqdorlarini o‘quv yili davomida teng ulushlarda to‘rt bo‘lib to‘lash imkoniyati berilgan edi.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xabariga ko‘ra, talabalar kontraktni quyidagi muddatlarda bo‘lib to‘lashlari mumkin:

👉 belgilangan to‘lov miqdorining kamida 25 foizini talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar uchun 15 sentyabrgacha (yoki Davlat qabul komissiyasi belgilagan muddatgacha) hamda ikkinchi va undan keyingi bosqich talabalar uchun 1 oktyabrgacha (yoki OTM rahbariyati uzaytirgan muddatgacha);

👉 belgilangan to‘lov miqdorining kamida 50 foizi 1 yanvargacha, 75 foizi 1 aprelgacha va 100 foizi 1 iyulgacha (yoki OTM rahbariyati uzaytirgan muddatlargacha);

👉 xorijiy fuqarolar uchun OTM rahbariyati belgilagan muddatlargacha;

🎓
@Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍21🥰3
⚡️Talaba oliy ta’lim muassasasidan quyidagi hollarda chetlashtirilishi mumkin:

a)
o‘z xohishiga binoan;
b) o‘qishning boshqa ta’lim muassasasiga ko‘chirilishi munosabati bilan;
v) salomatligi tufayli (tibbiy komissiya ma’lumotnomasi asosida);
g) o‘quv intizomini va oliy ta’lim muassasasining ichki tartib-qoidalarini buzganligi uchun;
d) bir semestr davomida darslarni uzrli sabablarsiz 74 soatdan ortiq qoldirganligi sababli;
e) o‘qish uchun belgilangan to‘lov o‘z vaqtida amalga oshirilmaganligi sababli (to‘lov-kontrakt bo‘yicha tahsil olayotganlar uchun);
j) talaba sud tomonidan ozodlikdan mahrum etilganligi munosabati bilan;
z) vafot etganligi sababli.

Harbiy xizmatni o‘tash, salomatligini tiklash, homiladorlik va tug‘ish, shuningdek bolalarni parvarish qilish ta’tillari davrida talabaga Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan tartib asosida akademik ta’til berilishi mumkin.

‼️ Belgilangan muddatlarda fanlarni o‘zlashtira olmagan (akademik qarzdor bo‘lgan) talaba oliy ta’lim muassasasi rektori buyrug‘i bilan kursdan qoldiriladi.

Akademik qarzdorligi tufayli kursdan qoldirilgan talaba to‘lov-kontrakt asosida o‘qishini quyi kursdagi o‘quv semestri boshidan boshlashi mumkin.

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍28👎6🥰2
⚡️Xotin-qizlar uchun 7 yillik foizsiz ta’lim krediti

✅ 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab barcha xususiy, xorijiy va davlat oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim tashkilotlarida kunduzgi, sirtqi va kechki ta’lim shaklida xotin-qizlarning to‘lov-kontrakt asosida tahsil olishi uchun imtiyozli shartlarda ta’lim kreditlarini davlat budjetidan ajratishning yangi tizimi joriy etildi.

✅ Tijorat banklari Moliya vazirligi tomonidan joylashtiriladigan depozit mablag‘lari hisobidan ta’lim kreditlarini 7 yil muddatga 14 foiz stavkada ajratadi. Bunda kreditning foiz stavkalarini so‘ndirish Moliya vazirligi huzuridagi Ta’lim kreditini moliyalashtirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan, ularni tijorat banklariga to‘lash orqali amalga oshiriladi.

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍29🥰5👎1
✨ Kunlarning sultoni Sayyid-ul ayyom, Haj-ul masokin yana bir juma kuniga nasib qilgan Alloh taologa hamdu-sanolar boʻlsin!

😇 Yaqinlarni Sayyidul Ayyom bilan qutlang!


🤖 @Ismga_tabriklarbot - tabrik yasang!!!

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍23❤5🎉4🥰1👏1
😁 Talabalik hayotidan faktlar:

– Ko'pgina darsda domla mavzu qolib hayoti haqida so‘zlab o‘tiradi;
– Yagona biladigan savoling aytilsa-yu lekin boshqa talaba doskaga chiqadi, negadir;
– Butun guruh telefon o‘ynab o‘tirsa ham, negadir domla faqat seni ko‘radi;
– Sessiyaga yaqin jurnal doimiy yo‘qolib qoladi;
– Negadir imtihon kuni seni interneting bilan muammo bo'ladi;
– Uxlamay tayyorlangan mavzuingni sendan oldin boshqa birov gapirib qo‘yadi;
–30 varaq “otrabotka”ni qo‘lda yozishga to'g'ri keladi.

😢 Ayniqsa, imtihon kuni ertalab uyg‘onganingda kechasi telefoningni quvvatlashni unutgan bo‘lasan, bu juda yomon alam qiladi....

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
😁82👍28🕊10😢5❤3🔥3👏2🥰1
⚡️ “Barcha davlat tashkilotlari va muassasalarida talabalarning ishlashiga ruxsat beriladi – Prezident.

✅ Oliy ta’lim muassasalari hududida pullik o‘quv kurslari, sport to‘garaklari va boshqa xizmatlarni tashkil etgan talabalar daromad solig‘idan ozod qilinadi

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍54👏5🥰4👎3❤2🤣1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
😃 Siz tomonda bitta ovozga nimalar berilmoqda...

Universitet oldida bir chiroyli qiz kelib nomerimni so'radi, hursand bo'lib nomerimni aytsam:
"- Kod keldimi aytvoring" desa bo'ladimi.

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
😁143👍30🤬9🥰6❤3👏2👎1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡Super-kontraktda o‘qish imkoniyatlari yana ham kengaytirildi

✅ O‘zi tanlagan 1-yo‘nalishga bali yetmay, boshqa yo‘nalishga o‘qishga kirganlar, imtihondan butkul yiqilganlar va o‘qishini ko‘chirayotganlar uchun super-kontrakt bo‘yicha yangi eshiklar ochildi. Arizalar 1-oktabrgacha qabul qilinadi. Tafsilotlar bilan ushbu lavhada tanishing.

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍13😁6❤1👎1🥰1
⚡ SUPER KONTRAKTning miqdori kontrakt to‘loviga nisbatan quyidagicha belgilanadi:

👉 1 ballgacha yetmaganda
— 1,5 barobar;
👉 1,1 balldan 2 ballgacha yetmaganda — 2 barobar;
👉 2,1 balldan 3 ballgacha yetmaganda — 2,5 barobar;
👉 3,1 balldan 4 ballgacha yetmaganda — 3 barobar;
👉 kirish uchun 4 balldan ko‘p va minimal balldan (56,7) kam bo‘lmaganda — 10 barobar va undan ko‘p (yo‘nalishga qarab).

Bundan tashqari, 56,7 dan kam ball to‘plaganlar ham talaba bo‘lishi mumkin.

Bunda abituriyentlar hujjat topshirgan yo‘nalishi bo‘yicha eng yuqori SUPER KONTRAKT miqdorining 2 barobarini to‘lashi lozim.
Masalan, oshirilgan to‘lov kontrakti 10 barobar (100 mln. so‘m) bo‘lsa — 20 barobar (200 mln. so‘m) to‘lanadi.

❗️Eslatib o‘tamiz, oshirilgan kontrakt faqat birinchi o‘quv yili uchun to‘lanadi.

Ariza yozishning oxirgi muddati 1-oktabr.

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍32😁8🥰2👏2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡ Toʻlov-shartnomalarni kontrakt.edu.uz orqali onlayn olish boʻyicha videoqoʻllanma

🎓
@Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍12❤3👎3🥰3
😂 Talabalar haqida ertak...

😉 Oxirigacha o'qing va talaba do'stlarimizga yuborib qo'yamiz...

🎓
@Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
😁190👍35❤8👏8🥰7🎉5😱2
⚡️Xotin-qizlar uchun foizsiz taʼlim kredit ajratish tartibi.

📜 Prezidentning 2022-yil 18-iyuldagi PQ-323-sonli qaroriga koʻra, toʻlov-kontraktda oʻqiyotgan xotin-qizlarga joriy yildan boshlab imtiyozli foizsiz taʼlim krediti beriladigan boʻldi.

❓Kredit kimlarga beriladi?

✅ Oʻzbekistondagi barcha oliy taʼlim muassasalari talabalariga (davlat, xususiy va xorijiy OTMlar filiallari);
✅ Oʻrta maxsus va professional taʼlim muassasalari oʻquvchilariga (texnikum, kasb-hunar kolleji va h.k.).

❓Qaysi taʼlim shakliga beriladi?

✔️ Kunduzgi;
✔️ Sirtqi;
✔️ Kechki.

Masofaviy taʼlimga berilmaydi.🙅🏻‍♀️

❓14 foizda berilar ekan-ku, nega foizsiz deyilyapti?

✅ Toʻgʻri, taʼlim krediti aslida 14 foizlik stavkada beriladi. Ammo bu foiz qismini xotin-qizlar toʻlamaydi, davlat toʻlab beradi. Aniqrogʻi Moliya vazirligi huzuridagi Taʼlim kreditini moliyalashtirish jamgʻarmasi tomonidan qoplanadi. Xotin-qizlar faqat taʼlim kreditining asosiy qismini toʻlaydi xolos.

❓Toʻlash qachondan boshlanadi?

✅ Taʼlim kreditining asosiy qismi talabaning rasmiy oʻqish muddati tugagandan soʻng ettinchi oydan boshlab (yaʼni olti oy oʻtib) 7 yil davomida qaytariladi. Masalan, 7 mln soʻm taʼlim krediti olinsa, oʻqishni tugatgandan soʻng, 6 oy oʻtgach 7 yil mobaynida oyma-oy 83 ming soʻmdan toʻlab boriladi.

❓Qanday hujjatlar kerak?

1️⃣ bankka ariza;
2️⃣ shaxsni tasdiqlovchi hujjat;
3️⃣ taʼlim muassasasi bilan toʻlov-kontrakt shartnomasi;
4️⃣ talabaning doimiy daromad manbaiga ega boʻlgan oila aʼzolari va boshqa uchinchi shaxs birgalikda qarz oluvchi sifatida taʼlim krediti qaytarilishining taʼminoti boʻyicha hujjat.

❗️“Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kirgan oilalarning xotin-qizlariga ajratiladigan taʼlim kreditlari uchun garov va kafilliklar talab etilmaydi.

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍53🥰5🤬4❤1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ayollar ilmli joyda
Kelajak avlodga foyda...

Ma’lumki, ayni kunlarda to‘lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan o‘quvchi va talabalar uchun 12 ta tijorat banki tomonidan ta’lim kreditlari berilmoqda.

Ushbu qulaylik va imkoniyatni aktyor, shoir, rejissyor, dublyaj ustasi Erkin Bozorov Xalq banki misolida o‘ziga xos uslubdagi ijodi orqali ko‘rsatibdi.

Ta’lim krediti ajratuvchi banklar:

🏦 Agrobank;
🏦 Aloqabank;
🏦 Asakabank;
🏦 Hamkorbank;
🏦 Ipotekabank;
🏦 Mikrokreditbank;
🏦 Milliybank;
🏦 OrientFinancebank;
🏦 Qishloqqurulishbank;
🏦 Sanoatqurilishbank;
🏦 Turonbank;
🏦 Xalqbanki.

➡️👆Bank nomlariga biriktirilgan ilovalarni yuklab olib, barcha ta’lim kreditlari to‘g‘risida batafsil ma’lumot olishingiz mumkin.

📌Eslatma:

➡️ Toʻlov-shartnoma —
kontrakt.edu.uz;

➡️ Kredit uchun ariza berish — talim-krediti.uz platformalari orqali onlayn amalga oshiriladi.

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍39❤3🥰3🔥1👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ O‘zbekcha kredit-modul tizimi

✅ Ko‘p bor oliy ta’lim tizimida joriy qilin(ayot)gan kredit-modul tizimi haqida gapirilmoqda, o‘rni kelganda bu bilan balandparvoz gaplarni gapirib, maqtanilmoqda. Kredit-modul tizimi yaxshi, ammo uni ham o‘zimizga moslashtirishdi.

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
😁34👍18🐳5🥰2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📌 «Kvotalar oshirilayotganida yotoqxona masalasi inobatga olinishi kerak» – talabalarning dolzarb muammosi haqida

Talabalarni turar joy bilan ta’minlash masalasi haligacha dolzarb bo‘lib turibdi. Mavzuni o‘rgangan jurnalist Ziyoda Ramazonova talaba o‘qishga kelayotganda u yotoqxona bilan ta’minlanadimi yoki yo‘q, buni albatta bilishi kerakligi, aks holda 5-sentabr kungi holat takrorlanaverishini ta'kidlamoqda.

👉 https://kun.uz/uz/25949132

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍35👎3🥰1😁1
⚡ Talabalarga uyini ijaraga bergan shaxslar daromad solig‘i to‘lamasligi aytilgandi, shu kuchga kirdimi?

✅ JAVOB: Ha, bu imtiyoz kuchga kirgan.

Soliq kodeksining 378-moddasi 19-1-moddasiga binoan, soliq to‘lovchining uy-joylarni talabalarga ijaraga berishdan olingan daromadlari soliq solinmaydigan daromadlar hisoblanadi.

Boshqacha aytganda talabalarga uyini ijaraga berganlar daromad solig‘i to‘lamaydi. Talaba ham soliq to‘lamaydi.

ℹ️Ma’lumot uchun: bundan tashqari yotoqxona bilan qamrab olinmagan va o‘ziga, shu jumladan, ota-onasiga (qonuniy vakillariga) tegishli bo‘lmagan uyda ijarada yashaydigan talabalarga ular tomonidan to‘lanadigan oylik ijara to‘lovining 50 foizi byudjet mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi.

Ijara pulining 50 foizi (Toshkent shahrida 270 ming so‘mgacha, qolgan hududlarda esa BHMning 135 ming so‘mgacha) davlat OTMlarining kunduzgi ta’lim shaklida, davlat granti yoki to‘lov-kontrakt asosida tahsil oladigan va ijara huquqi asosida yashaydigan talabalarga qoplab beriladi. Buning uchun talabalar o‘zlari o‘qib turgan OTMga murojaat qilishlari lozim.

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍26🥰2❤1