Talabalar | Rasmiy kanali
83.7K subscribers
1.96K photos
737 videos
118 files
3.72K links
• Ta'limga oid eng so'nggi xabar va yangiliklar!

• Biz bilan talabalikning haqiqiy onlarini his qiling!

• Hamkorlik: t.me/tijoriy/152
Download Telegram
#eslatma

❗️Talabalarni ijaraga qo‘ygan uy egalaridan daromad solig‘i olinmasligi mumkin.

▪️Qonun loyihasiga ko‘ra, talabalarni o‘z uylariga ijaraga joylashtiruvchi shaxslarning ijara to‘lovlaridan olgan daromadlari jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘idan ozod etiladi.

👉 Uy egasi va talaba o‘rtasida ijara shartnomasi qanday tuziladi? ( Batafsil ma'lumot )
👉 Talabalarga ijara to‘lovining bir qismini qoplab berish tartibi qanday? ( Batafsil ma'lumot )
👉 Ijara to‘lovi uchun ariza namunasi. ( NAMUNA )

© @Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍1👏1
❗️DIQQAT, MUHIM XABAR!

⚡️To‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar uchun to‘lovlarni amalga oshirish muddati uzaytirilishi kutilmoqda

Bu haqda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi ma'lum qildi:

🔰Bugungi kunda ko‘pchilik talabalar va ularning ota-onalari murojaatlarini inobatga olib, to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar hamda o‘qishini bir oliy ta’lim muassasasidan boshqa oliy ta’lim muassasasiga ko‘chirayotgan talabalar uchun kontrakt to‘lovlarini amalga oshirish muddatini uzaytirish bo‘yicha vazirlik tomonidan tegishli takliflar tayyorlandi va to‘lov muddati uzaytirilishi kutilmoqda.

✅Ma’lumot o‘rnida, Davlat komissiyasining tegishli yig‘ilish bayoniga asosan respublikamizdagi davlat oliy ta’lim muassasalari bakalavriati va magistraturasiga to‘lov-kontrakt, shu jumladan tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar uchun to‘lovlarni amalga oshirish muddati 2021 yilning 20 noyabr sanasi etib belgilangan edi.

© @Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
#Ehtiyot_Boling

❗️2021-yil 24-noyabr kuni soat 07:00 larda Nukus shahri, 22-kichik tuman 8/6-uy, 43-xonadonda ijarada yashovchi, Nukus Davlat pedagogika institutining talabasi R.R(erkak) xonadonda oʻrnatilgan isitish qozonidan sizib chiqqan is gazidan zaharlanib, vafot etganligi aniqlandi.

Tekshirish davomida aniqlanishicha, mazkur uyda shu kuni marxum R.R.dan tashqari 6 nafar kishi boʻlib, marxum R.R. oshxonada, qolgan 6 nafari boshqa xonalarda uxlaganligi sababli ulardan hesh biri is gazidan zaharlanmagan.

© @Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
#Status

Hurmatli sevgi
Hozircha meni bezovta qilmang.
Men o'qish bilan bandman.


Eslatma: Agar menga kerak bo'lib qolsangiz, sizni o'zim topib olaman😄

©
@Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍4🔥1😁1
❗️Talabalarga “kontrakt” pullarini to‘lab bergan hokimliklar reytingi e'lon qilindi.

©
@Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Garvard universiteti talabalaridan 16 ta g‘ayratlantiruvchi ibora

1. Agar sen hozir uxlab qolsang, senga, albatta orzuing tushingga kiradi, ammo sen hozir darsingni qilib tugatsang, o‘z orzuingni hayotga tatbiq qilasan.
2. Sen juda kech bo‘ldi, deb o‘ylagan paytingda, aslida hali erta bo‘ladi.
3. Ta’limning mashaqqati vaqtinchalik xolos. Bilimsizlik - jaholat mashaqqati abadiydir.
4. Ta’lim – bu vaqt emas. Ta’lim – bu harakatdir.
5. Hayot – bu faqat ta’lim olish degani emas, ammo agar sen hayotning bu qismini bosib o‘tolmasang, nimaga qodir ekanligingni qaerdan bilib olasan?
6. Doimiy rivojlanib borish imkoniyatidan rohatlan.
7. Hamma ishni oldindan qilib borishni o‘rgan, tirishishni o‘rgan, o‘z mehnating samarasini ko‘r.
8. Hamma ham har sohada muvaffaqiyatga erishavermaydi. ammo muvvafaqiyatga o‘z ustida ishlash va qat’iyat orqali erishiladi.
9. Vaqt joyida turmaydi, ammo sen hech nima qilmasang – u ulkan tezlikda o‘tib ketaveradi.
10. Bugungi to‘kkan tering ertaga quvonch ko‘z yoshlariga aylanadi.
11. Agar bugun yurmasang, ertaga yugurishga majbur bo‘lasan.
12. Kelajak uchun tikadigan odamlar relistdirlar.
13. Sening oylik ish haqqing olgan bilimingga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq.
14. Bugungi kun boshqa qaytib kelmaydi.
15. Hattoki hozir ham sening dushmanlaring tashnalik bilan kitob varaqlamoqdalar.
16. Qiyinchiliksiz foydaga erishib bo‘lmaydi.

​​
© @Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍8😢2
Juma Ayyom muborak
dindoshlarim.. 🕌🌙

Yaqinlarni Sayyidul Ayyom bilan qutlang!


© @Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍1
Oʻqish paytida talabalarning oʻzaro bir-biriga eng koʻp aytadigan gaplari:

1. Bugun sana nechchi?
2. Hozir nima dars?
3. Kimda ortiqcha ruchka bor?
4. Soat nechchi boʻldi?
5. Yozib boʻlib daftaringni menga berib tur.
6. Ooozgina qarz berib tur, yoʻl kiram qolmabdi.
7. Oshxonaga tushasanmi?
8. Dars tugashiga necha minut qoldi?
9. Yumshoq "h" mi qattiq "x" mi?
10. Telefoningni berib tur.

👆Bu gaplarning birortasini ham eshitmaganman deb inkor qila olmaysiz! Izohlarda davom ettiring😉

©
@Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
😁9👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📌 Eng ko'p korrupsion holatlarga yo'l qo'ygan 2ta OTM nomi e'lon qilindi:

1 - Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
2 - Jizzax politexnika instituti
.

© @Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
#Status

Talabalik davrim mening,
davronlarning zo‘risan.
Sen otam va onamning,
hamyonini sho‘risan!😅

©
@Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍2
​​🎓 Abituriyentlar uchun maxsus

Hoy abituriyent uxlama,
Yengilmagin g'aflatga.
Yaqin qoldi imtihon,
Qolib ketma kulfatga.

Ota-onang sen uchun,
Ishlamoqda tinmayin.
Uxlolmaydi tunlari,
Dam neligin bilmayin.

O'ylayapsan o'zingcha,
"Yiqilsam ne bo'lardi,
Baxtimga dadam borku
Kontraktim to'lardi".

Agar budjetga o'tsang
Otang hafa bo'larmu?
Yoki mushtipar onang
Baxtsiz bo'lib qolarmu?

Yigitlar hayolingiz,
Olmoqda qizlar balki.
Qalamqoshlar, zebolar
Hoy-havasku shunchaki!

Hoy, uzunsoch ishonma,
Alpqomatning so'ziga.
O'qishga o'tib ketsa,
Ko'rinmaysan ko'ziga.

Yaxshisi har biringiz,
O'ylangiz imtixonni.
Keyin topib olarsiz,
Alpqomat-u, jononni!!!

To'g'ri vaqtimiz ham,
Oz qoldi o'zi juda.
Shularni ham o'ylab SIZ,
Vaqt o'tkazmang bexuda.

Bilmingizga ishoning,
To'ldiring kamingizni.
Axir birov (sizni) o'ylamas ,
Bilmaydi g'amingizni.

Mehnat qilgan albatta,
Yetadi murodiga.
Rahmatlar keltiradi,
Avlod-u ajdodiga.

Hali ko'o'o'p yozardimu,
Dars tayyorlash kerakda.
Shoirlik bir kasallik,
Bo'sh vaqtda ermakda.

Xullas har biringizga,
OMAD tilab qolaman.
Inshaalloh sizlarni,
Institutda kutvolaman!

Barcha bo'lajak talabalarga yuboramiz😊

©
@Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍12🔥3👏1
​​​Bir talaba cho'kib ketayotgan odamni qutqarib qarasa, o'zining dekani ekan. Shunda dekan: 
- Raxmat, sen hayotimni saqlab qolding. Endi seni hamma zachotlaringni "5" ga yopib beraman! - desa, talaba hafsalasi pir bo'lib: 
- Yo'q, kerakmas. 
Dekan: 
- Unda qizil diplom olib beraman!
Talaba: 
- Yo'q, kerakmas. 
Dekan: 
- Nima qilay? Ayt, senga ham biror yaxshilik qilay axir?!
Talaba: 
- Agar menga yaxshilik qilgingiz kelayotgan bo'lsa, sizni qutqarib qolganimni hech kimga aytmang, iltimos!

© @Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
😁13👍3👏2
❗️Turin politexnika universiteti talabasi oliygoh darvozasi oldida urib oʼldirildi

25 noyabr kuni soat 13:00 atrofida Toshkent shahrida Turin politexnika universiteti darvozasi oldida bir necha yosh yigitlar uchrashgan. Kelishmovchilik oqibatida 18 yoshli А.R. (talaba emas) 18 yoshli Sh.R.ning (shu universitet talabasi) yuziga musht tushirgan. Zarba tufayli u yerga yiqilgan va olgan shikastlari oqibatida halok boʼlgan.

Gumonlanuvchi qoʼlga olingan, tergov ishlari olib borilmoqda. Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 104-moddasi (Qasddan badanga ogʼir shikast yetkazish) 3-qismi boʼyicha jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.

P/s: Bu dunyodagi harqanday narsa inson hayotiga teng emas! Qadamimizni o'ylab bosaylik zero bu dunyo sinov uchundir.

©
@Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍4
❗️ Tibbiyot OTMlarining talabalari o‘zlarining yashash joyida amaliyot qilish mumkin bo‘ldi.

▪️2022/23-yillarda barcha tibbiyot OTMlarining bitiruvchilari 1 semestrlik amaliyotni o‘z hududida o‘tashi mumkin bo‘ladi. Nazariy darslar esa masofaviy shaklda o‘tiladi.

© @Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍5😱3
Talabalar | Rasmiy kanali
Photo
#Talabalar

O'zbekiston Davlat Jahon Tillari Universiteti talabasi

©
@Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍25❤6👏1