Talabalar | Rasmiy kanali
83.6K subscribers
1.96K photos
737 videos
118 files
3.72K links
• Ta'limga oid eng so'nggi xabar va yangiliklar!

• Biz bilan talabalikning haqiqiy onlarini his qiling!

• Hamkorlik: t.me/tijoriy/152
Download Telegram
⚡️Bakalavr diplomini olish uchun 3 yil tahsil olinadigan yo'nalishlar ro'yxati

✅ Ushbu rasmda ko‘rsatilgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida o‘qish muddati 3 yil etib belgilangan.

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍44🔥9
#tabassum_vaqti

Talabalar turli vaqtlarda...😅

🎓
@Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
😁166👍57🔥12❤10😢10
⚡️ Siz ​​buni bilarmidingiz?

my.gov.uz portali orqali bir zumda o‘qish joyidan ma’lumotnoma olish mumkin!

Bilamizki, zarur hollarda talabalar ishga joylashish uchun, avia yoki temir yo‘l kassalariga, mudofaa bo‘limiga, bankka va yana boshqa joylarga o‘qish joyidan ma’lumotnoma taqdim etishi talab etiladi. Odatda u dekanatlarda berilar edi.

Ushbu ma’lumotnomani internet orqali oson olish imkoniyati mavjud.

"O'qish joyidan ma'lumotnoma olish" xizmati:

⁃ mutlaqo bepul;
⁃ elektron imzo talab etilmaydi;
⁃ to‘liq avtomatlashgan (inson omilisiz);
⁃ ma’lumotnomani shaxsiy kabinetdan PDF shaklida yuklab olish va hujjatlar repozitoriysida saqlab qo‘yish imkoniyati bor.

❗️Bu muhim! Yagona portal orqali olingan hujjatlar qonuniy kuchga ega va davlat organlari bunday hujjatlarni qabul qilishni rad etishga haqli emas, bu qat’iyan man etiladi.

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍48😢7❤5🔥4
⚡️ Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi sohibi boʻlgan talabalar bakalavriatni tugatgandan soʻng ikki yil mobaynida, nomli davlat stipendiyalariga sazovor boʻlgan talabalar bakalavriatni tugatganidan soʻng bir yil mobaynida tegishli mutaxassislik boʻyicha magistraturaga kirish imtihonlarisiz qoʻshimcha davlat granti asosida oʻqishga qabul qilinadilar.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalari sohiblari boʻlgan magistratura bosqichi talabalari oliy taʼlim muassasasini bitirgach, ikki yil davomida tayanch doktoranturaga kirish imtihonlarisiz Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablagʻlari hisobiga qabul qilinadi.

Asos: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 13-oktabrdagi 226-son qarori

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍60🔥6❤4😢3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Rasul Kusherbayev ro'molga osilayotganlar haqida: Foydali ishlar bilan ko'proq shug'ullansa yaxshi bo'lar edi.

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍72😢6🔥5
❗️Barcha talaba-yoshlar diqqatiga...!

⚡️Fevral oyining oxirgi kunlari Navroʻz umumxalq bayramiga tayyorgarlik munosabati bilan 3 kun ketma-ket 29-30-31-fevral kunlari dam olish kuni deb e'lon qilindi. Yaqinlarga yuborib qoʻying.

#tushungan_tushundi 😉

🎓
@Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
😁320👍51🔥19😢15
#Bahor_ham_Kirib_keldi ❤️

💐 🌸 Baxorga yetkazgan Allohga hamdlar bo‘lsin, bahorning ilk kuni muborak bo‘lsin qadrdonlarim!!!

❗️Qalbingiz xamisha baxordek beg‘ubor bo‘lsin! Yaqinlaringizni birinchilardan bo‘lib tabriklang !

🎓
@Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
❤115👍44🔥10😁4😢3
#Bilasizmi❓Oylik ijara toʻlovining 50 foizi kimlarga qoplab beriladi?

✅2021-yil 1-maydan boshlab yotoqxona bilan qamrab olinmagan va o'ziga, shu jumladan, ota-onasiga (qonuniy vakillariga) tegishli bo'lmagan uyda ijarada yashaydigan talabalarga ular tomonidan to'lanadigan oylik ijara to'lovining 50 foizi budjet mablag'lari hisobidan qoplab berilishi belgilangan.

✅Ijara pulining 50 foizi (Toshkent shahrida BHMning 1 baravarigacha, qolgan hududlarda esa BHMning 0,5 baravarigacha) davlat oliy ta’lim muassasalarining kunduzgi ta’lim shaklida, davlat granti yoki to‘lov-kontrakt asosida tahsil oladigan va ijara huquqi asosida yashaydigan talabalarga qoplab beriladi.

✅Mazkur toifaga mansub talabalar ijara to‘lovlari bo‘yicha o‘zi tahsil olayotgan Oliy ta’lim muassasasi yoki tuman(shahar) hokimligiga murojaat qilish mumkin.

Asos: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-apreldagi PF-6208-son Farmoni

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍29🔥3
⚡️ 3-kurs talabalari ham maktablarda dars berishlari mumkin!

📄 Hukumatning "Ta’lim darajasi yuqori boʻlmagan maktablarga malakali oʻqituvchi-pedagoglarni jalb qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi (15.10.2021 646-son) qaroriga binoan, pedagogika yoʻnalishlarida kunduzgi kechki, sirtqi boʻlimlarining 3-kursida tahsil olayotgan talabalarga maktablarda dars berish huquqi berildi.

✅ Avvalgi tartibga binoan talabalar faqat 4-kursdan boshlab, maktablarda dars berishlari mumkin edi.

🔰 Vazirimizning aytishicha keyingi yillarda 2-kursdan boshlab dars berishlari mumkin bo'ladi

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍86🔥5😁5❤4😢3
⚡️ O‘zbekistonda magistratura qizlar uchun tekin deb e’lon qilindi

▪️Yangi o‘quv yilidan boshlab, magistraturada o‘qiyotgan qizlarning kontrakt pullari to‘liq budjetdan qoplab beriladi. Buning uchun 23 ming nafar qizga 200 milliard so‘m ajratiladi.

Prezident selektorida ma’lum qilinishicha, har yili 50 nafar qizlar nufuzli xorijiy oliygohlarga bakalavr va 10 nafari magistraturaga yuboriladi. Har bir viloyatda 150 nafar qizning kontrakt puli mahalliy budjetdan to‘lab beriladi.

Yosh farzandi bor talaba-qizlarga masofaviy o‘qishga sharoit yaratiladi. Doktorantura yo‘nalishida xotin-qizlar uchun har yili kamida 300 tadan maqsadli kvota ajratiladi.

1-sentabrdan xususiy sektorda rasmiy ishlayotgan ayollarga homiladorlik nafaqasini davlat tomonidan kafolatli to‘lab berish tizimi yaratiladi. Ularga ham 4 oyga 2 million so‘m miqdorida bir martalik homiladorlik nafaqasi to‘lab beriladi.

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍106🔥12😁6❤3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️1093

“
Yoshlar daftari”ga kirish uchun qayergadir borib murojaat qilish shart emas. Bu tizim raqamlashgan. https://yoshlardaftari.uz orqali murojaat yuborishingiz yoki 1093 qisqa raqamiga qoʻngʻiroq qilishingiz mumkin.

Xoʻsh, 1093 tizimi qanday ishlaydi? Bu savolga mazkur video orqali javob olishingiz mumkin!

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍26❤1
⚡️Ijarada turuvchi talabalar ham yashil, sariq, qizil toifalarga bo’linadi — Abduqodir Toshqulov.

▪️Bunda talabaning sharoiti o‘rganilib, shu yo‘l bilan amaliy yordam ko‘rsatiladi. Bu haqda oliy ta’lim vaziri Senatning “Hukumat soati”dagi nutqida ma’lum qildi.

Oliy ta’lim vaziriga ko‘ra, talabalarni turar-joy bilan ta’minlash uchun rektorlar uyini ijaraga beruvchi xonadonlar bilan yakka tartibda ishlash tizimini yo‘lga qo’yadi.

"Boshqa hududga o’qishga borganlar uchun uy-joy qidirishga ixtisoslashgan platformalar tarkibida “Talabalarga yotoq joylari” rukni kiritilib, turar-joy qidirishning maqbullashtirilgan tizimi yaratiladi",– dedi vazir.

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍42😁8❤3
#Diqqat #Ogohlik

Instagramingizni zudlik bilan oʻchirvoring.

Doʻstlaringizni xam ogohlantirib qoʻying, aldanib qolishmasin😂

🎓
@Talabalar | Rasmiy👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍93😁87❤10🔥10😢9
#Ana_xolos

2022-yil mart oyi uchun Erkaklarning orzusidagi kalendar taqdim etildi😅

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
😁171👍43😢26🔥12❤9
⚡️ Endilikda har bir oliy ta’lim muassasasida kuzatuv kengashi tashkil etiladi

📜 Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga “Oliy ta’lim muassasasining kuzatuv (vasiylik) kengashi to‘g‘risidagi namunaviy nizomni tasdiqlash to‘g‘risida"gi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi muhokamaga qo‘yildi.

➡️Qaror loyihasiga ko‘ra:

✅Kengash oliy ta’lim muassasasini samarali boshqarishda strategik organ hisoblanadi;

✅Kengash ta’lim yo‘nalishlari, mutaxassisliklar hamda ixtisosliklar bo‘yicha to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul parametrlarini ham belgilaydi;

✅Kengash tarkibiga Oliy Majlis palatalari a’zolari, xalq, mahalliy kengash deputatlari, vazirlik, idoralar, NNT, OAV va jamoatchilik vakillari, homiylar, shuningdek, OTM faoliyatini rivojlantirishdan manfaatdor bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar kirishi mumkin.

📣 Muhokamalarda faol ishtirok etib, takliflaringizni regulation.gov.uz va Edu.uz saytlari orqali qoldiring.

🎓
@Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍48😁2🔥1
❗️​HAQIQATLAR..!

Talaba -
kulturniy devona,
Stipendiya -
xalqaro yordam,
Ma'ruza - Eng shirin alla,
1-parta - Do'zax eshigi,
Doskadagi talaba - vatandan yiroqda,
Domla va talaba - Ali bobo va qirq qaroqchi,
Imtixondagi talaba - murdalar gapirmaydilar,
Kafedra - dvaryanlar mahallasi.
Oxirgi parta - hayrli tun.
Tanka - halaskor ruh.
Zvanok - jinlar hayqirigi,
Startsa - vester union pul o'tkazishning eng qulay va oson usuli.


🎓
@Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍90😁71❤14🔥11😱3
☝️Buni bilarmidingiz?

my.gov.uz portali orqali bir zumda o‘qish joyidan ma’lumotnoma olish mumkin!

Bilamizki, zarur hollarda talabalar ishga joylashish uchun, avia yoki temir yo‘l kassalariga, mudofaa bo‘limiga, bankka va yana boshqa joylarga o‘qish joyidan ma’lumotnoma taqdim etishi talab etiladi. Odatda u dekanatlarda berilar edi.

Ushbu ma’lumotnomani internet orqali oson olish imkoniyati mavjud.

"O'qish joyidan ma'lumotnoma olish" xizmati:

⁃ mutlaqo bepul;
⁃ elektron imzo talab etilmaydi;
⁃ to‘liq avtomatlashgan (inson omilisiz);
⁃ ma’lumotnomani shaxsiy kabinetdan PDF shaklida yuklab olish va hujjatlar repozitoriysida saqlab qo‘yish imkoniyati bor.

❗️Bu muhim! Yagona portal orqali olingan hujjatlar qonuniy kuchga ega va davlat organlari bunday hujjatlarni qabul qilishni rad etishga haqli emas, bu qat’iyan man etiladi.

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍66❤6🔥4😁4😢2
⚡️O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovg‘asi uchun intellektual olimpiada o‘tkaziladi

📄 Prezident qarori bilan ta’lim yo‘nalishi, sohasi, mutaxassisligidan qat’i nazar, respublikadagi barcha oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida intellektual olimpiada tashkil qilinishi belgilangan.

✅ Unda umumjamoa hisobida birinchi, ikkinchi va uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan oliy ta’lim muassasasiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovg‘asi topshiriladi.

✅ Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi intellektual olimpiada g‘olib va sovrindorlarini o‘z mutaxassisligi bo‘yicha kadrlar zaxirasiga olish amaliyotini yo‘lga qo‘yadi.

✍ Qadrli talaba-yoshlar, ushbu intellektual olimpiada xalqaro tajribani inobatga olib tashkil etiladi. Uni tashkil etishda siz ham takliflaringizni izohlarda yozib qoldiring!

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍45🔥8
⚡️Joriy yildan masofaviy ta'lim shakli uchun qabullar boshlanadi

📑 “Davlat oliy taʼlim muassasalarining akademik va tashkiliy-boshqaruv mustaqilligini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–60-son, 24.12.2021 y.) qabul qilindi.

🔰 Qarorga muvofiq, 2022/2023 oʻquv yilidan moliyaviy mustaqil davlat OTMlariga quyidagi vakolatlar berildi.

Tashkiliy-boshqaruvdagi mustaqillik sohasida:

- tijorat va notijorat tashkilotlarni tashkil etish;
- muassasa tuzilmasini tasdiqlash va shtatini belgilash;
- yangi taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklarni ochish, amaldagilarini tugatish;
- ishga qabul qilish, ozod etish va rotatsiyasiga oid tartibni belgilash;
- masofaviy taʼlimni ochish.


🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍56❤7😁7🔥6
⚡️ “Taʼlim tizimining barcha pogʻonalarida oʻqishga intilgan xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlaymiz va ularga sharoit yaratamiz” – Shavkat Mirziyoyev.

🗓1-mart kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash tizimi hamda ularning jamiyatdagi mavqeini yanada mustahkamlash masalalari bo‘yicha videoselektor o‘tkazildi.

Yigʻilishda 2022−2026-yillarga mo’ljallangan xotin-qizlar ta’limini qo’llab-quvvatlash dasturi qabul qilinishi va ta’lim tizimida xotin-qizlar uchun bir qator keng imkoniyatlar berilishi ma'lum qilindi.

👩🏻‍💻Jumladan, 2022-yildan boshlab har yili maktab va kollejlarni bitirayotgan 20 ming nafar qizni IT sohasida oʻqitish davlat buyurtmasi asosida amalga oshiriladi. Yigʻilishda yana koʻplab masalalar qamrab olindi, to’liq ma’lumot bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin.

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍60❤5🔥4