Assalomu alaykum, hurmatli kanalimiz kuzatuvchilari, qadrli talabalar, ishtiyoqmand yoshlar, hurmatli ustozlar, aziz bitiruvchilar va bilimga chanqoq abituriyentlar.
Sizlarni ushbu kanalga hush kelibsiz deya kutib olamiz😊
Hurmatli obunachilar, @Talaba_Global jamoasi katta ishtiyoq bilan bu kanalni tashkil etdi.
Bizning jamoa oʻz oldiga:
🤔 muhim yangiliklar
🤔 qiziqarli xabarlar
🤔 kerakli ma'lumotlar
🤔 grantlar va stipendiyalar
Hamda talabalar hayotini tezkor yoritishda bel bog'lagan.
Bizni kuzatishda davom eting. Barchasi hali oldinda. Biz ishonchingizni oqlashga harakat qilamiz!😎
© @Talaba_Global jamoasi | 07.05.2024
Sizlarni ushbu kanalga hush kelibsiz deya kutib olamiz
Hurmatli obunachilar, @Talaba_Global jamoasi katta ishtiyoq bilan bu kanalni tashkil etdi.
Bizning jamoa oʻz oldiga:
Hamda talabalar hayotini tezkor yoritishda bel bog'lagan.
Bizni kuzatishda davom eting. Barchasi hali oldinda. Biz ishonchingizni oqlashga harakat qilamiz!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida o‘tgan taqdimotda oliy ta’lim yo‘nalishlarini optimallashtirish, qabul va malaka tizimlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Talaba Global
Yangi tartibga ko‘ra, muayyan bir yo‘nalishga ajratilgan davlat granti doirasida yuqori ball to‘plagan abituriyent, tanlagan oliy ta’lim muassasasidan qat’i nazar, davlat grantiga tavsiya etiladi. Ya’ni, yuqori ball olgan yoshlar o‘qishga kirmay qolmaydi.
Ma’lumot uchun, amaldagi tartibga ko‘ra, ayrim abituriyentlar yuqori ball to‘plasa-da, topshirgan oliygohining kvotasi soniga qarab, o‘qishga kirolmay qolishi mumkin edi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bu yil OTMlarga qabul jarayoni 2 bosqichda amalga oshiriladi
Anjumanda shuningdek, oliygoh hamda kollej va texnikumlarga qabul qilish imtihonlari “avval test, so‘ng tanlov” tamoyili asosida o‘tkazilishi bo‘yicha batafsil ma’lumot berildi.
Bunda:
🔠 abituriyentlar testni 1 marotaba topshiradi va to‘plagan bali bilan dastlab oliygohga, bali oliygohga yetmagan taqdirda, professional ta’lim tashkilotiga kirish uchun tanlovda ishtirok etadi;
🔠 oliygohlarga qabul jarayoni 2 bosqichda:
1-bosqich ro‘yxatdan o‘tish va test fanlarini tanlash;
2-bosqich oliygoh – test natijasi e’lon qilingandan so‘ng ta’lim yo‘nalishi va shaklini tanlash orqali amalga oshiriladi.
✅ @Talaba_Global
Anjumanda shuningdek, oliygoh hamda kollej va texnikumlarga qabul qilish imtihonlari “avval test, so‘ng tanlov” tamoyili asosida o‘tkazilishi bo‘yicha batafsil ma’lumot berildi.
Bunda:
1-bosqich ro‘yxatdan o‘tish va test fanlarini tanlash;
2-bosqich oliygoh – test natijasi e’lon qilingandan so‘ng ta’lim yo‘nalishi va shaklini tanlash orqali amalga oshiriladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Magistratura va doktoranturaga qabuldagi chet tili sertifikati bo‘yicha yengilliklar berildi
Anjumanda qayd etilganidek, topshiriqqa binoan magistratura va doktoranturaga qabul qilishda xorijiy tilni bilish to‘g‘risidagi sertifikat talabi quyidagicha o‘zgartiriladi:
➖ ta’lim dasturini xorijiy tilda yakunlagan talabalar uchun sertifikat talabi bekor qilinadi;
➖ soha xususiyatidan kelib chiqib madaniyat, san’at, sport, ta’lim, sog‘liqni saqlash, ishlab chiqarish, muhandislik ishi, qishloq xo‘jaligi, veterinariya, arxitektura va qurilish, fizika va tabiiy fanlar, transport xizmatlari yo‘nalishlari bo‘yicha sertifikat talabi bir pog‘ona – B1 darajasiga tushiriladi.
Sertifikat talabi xorijiy tillar yo‘nalishlarida C1 darajada, aniq fanlar, biologiya, matematika, huquq, jurnalistika, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va iqtisodiyot yo‘nalishlarida B2 darajada saqlanadi.
✅ @Talaba_Global
Anjumanda qayd etilganidek, topshiriqqa binoan magistratura va doktoranturaga qabul qilishda xorijiy tilni bilish to‘g‘risidagi sertifikat talabi quyidagicha o‘zgartiriladi:
Sertifikat talabi xorijiy tillar yo‘nalishlarida C1 darajada, aniq fanlar, biologiya, matematika, huquq, jurnalistika, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va iqtisodiyot yo‘nalishlarida B2 darajada saqlanadi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Taqdimotda shuningdek, oliygohlarga o‘qishga qabul qilish jarayonlari bo‘yicha quyidagilar taklif qilindi:
🔹 ta’lim granti – talabalarga bir o‘quv yili uchun ajratiladi hamda 1-kursda o‘qishga kirish natijalari bo‘yicha, 2-kursdan boshlab reyting ko‘rsatkichlari bo‘yicha eng yuqori ball to‘plagan talabalarga ajratiladi;
🔸 ijtimoiy-rag‘batlantiruvchi grant – maqsadli qabul va imtiyoz asosida qabul qilingan talabalarga butun o‘qish davri uchun beriladi;
🔹 ta’lim granti asosida tahsil olgan talabalarning o‘qishni tugatgandan so‘ng 3 yil ishlab berish majburiyati bekor qilinadi;
Qayd etilganidek, sirtqi ta’lim shakli bosqichma-bosqich masofaviy ta’lim shaklini kengaytirish va uzaytirilgan ta’lim shakli joriy etish orqali tugatiladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yangi tizim respublika bo‘yicha eng bilimli yoshlarni saralash imkonini beradi
Joriy yilning 6-may kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish, davlat buyurtmasini shakllantirish tizimini takomillashtirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda quyidagi islohotlarni joriy qilish taklif etildi:
Davlat buyurtmasi (grant kvotalar)ni shakllantirish bo‘yicha:
➖ davlat buyurtmasi parametrlarini amaldagi oliygohlar kesimida taqsimlash amaliyoti bekor qilinib, bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari kesimida tasdiqlash tartibi joriy etiladi;
➖ ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlarga davlat buyurtmasi qisqartirilib, ushbu kvotalarni ustuvor ravishda muhandislik, tibbiyot, aniq va tabiiy fanlar bilim sohalari orasida taqsimlanadi;
➖ 2025-yildan boshlab davlat buyurtmasi parametrlari oliy ma’lumotli kadrlarni tayyorlash va ularga bo‘lgan talab prognoziga muvofiq 4 yillik davr uchun tasdiqlanadi (amalda 1 yil);
➖ oliygohlar moddiy-texnika bazasi, professor-o‘qituvchilari tarkibidan kelib chiqib, keyingi o‘quv yili uchun umumiy qabul parametrlarini (grant va kontraktga ajratmagan holda) bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha shakllantiradi;
➖ davlat buyurtmasi asosida grant o‘rinlari har bir yo‘nalish uchun respublika bo‘yicha to‘plangan ballar ketma-ketligiga ko‘ra abituriyentlarning tanloviga muvofiq amalga oshiriladi.