Talaba.uz | Rasmiy kanal |
8.83K subscribers
3.33K photos
1.24K videos
251 files
8.65K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @NodirUz
Download Telegram
#talabalardan

"Assalomu alaykum men samarqand davlat tibbiyot instituti o'qiyman bizga sessiyamiz 28 fevraldan 4martgacha bo'lishi malum qilindi
Lekin yangi smestrimiz 7fevraldan boshlanar ekan biz qanday qilib eski smestrni yopmay yangisiga o'ta olamiz bizdan ham sessiya hamma qatori onlayn olinsin bizni institutda ham onlayn sessiya uchun hamma sharoitlar yetarli shu sababli ushbu masalani oydinlashtirib berishizni iltimos qilardik"


P.s: Kallasi bilan urishib qolganlar. Qanday qilib bu semestrni yopmasdan, keyingi semestrga o'tish mumkin🤦‍♂

Sizlar nima qilsangizlar ham qonunga to'g'ri kelaveradiya, qozi domla?

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg


ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
Talaba.uz | Rasmiy kanal |
#talabalardan "Assalomu alaykum men samarqand davlat tibbiyot instituti o'qiyman bizga sessiyamiz 28 fevraldan 4martgacha bo'lishi malum qilindi Lekin yangi smestrimiz 7fevraldan boshlanar ekan biz qanday qilib eski smestrni yopmay yangisiga o'ta olamiz bizdan…
❗️Yuqoridagi post bo'yicha matbuot xizmati aloqaga chiqdi

Samarqand tibbiyot instituti sessiyalarni oflayn topshirishi aniq bo'ldi. 2-semestr boshlanmaydi, 1-semestr onlayn tugatishadi. 1 - semester 24- fevralgacha davom etadi va 24-fevraldan keyin esa sessiyalar baribir oflayn bo'larkan)

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg


ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
❗️Samarqand davlat tibbiyot institutida g'alati ishlar bo'lyapti.

Maqsad nima ekanligini menimcha ko'pchilik tushunib yetadi.

Yuqoridagi post bo'yicha matbuot xizmati raddiya berdi. Ularning aytishicha bunaqa gap kanalda e'lon qilinmagan va yolg'on xabar deb. Lekin kanalga tashlangani aniq edi, admin u xabarni o'chirib tashlagan. (Isbotimiz bor)

Ikkinchi masala, ko'plab talabalarning 1-semestr fanlari yakunlanganiga qaramay talabalar platformaga kirib turish shart ekan. Aks holda nb tusharkan.

Bu institutga adovatimiz yo'q. Lekin talabalarni chalg'itishni keragi yo'q edi. Shunchaki, 2-semestrlar 7-fevraldan boshlanishini, sessiyalarni talabalar oflayn darslarga qaytganidan keyin olamiz deyishsa bo'lardi-ku!

Sessiyalarni onlayn topshirdi nima oflayn topshirdi nima? Karantin hisobiga talabalar darslarni amaliy o'rganishgani yo'q shundoq ham.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg


ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
#rasman
❗️Andijon davlat chet tillar instituti tashkil etiladi.

▪️Qaror loyihasiga ko‘ra, institutga qabul 2022/23-yildan boshlanadi. Institut o‘quv dasturini tuzishda xalqaro reytinglarda dastlabki 1000talikka kiruvchi oliygohlar tajribasiga asoslaniladi.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg


ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
❗️Davlat granti asosida ta'lim olgan talabalar 3 yillik majburiy mehnat faoliyatini kambag'allik yuqori bo'lgan hududlarda amalga oshiradilar.

Bu haqida Prezident Shavkat Mirziyoyev iqtisodiyot barqarorligini ta’minlash masalalari bo‘yicha o'tkazilgan yig‘ilishda aytgan.

Unda davlatimiz rahbari Xitoy tajribasidan kelib chiqib, kambag‘allik darajasi yuqori bo‘lgan qishloqlarga vazirlik va idoralarni biriktirib, muhtojlarga ko‘maklashish tizimini yaratish, oilaviy tadbirkorlik va tomorqachilikni rivojlantirish bo‘yicha topshiriqlar berdi. Davlat granti hisobiga tahsil olgan talabalarni 3 yil muddatga shunday hududlarga mehnat faoliyati uchun yo‘naltirish taklifi bildirildi.

PS: Grantda oʻqiydiganlarga yetkazib qoʻying tayyorlanaverishsin;)

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg


ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
❗️Judayam olibqochar avlod yetishib chiqyaptida:

Savol: Talabning elastikligi nima?

Javobni qarang:

-Mana bizga ''Talabning elastikligi nima?'' degan savol tushgan ekan, Talabning elastikligi haqida so'z yuritishdan avval ''Talabning o'zi nima?'' degan savolga javob beradigan bo'lsak, Talab - bu...

Shu bilan yarim bet to'ladi.
Yana o'zlaricha savol tuzib, javob berib qo'yishlarini qarang. 😄

Xullas, Burgashunoslar.

© Muhammad Ali Eshonqulov

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg


ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
❗️TATU talabalari ma'sullarning xatosi tufayli, bugun bo'lib o'tgan yakuniylardan universitet hisobiga 300 mln so'mdan ortiq pul to'lashi mumkin...

Xabaringiz bor, TATUda kredit tizimi. Ya'ni, fanlardan yiqilsangiz, pulini to'lab qayta topshirishga ruxsat olishingiz kerak degani.

Bugun tizim xatosi va savollarning haddan tashqari murakkabligi tufayli ko'p TATU talabalari yiqilgan.

Barcha talabalar norozi, oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi va axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligidan yordam so'rashmoqda. Sababi, TATU ma'sullari talabalarni eshitishgani ham yo'q.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg


ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
❗️ O'zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali yangi ochilgan filiallardan biri bo'lishiga qaramay tizimda g'alati ishlar ro'y bermoqda.

Guruhda o'rtada turib beruvchi dalollar ko'paygan. 4 baho uchun 150.000 so'm. (Narxi past ekan lekin😉)

Ismi sir bo'lib qolishni so'ragan talabaning aytishicha, domlalar talabalardan foydalanayotgan ekan. Buning evaziga domla talabaning fanlarini hal qilib berarkan)

Odam bo'lmaymiz, tizim shunday pastga qarab cho'kmoqda🛩

P.s: Tuxmat deb gap talashayotganlar diqqatiga. Siz bilan bunaqa holat yuz bermagan bo'lsa hamma oppoq degani emas. Vaholanki, biz murojaatchining xabarini e'lon qildik.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg


ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
Talaba.uz | Rasmiy kanal |
❗️ O'zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali yangi ochilgan filiallardan biri bo'lishiga qaramay tizimda g'alati ishlar ro'y bermoqda. Guruhda o'rtada turib beruvchi dalollar ko'paygan. 4 baho uchun 150.000 so'm. (Narxi past ekan lekin😉) Ismi sir bo'lib…
❗️ O'zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali bo'yicha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi korrupsiyaga qarshi kurashish bo'limidagilar surishtiruv ishlari boshlanganini e'lon qildi.

P.s: Ayni vaqtda Izzatillo ismli talaba o'z profillarini o'zgartirib yubordi. Ayrim talabalar esa @Talabauz ma'muriyatiga jinoiy ish ochmoqchi emish)) Qani davom etamiz, qayergacha borarkansizlar😉

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg


ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
❗️Rasman

Mamlakatimizda o'quv jarayonlari an'anaviy ta'limga o'tkaziladi.


Xususan, 2022 yil 7 fevraldan boshlab umumta’lim maktablari, professional, kasb-hunar ta’lim va oliy ta’lim muassasalari, akademik liseylar hamda nodavlat ta’lim tashkilotlarida o‘quv jarayoni an’anaviy shaklga o‘tkaziladi.

Bunda, barcha ta’lim tashkilotlarida niqob taqish, ijtimoiy masofani saqlash, shaxsiy gigiyena qoidalariga qat’iy rioya etish va antiseptik vositalardan muntazam foydalanish talab etiladi.

©Sog‘liqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati.


🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg


ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
Talaba.uz | Rasmiy kanal |
❗️Rasman Mamlakatimizda o'quv jarayonlari an'anaviy ta'limga o'tkaziladi. Xususan, 2022 yil 7 fevraldan boshlab umumta’lim maktablari, professional, kasb-hunar ta’lim va oliy ta’lim muassasalari, akademik liseylar hamda nodavlat ta’lim tashkilotlarida o‘quv…
❗️Temiryo‘l chiptalari tarif qismidan 50 foiz miqdorida chegirmalarini saqlab qolinadi va 2022 yil 7- fevralga qadar avia va temiryo‘l chiptalari bepul tarzda boshqa muddatga almashtirib beriladi.

Oliy ta'lim muassasalariga ham 7-fevraldan darslar boshlanishi 100 foiz haqiqat. Bu haqida vazirlik rasmiy sahifasi e'lon qildi.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg


ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Sizlarni yaqinlashayotgan xavf bilan tanishtiramiz.

Ijarada yashayotgan talabalar hozirdan kvartira topib qo'yishingiz maqsadga muvofiq. O'qishlar an'anaviy bo'lishini uy dallollari ham eshitishdi. Narxlar ko'tarilishi aniq.

Afsuski, bu bizning eng og'riqli nuqtalarimizdan biri.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg


ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
Yurakdagi gaplarni aytibdi.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg


ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
❗️Ushbu audio xabar murojaat botimizga yetib keldi. (Qaysi OTMga tegishli ekanligi noma'lum)

Lekin bu degani rasmiy emas. Ertaga aniqlashtiramiz.

Bugungi qarorda Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining aybi yo'q. Ular ham Respublika maxsus komissiya buyrug'iga ko'ra ish tutishadi. Bechora talabalar sarson bo'lisharkanda. Talabadan ham koʻra ustozlar, tyutorlar ovvora boʻladi...

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

❍ㅤ
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
#achchiq_haqiqat

​​TALABA

Kim qanday talqin qilsa qilsin-u, lekin “Yigitning omadi yer ostida bo‘ladi” deganlari chippa-chin ekan! Gadoy topmas qishlog‘imda hech qaysi qiz betimga qaramasdi, katta shaharda katta bir o‘qishga kirib gul chehralarning erkatoyiga aylandim, qoldim. Kunoro o‘qish tugagandan keyin biror tanish qizni olib restorangga kiraman. Beye, jaydari yigit shaharning ovqatlarini farqiga borar emishmi, taomlar nomi yozilgan yupqa kitobni mehmonimga qarab uloqtir yuboraman: “Tanlayver akang aylansin, boy akangning davrida oshab qol!”. Ofatijon oqbilakoyim ham nafis lablarini chuchchaytirib, sinaman degan ingichka barmoqlarini nuqqancha taom va ichimliklardan tanlashga tushadi.

O‘lay agar, uning ingichka barmoqlari har to‘xtagan taomlar narxining orqasidagi nollar to‘rttadan kam bo‘lsa! Biroq cho‘ntakdan ko‘nglim to‘q, shuning uchun ham oshkora kibr bilan, o‘rindiqda yastani-i-ib o‘tiraman...
Izohlab o‘tsam: cho‘ntakdan xavotirlanmasligimga sabab yaqinda olgan stipendiyamdan oz muncha ortgan bo‘ladi, bu safar qadrli biror kiyimimni ham, kerakli biror hujjatimni ham “esdalikka” qoldirmasdan restorandan chiqib ketamiz. Oqbilakoyimni yotoqxonasi yonigacha kuzatib qo‘yarkanman, u menga mayin jilmayib qo‘llarini silkiydi. Xax, ishva-yu xiromoningdan akang! So‘ng, qadrdon yotoqxonamga asta qaytaman...

Ammo ko‘pincha mana shunday uchrashuvlardan qaytib krovatimga cho‘zilganda kayfiyatim tushadi. Oqbilakoyimdan bu mayin tabassum-u, barmoq silkitishdan ortiqroq nimadir kutgan edimmi, bilmayman, ko‘nglimga qumirsqadek bo‘lib o‘kinch urmalaydi. Xo‘rligim kelib onamni, otamni eslayman. Tushkunlikka bardoshim chidamaydi. Volidamga bo‘lgan mehrim yuragimni sil qilib, uyimizda o‘zim xabarlashib turish uchun qoldirgan eski telefonimning raqamlarini terishni boshlayman.

To‘xtab-to‘xtab raqamlarni terar ekanman, onamga aytmoqchi gaplarim huddi qog‘oz maktubga bitilayotganday miyamga yozila boshlaydi:
“Assalom-u, alaykum enajon, yaxshimisiz? Otajonim ham yaxshi mol boqib yuribdilarmi, qishloqning podasi qiynamayaptimi? Enajon, mendan so‘rasangizlar o‘qishlarim yaxshi. Faqat kecha adashib stuldan teshib chiqqan mixga o‘tirib olibman. Yo‘o‘q, yo‘o‘q, yo‘o‘-o‘-o‘-q, do‘xtirga ko‘rindim, salgini shilinibdi, biror xafta qatnab davolansang bitib ketadi, deyapti. Shanba kuni Abdurashid akaning o‘g‘li Berdishukur qishloqqa boradi. Shunga otam ikkalalaringiz pensalaringizni olgan bo‘lsangizlar uch-to‘rt sum berib yuborsangiz, yaxshi bo‘lardi. (Yaqinda jo‘natganlaringizni obuna, yotoqxona xaqi va boshqa xarajatlarimga sarflagan edim.) Lekin sira xavotir olmangizlar, duxtir ham aytganiday jaroxatim uncha xafli emas. Sizlarni judayam sog‘inganman, xudo xoxlasa ikki-uch xaftalarda qishloqqa o‘zim ham borib qolsam kerak, deb BITTA-Yu BITTA O‘GʻLINGIZ!"

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg


ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
❗️Kanalimizda chiqqan post bo'yicha Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi munosabat berdi

"Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talabalari murojaati nazoratga olinadi.

Kecha, 2 fevral kuni ijtimoiy tarmoqlarda TATU mas’ullarining xatosi tufayli talabalar bo‘lib o‘tgan yakuniylardan universitet hisobiga 300 mln so‘mdan ortiq pul to‘lashi mumkinligi haqidagi e’tirozli xabar tarqaldi.

Bugun Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligida mazkur masalani o‘rganish bo‘yicha mas’ullardan iborat tezkor ishchi guruh tuzildi.

Holat ishchi guruh tomonidan ob’yektiv va batafsil o‘rganiladi hamda natijasi bo‘yicha ma’lumot vazirlik rasmiy manbalari orqali qo‘shimcha e’lon qilinadi.
@eduuz

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg


ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
Talaba.uz | Rasmiy kanal |
Voice message
❗️Oliy ta'lim muassasalarining 1- va 2-kurs talabalari darslarni masofaviy tarzda davom ettirishlari aytilmoqda.

Ma'lumot aniqlashtirilmoqda.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

❍ㅤ
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
❗️ Tezkor: TDTUda 1-bosqichlar uchun 21-fevraldan, 2-bosqichlar uchun 14-fevraldan an'anaviy darslar boshlanadi.

Qolganlarga 7-fevraldan.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg


ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ