Talaba.uz | Rasmiy kanal |
8.59K subscribers
3.34K photos
1.24K videos
251 files
8.66K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @NodirUz
Download Telegram
❗️Andijon davlat chet tillar instituti tashkil etiladi

▪️Qarorga ko‘ra, institutga qabul 2022/23-yildan boshlanadi. Institut o‘quv dasturini tuzishda xalqaro reytinglarda dastlabki 1000talikka kiruvchi oliygohlar tajribasiga asoslaniladi.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️​​Kontrakt to‘lashning so‘nggi muddati qachon?

Xabaringiz bo‘lsa kerak, 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab, oliy ta’lim muassasalari talabalariga to‘lov-kontrakt miqdorlarini o‘quv yili davomida teng ulushlarda to‘rt bo‘lib to‘lash imkoniyati berilgan edi.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xabariga ko‘ra, talabalar kontraktni quyidagi muddatlarda bo‘lib to‘lashlari mumkin:

👉 belgilangan to‘lov miqdorining kamida 25 foizini talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar uchun 15 sentyabrgacha (yoki Davlat qabul komissiyasi belgilagan muddatgacha) hamda ikkinchi va undan keyingi bosqich talabalar uchun 1 oktyabrgacha (yoki OTM rahbariyati uzaytirgan muddatgacha);

👉 belgilangan to‘lov miqdorining kamida 50 foizi 1 yanvargacha, 75 foizi 1 aprelgacha va 100 foizi 1 iyulgacha (yoki OTM rahbariyati uzaytirgan muddatlargacha);

👉 xorijiy fuqarolar uchun OTM rahbariyati belgilagan muddatlargacha;

Do'stlaringizga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Audio
#lirik_chekinish

Siz mingta kamchiligim bilan suydingiz, ular bitta aybim uchun mendan ketishdi..

Do'stlaringizga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
O‘qishdan “yiqilgan” SamDU talabalari imtihon natijasidan norozi. “Vedomost”dagi baholar o‘zgartirilgan bo‘lishi mumkin

SamDU matematika fakultetining kechki bo‘limida tahsil olayotgan bir guruh talabalar 2020-2021 o‘quv yilida yakuniy imtihonlardan o‘tolmagani sababli kursda qoldirilgan. Masala shundaki, talabalar imtihon baholari qo‘yiladigan maxsus muhrlangan qog‘oz bo‘yalgani va baholar o‘zgartirib qo‘yilgani haqida ma'lum qilishdi.

Talabalar imtihon natijalari shaffof emasligi, fakultet dekani o‘rinbosari Shahzod Qurbonov imtihon jarayonida yolg‘iz o‘zi qatnashgani, imtihon natijalari o‘z vaqtida ma'lum qilinmagani kabi iddaolar bilan rektoratdan tortib, oliy ta'lim vazirigacha yozishgan.

Batafsil…

Do'stlaringizga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
​​“Sening joying Qo‘yliqda emas”. Mardikorlikka chiqib hayoti tubdan o‘zgarib ketgan navoiylik talaba yigit hikoyasi

Navoiy viloyatidanman. 2019-yil Toshkent davlat iqtisodiyot universitetiga o‘qishga kirdim. Oilaviy sharoitim tufayli xarajatlarimni qoplash uchun ishlashga to‘g‘ri keldi. Ish qidira boshladim, ammo qayerga bormay “student kerak emas” deb qaytaraverishdi. Qancha harakat qilmay tayinli ish topa olmadim. Oxiri mardikorlikka chiqishga qaror qildim.

O‘sha kuni ertalabdan yomg‘ir yog‘gandi. Bunday ob-havo sabab kunlik ishlarning narxi oshardi, ammo ishga olib ketuvchilar ham shunga yarasha ko‘p bo‘lmasdi. Bir payt oldimizga Spark kelib to‘xtadi. “80 ming so‘m beraman, yerto‘lani tozalash kerak” dedi va ish joyining suratini ko‘rsatdi. Ochig‘i, ish bu narxga arzimasdi, ya’ni bu yumushni bajarish uchun ko‘proq pul to‘lanishi kerak aslida. Biroq ishni hech kim olmadi. Qaytib ketishga pulim yo‘qligi uchun men rozi bo‘lib qo‘ya qoldim.

Mahmud aka (meni ishga olib ketgan odam) shinavanda, ustiga-ustak iqtisodchi, Kanadada firmasi bor ekan. Tezda chiqishib ketdim. To‘ytepagacha O‘zbekiston iqtisodiyoti haqida suhbatlashib ketdik.

Manzilga yetgach, tezda ish boshladim. Mahmud akaning men bilan suhbatlashgisi keldi, shekilli, yonimga kelib yordam berishga kirishib ketdi. Gaplashib, qanday ishni tugatganimizni bilmay qoldik. Gap bilan bo‘lib, soat 21:00 bo‘lganini sezmabman ham. Mahmud akaga yotoqxonaga 22:00 dan keyin kirgizmasligini, tez ketishim kerakligini aytdim. Aka esa uyda bir o‘zi ekanini va oilasi Kanadada yashashini aytdi. Agar xohlasam bir kecha qolishim va ertalab shu yerdan o‘qishga ketishim mumkinligini aytdi.

Shunday qilib, Mahmud akanikida qoladigan bo‘ldim. Tun yarmiga qadar suhbatlashib o‘tirdik. O‘sha kuni kitoblardagidan ko‘p bilimga ega bo‘ldimki, menga endi ishlagan pulim ham kerak emasdi. Ammo moddiy sharoitim bunga yo‘l qo‘ymasdi.

Tong otdi. Ertalab uydan chiqib ketayotgan vaqtim Mahmud aka qo‘limga bir bog‘lam ming so‘mlik pul tutqazdi va “Kechgacha ishlaganing uchun mana 100 ming so‘m. Pulni sanama, o‘zimga to‘g‘ri odamman” dedi. Shu sabab pulni sanamay, minnatdor bo‘lib, uydan chiqib ketdim. Yotoqxonaga yetib borib, pulni sanamoqchi bo‘ldim. Qarasam, ikkita 100 dollarlik pul qatlab qo‘yilgan ekan. Bitta ming so‘mlikka esa “Sening joying Qo‘yliqda emas, o‘qi” deb yozilgan edi.

Ochig‘ini aytsam, o‘sha puldan qiynalib yurgan paytlarim o‘qishni tashlab Rossiyaga ketmoqchi edim. Agar Mahmud aka menga yordam bermaganida hozir Rossiyaning qaysidir o‘rmonida ishlab yurgan bo‘larmidim, bilmayman. Ular bergan pulga uch oy davomida ingliz tili kurslariga qatnadim. Ishga joylashdim. Birgina uchrashuv sabab hammasi o‘zgarib ketdi.

Rahmat sizga, Mahmud aka!

“Daryo” “Yaxshilik” loyihasi

Doʻstlarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Nima deb o'ylaysiz? Ba’zi mulohazalardan kitobdagidan ko'ra ko'proq manfaat olsa bo'ladimi?

Muhammad Qodir kanalida postlar qisqa bo'lsada, chuqur ma'nosi bilan insonni fikr yuritishga undaydi.

Obuna bo'ling 👉 @QodirMuhammad
#Tanlov

Tayanch doktorantlar uchun Prezident davlat stipendiyalari tanloviga hujjatlar qabuli boshlandi!

🔰O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalari tanloviga hujjatlar 2021-yil 6-12-dekabr kunlari https://doktorantura.edu.uz/ elektron platformasi orqali onlayn qabul qilinadi.

❗️Talabgorlarning hujjatlari platformaga tegishli oliy ta’lim muassasasi (filial), ilmiy tashkilotlarning mas’ul xodimlari tomonidan kiritiladi.

▪️Tanlov yo‘nalishlari:

✔️ Tabiiy va aniq fanlar (3 ta kvota)
✔️ Ijtimoiy-gumanitar fanlar (3 ta kvota)
✔️ Texnika va texnologiya (2 ta kvota)
✔️ Sog‘liqni saqlash (1 ta kvota)
✔️ Qishloq xo‘jaligi (1 ta kvota)

➡️ Tayanch doktorantlarga Prezident davlat stipendiyalarini tayinlash uchun belgilangan mezonlar va ularni tayinlash tartibi to‘g‘risida quyidagi havola orqali batafsil tanishishingiz mumkin: 👉 https://lex.uz/acts/-1399382
Ⓜ️ OO'MTV

Do'stlaringizga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
#Talaba_uchun_foydali

⚡️ ⚡️ Har bir talabaga “feedback” kerak, tanqid emas.

🔰Bugun kundalik hayotimizda “feedback” (“fidbek”) iborasi tez-tez uchrab turadi.

✳️ Masalan, siz maqola chop ettirdingiz, yoki yangi mahsulot ishlab chiqdingiz, jamoatchilikning unga bo‘lgan fikri, mulohazasi, javoban bildirilgan munosabati “feedback” deb ataladi.

⚠️ Bu har doim ham “tanqid” degani emas. Yoki, agar tanqid qilinmasa, bu fidbek boʻlmaydi deyish notoʻgʻri.

🌐 G‘arb universitetlarida bir ibora bor: Har bir talabaga “feedback” kerak, tanqid yoki hukm emas❗️

Chunki o‘rni kelganida, hurmat va izzat bilan berilgan munosabat uni qabul qiluvchiga oʻziga xos “yoʻl-yoʻriq” sifatida foydali boʻlishi mumkin.

👉 Bunday “feedback” yoʻl qoʻyilgan xatolarni tuzatuvchi vosita ham boʻlishi mumkin.

☝️ Shuning uchun, konstruktiv fikrlaydigan insonlar “feedback” berganida, talaba ham uni konstruktiv qabul qilishi kerak.

Ⓜ️ OO'MTV

Do'stlaringizga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Konstitutsiyamiz yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning huquqiy negizidir. Unda xalq farovonligini taʼminlashga xizmat qiladigan eng muhim maqsad va vazifalar mustahkamlangan. Oʻz xalqining xohish-irodasi, dili va tilidagi ezgu niyatlariga hamohang Konstitutsiyaga ega mamlakat oʻzi belgilagan yuksak marralardan hech qachon ogʻishmasdan, doimo oldinga qarab boradi.

Barchangizni mustaqil Vatanimiz tarixidagi shonli sanalardan biri - O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun bilan samimiy muborakbod etamiz.

Do'stlaringizga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
#arxiv

18-punkt "Konstitutsiya umrimiz zavoli" 😁😁

Shu mavzuda mabodo davra suhbati bo'lib o'tsa, bizni ham taklif qiling. Qiziqarli bo'lsa kerak-a?🤭

Do'stlaringizga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
🔥Endi siz Videomax.uz dan 170$ evaziga 35 ta kursni hammasini xarid qilib olishingiz mumkin.

💣 Agar xoxlasangiz 1 yil mobaynida bo'lib - bo'lib to'lang! (hech qanday foizlarsiz)

Aksiya tugash vaqti 10 - dekabrgacha!


Barcha kurslar bu yerda

👨‍💻 Batafsil ma'lumot uchun hoziroq murojaat qiling:

☎️ TELEFON: +998712006001

📩 Adminga Yozish: @Abbos_Mutalov

🌐 Batafsil Ma'lumot: @Videomaxuz_bot
Taqiq kim uchun? 🤔

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Marhamat tumani hokimi “Zukko kitobxon” tanlovi g‘olibiga ota-onasi bilan Dubayga sayohat yo‘llanmasini taqdim etadi

* Ilmga rag’bat qiladiganlar ko’paygani yaxshida baribir 🙂

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Talaba.uz | Rasmiy kanal |
❗️Botir Zokirov nomidagi san’at instituti uchun imtihon sanasi ma’lum bo‘ldi Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati institutiga kirish imtihonlari 26 noyabr kuni o‘tkaziladi. Bu haqda Davlat test markazi axborot xizmati xabar berdi. Qayd etilishicha…
❗️Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san'at institutiga imtihon topshirgan abituriyentlar hali ham sarson.

20-noyabr kuni ijodiy imithon natijalari, 26-noyabr kuni esa test natijalari e'lon qilindi.

Lekin hali hanuz abituriyentlar o'zlarining o'qishga kirgan yo kirmaganini bilishgani yo'q.

Bu haqida bizga sarson abituriyentlardan biri xabar yo'llagan:

"Bular kvotalarni sotuvga qo'ygan shekilli??? Shunchalik ham ma'suliyatsiz bo'lishadimi? Oradan ancha vaqt o'tyapti

Agar shunga ham pul rol o'ynayotgan bo'lsa, kimdir pora berib harakat qilayotgan va pora olayotgan bo'lsa rahmatli Botir Zokirovning go'rida tikka turg'izarkanda

Shunchalik ham bo'lishadimi? Necha kundan beri qo'l ishga bormay qolgan.

Agar kanalda o'sha ma'sullardan biror bittasi bo'lsa, javob bersin. Nimaga bunaqa qilishyapti. 200-300 nafar abituriyentni kirdi yo kirmadi deb aytish shunchalik qiyinmikan?

Gumon iymonda ayiradi, Xudoni o'zi kechirsin. Lekin buning orqasida korrupsiya turgan bo'lsa, iloyim teshib chiqsin. Farzandlari o'sha harom luqmadan yeb katta bo'lishgandan keyin u ham albatta poraxor iplos bo'ladi"


Bu abituriyentning gapida jon bor. Rostan ham shunchalik qiyinmikan imtihon natijalarini e'lon qilish? Kim kafolat beroladi, "o'yin" bo'lmayotganiga?

🎓Talaba.uz rasmiy kanali
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
CHIZMA GEOMETRIYA VA MUHANDISLIK GRAFIKASI...

Muammolarga yechimni 👉 @chgvakg bilan hal qiling.

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Dzyudochi talaba-yoshlarimiz umumjamoa hisobida mintaqada birinchi bo‘lishdi!

💫 Quvonarlisi, ushbu gʻalabaga oliy taʼlim muassasalari talabalari ham munosib hissa qo‘shishdi.

Qarshi davlat universiteti talabalari:

🥇 Suhrob Rajabov (-100 kg) – oltin;
🥇Farangiz Xolmurodova (-70 kg) – oltin;
🥉Nurbek Murtazoyev (-81 kg) – bronza.

Urganch davlat universiteti talabalari:

🥇Halimaxon Qurbanova (-48 kg) – oltin;
🥇Sita Qadamboyeva (-52 kg) – oltin;
🥇Shukurjon Aminova (-57 kg) – oltin.

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filiali talabalari:

🥇Irisxon Qurbonboyeva (-78 kg) – oltin;
🥈Hosiyat Masharipova (+78 kg) – kumush medalga sazovor bo‘ldi.

* Shunday sergʻayrat yoshlarni harakati ortidan Oʻzbekiston birqancha tanildi. Biz ham kanalimiz hamda barcha talabalar nomidan sizlarga omad tilaymiz. Gʻalaba barchamizga muborak boʻlsin ☺️

🎓Talaba.uz rasmiy kanali
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
JUMA AYYOMINING BAROKATI SIZGA MUKAMMAL YOG'ILSIN, AZIZ DINDOSHIM!

Sayyidul ayyom va hajjul masokinning hayri va barakasi siz-u bizlarga boʻlsin ☺️

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️ 23 yoshida qamalib 45 yoshda ozodlikka chiqqan sobiq mahkum uyini topolmadi...

Ota onasi uni ko‘rib...
Oradan 22 yil o‘tibdi

* Siz bosgan har bir qadam uchun oʻzingiz javob berasiz, lekin sizni ortingizdan qancha insonlar azob tortishadi buni ham his qiling. Oʻylab qadam bosing azizlar 😊.

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg