Talaba.uz | Rasmiy kanal |
8.59K subscribers
3.34K photos
1.24K videos
251 files
8.66K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @NodirUz
Download Telegram
❗️Qaysi hududda o‘qishga kirish ko‘rsatkichi yuqori?

Yuqorida talaba bo‘lgan abituriyentlar soni bo‘yicha ma’lumot bergan edik. Lekin aytganimizdek, bu umumiy abituriyentlarning soni ko‘pligi bilan bog‘liq edi. Ya’ni aholisi ko‘p hududdan ko‘proq talaba chiqqan, bu tabiiy hol.

Foizga nisbatan olsak, reyting umuman boshqacha chiqadi. Bunday reytingda Buxoro viloyati yaqqol ustunlik qilmoqda. Mazkur viloyat abituriyentlarining 26,8%i talaba bo‘lgan. Keyingi o‘rinlarda Navoiy (24,6%) hamda Farg‘ona (23,4%) viloyatlari egallagan.

O‘qishga kirish ko‘rsatgichi bo‘yicha oxirgi o‘rinlarni Qashqadaryo (17,8%), Sirdaryo (17,3%) hamda Toshkent viloyati (15,9%) egallagan.

Talaba bo‘lgan abituriyentlar foizi bo‘yicha hududlar reytingi quyidagicha:

Buxoro – 26,8%;
Navoiy – 24,6%;
Farg‘ona – 23,4%;
Qoraqalpog‘iston – 22,4%;
Namangan – 21,6%;
Toshkent shahri – 21,6%;
Xorazm – 21%;
Samarqand – 19,2%;
Jizzax – 18,9%;
Andijon – 18,3%;
Surxondaryo – 17,9%;
Qashqadaryo – 17,8%;
Sirdaryo – 17,3%;
Toshkent viloyati – 15,9%.
©xushnudbek

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Rasman

Magistratura javoblari chiqdi

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️ Emlangan talabalarga to‘lov-kontraktda 10 foiz chegirma beriladi. Qayerga murojaat qilish kerak?

Talaba o'ziga yaqin bo'lgan oilaviy poliklinikaga yoki qishloq vranchlik punktiga murojaat qilib, anketa to'ldirib 3 bosqichda vaksina olgandan so'ng emlangani to'g'risida sertifikat oladi. Ushbu sertifikatni o'zi ta'lim olayotgan OTMga taqdim etadi. Shundan so'ng unga kontraktda 10 foiz chegirma beriladi.

Vaksina turiga qarab 2 yoki 3 bosqichda 1 oy farqi bilan emlanadi. Shu sababli to'liq emlanganlik to'g'risida sertifikat olish uchun 2-3 oy vaqt ketadi. Oldinroq harakat qilishmi maslahat beramiz, hozircha vaksinalar tekin, keyinchalik vaksinalar pullik bo'lib ketmasligiga ham hech kim kafolat bermaydi.

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
- Yo'lga chiqdim
- Sekinroq yuradigan moshinga min
- Xo'p
- Oldinga emas, orqaga o'tir
- Aha, xo'p
- Chetga emas, o'rtaga o'tir - eshik ochilib ketsa tushib ketmaysan
- Xo'p, xo'p...


Sog'inib ko'zlari to'rt bo'lsa ham, tezroq borishimizni emas, sog'-omon yurishimizni so'raydigan onajonlarimizning borligiga shukr!😊

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️ RASMAN: Magistr javoblari chiqdi. Mutaxassislik fanidan 56dan kam to'plaganlar tavsiya etilmagan.

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️ Qonunchilikka ko‘ra, yotoqxona bilan qamrab olinmagan va o‘ziga, shu jumladan ota-onasi (qonuniy vakillari)ga tegishli bo‘lmagan uyda ijarada yashaydigan davlat OTM talabalarining 60 foiziga ular tomonidan to‘lanadigan oylik ijara to‘lovining 50 foizi Davlat byudjeti hisobidan qoplab beriladi.

🔘 Bunda:

ijara to‘lovining qoplab beriladigan qismi Toshkent shahrida – BHMning 1 baravari, qolgan hududlarda – BHMning 0,5 baravaridan oshmasligi lozim;

ijara to‘lovining qoplab beriladigan qismi birinchi navbatda ehtiyojmand oila farzandlariga, o‘rnak ko‘rsatgan va faol talabalar uchun qoplab beriladi;

OTM tomonidan ularning byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan ijara huquqi asosida yashaydigan boshqa talabalarga ham oylik ijara to‘lovining bir qismi qoplab berilishi mumkin.

Talabalarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️Talabalarning sarsongarchiligi boshlandi.

Samarqand davlat chet tillari insitututi yotoqxonasida olingan surat.

Yigitlarga qo'shilib qizlar ham og'ir yuklarini ko'tarib kelib, navbat kutishmoqda... Bu navbat bilan ular 2-3 kun kutishsa kerak

Mutasaddilarga yuboring👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️Litseylarga kirish imtihonlarining javoblari chiqdi

▪️2021-yil 30-avgust kuni oʻtkazilgan akademik litseylarga kirish test sinovlarining natijalari eʼlon qilindi.

Talabgorlar o'z natijasini litsey.edu.uz portalidagi shaxsiy kabinetiga oʻzining login va paroli bilan kirgan holda bilishi mumkin.

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
​​Sessiya, seminar, o'qish tashvishlar
Leksiya yozishlar, darsdan qochishlar
Stipendiya kutib kunlar sanashlar.
Umrning mazmuni ushbu damlarim
🎓Talabalik davrim - oltin damlarim!🎓

Darsga kech qolishlar, gap eshitishlar
Oxirgi partada uxlab qolishlar
Oraliq vaqtida joy talashishlar.
Hayotning zavqidir bunday damlarim
🎓Talabalik davrim - oltin damlarim!🎓

Maruza darsida hazil huzillar
Seminar paytida jim jit turishlar
Lek 4 lik va 5 lik baho sòrashlar.
O'zgacha his berar ushbu damlarim
🎓Talabalik davrim - oltin damlarim!🎓

Darsda kòp yozganda charchab qolishlar
Sessiyadachi 12 varoq daftar tòlishlar
Shunda ham charchoqni bilmay yozishlar.
Esdan chiqmas aslo bunday damlarim
🎓Talabalik davrim - oltin damlarim!🎓

Sesssiya vaqtida zalda yurishlar
Hatto abed ham qilmay qolib ketishlar
Domlo nima desa "xòp" deb turishlar.
Umrbod esda qolar ushbu damlarim
🎓Talabalik davrim - oltin damlarim!🎓

Olti oyda kanspekt yozmay yurishlar
Sessiya kelganda shoshib qolishlar
Talabalar bir-biridan yordam sòrashlar.
Qandaydir zavq berar bunday damlarim
🎓Talabalik davrim - oltin damlarim!🎓

Bayramlarda kursdoshlar banket qilishlar
Ayniqsa, talabalar kuni darvin surishlar
4 yillik bayramdir bunday yurishlar.
Hech narsaga teng kelmas ushbu damlarim
🎓Talabalik davrim - oltin damlarim!🎓
Muallif: Dildora Rajabova

Do'stlarga ham ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
4 yil o'qib, yana magistraturani imtihonida (mutaxassislik imtihonida) 56 balldan kam to'plab, adolat haqida gapirganlarni ko'rib kulishni ham, yig'lashni ham bilmaysan. Achinarlisi esa shu talab qilayotgan adolatini eplab yozishni ham bilmaydi. Yoki «cuntiromid»...

Ⓜ️ masofatalim

Do'stlarga ham ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️ Bugundan dolzarb muommoga aylansa kerak😁

Talabalarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
"Xo‘rlangan talaba"
Rejissyor: Xo‘rlangan Qahad "рыжий".

Namoish bosh homiysi: "Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi".

Kartina direktori: Surbet DTM.

Mustaqillik yoshlarining "Talaba ham odammi?" asarlari asosida suratga olingan.

Biletlar barcha uy-bozorlari kassasida yoxud maklerlar qo‘liga chiqib ketgan.

Ⓜ️ RaisBuva

Talabalarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️ Joriy yil Davlat test markazining “transfer.dtm.uz” elektron tizimi orqali Sog‘liqni saqlash vazirligiga ushbu masala bo‘yicha 6 372 ta ariza kelib tushdi.

Test natijalariga ko‘ra:
👉 100,0 ball va undan yuqori ball to‘plagan talabalar 545 nafarni,
👉 99,9-56,7 ball to‘plaganlar 2 853 nafarni, 56,6 va undan past ball to‘plaganlar esa 2 764 nafarni tashkil etdi.
👉 Ariza topshirganlarning 210 nafari esa turli sabablarga ko‘ra sinovlarda ishtirok etmadi.

P/S: Xulosa shuki, 6 372 nafarda faqat 545 nafari o'qishini ko'chirishga erishgan.

Do'stlaringizga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Boyish sirlari... Yoxud Hozirgi davr muammosi...

— Stiv siz qanday qilib boyigansiz?
— Mandat chiqishi bilan viloyatdan Toshkentga taksi qilishni boshlaganman.

— Sizchi Bill?
— Men sentyabrdan narxlarni osmon qilib kvartira ijaraga berganman.


Talabalarni sogʻish zoʻrda. Ularda iloj, bizda esa VIJDON yoʻq.

Ⓜ️ Registon LC

Talabalarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️Kollejlar va texnikumlarga 2021/2022-o‘quv yili uchun 10-sentabrga qadar (shu kuni ham) o’qishga qabul qilish uchun ONLAYN ro‘yxatdan o’tkazish davom etmoqda.

👉 Kollejlar uchun elektron platformahttps://kollej.edu.uz.

✔️Abituriyentlar uchun 176 ta kollejda jami 170 dan ortiq kasblar va mutaxassisliklar mavjud.

👉 Texnikumlar uchun elektron platformawww.texnikum.edu.uz.

✔️Abituriyentlar uchun 197 ta texnikumda jami 138 dan ortiq mutaxassisliklar mavjud.

🔰Elektron platforma orqali quyidagi tartibda ro‘yxatdan o‘tiladi:

1️⃣ Elektron ariza to‘ldiriladi;

2️⃣ Umumta’lim maktabining 11-sinfni tugatganligini tasdiqlovchi attestat (elektron) nusxasi yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasasini tamomlaganligi to‘g‘risidagi diplom (elektron) nusxasi yuklanadi;

3️⃣ passport ma’lumotlar kiritiladi.

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️Texnikumlarga qabul kvotalari tasdiqlandi

▪️2021/22-o‘quv yilida O‘zbekistondagi texnikumlarga jami 103 098 nafar yoshlar qabul qilinadi. Kvotalar ta’lim shakllari bo‘yicha taqsimoti quyidagicha:

▫️69648 kvota – kunduzgi (kvotalar)
▫️22871 kvota – sirtqi (kvotalar)
▫️7993 kvota – kechki (kvotalar)
▫️2586 kvota – dual (kvotalar)

Sirtqi, kechki va dual ta’lim shakllarida grant yo‘q. Kunduzgi shaklga 13 666 kishi davlat granti asosida, 55 982 kishi kontrakt asosida qabul qilinadi.

Texnikumlarga onlayn hujjat topshirish 10-sentabrga qadar texnikum.edu.uz platformasi orqali amalga oshiriladi.

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
​​​​«Super kontrakt» haqidagi ba’zi savollarga javoblar:

Qo‘shimcha kontrakt har yili to‘lanadimi yoki bir marta?

Bir marta to‘lanadi. 1-o‘quv yilini tugatgandan so‘ng keyingi yillarda hamma qatori oddiy kontraktni to‘lab o‘qishadi.

Magistraturada ham qo‘shimcha qabul bormi?

Ha, bor. Faqat magistraturada bakalavrga o‘xshab tabaqalashtirilgan qimmat kontrakt to‘lanmaydi, oddiy kontrakt narxi qancha bo‘lsa, qo‘shimcha qabul qilingan magistrlar ham shuncha to‘lashadi.

Super-kontraktni bo‘lib-bo‘lib to‘lasa bo‘ladimi?

O‘tgan yili super-kontraktni yil davomida ikkiga bo‘lib yoki hattoki oylarga bo‘lib to‘lash imkoniyati ham berilgan edi. Joriy yilda ham berilsa kerak.

Super-kontrakt uchun ta’lim krediti olsa bo‘ladimi?

Yo‘q, super-kontrakt uchun ta’lim krediti berish amaldagi qonunchilikda belgilanmagan. Lekin banklar bozor narxlarida o‘z kreditlarini taklif etishi mumkin.

Sahifamizga qo'shiling👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Indoneziyada DAN xodimlari tongi razvodda Allohning ismini zikr qilib, Uning Rasuliga(s.a.v) salovatlar aytmoqdalar.

O‘zlari uchun ham, xalqi uchun ham qanchalar xayrli ish! Hayrliligi shundaki, Allohni Ismini zikr qilib, salovatlar aytib ishgan chiqqan xodimlarni 90 foizi halol ishlaydi. Qiyomatga ishonmagan 10 foiz munofiqgina pora olishi mumkin. Bu esa rivojlanish, taraqqiy etish uchun juda yaxshi ko‘rsatgich.

Do'stlaringizga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Bizga umuman aloqasi yo’q ekan buni… )))

Talabalarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg