Talaba.uz | Rasmiy kanal |
8.58K subscribers
3.34K photos
1.24K videos
251 files
8.66K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @NodirUz
Download Telegram
❗️"Yangi O‘zbekiston" universiteti boylarning farzandlari uchun ochilganmi?

▪️"Yangi O‘zbekiston" universitetida 1 yillik o‘qish mahalliy talabalar uchun qariyb 50 mln so'm (1 semestr – 24 mln 850 ming so‘m), xorijiy talabalar uchun $10 ming qilib belgilandi.

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Toshkentda talabani kaltaklab, komaga tushirib qo‘ygan abituriyentga sud hukmi o‘qildi

Toshkentdagi O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti talabasi kursdoshining ukasi bilan janjallashishi oqibatida tan jarohati olib koma holatiga tushib qolgani haqida xabar berilgandi. Ushbu jinoyatni sodir etgan fuqaroga sud qonuniy chora ko‘rdi.

Ma’lum bo‘lishicha, voqea sodir bo‘lgan kun amaliy dars jarayonlari paytida kiyinish xonasida poyabzal ustidan tortishuv kelib chiqadi. Tushunmovchilikni darsdan so‘ng hal qilishni kelishib olgan yigitlar ta’lim dargohidan chiqib aholi yashaydigan xonadonlar tomon yo‘l oladi.

Janjal oqibatida 20 yoshli J.A. ismli yigit tan jarohati olib kasalxonaga yotqiziladi.

Jabrlanuvchining otasi aytishicha, o‘g‘lini 3 kishi urgan. Biroq ayblanuvchining advokati himoyasidagi shaxs bu ishni bir o‘zi sodir qilganini ma’lum qilgan.

“Aybimdan pushaymonman. Agar o‘sha kun qaytib kelganida u bola bilan urishmasdim. Kechirim so‘rayman”, – deydi 18 yoshli ayblanuvchi.

Ayblanuvchi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi “e”,“k” bandlari (bezorilik oqibatida bir guruh shaxslar tomonidan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan aybdor deb topildi va unga nisbatan 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazo umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi.

* Tushunyapsizmi? 1ta poyabzalni deb…

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Prezident stipendiyasini olish uchun 4 ta shart

▪️Shavkat Mirziyoyev talabalar uchun Prezident grantini ta’sis etdi.

↗️ telegra.ph/scholarship-07-14

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
11 yoshli bolakay bir yil ichida universitetni tamomlab, hech kimning xayoliga kelmagan rejalar tuza boshladi

Belgiyalik 11 yoshli bola Antverpen universitetini tugatib, fizika bo‘yicha bakalavr darajasini qo‘lga kiritdi. Loran Simons (Laurent Simons) akademik daraja olish uchun atigi bir yil sarfladi. Odatda buning uchun uch yil kerak bo‘ladi.

Endi vunderkind bola Flaman universiteti magistri bo‘lish haqida o‘ylayapti. Shundan keyin hech kimning xayoliga kelmagan rejalarini amalga oshirmoqchi.

«Men imkon qadar ko‘proq a’zolarimni sun’iysiga almashtirishni xohlayman», — dedi Simons

Avvalroq u Bryugge maktabida bir yarim yil ichida to‘liq kursni tamomlagan.

Bola 2019-yil oxirida 9 yoshida Eyndxoven Texnologiya Universitetini elektrotexnika ixtisosligi bo‘yicha o‘qishni tugatishi kerak bo‘lganida dunyoga tanildi. Universitet ma’muriyati va ota-onasi o‘rtasida bitiruv sanasi bo‘yicha kelib chiqqan nizo tufayli Simons maktabni tark etishiga to‘g‘ri kelgan.

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️ RASMAN: “Temir daftar”ga kiritilgan oilalarning davlat OTMlarida o‘qiyotgan farzandlariga birinchi o‘quv yili uchun to‘lov-kontrakti to‘lab beriladi

“Yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ularning ijtimoiy faolligini yanada oshirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident farmoni (PF–6260-son, 13.07.2021 y.) qabul qilindi

💰 Farmonga ko‘ra, 2021-yil avgust oyida “Temir daftar”ga kiritilgan oilalarning 18 yoshgacha bo‘lgan har bir farzandi uchun 500 ming so‘m miqdorida bir martalik moddiy yordam ko‘rsatiladi.

➡️ “Temir daftar”ga kiritilgan oilalarning davlat OTMlarida ta’lim olayotgan farzandlariga 2021/2022-o‘quv yilida birinchi o‘quv yili uchun to‘lov-kontraktning to‘liq summasi qoplab beriladi.

🏦 “Temir daftar” va “Ayollar daftari”ga kiritilgan oilalar farzandlari hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga yangi turmush qurayotganida o‘z xonadonida qo‘shimcha uy-joy qurishi uchun 33 million so‘mgacha garovsiz kredit ajratiladi.

🏚 Ipoteka dasturi doirasida boshlang‘ich badal va foiz to‘lovlari bo‘yicha qo‘shimcha 2 mingta yosh oilaga uy-joy sotib olishi uchun subsidiya ajratiladi.

🎓 2021-yil 1-sentyabrdan respublikadagi OTMda to‘lov-kontrakt asosida o‘qiyotgan talabalar uchun Markaziy bankning asosiy foiz stavkasi miqdorida va o‘qish muddati tugagandan keyin yettinchi oydan boshlab 7 yil muddatda qaytarish shartlari asosida ta’lim kreditlari beriladi.

☑️ Davlat organlari va tashkilotlarida ishlayotgan nufuzli xalqaro reyting tashkilotlarining yuqori 500 talik ro‘yxatiga kiritilgan xorijiy OTMlarini tamomlagan yoki ularda ilmiy daraja (PhD va unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy daraja) olgan yosh mutaxassislarning lavozim maoshiga qo‘shimcha ustamalar to‘lab borish tartibi joriy etiladi.

Oylik ustamalar 2021-yil 1-oktabrdan boshlab Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, ish beruvchi va yosh mutaxassis bilan 3 yilgacha bo‘lgan muddatga tuzilgan shartnoma asosida yosh mutaxassisning lavozim maoshiga qo‘shimcha ravishda har oy to‘lab boriladi.

Ⓜ️ Adliya vazirligi

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️ Mirobod tumanida fuqaroni 10 000 AQSH dollari evaziga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan firibgar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Mirobod tumani bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, muqaddam firibgarlik va boshqa jinoyatlari uchun sudlangan D.A. fuqaro R.ga o‘zini O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim vazirligida ishlashini aytib, uni 10 000 AQSH dollari evaziga Qirg‘iziston Respublikasidagi xalqaro universitetga o‘qishga kiritib qo‘yishga so‘ngra yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali o‘qishini Toshkent Pediatriya institutiga ko‘chirtirib berishga ishontirib, shundan 8 000 AQSH dollarini muqaddam qo‘lga kiritib, qolgan 2 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
❗️"Perevod" uchun ariza topshirish bugun, 15-iyuldan boshlanadi

▪️"O'qishni ko'chirish uchun arizalar transfer.edu.uz platformasi orqali 15-iyuldan 5-avgustgacha olinadi", deb ma'lum qilgandi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bosh boshqarma boshlig‘i Abduvali Xoliqov

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
@TalabaUz.pdf
130.7 KB
❗️ Rasman! Imtihonlar 28-iyuldan boshlanadi!

Kamoliddin Bekzod nomidagi milliy rassomlik va dizayn instituti ijodiy imtihon topshirish kunlari ijtimoiy tarmoqlarda tarqalmoqda.

Ro‘yxatga ko‘ra, ijodiy imtihonlar 28-iyuldan 7-avgustga qadar davom etishi belgilangan.

👉 2021-2022 o‘quv yilida kasbiy(ijodiy) imtihonlarda abituriyentlarga berilishi mumkin bolgan vazifalardan namunalar

👉 Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutiga kirish kasbiy(ijodiy) imtihon dasturlari va baholash mezonlari

Boshqa oliygohlar sanasi👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️ 2021-2022-o‘quv yili uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni haqida ma’lumot (2021-yil 14-iyul 18:00 holatiga)

Jami ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni 400 818 nafar.

Ta’lim shakli bo‘yicha:

👉 Kunduzgi ta’lim shakli – 235 882 nafar;
👉 Sirtqi ta’lim shakli – 153 430 nafar;
👉 Kechki ta’lim shakli – 11 506 nafar.

Tillar kesimida:

👉 O‘zbek tili – 341 103 nafar;
👉 Rus tili – 47 674 nafar;
👉 Qoraqalpoq tili – 10 381 nafar;
👉 Boshqa tillar – 1 660 nafar.

Abituriyentlar tomonidan eng ko‘p tanlanayotgan OTMlar:

👉 O‘zbekiston milliy universiteti – 13 823 nafar;
👉 Toshkent davlat pedagogika universiteti 13 560 nafar;
👉 Namangan davlat universiteti – 12 922 nafar;
👉 Jizzax davlat pedagogika instituti – 12 723 nafar;
👉 Urganch davlat universiteti – 12 030 nafar.

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️ 2-mutaxassislik uchun qabul 20-iyuldan boshlanadi — Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

▪️Amaldagi tartib bo‘yicha, 2-oliy ma’lumot olish uchun hujjatlar 20-iyuldan 20-avgustgacha qabul qilinadi, deb xabar berdi OO‘MTV.

Hujjatlar OTMning qabul komissiyasiga topshiriladi. Abituriyent:
▫️Rektor nomiga ariza;
▫️Oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom asl nusxasi va ilovasini taqdim etishi kerak.

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Assalomu alaykum.

Sayyidul ayyom va hajjul masokinning hayri va barakasi siz-u bizlarga bo’lsin.

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️"Perevod" uchun onlayn arizalar qabuli boshlangani ma’lum qilindi

▪️2ta platforma orqali: transfer.edu.uz yoki transfer.dtm.uz orqali ariza topshirish mumkin. Oxirgi muddat – 5-avgust.

Eslatib o‘tamiz, bu yil o‘qishni ko‘chirish imtihonlarini DTM oladi.

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Jizzax shahrida 18 000 AQSH dollari evaziga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Jizzax shahar bo‘limi hamda DXXning viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqarolar G.R. va J.S.lar oldindan til biriktirib, ikki nafar fuqaroni vakolatli tanishlari orqali 18 000 AQSH dollari evaziga xorij universitetlaridan biriga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilib, shundan 5 800 AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Сўз эркинлиги – бор эркинликми?

“Бир қадам олдинга икки қадам орқага”
юр дейишади доно халқимиз!

Биз бир қадам олдинга юриб, @blogeruzofficial каналига кирдик ва блогерларнинг ижодига қойил қолдик. Асосий каналда мустақил фикр, креатив ёндашув мавжуд.

Мен сизларга ҳам Bloger.uz каналини тавсия қиламан.
​​Abituriyentlar diqqatiga!

👨🏻‍💻 Ma’lumki, oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirish uchun abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish davom etmoqda.

📆 Ro‘yxatga olish jarayoni Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va Davlat test markazining my.dtm.uz sayti orqali amalga oshirilmoqda va 22-iyulga qadar davom etadi.

📌 Qabul jarayonlari yakunlanishiga ham kam fursat qolganligini, ayrim abituriyentlar shaxsiy ma’lumotlarini kiritgan bo‘lsa-da haligacha ta’lim yo‘nalishlarini tanlamaganligini, oldingi yillar bitiruvchilari ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng test sinovi uchun to‘lovni amalga oshirishlari kerakligini, chet tilidan xorijiy sertifikatlarni tekshirish ma’lum vaqt talab etishini inobatga olgan holda abituriyentlarga qabulning oxirgi kunini kutmasdan ertaroq ro‘yxatdan o‘tishlarini tavsiya qilamiz.

Davlat test markazi tomonidan onlayn ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha bir qator videoroliklar tayyorlangan bo‘lib, abituriyentlar mazkur videoroliklar orqali ro‘yxatdan o‘tishning barcha bosqichlari to‘g‘risida batafsil ma’lumotga ega bo‘lishlari mumkin.

👉 Oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoqo‘llanma (o‘zbek tilida): https://youtu.be/zaSXZDFte00.

👉 Oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoqo‘llanma (rus tilida): https://youtu.be/oqMXbNmt-MM.

👉 Test sinovlari uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tishning barcha bosqichlari bo‘yicha eng muhim ma’lumotlar: https://youtu.be/PB9SXhqUHus.

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
#savol

​​Men bakalavriatda davlat granti asosida tahsil oldim. Endilikda magistraturani chet elda davom ettirmoqchiman. Bunday holda menga bakalavr diplomining asl nusxasi beriladimi? Magistrlik darajasini olib kelganimdan so‘ng ham 3 yil ishlab berishim kerakmi? Agar xuddi shu tartibda O‘zbekistonda magistraturada o‘qisam, tartibi qanday bo‘ladi?

JAVOB: Amaldagi tartibga ko‘ra, barcha ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha davlat grantlari asosida tahsil olgan oliy ta’lim muassasalari bakalavr va magistrlari majburiy tartibda kamida uch yil ishlab berish sharti bilan ta’lim muassasalariga taqsimlanadi.

Oliy ta’lim muassasalarini davlat grantlari asosida bakalavriatni tamomlagan bitiruvchilar magistraturaga to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilingan taqdirda, kamida uch yil ishlab berish majburiyati magistraturani yakunlagandan so‘ng amalga oshiriladi.


Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Yashnobod tumanida fuqaroni “Xorijdagi” o‘qishini ko‘chirtirib berishni va’da qilgan firibgar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Yashnobod tumani bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro T.I. fuqaro Sh.ning ishonchiga kirib, unga Qirg‘iziston Respublikasi O‘sh davlat universitetini 1-kursini tamomlaganligi to‘g‘risida hujjatlarni rasmiylashtirib berib, keyinchalik yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida o‘qishini Toshkent tibbiyot Akademiyasiga ko‘chirtirib berish evaziga 6 000 AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️ Kirish imtihonlari karantin sabab sentabr oyiga qoldiriladi!

Respublika maxsus komissiyasi qaroriga koʻra, ochiq va yopiq hududlarda ommaviy tadbirlar oʻtkazilishining toʻxtatilishi munosabati bilan akademik litseylarga dastlabki saralash hamda asosiy imtihonlarni oʻtkazish vaqti maʼlum bir muddatga surildi.

Bu haqda oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi xabar bermoqda.

📅 Epidemiologik vaziyatdan kelib chiqqan holda akademik litseylarga saralash imtihonlarining oʻtkazilishi joriy yil sentabr oyining birinchi yarimida rejalashtirilmoqda.

Abituriyentlarga yuboring👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️ Hayit namozi o‘qilmaydigan bo‘ldi

Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar kengashi FATVOSI e’lon qilindi.

Unga ko‘ra, Qurbon hayiti namozida katta jamoat bir joyda jamlanishini inobatga olib, pandemiya yanada avj olmasligi, vabo oqibatlarini yumshatish maqsadida shu kuni iyd namozi ado etilmaydi.

Uning o‘rniga uyda Zuho namozini o‘qish tavsiya etildi.

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
​​Sirdaryo, Toshkent va Farg‘ona viloyatlarida o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sirdaryo viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro X.J. boshqa bir fuqaroni O‘zbekiston Davlat Jismoniy tarbiya universitetiga yuqori lavozimda ishlovchi tanishi orqali o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 4 500 AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Departament va DXXning Toshkent viloyat boshqarmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro F.Yo. boshqa bir fuqaroni o‘zining vakolatli tashkilotlarda ishlovchi tanishlari orqali Qozog‘iston Respublikasidagi oliy ta’lim muassasasiga o‘qishga kiritib, 2-kursdan O‘zbekiston Respublikasidagi oliygohga ko‘chirib berishi evaziga fuqaro Sh.X.dan firibgarlik yo‘li bilan 5 800 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departament va DXXning Farg‘ona viloyat boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Farg‘ona Davlat universiteti talabalari X.M. va Sh.T. oldindan til biriktirib, yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali fuqaro M.B.ni o‘qishini xorij universitetidan Farg‘ona Davlat universitetiga ko‘chirib berish hamda ikki nafar fuqaroni Farg‘ona Davlat universitetining sirtqi bo‘limiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilib, evaziga 10 000 AQSH dollarini olgan vaqtlarida qo‘lga olinganlar.

Tezkor tadbir davom ettirilib, Farg‘ona shahridagi «S» o‘quv markazi o‘qituvchisi E.A. fuqaro M.B.ni o‘qishini xorij universitetidan ko‘chirib berish hamda ikki nafar fuqaroni o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilib, evaziga talab qilgan 8000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168–moddasi (firibgarlik) va 28,211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Hurmatli ota-onalar va abituriyentlar!

Bugungi kunda, Respublikamizda mavjud 141 ta oliy ta’lim muassasalarining barchasiga onlayn hujjat topshirish va o‘qishga kirish borasida keng imkoniyatlar yaratilgan bo‘lib, ya’ni har bir abituriyent bir vaqtning o‘zida mos ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 5 tagacha OTM larga hujjat topshirishi, shu bilan birga kirish imtihonlaridan yetarlicha ball to‘plolmagan taqdirda kontrakt yoki oshirilgan kontrakt to‘lovlarini amalga oshirish orqali ham talaba bo‘lish imkoniyati yaratilgan.

Shunday ekan, oliy ta’lim muassasalariga hujjat topshirishda, o‘qishga kirishda ochiqlik va shaffoflik tamoyillari asosida harakat qilishingizni, firibgarlar tuzog‘idan ehtiyot bo‘lishingizni so‘rab qolamiz.

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg