Talaba.uz | Rasmiy kanal |
8.77K subscribers
3.34K photos
1.24K videos
251 files
8.65K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @NodirUz
Download Telegram
​​O‘zbekistondagi oliy o‘quv yurtlari orasida birinchi bo‘lib Yevropada o‘z filialini ochgan institut

Ispaniya Sog‘liqni saqlash vazirligi, Palma de Mayorka provinsiyasi rahbariyati, Balear universiteti vakillari hamda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va Toshkent davlat stomatologiya instituti hamkorligida tashkil etilgan anjumanda mazkur kelishuvga erishildi.
Unga ko‘ra, Ispaniyaning Balear universitetining ADEMA stomatologiya ta’lim dargohida Toshkent davlat stomatologiya institutining filiali tashkil etiladigan bo‘ldi. Qayd etish kerak, bu O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarining rivojlangan Yevropa davlatlaridagi ilk filiali hisoblanadi.

Onlayn konferensiya tarzida o‘tkazilgan muzokarada Ispaniya sog‘liqni saqlash vaziri P.Gomes, Palma de Mayorka shahri meri X.Xila, Balear universiteti prezidenti D.Karassko, Ispaniyaning O‘zbekistondagi faxriy konsuli Karlos Martines va Toshkent davlat stomatologiya instituti rektori Nodir Haydarov ishtirok etdi va kelishuv imzolashdi.

Unga ko‘ra, har ikkala oliy ta’lim muassasasi tomonidan yiliga 30 nafar pedagoglar dars mashg‘ulotlariga jalb etilishi, stomatologiyaning oltita yo‘nalishi bo‘yicha ispaniyalik mutaxassislarni qayta tayyorlash va malaka oshirishi uchun kurslarda o‘qitishga kelishib olindi.

Shuningdek, anjumanda 2021 yildan 100 nafar ispaniyalik talaba stomatologiya yo‘nalishi bo‘yicha malaka oshirish kurslariga qabul qilinishi, ispaniyalik bemorlarga O‘zbekistondagi tibbiy turizm tizimi salohiyatidan foydalanishga sharoit yaratish kabi bir qator masalalar ham belgilab olindi.

Ma’lumot o‘rnida: Ispaniyaning Balear universiteti 1978 yilda tashkil etilgan bo‘lib, Balear hukumati tomonidan boshqariladi. Bugungi kunda 18 mingdan ortiq talabalar ijtimoiy-gumanitar, tibbiyot, stomatologiya, texnika, axborot texnologiyalari kabi yo‘nalishlarda ta’lim olmoqda. Universitet qoshidagi 7 ta ilmiy laboratoriyalarda biologiya, ekologiya, raqamli tibbiyot va genetika yo‘nalishlarida ilmiy-tadqiqot olib borilmoqda.
Ⓜ️ Sog‘liqni saqlash vazirligi, Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi

Doʻstlarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Tanish-bilish, do’q-po’pisa yoki yoza-yozsiz ish bitmaydigan jamiyat haqida

Meni bir savol o’ylantiradi: nega bizda qonun va qarorlar ishlashi uchun albatta bloger yoki jurnalistning aralashuvi kerak, nega bizda biror kattakon tanishingiz bo’lmasa ishingizning bitishi qiyin, nega bizda hamma narsa buyruqbozlikka asoslangan? Unda normativ-huquqiy hujjatlarning nima keragi bor?

Yaqindagina kanalimizda nomdor stipendiyalar sovrindorlari masalasi yil yakunlanayotgan bo’lsa-da ochiq qolayotganligi haqida post e’lon qilgan edik. Maqoladan bir kun o’tib vazir o’rinbosarining nomzodlarning hujjatlarini 1-dekabrga qadar vazirlikka taqdim etish to’g’risida murojaat xati chiqdi.

Yozib bo’lsa ham natijaga erishish mumkin ekan deb o’ylab adashgan ekanmiz. Yo’qsa oradan (1-dekabrdan) 3 hafta o’tib hali ham stipendiatlar ro’yxati e’lon qilinmaganligini qanday tushunish mumkin? Yil yakunlanmoqda, lekin bu masala hali o’z yakunini topmayapti. Hozir bo’lmasa unda qachon. (Yoki kim stipendiat bo’lishini kelisha olishmayaptimi?!)

Mavzu kimgadir bachkana, jo’n yoki arzimasdek tuyilishi mumkin. Lekin oramizda, orangizda keyingi taqdirini shu masala bilan bog’lagan talabalar yo’q emas. Shunday ekan, ozchilik qatlamga tegishli yoki ko’pchilikka — ahamiyatsiz! Muammo baribir muammo.

Yil yakuniga sanoqli kunlar qoldi. Nomzodlar qo’ng’iroqlariga arzirli javob ololmayotganlari haqida ta’kidlamoqdalar. Butun boshli vazirlik bir yilda bir marta bo’ladigan jarayonni tartibga sola olmasligini kimdir tushuntirib bera oladimi?

Nomzodlarni e’lon qilish bir masala, ularga o’tib ketgan oylar uchun stipendiyalarni to’lab berish ham hali ancha hangomalarga sabab bo’ladigan ko’rinadi. Holbuki, kontraktlarni to’latish masalasida ancha faolmiz. Olganda kirar jonim, berganda chiqar jonim.

Xulosa qilganda, bu mavzuda ko’p va xo’p gapirdik. Natijani 31-dekabr kuni 23:59gacha kutmaymiz deb umid qilamiz.

©Nodirbek Ashirov

Mutasaddilarga yuboring👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Biz har kunlik suhbatlashadigan insonlarimizga o'xshab boraveramiz.

Suhbatdoshingizni to'g'ri tanlang xohlaysizmi yo'qmi bu baribir sizga ta'sir o'tkazmay qolmaydi.

Doʻstlarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Bosh vazir ruxsati bilan yana gidroksixloroxin olinmoqda. Talabalar bu shubhali dorini qabul qilishga majburmi?

Dunyo olimlari ham, mahalliy mutaxassislar ham bu preparat koronavirusga qarshi kurashda samarasiz ekanini ta'kidlashadi. Ishlab chiqaruvchilar ham dorini koronavirusga qarshi samarali deb taqdim etmaydi. Lekin bosh vazir Abdulla Aripov imzolagan bayonnomada OTMlarga gidroksixloroxin sotib olib, uni talabalarga tarqatish topshirig‘i berilgan.

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligining gidroksixloroxin asosli «Oksivin» preparatini xarid qilayotgani, bu preparat ishlab chiqaruvchisi Hindiston kompaniyasi ekanligi, shuningdek, yetkazib beruvchi sifatida yagona «Dori-darmon» aksionerlik kompaniyasi tanlangani hamda bu vositalar OTMlarga majburiy «o‘tkazilayotgani» katta bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi.

Shuningdek, amaliyotchi shifokorlarning kichik guruhida o‘ziga xos so‘rovnoma o‘tkazildi va ularga qisqa savol berildi: «Gidroksixloroxin koronavirus profilaktikasida yordam beradimi?» degan savolga so‘rovda ishtirok etganlarning 81 foizi «yo‘q» deya javob berishdi.

Eslatib o‘tamiz: Gidroksixloroxin asosli preparatlar asab tizimi, qon aylanishi, ko‘rish, yurak, oshqozon, jigar va boshqa tizimlarga nojo‘ya ta'siri qilishi mumkinligi haqida ilmiy asoslar mavjud.
© Abror Zohidov

El gʻamini qo'yatur,
Soqqani qil soqqani.


Doʻstlarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Samarali islohatlarimiz natijasida o'zbeklar boshqa davlat nomidan musobaqalarga qatnashmoqda. Bizda hammasi a'lo darajada(mi?).

* Ayb bu qizchada emas!!! Kimdaligini o'zingiz yaxshi bilasiz )))

Doʻstlarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
⚡️⚡️⚡️ MUHIM XABAR: Uzrli sabablarga ko‘ra o‘qishini ko‘chirish istagida bo‘lgan fuqarolar DIQQATIGA !!!

Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 20 iyundagi 393-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risidagi Nizomning 15-bandiga muvofiq uzrli sabablarga ko‘ra o‘qishni ko‘chirish to‘g‘risidagi arizalarni qabul qilish bo‘yicha hududiy ishchi guruhlari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

⚠️ Hududiy ishchi guruhlari 2020 yilning 20 dekabridan 2021 yilning 25 yanvar kuniga qadar (o‘sha kuni ham) faoliyat ko‘rsatadi.

Qayd etilgan Nizomga muvofiq fuqarolar quyidagi uzrli sabablarga ko‘ra hududiy ishchi guruhlariga ariza topshirishlari mumkin:
- talaba bir hududdan ikkinchi hududga doimiy yashash uchun yoki turmushga chiqish munosabati bilan ko‘chib o‘tganda;
- talabaning turmush o‘rtog‘i yoki ota-onasi harbiy xizmat o‘tash joyini o‘zgartirganda;
- talabaning ota-onasi (turmush o‘rtog‘i) xorijdagi davlat xizmatidan qaytganda.

❗️Ushbu sabablardan boshqa holatlarda fuqarolar o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha umumiy tartibda har yili 15 iyuldan 5 avgustga qadar ariza bilan murojaat qilishlari mumkin.

Fuqarolar uzrli sabablarga ko‘ra o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha hududiy ishchi guruhlariga quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari lozim:
- o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ariza (ariza blankasi hududiy ishchi guruhi tomonidan beriladi va talaba tomonidan joyida to‘ldiriladi);
- talabaning reyting daftarchasi yoki belgilangan shakldagi akademik ma’lumotnoma yoki transkript nusxalari (bittasi bo‘lsa yetarli);
- pasport nusxasi;
- yuqorida qayd etilgan uzrli sabablarni asoslovchi tegishli hujjatlar.

O‘qishni qayta tiklash bo‘yicha (ko‘chirib tiklash bundan mustasno) arizalar talabaning chetlatilganligiga necha yil bo‘lganligidan qat’iy nazar bevosita muayyan OTMga taqdim etiladi.
Ⓜ️ Vazirlik telegram kanali

Doʻstlarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
📌 O'qish ko'chirish uchun arizalar onlayn qabul qilinmaydi.

O'qishni ko'chirish uchun ariza topshirish pandemiya sabab transfer.edu.uz sayti orqali amalga oshirilayotgan edi. Lekin hozirgi vaziyatda qat'iy karantin bo'lmayotganini hisobga olgan holda bundan buyog'iga vazirlik arizalarni onlayn qabul qilmaydi.

Xo'sh unda arizalarni qayerga topshiramiz?

Kecha kanalimizga hududiy ishchi guruhlar tashkil etilgan OTMlar ro'yxatini joylaganmiz. Siz 25-yanvarga qadar joylashgan hududingizdagi tashkil etilgan guruhlar joylashgan OTMga borib arizangizni yozib topshirib kelishingiz mumkin.

Masalan: Toshkent shahar va Toshkent viloyatidagilar ariza topshirish uchun Toshkent davlat texnika universitetiga kelib ariza yozib topshirib ketadi.

P/S: Darslar onlayn bo'lib sessiya offlayn bo'lmoqda. O'qishni ko'chirish bo'yicha arizalar ham offlayn qabul qilinmoqda. Odam shubhaga ham borib qoladi. Biz bunga qarshi emasmiz, asosiysi shaffof o'tsa bo'lgani.

Doʻstlarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Agar hozir karantin bo'lmaganida sessiya shu tarzda bo'lar edi😂😂😂

Talabalarga ulashing😅👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Biometrik pasportga ega bo‘lmaganlar ham Milliy test tizimi uchun ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin

Ma’lumki, 2020-yil 1-dekabrdan boshlab ona tili va adabiyot (o‘zbek tili va adabiyot, rus tili va adabiyot, qoraqalpoq tili va adabiyot) hamda matematika fanlaridan Milliy test tizimi uchun talabgorlar onlayn ro‘yxatga olinmoqda.

Ro‘yxatga olish my.dtm.uz sayti orqali amalga oshirilmoqda va 31-dekabrga qadar davom etadi.

Hozirga qadar mazkur sayt orqali faqat biometrik pasportga ega bo‘lganlargina onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin edi.

Endilikda, biometrik pasportga ega bo‘lmagan shaxslar ham Milliy test tizimi uchun ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

Buning uchun ular tug‘ilganlik haqida guvohnoma (pasport yoshiga yetmaganlar) yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning yashash guvohnomasi bilan Davlat test markazi yoki uning hududiy bo‘limlariga murojaat qilishlari mumkin.

Bunda tug‘ilganlik haqida guvohnoma bilan murojaat qiluvchilar shaxsini tasdiqlash maqsadida o‘zlari o‘qiyotgan ta’lim muassasasidan belgilangan tartibda tasdiqlangan rasmli ma’lumotnoma ham taqdim etishlari kerak.

Davlat test markazining Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi hududiy bo‘limlari haqidagi ma’lumot (manzil, mo‘ljal, geolokatsiya, telefon) bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin: https://dtm.uz/page/representatives.
Ⓜ️ Davlat test markazi

Doʻstlarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
ASSALOMU ALAYKUM VA ROHMATULLOHI VA BAROKATUH!

JUMA AYYOMINGIZ MUBORAK BO‘LSIN 🥰


Do'stlarga ham ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
"Barcha yutuqlar shunchaki qo‘lga kiritlmaydi, ular katta tajribani talab qiladi.

Hayotning o‘zi ham - takrorlanuvchi harakatlarning ketma-ketligidan iborat.

Tajriba nima uchun kerakligini anglab yetganimizda, yangi narsani o‘rganish zarurati stressga sabab bo‘lmaydi va xotirjamlik hamda qoniqish hissini beruvchi jarayonga aylanadi, shuningdek hayotdagi muammolarga boshqacha nazar tashlashga yordam beradi".


Do'stlarga ham ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#hazil

"Sen sessiyani yopolmaysan. 2- "ведомость" ga qolib ketasan" deyishsa😁😁

Shunaqa deganlarga yuboramiz😁👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
📌 RASMAN: Bir necha farzandi shartnoma asosida o‘qiyotgan oilalarga imtiyoz beriladi — Prezident

Ikki va undan ortiq farzandi oliy o‘quv yurtida shartnoma asosida o‘qiyotgan oilalarga imtiyozli ta’lim krediti berish yo‘lga qo‘yiladi.
Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkentdagi yoshlar forumida aytib o‘tdi.

Do'stlarga ham ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Prezident Shavkat Mirziyoyev:

«Kelgusi o‘quv yilidan boshlab respublikamizdagi xorijiy oliy o‘quv yurtlarining bakalavriat bosqichi talabalari uchun ham Prezident va davlat stipendiyalari joriy etiladi».

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
​​⚡️ Talabalar uchun Prezident granti joriy etiladi

2021 yildan oliy o‘quv yurtlarida 200 nafar talaba uchun Prezident granti joriy etiladi. Bu grant mablag‘lari o‘qish davri oxirigacha - 4 yil davomida to‘lab beriladi.

Batafsil
: https://oliygoh.uz/talaba/talabalar-uchun-prezident-granti-joriy-etiladi

Do'stlarga ham ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
​​Azizalarimiz

🔰Onam tufayli barcha ayollarni hurmat qilaman.

“Hikmatlar”da onalarning ayrim ta’riflari

#ruhiyat

🔹Onam doim: "Dadalaringiz ishdan uyga qaytganida yuziga kulib, tabassum bilan boqinglar. Chunki tashqari hayotning holati otalarni sindiradigan darajada ayanchli...", derdilar.

🔹Homilador ayol biror a’zosida zararni his qilsa, masalan, yuragiga qon yetib borishida muammo bo‘lsa, ona vujudidagi homila zararni bartaraf qilish uchun hujayra yuboradi. Subhonalloh!

🔹Oila a’zolarimga: «So‘zga chiqishimdan oldin ustimga qahva to‘kilib ketdi» deb, o‘sha noqulay vaziyat haqida gapirib berayotgan edim, barchalari: «Keyin nima bo‘ldi?» deb so‘rashdi. Faqat onam: «Biror ozor yetmadimi?» dedilar.

🔹Bir kuni kasal bo‘lib qoldim... Hamma uxladi, ammo onam ko‘z yummadi.

🔹Onam tufayli barcha ayollarni hurmat qilaman.

🔹Ona doim ishlatadigan yolg‘onlar:
– Bolam, sen yeyaver, mening qornim to‘q.
– Mana bu go‘shtni yegin, men go‘shtni uncha yoqtirmayman.
– Mana bu pulni olaver, menda unga ehtiyoj yo‘q.
– Mana bu choyshabni yopin, men sovqotmayapman.
– Yig‘lama, men kasal emasman.


Boshqa suyukli insoningiz bunday qilishga qodirmi?!
Robbim! Onamni va omiyn deb duoga qo‘shilgan barchani onalarini jannat ahlining sayyidalaridan qilgin!

🔹Har‑bir buyuk ayolning ortida buyuk ona turgan bo‘ladi.

🔹Bitta ona o‘nta bolani parvarishlay oladi, lekin o‘nta bola ba’zan bitta onani parvarishlay olmaydi. Onamni jannat sayyidalaridan qilgin, Allohim!

🔹Tolq ibn Habib onasining boshini o‘par, hurmat yuzasidan onasi turgan uyning tepasida yurmas edi.

🔹Faqih, imom Ibn Asokir ta’lim berishlarini so‘rashgani uchun Xurosonga borishga qasd qildilar. Ammo oz o‘tmay safar haqidagi fikrlaridan qaytdilar va Xuroson ahliga shunday yozdilar: «Onam safarga ruxsat bermadilar».

🔹Ona duosining tugash muddati yo‘q. Ona vafot topsa ham, uning farzandlariga qilgan duosidagi baraka boqiy qolaveradi. Allohim, onamni jannat bilan mukofotla, chunki onam mening hayotimni bo‘stonga aylantirgan edi.

🔹 Onasi vafot topgan kishining u haqidagi ajoyib ta’rifi: «Allohning rahmati (bo‘lmish onam) Allohning rahmatiga rihlat qildilar».
Ⓜ️ arabicuz

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
IELTS va boshqa xalqaro baholash dasturlarida yuqori ball to‘plaganlarga imtihon xarajatlari qoplab beriladi

ELTS, TOEFL, GMAT va SAT imtihonlarida maksimal ballning kamida 75 foizini to‘plagan yoshlarning imtihon xarajatlari to‘liq qoplab beriladi. Bu haqda Toshkentdagi yoshlar forumida prezident Shavkat Mirziyoyev ma'lum qildi.

«O‘z tajribamdan kelib chiqib, sizlarga aytadigan maslahatim shu: ilmni qadrlang, ilmga intiling! Bir soniya vaqtingiz ham bekor o‘tmasin! Yoshlik – umrning eng bebaho davri. Ilm o‘tda yonmaydigan, suvda cho‘kmaydigan, hech kim sizdan tortib ololmaydigan boylik ekanini aslo unutmang! Sizlar mustaqillik farzandlarisiz. Ota-bobolaringiz ko‘rgan to‘siq va qiyinchiliklarni ko‘rmay, ozod Vatanda erkin nafas olib, voyaga yetyapsizlar. Yuksak maqsadlar yo‘lida siz – yoshlar hal qiluvchi kuch bo‘lishingiz kerak. Men sizlarning zimmangizga yuklangan ana shunday ulkan mas'uliyatni, tom ma'nodagi tarixiy vazifani sharaf bilan ado etishingizga qat'iy ishonaman», degan prezident.

Davlat rahbari yoshlar zamonaviy ilm-fan va yuqori texnologiyalarni mukammal egallashi zarurligi, buning uchun barcha kuch va imkoniyatlar ishga solinishini aytib o‘tdi.

«Shu maqsadda ta'lim tizimida tub islohotlarni amalga oshiryapmiz. Sohada mutlaqo yangi tizim – Prezident va ijod maktablari, matematika, ximiya, biologiya fanlari bo‘yicha maxsus maktablarni tashkil etyapmiz. Yoshlarimizga IT texnologiyalarni chuqur o‘rgatadigan ta'lim maskanlarining soni tobora ko‘payib bormoqda.

Bu ishlarimizning ilk mevalarini ko‘ra boshladik. So‘nggi uch yilda mamlakatimiz yoshlari nufuzli xalqaro tanlov va musobaqalarda besh yarim mingtaga yaqin sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritdi.

Toshkent shahridagi Prezident maktabi o‘quvchisi Firdavs Abduqayumov IELTS dasturi bo‘yicha yuqori ball to‘plab, AQShning Jon Karroll universitetida tahsil olish uchun 96 ming dollarlik grant sohibiga aylandi. Firdavs o‘g‘limni, uning ota-onasi va o‘qituvchilarini chin dildan tabriklab, ularga sihat-salomatlik, yangi yutuqlar tilayman»
, degan prezident.

Shu sababli yoshlarning nufuzli xorijiy oliy o‘quv yurtlarida tahsil olishi uchun ko‘maklashishga alohida e'tibor qaratilishi, jumladan, xalqaro ta'lim dasturlari bo‘yicha eng yuqori ballarni to‘plagan iqtidorli yoshlarga imtihon topshirish xarajatlari to‘liq qoplab berilishi ma'lum qilindi.

Do'stlarga ham ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Biometrik pasportga ega bo‘lmaganlar ham Milliy test tizimi uchun ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin

Ma’lumki, 2020-yil 1-dekabrdan boshlab ona tili va adabiyot (o‘zbek tili va adabiyot, rus tili va adabiyot, qoraqalpoq tili va adabiyot) hamda matematika fanlaridan Milliy test tizimi uchun talabgorlar onlayn ro‘yxatga olinmoqda.

Ro‘yxatga olish my.dtm.uz sayti orqali amalga oshirilmoqda va 31-dekabrga qadar davom etadi.

Hozirga qadar mazkur sayt orqali faqat biometrik pasportga ega bo‘lganlargina onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin edi.

Endilikda, biometrik pasportga ega bo‘lmagan shaxslar ham Milliy test tizimi uchun ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

Buning uchun ular tug‘ilganlik haqida guvohnoma (pasport yoshiga yetmaganlar) yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning yashash guvohnomasi bilan Davlat test markazi yoki uning hududiy bo‘limlariga murojaat qilishlari mumkin.

Bunda tug‘ilganlik haqida guvohnoma bilan murojaat qiluvchilar shaxsini tasdiqlash maqsadida o‘zlari o‘qiyotgan ta’lim muassasasidan belgilangan tartibda tasdiqlangan rasmli ma’lumotnoma ham taqdim etishlari kerak.

Davlat test markazining Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi hududiy bo‘limlari haqidagi ma’lumot (manzil, mo‘ljal, geolokatsiya, telefon) bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin: https://dtm.uz/page/representatives.
Ⓜ️ Davlat test markazi

Doʻstlarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg