Talaba.uz | Rasmiy kanal |
8.58K subscribers
3.34K photos
1.24K videos
251 files
8.66K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @NodirUz
Download Telegram
#imtihon_vaqti

❗️Ushbu holat Surxondaryo viloyati Denov tumanidagi "BOSUM" binosida kuzatilgan ekan...

Rasmda nazoratchi abituriyent oldiga o'tirib olib, nimadirlar deyotgani abituriyentlar norozichiligiga sabab bo'lmoqda.

Balkim "tezroq tugat vaqt kam qoldi" deb o'tirgandir. Lekin nazoratchini o'tirib olishiga haqqi yo'q bizningcha, tepasida turib abituriyentni chalg'itishga ham urinmaslik kerak. Balkim abituriyentga ism-familiyasini to'ldirishda yordam berayotgandir bunisi ham noma'lum.

Ikkinchi, videodagi holat bo'yicha fikrimiz. Abituriyent hojatxonaga chiqqan, nazoratchi bilan birga qaytyapti.

Qiziq holat esa, abituriyent ikki qo'li bilan nazoratchini yelkasini qisib qo'ygani bo'lgan) Balkim, ro'molcha topolmagandir...😉

Fikringizni kommentariyada qoldiring...

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Talaba.uz | Rasmiy kanal |
#imtihon_vaqti ❗️Ushbu holat Surxondaryo viloyati Denov tumanidagi "BOSUM" binosida kuzatilgan ekan... Rasmda nazoratchi abituriyent oldiga o'tirib olib, nimadirlar deyotgani abituriyentlar norozichiligiga sabab bo'lmoqda. Balkim "tezroq tugat vaqt kam…
Nogironligi bo‘lgan abituriyentlarga yordam ko‘rsatilmoqda

Davlat komissiyasining bayonida tayanch harakat a’zolarida va ko‘rishda nuqsoni bor nogiron bo‘lgan abituriyentlarga test sinovlarini topshirishda javoblar varaqasini bo‘yashda qulayliklar yaratilishi belgilangan.

2023-yil 1-avgust kuni 2-smenada Denov tumanida o‘tkazilgan test sinovlarida 26-guruhdagi abituriyent S.S.Hasanov ko‘rish qobiliyatida nuqsoni borligi sababli javoblar varaqasini to‘ldirish uchun yordam so‘ragan.

Holat Bilimni baholash agentligi xodimlari tomonidan o‘rganilib, haqiqatdan ham abituriyentning ko‘rish qobiliyatida nuqsoni borligi sababli guruh nazoratchisi tomonidan javoblar varaqasiga tegishli javoblarni bo‘yash uchun yordam ko‘rsatilgan.

Jarayon guruhdagi barcha abituriyentlarning roziligi bilan Bilimni baholash agentligi xodimlari va guruh nazoratchilari kuzatuvi ostida amalga oshirilgan.

© Bilim va malakalarni baholash agentligi

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
​​Bilasizmi judayam xafaman!

Ilmga bo‘lgan e’tiborni har birimiz o‘zimizdan boshlashimiz kerak!

Kecha Shveysariyada kimyo fanidan o‘tgan olimpiadada 2 nafar o‘quvchimiz OLTIN, yana 2 nafari kumush va bronza olib Vatanimiz bayrog‘ini baland ko‘targani haqida xabar chiqardik. Ko‘p OAVga tashlab berdim, lekin afsus ularga qiziq tuyulmadi chog‘i chiqmadi 😔

Agar biror sportchi xalqaro musobaqada g‘alaba qozonsa bormi, ular haqida gapirmagan qolmasdi…

Shunchaki g‘olib bo‘lgan Bolalar, ularning ota-onalari va ustozlari uchun xafaman. Hursand bulishardida o‘zlarini OAVdagi yangiliklarda chet eldan turib o‘qib… Xalqaro olimpiadada Oltin olishsayu ular haqida OAV gapirmasa😔😔

Agar lozim topsangiz shu g‘alaba bilan o‘z sahifangizda bo‘lishib,  bolalarimizni tabriklab qo‘ying! Ijtimoiy tarmoq orqali bolalarimizni qahramon qilaylik!

Eslatib o‘taman, kecha 90 ga yaqin davlatdan 350 nafarga yaqin o‘quvchi ishtirok etgan olimpiadada Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchisi Azizbek Nazarov hamda Uchtepa tumanidagi 81-maktabning 10-sinf o‘quvchisi Abdulloh Mahmudov oltin medal, Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 11-sinf o‘quvchisi Shahzoda Hakimova kumush medal hamda Toshkent shahridagi Prezident maktabining 10-sinf o‘quvchisi Sohibjon Dilmurodov bronza medallarini qo‘lga kiritdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 3 maydagi “Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq oltin medal olgan o‘quvchi bazaviy hisoblash miqdorining 500 baravari (165 mln so‘m), ustozi 450 baravari(148,5 mln so‘m) miqdorida, kumush medal uchun o‘quvchi 300 baravar (99 mln so‘m), ustozi 250 baravar (82,5 mln so‘m) hamda bronza medal uchun o‘quvchi bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravari (66 mln so‘m), ustozi 150 baravar (49,5 mln) pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.

© Maktabgacha va maktab taʼlim vazirligi PR boʼlimi rahbari
Laylo Rustamova


🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
❗️Tez orada 1-avgust kuni bo'lib o'tkan test natijalari e'lon qilinadi

Abituriyentlar necha ball to'plaganlarini ushbu bot orqali bilib olishlari mumkin

👉 @Mandat1Bot

Botdan ro'yxatdan o'ting, rasmda ko'rsatilgan yuqoridagi ID raqamingizni yuboring. Natijalarni tez va oson bilib oling!

Haqiqiy mehnat qilgan abituriyentlarimizga yaxshi ball to'plaganini ko'rish nasib qilsin

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
ESLATMA!

Belgilangan talablarga rioya etmagan abituriyentlar imtihon jarayonlaridan chetlashtiriladi

Xususan, 1-avgust kuni Samarqand viloyatida o‘tkazilgan test sinovlarida abituriyent tomonidan kimyo fanidan test topshiriqlari kitobining varag‘ini yirtib, olib chiqib ketilgani videokuzatuv orqali aniqlanib, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-apreldagi 261-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 52-bandiga muvofiq test sinovidan chetlashtirildi.

Hurmatli abituriyentlar, ruxsatnomada ko‘rsatilgan talablarga qat’iy rioya etishingiz so‘raladi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Test kitobi varag‘ini yirtgan yana bir abituriyent imtihondan chetlatildi

Bugun, 2-avgust kuni Jizzax viloyatida o‘tkazilgan imtihonlarda abituriyentning biologiya fanidan test topshiriqlari kitobining 45 – 60-savollari aks etgan varag‘ini yirtib, olib chiqib ketgani videokuzatuv orqali aniqlandi va u belgilangan tartibda test sinovidan chetlashtirildi.

Eslatma: Hurmatli abituriyentlar, ruxsatnomada ko‘rsatilgan talablarga qat’iy rioya etishingiz so‘raladi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Diqqat natijalar e'lon qilindi!

Abituriyentlar necha ball to'plaganlarini ushbu bot orqali bilib olishlari mumkin

👉 @Mandat1Bot

Botdan ro'yxatdan o'ting, rasmda ko'rsatilgan yuqoridagi ID raqamingizni yuboring. Natijalarni tez va oson bilib oling!

Haqiqiy mehnat qilgan abituriyentlarimizga yaxshi ball to'plaganini ko'rish nasib qilsin

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
⚡️ 2023-yil 2-avgust kuni o‘tkazilgan oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovi natijalari bilan tanishing.

2-avgust kuni test sinovida ishtirok etgan abituriyentlar o‘z natijalarini 3 xil usulda bilishlari mumkin:

1️⃣ my.uzbmb.uz saytining “Natijani olish” bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.

2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
O'qish uchun sabab #1 - fikrlarni boyitish va tasavvurni kengaytirish.

Kitob o'qiganda inson chegarasiz tasavvur qiladi. Holatlarni har kim o'zicha gavdalantiradi. Xuddi shu narsani ko'rganda esa, inson tasavvuri cheklanadi; faqat rejissorlar ko'rishimizni istagan narsanigina ko'ra olamiz, undan ortig'ini emas. Shu sabab deyarli hech qaysi kino uning kitobidan o'tib ketolmaydi (1-2 istisnolar bo'lishi mumkin).

O'qiydigan va televizor ko'radigan bolalarni solishtirgan izlanishlar o'qiydiganlarning ijodiyligi, tasavvuri va muammolarga munosabatida yuqori faoliyat kuzatishgan.

Faqat bolalarmas, kattalarning ham fikrlash darajasini kitob o'qish-o'qimasligidan anglab olish mumkin.

© @weareululalbab

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#eslatma

⚡️Hurmatli abituriyentlar, imtihonga pasport bilan kelishingiz zarurligini unutmang!

1-avgustdan e’tiboran OTMlarga kirish test imtihonlari bo‘lib o‘tmoqda.

So‘nggi kunlarda ayrim abituriyentlarning test sinovlariga shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarsiz yoki kechikib kelishlari ularni imtihonga kiritilmasliklariga sabab bo‘lmoqda.

Shu o‘rinda, shaxsi tasdiqlanmagan yoki kechikib kelgan abituriyentlar test sinoviga qo‘yilmasligini eslatib o‘tamiz.

📹 Test sinovlariga kirish tartibi videoda

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
⚡️ 2023-yil 3-avgust kuni o‘tkazilgan oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovi natijalari bilan tanishing.

3-avgust kuni test sinovida ishtirok etgan abituriyentlar o‘z natijalarini 3 xil usulda bilishlari mumkin:

1️⃣ my.uzbmb.uz saytining “Natijani olish” bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.

2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.

3️⃣ @TalabaUz kanalining quyidagi telegram botiga abituriyent qayd varaqasi yoki ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini yuborgan holda:

👉 @mandat1bot

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#eslatma

❗️Hurmatli abituriyentlar, test sinoviga kech qolmang!

So‘nggi kunlarda ayrim abituriyentlarning test imtihonlariga kechikib kelish holatlari ham kuzatilmoqda. Hurmatli abituriyentlar, imtihonga belgilangan vaqtdan kechikmagan holda pasport bilan kelishingiz so‘raladi.

Eslatma: test sinovlari ikki smenada o‘tkazilayotgan bo‘lib, abituriyentlar test sinoviga passport/ID-karta va abituriyent ruxsatnomasi bilan kelishlari hamda:

1-smenada 07:30 ga qadar;
2-smenada 14:30 ga qadar tekshiruvlardan o‘tgan holda o‘z joyiga joylashgan bo‘lishlari lozim.

Kechikib kelgan abituriyentlar test sinoviga qo‘yilmasligini unutmang!

📹 Test sinovlariga kirish tartibi videoda

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
❗️URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI TALABALARNI ALDADIMI?

"Assalomu alaykum.

Men Urganch Davlat Universitetining Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) 2-mutaxassislik sirtqi yo‘nalishida o‘qiyman. Men 2021-yil suhbat asosida o‘qishga qabul qilinganman. Ya’ni, hujjat topshirgan hammani zalga yig‘ib, kontrakt to‘lasangiz, hammangizni o‘qishga qabul qilamiz, deganlar va o‘shanda siz 4 yil (ya’ni, 2-kursdan boshlab 3 yil o‘qiysiz) deyishgandi. Ikki tomonlama shartnomada ham xuddi shunday deyilgandi.

Keyin biz 1-semestrni o‘qib, sessiyalarni yopdik. Baholar ham chiqdi. Endi 2-semestr uchun shartnoma olganimizda 5 yil (ya’ni, 2-kursdan boshlab 4 yil o‘qiysiz) deyilgan. Bizni bu haqida ogohlantirgani ham yo‘q.

Holbuki, boshqa bir qancha Universitetlardan so‘raganimizda ADU, NamDU va hokazo yana Qoraqalpog‘iston universitetida ham 4 yil (ya’ni 3 yil o‘qish) ekan.

Boshidagi shartnomaga amal qilishgani yo‘q. Bizni huquqimiz poymol bo‘lyapti. Bizga yordam bersangiz, iltimos!"


🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
⚡️ 2023-yil 4-avgust kuni o‘tkazilgan oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovi natijalari bilan tanishing.

4-avgust kuni test sinovida ishtirok etgan abituriyentlar o‘z natijalarini 3 xil usulda bilishlari mumkin:

1️⃣ my.uzbmb.uz saytining “Natijani olish” bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.

2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.

3️⃣ @TalabaUz kanalining quyidagi telegram botiga abituriyent qayd varaqasi yoki ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini yuborgan holda:

👉 @mandat1bot

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Talaba.uz | Rasmiy kanal |
❗️URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI TALABALARNI ALDADIMI? "Assalomu alaykum. Men Urganch Davlat Universitetining Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) 2-mutaxassislik sirtqi yo‘nalishida o‘qiyman. Men 2021-yil suhbat asosida o‘qishga qabul qilinganman.…
Ijtimoiy tarmoqlardagi “Urganch davlat universiteti talabalarni aldadimi?» sarlavhali post yuzasidan

RADDIYA

Shu yilning 5-avgust sanasida ijtimoiy tarmoqlarda “Urganch davlat universiteti talabalarni aldadimi?» sarlavhali post tarqaldi. Unda Urganch davlat universitetining Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar boʻyicha) 2-mutaxassislik sirtqi yoʻnalishida oʻqish muddati 4 yil (yaʼni, 2-kursdan boshlab 3 yil oʻqish) emas, 5 yil (yaʼni, 2-kursdan boshlab 4 yil oʻqilishi) ekanligi toʻgʻrisida ogohlantirilmagani va ikki tomonlama shartnomada keltirilgan shartlarga amal qilinmayotgani haqida xabar berilgan.

Taʼkidlash lozimki, Urganch davlat universiteti oʻz faoliyatini amaldagi huquqiy-meʼyoriy hujjatlar asosida tashkil etib kelmoqda. Bugungi kunda oliy taʼlim muassasalari oʻrtasida sogʻlom raqobat muhiti shakllanayotgan bir paytda universitet aldov yoʻli bilan talabalarni oʻqishga jalb etishdan aslo manfaatdor emasligini bildiramiz.

Darhaqiqat, 2021/2022 oʻquv yili uchun Urganch davlat universiteti sirtqi ikkinchi oliy taʼlim negizida “Iqtisodiyot” bakalavriat taʼlim yoʻnalishi boʻyicha qabul eʼlon qilingan va talabgorlar bilan suhbat natijalariga asosan shartnoma tuzilib, talabalar safiga qabul qilingan. Talabalar bilan shartnomada oʻqish muddati mazkur taʼlim yoʻnalishi uchun tuzilgan oʻquv rejaga asosan, 2-kursdan boshlab 5-kursgacha oʻqishi nazarda tutilgan va 4 yil etib koʻrsatilgan.

Shuningdek, universitet maʼmuriyati tomonidan talabalarga agar shartnoma shartlari qanoatlantirmasa, shartnomani oʻzaro kelishuv asosida bekor qilinishi mumkinligi tushuntirilgan.

Talabalardan shu va shunga oʻxshash boshqa masalalarda tushunmovchilik yuzaga kelganda quyidagi telefonlar orqali universitet maʼmuriyati bilan aloqa oʻrnatishlarini va oʻz savollariga javob olishlarini soʻraymiz:  +998622246680, +998622246653

Urganch davlat universiteti
Axborot xizmati


🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
⚡️ 2023-yil 5-avgust kuni o‘tkazilgan oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovi natijalari bilan tanishing.

5-avgust kuni test sinovida ishtirok etgan abituriyentlar o‘z natijalarini 3 xil usulda bilishlari mumkin:

1️⃣ my.uzbmb.uz saytining “Natijani olish” bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.

2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.

3️⃣ @TalabaUz kanalining quyidagi telegram botiga abituriyent qayd varaqasi yoki ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini yuborgan holda:

👉 @mandat1bot

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi