Тошкент вилояти Соғлиқни сақлаш бошқармаси
10.1K subscribers
11.1K photos
1.41K videos
10 files
4.33K links
Тошкент вилояти Ҳокимлиги Соғлиқни сақлаш бошқармаси расмий телеграм канали — t.me/tvhssb
Официальный телеграм канал.
Вилоят Соғлиқни сақлаш бошқармаси Жамоатчилик билан алоқалар хизмати томонидан юритилади.
Download Telegram
#ochilish_marosimi

TOSHKENT TUMANIDA TUMANLARARO PERINATAL MARKAZI OCHILDI!!!

👉Bizga a’zo bo’ling http://t.me/tvhssb
TOSHKENT TUMANIDA TUMANLARARO PERINATAL MARKAZI OCHILDI!!!

Toshkent
tumanida tibbiyot birlashmasiga qarashli, bir vaqtning oʻzida 110 nafar tugʻruq yoshidagi ayollar uchun xizmat koʻrsatadigan tumanlararo perinatal markazi foydalanishga topshirildi.

Ochilish tadbirida soʻz olganlar soha xodimlarini yangi tugʻruq kompleksi bilan qutlab, markazning barpo etilishi hududlarda onalar va chaqaloqlar salomatligini yaxshilashga, ona va bola oʻlimini oldini olishga xizmat qilishi, tugʻilajak farzandlar uchun shinam va qulay maskan boʻlganligini ta’kidlashdi. Faollar tomonidan ramziy tasma kesilganidan soʻng, mehmonlar tugʻruq kompleksida yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

Mazkur muassasa Toshkent, Qibray va Zangiota tumanlari aholisiga, jumladan, yuqori xavfli perinatal asoratlari boʻlgan homilador va tuqqan ayollar hamda yangi dunyoga kelgan chaqaloqlar uchun yuqori texnalogiyali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatadi.

Ushbu vazifalarni amalga oshirish uchun markazdagi 35 nafar shifokorlarining barchasini Respublika muassasalarida alohida tashkil etilgan oʻquv kurslarida tibbiy malakalari oshirildi.

Tugʻruq kompleksini rekonstruksiya qilish uchun 18 milliarddan ziyod mablagʻlar sarf etilib, markaz zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar va tibbiy buyumlar bilan toʻliq jihozlash uchun Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda Toshkent viloyati hokimligi mablagʻlari hisobidan 2,1 milliard soʻm mablagʻ ajratildi.

Ahamiyatlisi, majmuada tugʻruq boʻlimi, homiladorlar patologiyasi, ginekologiya boʻlimlariga qoʻshimcha “Chaqaloqlar patalogiyasi” hamda chaqaloqlar reanimatsiya boʻlimlari tashkil etildi.

👉Bizga a’zo bo’ling http://t.me/tvhssb
#e’tibor

👨‍👩‍👧‍👦Bolalar bizning kelajagimiz, ko’zimiz nuri, qalbimiz quvonchi! Ular bilan hayotimiz yorug’ va bardavom .Shu sababli ham bolalarimiz uchun ularning birgina shirin tabassumi uchun dunyolarni berishga ham tayyormiz.

🔹1-iyun “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” munosabati bilan Nurafshon shahar tibbiyot birlashmasining bolalar bo’limida “Butun olam seniki bolajon” nomli bayram tadbiri ko’tarinki kayfiyatda bo’lib o’tdi.

Tadbirda Nurafshon shahar hokimi o’rinbosari N.Z.Kulbekova,Nurafshon shahar tibbiyot birlashmasi M.M.Peltabayeva so’zga chiqib bolalarga bayram tabrigi bildirilib bayram sovg’alari topshirishdi.

👉Bizga a’zo bo’ling
http://t.me/tvhssb
CCВ: Тошкент туманида туманлараро перинатал марказ иш бошлади

❗️Юртимиз ҳудудларида 46 та туманлараро перинатал марказ ташкил этилиши белгиланган. Президентимизнинг тегишли қарори асосида шакллантирилган ушбу марказлар рўйхатига Тошкент тумани туғуруқ комплекси ҳам киритилган эди.

1 июнь — Халқаро болаларни ҳимоя қилиш куни муносабати билан ўтказилган тантанали очилиш маросимида Тошкент вилояти ҳокими Зоир Мирзаев ва Соғлиқни сақлаш вазири Амрилло Иноятов иштирок этди.

🏢 Шу пайтгача Тошкент вилоятининг Бекобод, Янгийўл, Олмалиқ шаҳарлари ва Қуйи Чирчиқ туманида туманлараро перинатал марказлар ташкил этилган эди.

🏥 Бунга қадар 110 ўринли Тошкент тумани туғуруқ комплексида йилига 5,5 мингга яқин туғуруқ қайд этилиб, фақатгина шу ҳудуд аҳолисига хизмат кўрсатган.

🔹 Шифохона асосан асоратсиз туғуруқларни қабул қилишга мўлжалланган бўлиб, асоратли ва кам вазн билан туғилган чақалоқлар республика муассасаларига ва Чирчиқ шаҳрида жойлашган вилоят перинатал марказига 50-70 км. масофа босиб олиб борилар эди.

💰 Албатта, туғуруқ мажмуасини перинатал марказга айлантириш осон эмас. Бунинг учун қатор техник ва малакавий талаблар мавжуд. Муассасани замонавий стандартларга мос ҳолга келтириш учун 18,2 млрд. сўм инвестиция дастури доирасида маблағ сарфланди.

🔬Марказ замонавий тиббий асбоб-ускуналар билан тўлиқ жиҳозланди. Бунинг учун 2,1 млрд. сўм маблағ ажратилди.

🚿 Туғуруқдан кейинги хоналар замонавий ҳолатга келтирилиб, ҳар бирига алоҳида санузел ўрнатилди.

🛏 Муассасада қўшимча 10 ўринли “Чақалоқлар патологияси” ва 6 ўринли “Чақалоқлар реанимацияси” бўлимлари ташкил этилди.

👶🏻 Бу эса оғир аҳволда ва кам вазнли туғилган чақалоқларга ўз вақтида ва самарали тиббий хизмат кўрсатиш имконини яратади.

👩🏻‍⚕️ Бундан ташқари, марказнинг 35 нафар шифокори республика муассасаларида алоҳида ташкил этилган ўқув курсларида тиббий малакаларини ошириб қайтди.

♻️ Туманлараро перинатал марказ мутахассислари ўз олдига Тошкент туманидан ташқари, Қибрай ва Зангиота туманида яшовчи аёллар ҳамда муддатидан аввал туғилган гўдаклар учун ихтисослаштирилган реанимацион ва интенсив хизматларни ташкил этиш, кам вазнли чақалоқларни парвариш ва реабилитация қилиш, асоратли туғуруқ кутилаётган ҳомиладор аёллар учун малакали тиббий хизмат кўрсатиш каби мақсадларни қўйган.

👉Бизга аьзо бўлинг
http://t.me/tvhssb
#MUNOSABAT

🔴Bugun @Police_UZ ijtimoiy tarmog'ida tarqalgan holat yuzasidan Nurafshon shahar tibbiyot birlashmasining munosabati...

🏥“Nurafshon shahar tibbiyot birlashmasiga ayolimni olib ketishimda shaxsiy mashinamda ginekoligiya bo’limiga kirishimga ruxsat berishmayapti“ deb videomurojaatini ijtimoiy tarmoqlarga tarqatgan S. J.ning ayoli 28.05.2023 yilda ginekologiya bo'limiga 7-8 xafta homiladorlik, homila tushish xavfi, O’RVI kasallik tashhisi bilan yotqizilgan. Bloger S.J.ning ayoli A.X. 1.06.2023 yilgacha ginekologiya bo'limiga yotib davolangan.

Bemorning ahvoli qoniqarli o’zi bemalol yurib chiqib keta oladigan ahvolda. Biroq bloger ijtimoiy tarmoqlarda joylagan videomurojaatda "shaxsiy mashinalarda kiryapdi" deb aytilayotgan avtomobillar tibbiyot birlashmasida ishlayotgan hodimlarni shaxsiy mashinalari bo’lib, shifoxonaga asosiy kirish-chiqish eshigida hodimlarning shaxsiy avtomashinalar raqamlararo ro’yxati shakllantirilgan. Shifoxonaning orqa hovlisida mashinalar joylashtirish uchun avtoturargoh mavjud.

Nurafshon shahar tibbiyot birlashmasining Tug’ruq bo'limi va Qabul EMERGENCY DEPARTMENT bo’limiga hamda shifoxona hududida tez tibbiy yordam avtomobillari kirib-chiqishi uchun hech qanday to’sqinlik mavjud emas, faqat shaxsiy mashinalarda og‘ir ahvoldagi bemorlarni olib kirishga va olib chiqishga ruxsat etilgan bo'lib, shifoxonaga kirib chiqish uchun xech boshqa hech qanday holatda to’siqlar o’rnatilmagan.

Shifoxonamiz O'rtachirchiq tumani va Nurafshon shahar aholisiga xizmat qilish, hududida ichki tartibni saqlash uchun hamda shifoxonamizga doimiy yo'l transport hodisasi bilan ketma-ket tez tibbiy yordam avtomobolida bemorlar olib kelinayotganligi sababli (shifoxonamiz Piskent –Bo’ka, Olmaliq-Toshkent trassa yo’lida joylashgan) Nurafshon SHTBda ko’p tarmoqli markaziy poliklinikasi joylashganligi va doimiy aholi murojaati ko’pligi ko’chadagi tartibsizliklar hisobiga taksi avtomobillari ko'pligi hisobiga tez tibbiy yordam avtomobilli tirbandlikda qolib ketmasligi uchun yoki kutib qolmasligi uchun shifoxonada yotgan bemorlarni ko'rishga kelgan yaqin qarindoshlarini shaxsiy avtomobilida kirishiga ruxsat berilmaydi.

📌Bloger S.J.ni ham o’zi bir necha bor Qabul EMERGENСY DEPARTMENT bo’limi oldida bir necha bor bemorlarning shaxsiy avtomashinalarni ko’pligini ko’rib tartib o’rnatishimizda yordam berishga ko’p marotaba urungan va ming afsuski buni uddasidan chiqaolmagan. Bloger S.J. tomonidan yuborilgan murojaatga asoslanib, bo’lib o’tayotgan holatni ichiga kirmasdan xalq bilan davlat xizmatchilari orasiga sovuqchilik, asoslanmagan axborot yetkazilganligi evaziga jonajon xalqimizda tushunmovchilik shakllantirgan.

🛑Hurmatli blogerlar sizlardan holat bo'yicha bo’lgan tartibsizliklarga bosh bo’lmasdan, aksincha bemorlarga qulaylik yaratish maqsadida tartib o’rnatishimizda yordam bersangiz maqsadga muvofiq bo’lar edi.

👉Bizga a’zo bo’ling
http://t.me/tvhssb
#байрам_шукуҳи

1-июнь «Халқаро болаларни ҳимоя қилиш куни” муносабати билан Тошкент вилояти Соғлиқни сақлаш бошқармаси бошлиғи Улуғбек Абдуфаттохович Абдуғаниев Тошкент вилояти психофизик ривожланиши бузилган болалар учун ихтисослаштирилган типдаги болалар уйи шароитлари билан танишиб, болажонларга совға- саломлар улашдилар.

Жажжи ўғил-қизларимизнинг биргина ширин табассуми учун бутун борлиғимизни бахшида этишга тайёр халқмиз.
Болалар — ҳаёт давомчилари, келажак эгалари. Бинобарин, уларни асраб-авайлаш, соғлом вояга етказиш ҳар бир давлат олдидаги юксак масъулиятдир.

Қувонарлиси, юртимизда ёш авлод айнан ана шундай меҳр-эътибор ва ғамхўрлик оғушида улғаймоқда.

👉Бизга аьзо бўлинг
http://t.me/tvhssb
❗️ССВ: Навоий вилояти ҳокими ва НКМК раҳбари “Соғлиқни сақлаш аълочиси” бўлди

Соғлиқни сақлаш вазирлиги Ҳайъат йиғилишида Навоий вилоятида аҳоли саломатлигини асраш, тиббиёт тизимини бугунги кун талаблари даражасида ривожлантириш ва соҳа муассасалари моддий-техника базасини мустаҳкамлашдаги салмоқли ҳиссаси учун:

Турсунов Нормат Тулқунович — Навоий вилояти ҳокими;

Санақулов Қувондиқ Санақулович — Навоий кон-металлургия комбинати бош директори, сенатор “Ўзбекистон Республикаси Соғлиқни сақлаш аълочиси” кўкрак нишони билан тақдирланди.

Мукофотларни вазир А.Иноятов тантанали топширди.

👉Бизга аьзо бўлинг
http://t.me/tvhssb