Тошкент вилояти Соғлиқни сақлаш бошқармаси
10.1K subscribers
11.1K photos
1.41K videos
10 files
4.33K links
Тошкент вилояти Ҳокимлиги Соғлиқни сақлаш бошқармаси расмий телеграм канали — t.me/tvhssb
Официальный телеграм канал.
Вилоят Соғлиқни сақлаш бошқармаси Жамоатчилик билан алоқалар хизмати томонидан юритилади.
Download Telegram
#eʼtibor

Nurafshon shahar tibbiyot birlashmasi xodimlari tomonidan 9-may “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan 1941-1945 yillarda ikkinchi jahon urushida xizmat qilgan va front ortida qatnashgan mehnat faxriylari xolidan xabar olindi.

Ularga terapevt, kardiolog, nevrapatolog, stomatolog, EKG, labarator-diagnostika xizmatlari ko’rsatishdi. Shuningdek ushbu faxriy nuroniylarga tibbiyot birlashmasi o’z estalik sovg’alarini topshirishdi.

👉 Bizga aʼzo boʻling http://t.me/tvhssb
#Eʼtibor

Bugun viloyat hokimligida Toshkent viloyati Sogʻliqni saqlash boshqarmasiga rahbarlik qilib kelayotgan Toʻraqul Arziqulov boshqa ishga oʻtishi munosabati bilan kuzatish marosimi oʻtkazildi.

Tadbirda viloyat hokimi Zoyir Mirzayev boshchiligida sektor rahbarlari, shahar va tumanlarning hokimlari, tibbiyot birlashmasining masʼullari qatnashdi.

Zoyir Mirzayev oʻz soʻzida Toʻraqul Arziqulovning viloyatda sogʻliqni saqlash sohasini rivojlantirishga qoʻshgan hissasini alohida qayd etdi hamda kelgusi faoliyatiga omad va zafarlar tiladi.

Marosimda soʻzga chiqqanlar professor, tibbiyot fanlari doktori Toʻraqul Arziqulovning rahbarlik va ilmiy-amaliy faoliyatidagi ibratli jihatlarni alohida eʼtirof qildilar.

Tadbirda Sogʻliqni saqlash vazirining oʻrinbosari Ilmira Bositxonova ishtirok etdi.

👉 Bizga aʼzo boʻling http://t.me/tvhssb
#Tayinlov

Abduganiyev Ulugʻbek Abdufattaxovich Toshkent viloyati Sogʻliqni saqlash boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi.

U. Abduganiyev 1984-yil Bekobod tumanida tugʻilgan. Maʼlumoti – oliy. 2008-yilda Toshkent tibbiyot akademiyasi, 2010-yilda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi klinik ordinaturasini tamomlagan.

Lavozimga tayinlangunga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Taʼlim, sogʻliqni saqlash va sport masalalari kotibiyati Sogʻliqni saqlash va sport sohasidagi islohotlarni muvofiqlashtirish shuʼbasining Sogʻliqni saqlash tizimini isloh qilish masalalari boʻyicha bosh mutaxassisi vazifasida ishlab kelayotgan edi.

👉 Bizga aʼzo boʻling http://t.me/tvhssb
#e'tirof

Fidoyi xodimlar mehnati e'tirof etildi

9-may- Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan tuman tibbiyot birlashmasi rahbari Z.Abdullayev tomonidan ko‘p yillar davomida soha rivojiga o‘z hissasini qo‘shgan, inson salomatligi yo‘lida sidqidildan mehnat qilgan tibbiyot birlashmasining sоbiq bosh shifokorlari va oilaviy poliklinikalar shifokorlarining xizmatlari e'tirof etildi.

🔹Ular uchun bayram dasturxon tuzalib, tibbiyot birlashmasi tomonidan ularga tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirilib, to‘n kiydirildi.

🔸O‘z o‘rnida soha fidoyilari e'tibor va ehtirom uchun o‘z minnatdorchikiklarini bildirdirib, ularning inson salomatligini asrashdek mas'uliyatli ish faoliyatlariga zafarlar tiladilar.

👉 Bizga aʼzo boʻling http://t.me/tvhssb
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Тошкент вилояти Соғлиқни сақлаш бошқармасининг ташаббуси билан Нурафшон шаҳар “Арена”спорт майдонида бўлиб ўтган “Соғлом ҳаётга қадам ташла” ойлиги доирасида тиббиёт ҳодимлари ўртасида ўтказилган “Ассалом тонг” нафас машқи мусобақасининг вилоят босқичи бўлиб ўтди.

👆Юқоридаги видеолавҳа айнан шу ҳақида…..

👉Бизга аъзо бўлинг http://t.me/tvhssb
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan videomaterial yuzasidan Bo‘ka tuman Tibbiyot birlashmasining rasmiy munosabati

🔸 Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlar orqali Bo‘ka tumani Tibbiyot birlashmasi tug‘ruq bo‘limi shifokorlari tomonidan bemordan tibbiy buyum (sistema) olib kelish so‘ralganligi haqidagi video eʼlon qilingan edi.

🔻 Bo‘ka tumani Tibbiyot birlashmasi bemorlardan hech qanday tibbiy buyumlar yoki dori darmonlar olib kelish so‘ralmaganligini, bemorning o‘zi turmush o‘rtog‘iga 1 dona sistema olib kelishi lozimligini aytganligi tufayli tushunmovchilik yuzaga kelganligini, shuningdek, bugungi kunda Tibbiyot birlashmasi barcha turdagi zarur tibbiyot vositalari bilan taʼminlanganligi maʼlum qilamiz.

👉 Bizga aʼzo boʻling http://t.me/tvhssb
#Юқори_Чирчиқ_туман
#кўрик_танлов

"Йилнинг энг яхши тиббий бригада хамшираси".

Жорий йилнинг 10-май санасида "Маънавият" масканида
12 май Халкаро хамширалар куни муносабати билан "Йилнинг энг яхши тиббий бригада хамшираси" кўрик  танлови бўлиб ўтди .

🔰
Тадбирда хамшира қизлар ўз билимлари борасида беллашдилар. Хакамлар хайати аъзолари томонидан хамширалар чиқишлари бахоланди.

1-ўрин 67-Оилавий поликлиника хамшираси Абдурахмонова Муаттар

2
-ўрин 68-Оилавий поликлиника хамшираси Кенгесова Маржон

3-ўрин Саксон ота ОШП тиббий бригада хамшираси Алимкулова Санобар

❇️
Барча танлов иштирокчиларга Юкори Чирчик туман тиббиёт бирлашмаси касаба уюшмаси қўмитаси томонидан қимматбахо совғалар тақдим этилди.


👉Бизга аъзо бўлинг
http://t.me/tvhssb