Тошкент шаҳар Соғлиқни сақлаш бош бошқармаси
1.64K subscribers
107K photos
4.6K videos
67 files
8.73K links
Мазкур канал Тошкент шаҳар ССББнинг расмий телеграм канали бўлиб, бу ерда Тошкент шаҳрида соғлиқни сақлашга оид воқеа ва ходисалар, шунингдек соғлиқни сақлашга оид янгиликлар бериб борилади.
Download Telegram
Tuz
Osh tuzi, ya`ni natriy xlor (NaCl) inson organizmidagi suyuqliklar tarkibiga kiruvchi muhim elementlardan biri sanaladi. Tuz tarkibidagi natriy moddalar almashinuvida, asab impulslari uzatilishi va mushaklar qisqarishida ishtirok etadi. Biroq har nening me`yori bo`lgani kabi osh tuzi iste`molida ham chegaradan chiqmaslik lozim. Chunki har qaysi kimyoviy modda singari ortiqcha tuzning ham salomatligimizga zarari bor. Masalan, tuz tarkibidagi ortiqcha natriy organizmda suv to`planishiga sabab bo`ladi.
Shakar
Organizmga tushgach, shakar glyukoza va fruktozaga ajraladi. Glyukoza – tana va miyaga quvvat etkazib berishi bilan ahamiyatli. Biroq bunda ham me`yorga amal qilmaslik turli xastaliklarga sabab bo`lishi mumkin. Ortiqcha glyukoza jigarda glikogen sifatida yig`ilib boradi. Agar glekogen zaxirasi ko`payib ketsa, jigar va qorin atrofida yog` yig`ilishiga olib keladi. Demak, ko`p miqdorda shakar iste`mol qilgan odamlarda o`z-o`zidan ortiqcha vazn to`planadi. Tayyorladi: 53-OP xodimlari
27.12.2022й куни 49-ОП тиббий ходимлари ва 117-сонли умумтаълим мактаб ходимлари билан хамкорликда "Очиқ ва ёпик суяк синиши. Жарохатланган шахсга биринчи ёрдам курсатиш" мавзусида ўқувчиларнинг тиббий тайёргарлигини ошириш мақсадида "Ўқув-Тренинг" машғулоти бўлиб ўтди.
Yunusobod tumani tibbiyot birlashmasiga qarashli 64- oilaviy Poliklinika hududidagi Xasanboy mahallasida Seshanba "Tuz va shakarni cheklash kuni" munosabati bilan targ'ibot ishlari olib borilmoqda.Bu ikki modda ham organizmda muhim rol o‘ynaydi: masalan, shakar miyaga quvvat bag‘ishlaydi, tuz esa — mushaklarning normal qisqarishini ta’minlaydi. Shu bilan birgalikda ularning oshiqchasi organizm uchun seziladigan darajadagi muammolarni keltirib chiqarish xavfi mavjud. Xo‘sh, ularning qaysi biri ko‘proq zarar keltiradi?Shakarni ham, tuzni ham me’yorida iste’mol qilinsa xavfli emas. Lekin, agar ularni o‘zaro solishtirsa, shakarning organizmga salbiy ta’siri ko‘proq. Shuningdek, tuz uning normal faoliyat ko‘rsatishida juda zarur hisoblanadi.Shakar tuzning salbiy ta’sirini kuchaytirish xususiyatiga ega: shakar ta’sirida qondagi insulin miqdori qancha yuqori bo‘lsa, buyrakda shuncha ko‘p tuz va suv yig‘iladi. Bu esa qon bosimi ko‘tarilishiga olib keladi.
55-Оилавий поликлиника тиббий бригада хамширалари ахоли уртасида Туз ва шакарнинг меёридан куп истеьмол килиш натижасида инсон организмида келиб чикадиган касалликлар ва уларни олдини олиш тугрисида сухбатлар утказишмокда.