Jinoyat protsessi
2.34K subscribers
2.1K photos
189 videos
150 files
765 links
🇺🇿 TDYU Jinoyat-protsessual huquqi sho'basining rasmiy kanali
🇷🇺 Официальный канал сектора Уголовно-процессуального права ТГЮУ
🇬🇧 Official channel of the sector of Criminal procedure law

🗯For info:
@Hazratali_Qudratillayev
@Hazratali_uz
@nodir7
Download Telegram
Forwarded from Hazratali.uz
#jinoyat_protsessi

1️⃣2️⃣4️⃣4️⃣5️⃣6️⃣

📚📚📚Fuqaroni yuridik yordam ko‘rsatilganligi uchun haq to‘lashdan ozod qilish to‘g‘risida surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning qarori, sudning ajrimi gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchiga advokat tomonidan yuridik yordam ko‘rsatish bo‘yicha xarajatlarni davlat hisobiga o‘tkazish uchun asos hisoblanadi.

💵💵💵Oilasida har bir oila a’zosiga to‘g‘ri keladigan yalpi oylik daromad yuridik yordam ko‘rsatilganligi uchun haq to‘lashdan ozod qilish to‘g‘risida qaror (ajrim) qabul qilingan kundagi mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 52,70 foizidan ortiq bo‘lmagan shaxslar advokatlar tomonidan yuridik yordam ko‘rsatilganligi uchun haq to‘lashdan ozod qilinadi va xarajatlar davlat hisobiga o‘tkaziladi;

🖥🖥🖥 gumon qilinuvchi, ayblanuvchi va sudlanuvchi himoyachidan voz kechishi bilan bog‘liq protsessual harakatda advokat ishtirok etishi hollarida, shuningdek qonunchilikka muvofiq jinoyat ishida himoyachining qatnashishi majburiy deb hisoblangan hollarda ham yuridik yordam uchun haq to‘lash bo‘yicha xarajatlar davlat hisobiga o‘tkaziladi.

t.me/Hazratali_uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
Forwarded from Hazratali.uz
137 20.06.2008.doc
19.7 KB
"Advokatlar tomonidan ko‘rsatilgan yuridik yordam uchun davlat hisobidan haq to‘lash mexanizmini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi VMQ (20.06.2008 yildagi 137-son)

@Hazratali_uz
👍3
🟦🟦🟦🟦

#jinoyat_protsessi

Tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan faktlar bo‘yicha tadbirkorlik subyektiga nisbatan jinoyat ishini qo‘zg‘atishga faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurorining, viloyatlar va Toshkent shahar prokurorlarining roziligi bilan yoxud O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori yoki uning o‘rinbosarining roziligi bilan yo‘l qo‘yiladi.

t.me/TSUL_CPL
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
1️⃣2️⃣4️⃣4️⃣5️⃣6️⃣

Tergov hibsxonalarda bir kishiga to‘g‘ri keladigan yashash maydonining normasi ikki yarim kvadrat metrdan, bunda:

👉ayollar va voyaga yetmaganlar uchun - uch kvadrat metr;

👉 bemorlar, shuningdek homilador ayollar va bolali ayollar uchun - to‘rt kvadrat metrdan kam bo‘lmasligi lozim.

t.me/TSUL_CPL
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6
Forwarded from Hazratali.uz
1️⃣2️⃣4️⃣4️⃣5️⃣6️⃣

#jinoyat_protsessi

Jabrlanuvchining shikoyatiga asosan qo'zg'atiladigan jinoyatlar ro'yxati:

👉 105-moddaning birinchi qismi (qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish) ;

👉 109-modda (qasddan badanga yengil shikast yetkazish) ;

👉 110-moddaning birinchi qismi (qiynash) ;

👉 118-moddaning birinchi qismi (Nomusga tegish) ;

👉 119-moddaning birinchi qismi (Jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib g‘ayritabiiy usulda qondirish) ;

👉 121-moddaning birinchi qismi (shaxsni jinsiy aloqa qilishga majbur etish) ;

👉 136-moddasi (ayolni erga tegishga majbur qilish yoki uning erga tegishiga to‘sqinlik qilish) ;

👉 139-moddaning birinchi va ikkinchi qismlari (tuhmat)

👉 140-moddaning birinchi va ikkinchi qismlari (haqorat qilish)

👉 141-1-moddaning birinchi qismi (shaxsiy hayot daxlsizligini buzish) ;

👉 141-3-moddasi (shaxsning sha’nini va qadr-qimmatini kamsituvchi hamda inson hayotining sir tutiladigan tomonlarini aks ettiruvchi ma’lumotlarni oshkor qilish) ;

👉 149-moddasi (mualliflik yoki ixtirochilik huquqlarini buzish) ;

t.me/Hazratali_uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6👏1
Shoir va mutafakkir Alisher Navoiyni tug'ilgan va vafot etgan sanalari to'g'ri ko'rsatilgan qatorni toping
Anonymous Quiz
7%
1451-1501
90%
1441-1501
3%
1336-1405
0%
1494-1526
👍7
Forwarded from Hazratali.uz
#jinoyat_protsessi

🟦🟦🟦🟦

📺📰🎙Муайян жиноят тўғрисида матбуот, радио ва телевидение, ҳужжатли кинофильмлардаги, шунингдек оммавий ахборот воситаларига йўлланган, лекин эълон қилинмаган хатлардаги хабарлар жиноят ишини қўзғатишга сабаб бўлади.

📁📁📁Жиноят тўғрисидаги хабарни эълон қилган ёки тегишли жойларга юборган оммавий ахборот воситалари, шунингдек бу хабар муаллифлари суриштирувчи, терговчи, прокурор ёки суднинг талабига асосан ўз ихтиёрларида бўлган ҳужжатларни ва хабарни тасдиқловчи бошқа материалларни тақдим қилишлари шарт.

t.me/Hazratali_uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🤩1
Forwarded from Hazratali.uz
#savol_javob

Savol: X. ismli shaxs tergov organi tomonidan o‘g‘liga nisbatan yuritilayotgan jinoyat ishida o‘g‘lining himoyachisi sifatida o‘zi qatnashmoqchi ekanligini ma’lum qilib, buni qanday tartibda amalga oshirish mumkinligini so‘radi.

Javob: JPKning 49-moddasiga ko'ra, Jinoyat ish bo‘yicha himoyachi sifatida advokatlar hamda gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining yaqin qarindoshlaridan biri yoki qonuniy vakili ishtirok etishi mumkin. Bunda shuni e’tiborga olish lozimki, yaqin qarindosh yoki qonuniy vakilning ish bo‘yicha himoyachi sifatida faqat advokat bilan birga qatnashishiga yo‘l qo‘yiladi. Shu sababli, X. ismli shaxs ishda himoyachi sifatida yolg‘iz o‘zi emas, balki advokat bilan birgalikda qatnashish huquqiga ega. Buning uchun esa, u tergovchiga yoki sudyaga ishda himoyachi sifatida ishtirok etishiga ruxsat berish haqidagi qaror (ajrim) chiqarishini so‘rab murojaat qilishi lozim.

t.me/Hazratali_uz
👍91
Forwarded from Hazratali.uz
Jinoyat-protsessual-huquqi.pdf
5.7 MB
#darslik

Sizlarga Jinoyat-protsessual huquqi darsligi taqdim etilmoqda

T.me/Hazratali_uz
👍54🔥1
Forwarded from Hazratali.uz
#jinoyat_protsessi

1️⃣2️⃣4️⃣4️⃣5️⃣6️⃣

🇺🇿🇺🇿🇺🇿Prokuror sanksiyasi bilan amalga oshiriladigan tergov harakatlari:

Ko'zdan kechirish (faqat davlat siri bilan bog'liq predmet va narsalar bo'yicha);

Eksperiment (fuqarolar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga mulkiy zarar yetkazilishi, ishlab chiqarish tartibotining, transport vositalari harakati jadvalining buzilishi va boshqa noxush oqibatlarning kelib chiqishi ehtimol bo‘lsa);

Tintuv va olib qo'yish (uy-joy tintuviga sanksiyani sud beradi) ;

Taftish (muddatni uzaytish paytida).

t.me/Hazratali_uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7
Forwarded from Hazratali.uz
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

#jinoyat_protsessi

Tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergov yoki sud muhokamasi davomida olib qo‘yilgan yoxud taqdim qilingan o‘q otar qurollar, o‘q-dorilar, ekspert-kriminalistika bo‘linmalarida tekshiruvdan o‘tkazilganidan keyin faqat Ichki ishlar vazirligi (keyingi o‘rinlarda IIV deb yuritiladi), DXX organlarida yoki Mudofaa vazirligining harbiy (xo‘jalik) muassasalarida saqlanadi.

t.me/Hazratali_uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6
⚡️⚡️⚡️13 февраля 2024 года старшим преподавателем кафедры Уголовно-процессуального права Рахимовой Ульзаной был проведен мастер-класс на тему «Возбуждение уголовного дела» для студентов 3-курса факультета Уголовного правосудия.

👨‍🎓👨‍🎓👨‍🎓В данном мастер-классе принял участие Утаров Канат Алимтаевич – доцент кафедры
Уголовного и уголовно-процессуального права Южно- Казахстанского университета им. М.Ауэзова, кандидат
юридических наук


📑📑📑В ходе проведенного мастер-класса студенты получили ответы на интересующие их вопросы.

@TSUL_CPL
2👏1
Shoir va davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Boburni tug'ilgan va vafot etgan sanalari to'g'ri ko'rsatilgan qatorni toping
Anonymous Quiz
14%
1441-1501
74%
1483-1530
4%
1336-1405
8%
1494-1526
52👍1👏1😱1
⚡️⚡️⚡️13 февраля 2024 года старшим преподавателем кафедры Уголовно-процессуального права Зокиров Сардоржон был проведен мастер-класс на тему «Особенности возбуждение уголовного дела в Республики Казахстан» для студентов 3-курса факультета Уголовного правосудия.

👨‍🎓👨‍🎓👨‍🎓В данном мастер-классе принял участие Утаров Канат Алимтаевич – доцент кафедры
Уголовного и уголовно-процессуального права Южно- Казахстанского университета им. М.Ауэзова, кандидат
юридических наук


📑📑📑В ходе проведенного мастер-класса студенты получили ответы на интересующие их вопросы.

@TSUL_CPL
👏1
Criminal Law Procedure and Evidence ( PDFDrive ).pdf
1.9 MB
#textbook

📖 Criminal Law, Procedure and Evidence

👤 Walter P. Signorelli

Rasmiy kanalga a'zo bo'ling 👉 @TSUL_CPL
1
Forwarded from Hazratali.uz
🟦🟦🟦🟦

Miranda prinsipi. Tergov qanday boshlanishi kerak?


“Siz sukut saqlash huquqiga egasiz. Siz aytgan har bir so‘z sudda o‘zingizga qarshi ishlatilishi mumkin va ishlatiladi. Advokatingiz so‘roq paytida hozir bo‘lishi mumkin. Agar advokat uchun pul to‘lay olmasangiz, advokat davlat tomonidan ta’minlanadi. Huquqlaringizni tushundingizmi?” – AQSH politsiyasining bu “ibodat”i jangovor filmlarni sevuvchi deyarli barchaga tanish. Bugungi kunda gumon qilinuvchi va ayblanuvchiga uning huquqlarini tushuntirish nafaqat AQSHda, balki boshqa ko‘pgina davlatlarda, shu jumladan, O‘zbekistonda ham majburiy. JPKning 46, 48-moddalariga ko‘ra, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi ko‘rsatuvlar berishdan bosh tortish (ya’ni, sukut saqlash) va ko‘rsatuvlaridan jinoyat ishiga doir dalillar sifatida uning o‘ziga qarshi foydalanilishi mumkinligi haqida xabardor bo‘lish, shuningdek, himoyachiga ega bo‘lish hamda uchrashuvlar soni va davom etish vaqti cheklanmagan holda u bilan xoli uchrashish huquqiga ega. Bu huquqlar so‘roq boshlanishidan olgan tergovni amalga oshirayotgan shaxs tomonidan tushuntirilishi lozim.

Agar advokat yo'llash uchun pul bo‘lmasa-chi? JPKning 50-moddasiga asosan gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchining iltimosiga ko‘ra surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudya ishda himoyachining ishtirok etishini ta’minlaydi. Bunda ular yuridik yordam uchun to‘lovdan batamom yoki qisman ozod etilishi mumkin. Bunday hollarda advokat mehnatiga haq to‘lash xarajatlari davlat hisobidan bo‘ladi. Guvohga keladigan bo‘lsak, JPKning 66-moddasiga asosan u ham advokatning yuridik yordamidan foydalanishga haqli. Ammo, faqatgina o‘z hisobidan.

t.me/Hazratali_uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8
5️⃣5️⃣5️⃣


📊🔔▶️ Jinoiy odil sudlov fakulteti talabalari o'rtasida "Eng yaxshi ayblov nutqi" videoroliklar tanlovi bo'lib o'tadi

💬☑️ Talablar:

1) Videoroliklar maksimum 7 daqiqagacha davomiylikda bo'lishi lozim

2) Prokuror ayblov nutqini ravon, ifodali, madaniyat bilan ijro etish, turli xil kesatiq, jargon, masxaralash so'zlarni ishlatmaslik 💡📈

3) Prokuror ayblov nutqining mantiqiy izchillik, qonun normalariga va adabiy til me'yorlariga amal qilgan holda ifodalash 📝

📣🎞🥇Eng yaxshi deb topilgan 3 ta videorolik egalariga maxsus diplom va esdalik sovg'alari topshiriladi.

😀 Tanlov muddati 19.02.2024 soat 17.30 (Ushbu muddatdan kech taqdim qilingan videoroliklar qabul qilinmaydi)

💬 Videoroliklarni @sherzodkhaitov0731 telegram akkauntiga "tanlov uchun" yozuvi bilan jo'nating
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍32🤬2