TSTU.UZ | NEWS
10.7K subscribers
1.11K photos
285 videos
108 files
851 links
Ushbu kanalda Toshkent davlat transport universiteti tezkor yangiliklari, voqea-hodisalar haqida xabarlar berib boriladi

instagram.com/tstu.news
facebook.com/tstu.news
twitter.com/tstu_news

Murojaat uchun: @tstu_news_bot
Download Telegram
Barcha kurslarga 40% chegirma!

“Zamonaviy kasblar kurslari qimmat!”-degan bahonangiz o’tmaydi!

Bu hali hammasi emas! Kurs davomida:
1. Kasbda sun’iy intellektni samarali qo’llash;
2. Kuchli mentorlar va real loyihalar;
3. Zamonaviy shinam xonalari, bepul Coworking va Wi-fi;
4. Kursni muvaffaqiyatli bitirganlarga ishga kirishda yordam;
5. Daromad qilishni o’rgatamiz;
6. Kurs so’ngida esa sertifikat bilan taqdirlanasiz!

Bizning kurslar:
1. Kompyuter savodxonligi - 1 oy;
2. Bir oyda bir veb-sayt (nocode) - 1 oy;
3. No-coding Web/Mobile - 6 oy;
4. Grafik dizayn +AI - 5 oy;
5. Interyer/Eksteryer dizayn +AI - 3 oy;
6. Motion dizayn/Videomontaj + AI - 3 oy;
7. Coding foundation - 1 oy;
8. Backend Python-Jango-TensorFlow + AI 6 oy;
9. Frontend React.js +AI - 6 oy.

☎️ 77-123-33-00
☎️ 90-994-19-92


Ro'yxatdan o'tish

Telegram | Instagram | Sayt
⚡️“Transport vaziri” stipendiyasi uchun hujjatlarni qabul qilish boshlandi

Iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va moliyaviy ragʻbatlantirish maqsadida Toshkent davlat transporti universitetining kunduzgi ta'lim shakli bakalavriatda tahsil olayotgan 2-4-kurs talabalari va magistratura mutaxassisligidagi 2-kurs talabalari uchun “Transport vaziri” stipendiyasi joriy etilgan.

➡️ Tanlov nizomi

Talabgorlar hujjatlarni 20-sentabrgacha topshirishlari lozim.

Murojaat uchun: @dilnoz_erkinovna

Universitet rasmiy sahifalari:
TSTU.uz | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | News
❗️Murojaat uchun maʼsullar

👤Qurilish muhandisligi fakulteti, Oʻquv ishlar boʻyicha dekan oʻrinbosari - Roʻzmetov Fazliddin Sharifboyevich
@fazliddin_rozmetov
+998712990341

👤Aviatsiya transporti muhandisligi fakulteti, Oʻquv ishlar boʻyicha dekan oʻrinbosari - Abduvaxitov Shaxboz Ravshon oʻgʻli
@bduvaxitov
+998712990379

👤Iqtisodiyot fakulteti, Oʻquv ishlar boʻyicha dekan oʻrinbosari 1-kurs boʻyicha masʼul - Xidirov Jasurjon Erkinjon o‘g‘li
@Jasurjon_Xidirov
+998977519299

👤Iqtisodiyot fakulteti, Oʻquv ishlar boʻyicha dekan oʻrinbosari 2-kurs boʻyicha masʼul - Ozatbekov Yusupxon Farhod o‘g‘li
@Yusuf_Ozatbekov
+998(99)-463-31-14

👤Iqtisodiyot fakulteti, Oʻquv ishlar boʻyicha dekan oʻrinbosari 3-4-kurs boʻyicha masʼul - Agzamova Marg‘uba Mirabdullayevna
@MMarguba
+998712990197

👤Iqtisodiyot fakulteti Masofaviy taʼlim shakli bʼyicha dekan oʻrinbosari - Umirzaqov Davlatjon Dolimjon o‘g‘li
@Masofaviy_2023_2024
+998913282819

👤Avtomobil transporti muhandisligi fakulteti, Oʻquv ishlar boʻyicha dekan oʻrinbosari 1-kurs boʻyicha masʼul - Rashidov Azizjon Mirzayevich
@azicko93
+998712990425

👤Avtomobil transporti muhandisligi fakulteti, Oʻquv ishlar boʻyicha dekan oʻrinbosari 2-kurs boʻyicha masʼul -
Mamasoliyeva Nafisaxon Toxirovna

@Guumush5
+998712990425

👤Avtomobil transporti muhandisligi fakulteti, Oʻquv ishlar boʻyicha dekan oʻrinbosari - 3-4-kurs boʻyicha masʼul
Utashev Kuldash Xapizovich

@Nick06076
+998712990438

👤Temir yoʻl transporti muhandisligi fakulteti, Oʻquv ishlar boʻyicha dekan oʻrinbosari - Abduvaxobov Muslimbek Elbekovich
@muslimbekabduvaxobov
+998903253100

👤Transport tizimlari boshqaruvi fakulteti, Oʻquv ishlar boʻyicha dekan oʻrinbosari - Jalgasov Odil Karlovich
@okjalgasov
+998933852226

👤Elektrotexnika va kompyuter muhandisligi fakulteti, Oʻquv ishlar boʻyicha dekan oʻrinbosari - Vaisov Oleg Qaxramonovich
@olegvaisov
+998933974517

👤Avtomobil yoʻllari muhandisligi fakulteti, Oʻquv ishlar boʻyicha dekan oʻrinbosari - Jumaniyazova Rano Xudoybergenovna
+998998894719

Sirtqi boʻlim
+998712990181, +998712990180, +998712990782

💳 Buxgalteriya boʻlimi
+998712990489

🏢Talabalar turar joyi
+998712990251
⚡️Kontrakt to‘lovini amalga oshirish muddatlari

OTM talabalariga o‘qish uchun yillik to‘lovning to‘liq miqdorini teng ulushlarda to‘rt qismga bo‘lish yo‘li bilan o‘tkazishga ruxsat berilgan.

Bunda muddatlar quyidagicha:

25% qismini — 1-kursga tavsiya etilganlar 15-sentabrgacha, ikkinchi va undan keyingi bosqich talabalari uchun 1-oktabrgacha;

50% qismini — 2025-yil 1-yanvargacha;

75% qismini — 2025-yil 1-martgacha;

100% qismini — 2025-yil 1-maygacha.

To’lov muddatlarini uzaytirish ham mumkin. Bunda 1-kursga kirganlarning dastlabki muddatini uzaytirish vakolati Davlat qabul komissiyasiga berilgan, qolgan hollarda OTM rektori muddat uzaytirishni o’zi hal qiladi.

kontrakt.edu.uz sayti orqali yuborgan arizangiz tasdiqlansa, 4 ga bo‘lib to‘lash imkoni va muddatlari haqida maʼlumot chiqadi. Mana shu yerdan ham ko‘rib olsangiz bo‘ladi.

Bunda, mazkur tartib moliyaviy mustaqillik berilgan davlat oliy taʼlim muassasalari uchun tavsiyaviy xarakterga ega.

❗️ESLATMA: bo‘lib to‘lash imkoniyati super-kontrakt uchun ham amal qiladi. Lekin super-kontraktda o'qimoqchi bo'lganlar dastlab 50% to'lovni amalga oshirishlari kerak. Shundan keyingina ularni talabalikka qabul qilish to'g'risida buyruq chiqadi. 25% qoidasi faqat oddiy kontraktga taalluqli.
Toshkent davlat transport universiteti Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi ogohlikka chaqiradi

Korrupsiya, manfaatlar to‘qnashuvi, tamagirlik, poraxoʻrlik, vositachilik, firibgarlik, tanish bilishchilik, mahalliychilik va boshqa shunga o‘xshash korrupsion holatlarni oldini olish hamda unga qarshi kurashish jarayonida jamoatchilik ishtirokini kengaytirish maqsadida talaba-yoshlarni hamkorlikka chorlaymiz.

Agarda siz ta’lim jarayonida, yakuniy nazorat ishlarini topshirish chogʻida, bitiruv malakaviy ishlarining bajarilishida va boshqa holatlarda korrupsion vaziyatlarga duch kelsangiz, @TDTrUanticorrupsiyabot telegram bot yoki +998712990491 telefon raqamiga anonim xabar qoldirishingizni soʻraymiz. Xabar bergan fuqarolarning shaxsi qat’iy sir tutiladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ingliz tili kursimizda siz “0” dan 6 oyda General Englishni tugatishingiz yoki umumiy 12 oyda esa IELTS 6+ va 15 oyda undan yuqori ballga ega bo’lishingiz mumkin! Talabalarning natijalarini ko’rishingiz mumkin.

📍Darslar Toshkent Davlat Transport Universitetida bo’lib o’tadi.

Dars jadvali

Ro’yxatdan o’tish va qo’shimcha ma’lumot uchun:
📥@uralovs_admin
📞+998945763344

Uralov’s English - Fast and Easy
❗️Toʻlov-shartnomalarni kontrakt.edu.uz orqali onlayn olish boʻyicha izoh

Ikki tomonlama shartnoma — bu OTM va abituriyent o‘rtasida tuziladi. Boshqacha aytganda agar kontrakt yoki super-kontrakt pulini abituriyentning o‘zi yonidan to‘lamoqchi bo‘lsa, shu bandni tanlash kerak.

Bundan tashqari bankdan taʼlim krediti olmoqchi bo‘lsa yoki ota-onasining ishxonasidan oylik maoshidan to‘lamoqchi bo‘lsa ham ikki tomonlama shartnoma olish kifoya qiladi, uch tomonlama olib o’tirmang.

Uch tomonlama shartnoma — bu OTM, abituriyent va yana biror homiy tashkilot o‘rtasida tuziladi. Agar mabodo kontrakt yoki super-kontrakt pulini abituriyentning o‘zi emas, balki biror homiy tashkilot to‘lamoqchi bo‘lsa (balki keyinchalik o‘sha tashkilotga ishlab berish sharti bo‘lishi ham mumkin), unda uch tomonlama shartnoma degan bandni tanlash kerak. Uch tomonlama tanlanganda o‘sha homiy korxonaning (o'qiyotgan universitetning emas) STIR raqamlarini ham kiritish kerak bo‘ladi.

Kanalga ulanish:
👉 @TSTU_NEWS 👈
⚡️2024-2025 o‘quv yili Sirtqi taʼlim shaklida tahsil oladigan talabalar o‘quv grafigi

📚 KUZGI SEMESTR

1-KURS: Kredit taʼlim tizimiga kirish
– 21.10.2024 y. dan 26.10.2024 y. gacha;

NAZARIY TA’LIM – 06.01.2025 y. dan 01.02.2025 y. gacha;

2-KURS: NAZARIY TA’LIM – 02.12.2024 y. dan 28.12.2024 y. gacha

3-KURS: NAZARIY TA’LIM – 11.11.2024 y. dan 07.12.2024 y. gacha;

4-KURS: NAZARIY TA’LIM – 21.10.2024 y. dan 16.11.2024 y. gacha;

5-KURS: NAZARIY TA’LIM – 30.09.2024 y. dan 26.10.2024 y. gacha.

📚 BAHORGI SEMESTR

1-KURS: NAZARIY TA’LIM –
05.05.2025 y. dan 31.05.2025 y. gacha;

2-KURS: NAZARIY TA’LIM – 14.04.2025 y. dan 10.05.2024 y. gacha;

3-KURS: NAZARIY TA’LIM – 24.03.2025 y. dan 19.04.2025 y. gacha;

MALAKAVIY AMALIYOT – 21.04.2025 y. dan 03.05.2025 y. gacha;

4-KURS: NAZARIY TA’LIM – 03.03.2025 y. dan 29.03.2025 y. gacha;

MALAKAVIY AMALIYOT – 31.03.2025 y. dan 12.04.2025 y. gacha;

5-KURS: NAZARIY TA’LIM – 10.02.2025 y. dan 08.03.2025 y. gacha;

BITIRUV MALAKAVIY ISHI HIMOYASI (YAKUNIY DAVLAT ATTESTATSIYASI) – 02.06.2025 y. dan 21.06.2025 y. gacha.

Kanalga ulanish:
👉 @TSTU_NEWS 👈
Toshkent davlat transport universiteti elektron platformalari

Rasmiy sayt : tstu.uz

Hemis tizimi: student.tstu.uz

Moodle tizimi: moodle.tstu.uz

Kutubxona: elib.tstu.uz

Kanalga ulanish:
👉 @TSTU_NEWS 👈
🔈 “IT” sohasiga qiziquvchi talabalar diqqatiga!

“ICTWEEK UZBEKISTAN 2024” tashkilotchilari tomonidan 18-sentabr kuni soat 9:00 dan 12:00 gacha “Huawei ICT Talent Summit” - o‘quv sessiyasi tashkil etilmoqda.

Sammitda raqamli ko‘nikmalarni rivojlantirish va texnologiya sohasida yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlashning asosiy masalalari muhokama qilinadi. Shuningdek, “Huawei ICT Academy”, xalqaro tashkilotlar va universitetlar vakillari talabalar uchun ushbu sohadagi imkoniyatlar haqida ma’lumot berib, ta’lim texnologiyalari sohasidagi so‘nggi yutuqlar bilan o‘rtoqlashadilar. Bundan tashqari “ICT Competiton 2024/2025” tanlovi tafsilotlari taqdimot qilinadi.

Sammitga kirish ochiq, ishtirok etish uchun ICTWEEK24da roʻyxatdan oʻting: ➡️https://ictweek.uz/oz/register/visitor

Tadbir Central Asian Expo (CAEx) ko‘rgazmalar markazi “Hall 1” da bo‘lib o‘tadi.

📍 Joylashuv

#ICTWEEK24 #Uzbekistan
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Toshkent davlat transport universitetida tashkil qilingan sport toʻgaraklari

Shaxmat va shashka klubi - Payshanba
🙎🏻‍♂️ Murabbiy: Rustamov Kamoliddin (+998971569421)

🏐 Voleybol - Dushanba, Chorshanba, Juma kunlari.
🙎🏻‍♂️ Murabbiy: Pirnazarov G‘ulomjon (+998977587292)

⚽️ Futbol - Dushanba, Chorshanba, Juma kunlari.
🙎🏻‍♂️ Murabbiy: Djurayev Bobir (+998903472466)

🤼 Dzyudo, Milliy kurash - Dushanba, Chorshanba, Juma kunlari.
🙎🏻‍♂️ Murabbiy: Rustamov Erbol (+998998773443)

🏀 Basketbol - Seshanba, Payshanba, Shanba kunlari.
🙎🏻‍♂️ Murabbiy: Xegay Edem (+998900245779)

🏓 Stol tennisi - Dushanba, Chorshanba, Payshanba kunlari.
🙎🏻‍♂️ Murabbiy: Orazmetov Ruslan (+998934846977).

@TSTU_NEWS
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Toshkent davlat transport universiteti Talabalar turar joyi hududida “Milliy party” bo‘lib o‘tadi
🏆 Toshkent davlat transport universitetida “Talabalar ligasi” musobaqasi boshlanmoqda

“Talabalar ligasi” sportning futbol, voleybol, basketbol, stol tennisi, yengil atletika, stritbol, kurash, gandbol, badminton turlari boʻyicha oʻtkaziladi.

Talabgorlar 25-sentabrga qadar Yoshlar bilan ishlash boʻyicha dekan oʻrinbosarlariga murojaat qilishingiz mumkin.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Toshkent davlat transport universiteti Talabalar turar joyi hududida “Milliy party” konsert dasturi bo‘lib o‘tdi

Universitet rasmiy sahifalari:
TSTU.uz | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | News
Toshkent davlat transport universiteti prorektori A.A.Gulamov “Turizm fidoyisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi
🇺🇿🟦🟦🟦🟦🟦🟦

⚡️1 yillik armiyada xizmat qilib, o'qishga imtiyoz asosida kirgan talaba-yigitlarning kontraktining 35 foizi to'lab beriladi.

🇺🇿 O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o'tab, qo'mondonlik tavsiyanomasi bilan Toshkent davlat transport universitetiga kontrakt asosida o'qishga qabul qilingan va Yoshlar ittifoqi tomonidan to'lab beriladigan kontraktning 35% miqdoridagi imtiyozni qo'lga kiritmoqchi bo'lgan talabalarni 27.09.2024 yil sanasida universitet Yoshlar ittifoqi BT xonasiga kelishlarini sorab qolamiz.

📆 27-sentabr 12:30 (katta tanaffus)da
📍 Universitet asosiy binosi 401-xona

🇺🇿TSTU Yoshlar ittifoqi

Bizning sahifalarimiz

🕊Telegram📱Instagram
📱Facebook📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
TAʼLIM KREDITI

✔️Kredit miqdori: 1-kurslar uchun bir yillik kontrakti miqdorigacha ajratiladi.

Ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari uchun fanlarni o‘zlashtirishning o‘rtacha ko‘rsatkichi “3” dan past bo‘lgan taqdirda ta’lim krediti to‘lov-kontrakt summasining ko‘pi bilan 80 foizi miqdorida ajratiladi (“Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan oilalar farzandlari bundan mustasno).

✔️Qaytarish muddati: o‘qish muddati (3, 4 yoki 5 yillik muddat) tugagandan so‘ng yettinchi oydan boshlab 7 yil muddatga.

✔️Foizi: 🧑🏻‍🎓yigitlar uchun — Markaziy bankning asosiy stavkasi miqdorida (hozir 13,5% — 2024-yil 10-sentyabr holatiga);
👩‍🎓qizlar uchun - foizsiz (0%);

✔️Asosiy stavka o‘zgarsa: agar Markaziy bankning asosiy stavkasi pasaysa, unda kredit foizi ham pasayadi. Agar asosiy stavka ko‘tarilsa, unda kredit foizi o‘zgarmaydi (yaʼni ko‘tarilmaydi).

✔️Kimlarga beriladi:

faqat kunduzgi taʼlim shakliga
bakalavr (shu jumladan ikkinchi mutaxassislik) yoki magistrga
to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga kirgan
yoki o‘qishini ko‘chirgan talabalarga beriladi.

✔️Quyidagilarga berilmaydi:

super-kontrakt uchun;
sirtqi;
kechki;
masofaviy;
maxsus sirtqi shakllar uchun taʼlim krediti berilmaydi.

✔️Qaysi OTMlar uchun: taʼlim krediti O‘zbekistondagi davlat, nodavlat yoki xorijiy

oliy;
o‘rta maxsus;
professional taʼlim tashkilotlari va ularning filiallari
yoki qo‘shma dasturda o‘qiydigan talabalarga beriladi.

Xorijda joylashgan OTMlarda o‘qish uchun taʼlim krediti berilmaydi.

HEMIS dasturiga ulanmagan xususiy OTMlarning talabalariga ta’lim krediti berilmaydi.

✔️Kafillik: kredit oluvchining doimiy daromad manbaiga ega bo‘lgan oila aʼzolari (ota-onasi, aka-ukasi, opa-singlisi, eri yoki xotini) yoki boshqa uchinchi shaxslar taʼlim krediti shartnomasida birgalikda kredit oluvchi sifatida qatnashishlari mumkin (yaʼni aynan qarindosh bo‘lishi shartmas).

✔️Kimlarga kafillik talab etilmaydi: “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kirgan oilalarning farzandlariga ajratiladigan taʼlim krediti bo‘yicha garov va kafillik talab etilmaydi.

✔️Fuqarolik: taʼlim krediti faqat O‘zbekiston fuqarolari uchun beriladi. Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga banklarning o‘zlari tijoriy shartlarda kredit berishi mumkin.

✔️Kerakli hujjatlar: bankka quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

a) ariza;
b) talaba va taʼlim muassasasi o‘rtasidagi shartnoma (kontrakt);
d) kredit qaytarilishining taʼminoti bo‘yicha hujjat. Bunda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kirgan oilalarning farzandlariga ajratiladigan taʼlim krediti bo‘yicha garov va kafillik talab etilmaydi;
e) “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilganligini tasdiqlovchi maʼlumotnoma (agar bo‘lsa);
f) bankning ichki hujjatlarida (siyosatida) belgilangan boshqa hujjatlar, shu jumladan, birgalikda kredit oluvchiga tegishli maʼlumot va hujjatlar.

✔️Ariza ko‘rib chiqilish vaqti: ariza 5 ish kunida ko‘rib chiqilishi va kredit shartnomasi imzolanishi kerak. Agar rad etilsa bu haqda talabaga sababi ko‘rsatilgan javob xati beriladi.

✔️Muddatdan oldin qaytarish: kredit oluvchi taʼlim kreditini shartnomada belgilangan muddatlardan oldin qaytarishga haqli.

✔️Arizani qachon va qanday berish kerak: ta'lim krediti olish uchun arizani bugunning o'zida bersangiz ham bo'laveradi. Buning uchun albatta bankka borishingiz ham shart emas, quyidagi 2 usul orqali onlayn ariza yuborish ham mumkin:

1) https://talim-krediti.mf.uz sayti;
2) Yagona portal orqali (https://my.gov.uz/oz/service/677).