TKTI Yoshlar Ittifoqi
2.52K subscribers
17K photos
1.68K videos
672 files
3.75K links
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent kimyo-texnologiya instituti boshlang‘ich tashkiloti telegram kanali

Tezkor !
Ishonchli !
Holis !

Yoshlarning sevimli axborot ulashuvchi kanali
Download Telegram
Forwarded from TKTI.UZ | Rasmiy kanal
TKTI Yoshlar Ittifoqi
Tanlov fanini tanlash uchun yo'riqnoma.pdf
👩‍🎓 2022-2023 o’quv yilining bahorgi o‘quv semestrining dastlabki birinchi haftasida (Kredit ta’lim tizimiga kirish haftasi: 1-bosqich talabalari uchun 2023-yil 13-fevraldan 18-fevralgacha, 2- va 3-bosqich talabalari uchun 6-fevraldan 11-fevralgacha) kredit-modul tizimida taxsil olayotgan talablar uchun HEMIS axborot tizimi orqali talabalar shaxsiy ta’lim traektoriyasida o‘quv rejasida muqobillik asosida belgilangan tanlov fanlari doirasida fanlarni mustaqil tanlashlariga imkoniyat yaratildi. Akademik guruhlar bo‘yicha eng ko‘p talabalar tomonidan tanlov fanlari doirasida tanlangan fanlar o‘quv jarayoniga tatbiq etiladi.

🤣 Kimyoviy texnologiya, Texnologik mashinalar va jihozlar, Oziq-ovqat texnologiyasi ta’lim yo‘nalishlarida ta’lim olayotgan 2-kurs talabalarning ta’lim yo‘nalishlarining tarmoq-sohalarini tanlash tadbirlari tegishli fakultet dekanlari, kafedra mudirlari va tyutorlar tomonidan tashkil etiladi.

😃 Shuningdek, o‘quv semestrining dastlabki birinchi haftasida har bir fan professor-o‘qituvchilari tomonidan talabalarga o‘z fani bo‘yicha dasturini «sillabus» taqdim etib, ushbu fanning maqsadlari, uning o‘quv dasturida tutgan o‘rni, talabaning kelajakdagi kasbiy faoliyati uchun ahamiyati, talabalar ushbu fanni o‘rganish natijasida amaliyotda nimalar qila olishi, ushbu fan bo‘yicha semestr davomida o‘rganiladigan mavzular ro‘yxati, talabalar foydalanishi zarur va mumkin bo‘lgan adabiyotlar ro‘yxati, baholash mezonlari haqidagi to‘liq ma'lumotlar bilan tanishtiradilar.

😃 Bulardan tashqari, ta’lim sifatini oshirish va professor-o‘qituvchilar o‘rtasida raqobatni shakllantirish maqsadida o‘quv semestrining dastlabki haftasida talabalar fanni o‘qitishga talabgor professor-o‘qituvchilarni tanlash (almashtirish) imkoniyatiga ham ega bo‘ladilar. Bunda, guruh talabalarning katta qismi dars jadvalida ko‘rsatilgan fanni o‘qitishga talabgor professor-o‘qituvchini boshqa professor-o‘qituvchiga almashtirib berish bo‘yicha fakultet dekanatiga yoki akademik faoliyatni boshqarish bo‘limiga murojaat qilganlarida, fanni o‘qitishga talabgor professor-o‘qituvchi boshqa professor-o‘qituvchiga almashtirib berish choralari ko‘riladi.

Videoqo'llanma https://www.youtube.com/watch?v=2cTD0vzmUz0&t=2928s

👩‍🎓 TKTI.UZ | ✉️ Telegram | 📱 Instagram | 📱 Facebook | 🌐 YouTube | 📱 VK | 👍 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
HAMMANI DIQQATIGA... E'LON!!!

Toshkent kimyo-texnologiya instituti
"Quvnoqlar va Zukkolar" 🎭ko'rik tanlovining festivaliga barcha talaba yoshlar chorlab qolamiz.

⭕️Bu yerda siz o'z tengdoshlaringiz bilan jamoa bo'lib qatnashsangiz ham bo'ladi.( bir fakultetdan 1 ta terma jamoa bo'lishi shart emas. Jamoa tuzib ishtirok etsangiz bo'ladi)

Bunaqasi hali bu yerda bo'lmagan. 🤩

⭕️Bu festivalga qatnashib siz institut terma jamoasiga taklif qilinishingiz mumkin.

🏆Respublika bosqichiga birgalikda  tayyorlanamiz agarda sizda ijod qilish imkoni bo'lsa undan unumli foydalaning va bizning jamoaga qo'shilish imkonini qo'lga kiriting.

🗓4-MART
📍NOORGANIK MODDALAR KIMYOVIY TEXNOLOGIYA FAKULTETI
🏢FAOLLAR ZALIDA
SOAT 14:00

Qo'shimcha ma'lumotlar uchun:
📞 
+998937110024
👤
@degazik
#tarqatamiz

Sen o'zingni mahoratli
#aktyor deb hisoblaysanmi?
Senda
#teatr san'atiga qiziqish bormi?
O'zingni sinab ko'rmoqchimisan? Institut yulduzlaridan biriga aylanmoqchimisan?

Institutning "Kimyogar" teatr studiyasi jamoasiga qo'shilish uchun kasting e'lon qilamiz!!!

2022-yilda Oliy taʼlim muassasalari teatr studiyalari oʻrtasida “Yilning eng yaxshi talabalar teatr studiyalari” koʻrik-tanlovini eʼlon qilingan edi...
Ushbu tanlovda bizning "Kimyogar" teatr studiyasi ham ishtirok etadi!

🏆 Tanlov gʻoliblari diplom, esdalik sovgʻalari hamda pul yutuqlari bilan taqdirlanar ekan...

🔵“Milliy an'ana va qadriyatlarni tarannum etganligi uchun” nominatsiyasi — 30 mln. soʻm;
🔵“Dolzarb mavzuning sahnaviy talqini” nominatsiyasi — 40 mln. soʻm;
🔵“Eng yaxshi spektakl” nominatsiyasi — 60 mln. soʻm.

Murojaat uchun:

@adhamovaziz
@Qodirxonov
#Ajoyib_kutilmagan_yangilik
#Shérxonlik

She’riyat mulkining sultoni bo’lmish bobomiz Mir Alisher Navoiy tavalludining 5️⃣8️⃣2️⃣yilligi munosabati bilan
#shérxonlik tanloviga start beramiz!

She'r yozishda mahoratingiz bormi🤔

Siz endi oʻz iqtidoringizni sinovdan oʻtkazib olishingiz mumkin boʻladi.

🔰Bunda biz sizga yordam beramiz.
- hech qayerdan koʻchirilmagan;
-oʻzingiz ijod qilgan;
-6️⃣ misradan kam boʻlmagan she'rlar qabul qilinadi.

❇️ Shoshiling!!!
Ijodiy ishlar 8-fevral soat 16:00 ga qadar qabul qilinadi.

📚 G’olib talaba “Jadidlar” to'plami bilan taqdirlanadi.
❇️ Eng yaxshi 5 nafar ijod namunalari institut matbuot xizmati tomonidan ovozlashtirilib, mobilografiya ko'rinishida ijtimoiy tarmoqlarda e'lon qilinadi!

Murojaat uchun:
@SHAHLOQUDRATOVA

@TKTI_Official
#bilarmidingiz
#kingsgambit
#live

TKTI Zakovat klubi tomonidan tarixda ilk bora 13 professional
#shaxmatchilar o'rtasida 13 turdan iborat "King's Gambit" turniri bo'lib o'tmoqda.

@tktizakovat kanalida o'yinlarni LIVE kuzatib boring va Chempionlarni tanib oling!

@tktizakovat
#Navoiy_day582
#Bobur_day540
#challenge

🔰7-15 fevral kunlari buyuk bobokalonlarimiz Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligi va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligi munosabati bilan institutimizda bobolarimiz qalamiga mansub g'azal, she'r va ruboiylari aks ettirilgan #video_challange tanlovi bo'lib o'tadi.

G'olibga diplom va “Jadidlar” kitob to’plami taqdim etiladi.

📽Videolarni
@TKTIYItanlovlarbot ga yuboring.

📚Buyuk ajdodlarimizga munosib avlod bo'laylik!!!

@TKTI_Official
#bilarmidingiz

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tagan va ushbu imtiyoz asosida Toshkent kimyo-texnologiya institutiga to‘lov-kontrakt shakli bo‘yicha o‘qishga qabul qilingan talabalarni moddiy qo‘llab-quvvatlanishidan (Davlat tomonidan kontrakt summasining 35% miqdorida to’lab berilishidan ) xabardormisiz ?(Talablar ham mavjud)

Ushbu imkoniyatdan foydalanish uchun arizalar topshirish jarayoni boshlanganligini ma’lum qilamiz.

Davogar talabalar O'zbekiston yoshlar Ittifoqi TKTI boshlang’ich tashkiloti xonasi 1 bino 410-xonaga kelib uchrashishlari so’raladi.

Batafsil:
@Adhamovaziz

@TKTI_Official
Forwarded from TKTI.UZ | Rasmiy kanal
⭕️ Siz xorijiy tillarni o'rganishni xohlaysizmi?

👩‍🎓 Toshkent kimyo-texnologiya instituti "Xorijiy tillar" kafedrasi qoshida ochilgan 🌍 GLOBAL LANGUAGE o'quv markaziga marhamat!

Ingliz va Nemis tillaridan quyidagi darajalar bo'yicha guruhlarga taklif qilamiz:

Elementary
Pre-intermediate
Pre-IELTS/IELTS
Grundstuffe (A1-A2)
Mittielstuffe (B1-B2)

Darslar haftada 3kun, talabalardan kelib chiqib har bir fakultet binosida tashkil etiladi.

Institut talabalari uchun 30% chegirma,
Professor-o'qituvchilar uchun 40% chegirma
Kurs hududidagi mahalla yoshlari uchun 20% chegirma mavjud

Murojaat uchun: +998951427700

Manzil: Samarqand darvoza ko'chasi 60-uy
Mo'ljal: Menejment va kasb ta'limi fakulteti binosi

👩‍🎓 TKTI.UZ | ✉️ Telegram | 📱 Instagram | 📱 Facebook | 🌐 YouTube | 📱 VK | 👍 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Xayrulla Sattarov
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Xayrulla Sattarov
TKTI Yoshlar Ittifoqi
Video message
АССАЛОМУ АЛАЙКУМ АЗИЗ ЮРТДОШЛАР

➡️ ТУРКИЯ ҚАРДОШ МАМЛАКАТДА ЮЗ БЕРГАН ҲОДИСАГА БЕФАРҚ БЎЛМАЙ, ЁРДАМ ҚЎЛИНИ ЧЎЗИШ, ОҒИР ВАЗИЯТДА ЁЛҒИЗ ҚОЛДИРМАСЛИК, ҲАМ МОДДИЙ, ҲАМ РУҲИЙ КЎМАК БЕРИШ МАҚСАДИДА «ЁШЛАР ИЖОД САРОЙИ»ДА МАХСУС ШТАБ ТАШКИЛ ЭТИЛДИ.

➡️ СИЗ У ЕРГА — КИЙИМ-КЕЧАК, ОЗИҚ-ОВҚАТ ВА КЕРАКЛИ НАРСАЛАР ЁРДАМНИ ТАҚДИМ ЭТИШИНГИЗ МУМКИН , ХАМДА АГАР ИСТАСАНГИЗ ҚУЙИДАГИ БАНК КАРТАСИГА ПУЛ ЎТКАЗИШ ОРҚАЛИ ҲАМ ЁРДАМ БЕРИШИНГИЗ МУМКИН.

ЯХШИ КУНДА ҲАМ, ЁМОН КУНДА ҲАМ ЁЛҒИЗЛАТИБ ҚЎЙМАСЛИК ИНСОНИЙЛИК БЕЛГИСИДИР!

🟢 ХАЙРИЯ ЛОЙИҲАСИНИНГ ҲИСОБ РАҚАМИ:

МФО 00407
20212000300853182002

КОРПОРАТИВ КАРТА РАҚАМИ
8600 0226 5378 7540

🆔Humocard
Abrorjon Marifjonov
9860 1201 0273 4320

🆔 Visa Card
Abrorjon Marifjonov
4463 0900 4995 5134

🗺
ЛОКАЦИЯ: ЁШЛАР ИЖОД САРОЙИ

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
🥇Telegram 🥈Facebook 🥈Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM