TKTI Yoshlar Ittifoqi
2.49K subscribers
17.1K photos
1.69K videos
673 files
3.78K links
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent kimyo-texnologiya instituti boshlang‘ich tashkiloti telegram kanali

Tezkor !
Ishonchli !
Holis !

Yoshlarning sevimli axborot ulashuvchi kanali
Download Telegram
#9_May
#Sharaf_lentalari

«Xotira bor ekan, millat barhayot» shiori ostidagi ushbu ezgu tashabbusda yo‘l-yo‘lakay uchragan yoshlar, xotin-qizlar hamda keksa yoshli nuroniylarga sharaf lentalari taqib qo‘yildi.

@TKTI_Official
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#9_May

Vinochilik texnologiyasi va sanoat uzumchiligi fakultetida tashkil qilingan "EKO KLUB" a'zosi B21-14u1-guruh talabasi Jo'rayev Jasurbek G'ayratjon o'g'li tomonidan "9-May Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan tayyorlagan videoroliki

@TKTI_Official
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Янги Ўзбекистон” боғи ҳудудида “Хотира ва қадрлаш куни”га бағишланган улкан салют отилди.


@TKTI_Official
#xalqaro_hamkorlik
#kongress

🇺🇿Toshkent kimyo-texnologiya
instituti va 🇹🇷Iqtisodiy rivojlantirish va ijtimoiy tadqiqotlar instituti IKSAD (Turkiya) hamkorligida "Toshkent
I Xalqaro zamonaviy bilimlar kongressi
" o'tkazilmoqda.

Kongress 10-11 may kunlari o'tkaziladi.

Kongressning ochilish marosimi 10-may kuni soat 10:30 da A.Navoiy 32 bino faollar zalida bo'lib o'tadi.
Forwarded from Tashqi ishlar vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bayonoti

So‘nggi vaqtlarda hodisalarni yoritishda xolislik va betaraflikka da’vo qiladigan ba’zi chet el nashrlari ayrim xorijiy davlatlar rahbarlarining Ittifoq davlatini kengaytirish va unga O‘zbekiston Respublikasining qo‘shilishi haqidagi asossiz fikrlarini tarqatishda davom etmoqda.

Shu munosabat bilan O‘zbekistonning xorijiy hamkorlar bilan do‘stona munosabatlariga putur yetkazishi mumkin bo‘lgan bunday ig‘vogar harakatlarga yo‘l qo‘yilmasligini yana bir bor ta’kidlaymiz.

O‘zbekiston Respublikasi o‘z mustaqilligi va suverenitetini ta’minlash maqsadida faqat milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda bundan buyon ham o‘zi tanlagan mustaqil taraqqiyot yo‘lida qat’iy davom etadi.

Facebook | Telegram | YouTube | www.mfa.uz | Twitter
#kun_qahramoni

Bugun Toshkent kimyo-texnologiya instituti bosh binosi oldida vaqtinchalik ta'mirlash ishalari olib borilayotgani sabab shu joydagi svetafor olib tashlangan edi. Yuzaga kelgan muamo tufayli bir oz muddat asaosiy yo'lning bir tomonida tirbandlik yuzaga keldi, so'ngra ushbu fotodagi savobistar, sahovatpesha inson vaqtini ayamasdan salomatlig va xavfsizligini garovga qo'yib yo'lning ravon bo'lishini ta'minladilar.

Yurtimizda shu kabi yuksak insoniy fazilatga ega insonlar ko'payaversin.

@TKTI_Official
#kunqahramoni

Bugun Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligida yoshlarni ilm-fan sohasiga keng jalb etish, ular tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash, ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida 2019-yildan buyon anʼanaviy tarzda oʻtkazib kelinayotgan “Yangi Oʻzbekistonning isteʼdodli yoshlari” nomli ilmiy-innovatsion ishlanmalar respublika tanlovi gʻoliblarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.

Unda 5 ta yoʻnalishda gʻoliblikni qoʻlga kiritgan 15 nafar boʻlajak olimlar vazir Abduqodir Toshqulov hamda “Ulugʻbek” jamgʻarmasi raisi Oqil Salimov tomonidan munosib taqdirlandi.
#kunqahramoni

🔥Quvonarlisi g'oliblar orasida Vinochilik texnologiyasi va sanoat uzumchiligi fakulteti, Biotexnologiya kafedrasi o'qituvchisi Mirzayeva Dilobar Abdukaxarovna "No'ananviy manbalar asosida ozuqa yemi olish texnologiyasini ishlab chiqish" mavzusidagi loyihasi bilan ishtirok etib faxrli 🥇 o'rinni qo'lga kiritdi.

Maʼlumot oʻrnida taʼkidlash joizki, joriy yilgi tanlov 5 ta: texnika va texnologiya; axborot texnologiyalari; tibbiyot; qishloq va suv xoʻjaligi; arxitektura va qurilish yoʻnalishlarida oʻtkazildi. 
Tanlovga 51 ta oliy taʼlim muassasalaridan jami 246 ta ishlanma taqdim etilgan boʻlib, shundan 108 tasi mustaqil tadqiqotchilar, 39 tasi doktorantlar, 71 tasi bakalavriat va 28 tasi magistratura talabalari tomonidan yaratilgan ishlanmalar 
Tanlovga taqdim etilgan hujjatlar va materiallar Ekspertlar guruhi tomonidan koʻrib chiqildi.

Baholash yakuniga koʻra, yuqorida keltirilgan 5 ta yoʻnalishning har biri boʻyicha I, II,III oʻrinlar uchun 15 nafar gʻolib aniqlandi.

Tanlov gʻoliblariga pul mukofotlari va maxsus diplomlarni shaxsan vazir Abduqodir Toshqulov hamda “Ulugʻbek” jamgʻarmasi raisi Oqil Salimovning oʻzi topshirdi. 

5 nafar 🥇oʻrinni egallagan gʻoliblarning har biri 30 mln soʻmdan;
5 nafar 🥈oʻrinni egallagan gʻoliblarning har biri 20 mln soʻmdan;
5 nafar 🥉oʻrinni egallagan gʻoliblarning har biri 10 mln soʻmdan pul mukofotlari bilan taqdirlandi.