🇺🇿 Tashqi ishlar vaziri matbuot kotibi Axror Burxanovning rasmiy kanali
1.81K subscribers
144 photos
39 videos
79 links
Tashqi ishlar vaziri matbuot kotibi kanali orqali sizlarni Vazirligimiz faoliyatiga oid yangiliklar va ma'lumotlar bilan tanishtirib boramiz.

Murojaat uchun: @mfa_press_bot

X.com/AkhrorBurkhanov
Fb.com/AkhrorBurkhanov
Instagram.com/AkhrorBurkhan
Download Telegram
Forwarded from Tashqi ishlar vazirligi
O‘zbekistonning Rossiya Federatsiyasidagi Elchixonasi xabari:

O‘zbekistonning Moskvadagi Elchixonasi 2024-yil 8-aprel kuni Samara viloyatida sodir bo‘lgan baxtsiz hodisa natijasida halok bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi.

Hodisa Samara viloyatidagi Ural-Muxanovo trassasida sodir bo‘lgan. Chimkent-Nijniy Novgorod yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanayotgan avtobus yo‘ldan chiqib ketib, ag‘darilib ketgan. Hodisa vaqtida avtobusda 66 yo‘lovchi bo‘lgan. Oqibatda ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi, 20 ga yaqin kishi jarohat oldi va tibbiyot muassasalariga joylashtirildi.

Zarur yordam ko‘rsatish maqsadida O‘zbekistonning Rossiyadagi elchisi va Qozon shahridagi Bosh konsullik xodimlari voqea joyiga yetib borishdi.

Bu borada diplomatlarimiz Rossiya Federatsiyasining Samara viloyatidagi tegishli tashkilotlar bilan yaqindan hamkorlik qilmoqda. Vaziyat alohida nazorat ostida.

Zarur hollarda, qo'shimcha ma'lumot uchun quyidagi raqamlarga murojaat qilish mumkin:
- O'zbekistonning Moskvadagi elchixonasi konsullik bo'limining call-markazi: +7 499 238-36-20; +7-499 230-00-76
- Oʻzbekistonning Qozon shahridagi Bosh konsulligi: +7 843 526 55 63; elektron pochta manzili: kaz.uzconsulate@mfa.uz.
Yaqinda jahon miqyosida tan olingan BBC media kompaniyasi Navoiy viloyatidagi yovvoyi tabiatini suratga olish bo‘yicha yirik loyihani ishga tushirdi. Filmda qushlar haqida hikoya qilinadi va O‘zbekistonning tabiatni muhofaza qilish borasidagi sa’y-harakatlari haqida so‘z boradi.

@TIVmatbuot
Forwarded from Tashqi ishlar vazirligi
Tashqi ishlar vazirligi jamoasi nomidan barchani Ramazon hayiti bilan chin yurakdan muborakbod etamiz!
***
От имени коллектива Министерства иностранных дел искренне поздравляем всех с праздником Рамазан хайит!
***
On behalf of the team of the Ministry of Foreign Affairs, we sincerely congratulate all on Eid-ul-Fitr!

Facebook | YouTube | Instagram | X
🇺🇿 Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov boshchiligidagi delegatsiya 11-12-aprel kunlari Belarus poytaxti Minsk shahrida bo‘ladi. Tashrif davomida qator ikki tomonlama uchrashuvlar hamda MDH mamlakatlari va Markaziy Osiyo - Rossiya tashqi ishlari vazirlari formatidagi navbatdagi yig‘ilishlarda ishtirok etish rejalashtirilgan.

👉🏻 @TIVmatbuot
Belarus poytaxti Minsk shahrida MDH mamlakatlari tashqi ishlari vazirlari uchrashuvi boshlanish arafasida.

Mamlakatimiz delegatsiyasiga 🇺🇿 tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov boshchilik qiladi.

👉🏻 @TIVmatbuot
MDH mamlakatlari tashqi ishlar vazirlari uchrashuvi.

Minsk, 12-aprel.

👉🏻 @TIVmatbuot
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Xalqaro maydonda balans buzildi” — Shavkat Mirziyoyev dunyodagi notinchlik haqida gapirdi

“Xalqaro maydonda balans buzildi, qonun-qoidalar mutlaqo o‘zgardi. Hatto do‘stim deb yurgan davlatlar o‘rtasida ishonch yo‘q bo‘ldi, desak bu ham adolatdan. Ertaga dunyoda bu notinchlik ko‘lami qayergacha kengayishini hech kim bilmaydi”, – dedi prezident.

Telegram Русский | English | Facebook | Twitter | YouTube
Исроил Давлатида истиқомат қилувчи Ўзбекистон фуқаролари ДИҚҚАТИГА!!!

Ўзбекистоннинг Исроилдаги элчихонаси минтақадаги вазият туфайли Исроил ҳудудида бўлиб турган фуқаролардан эҳтиёткорлик ва хавфсизлик чора-тадбирларини кўриш ҳамда доимий равишда ҳушёрлик зарурлигини эслатади.
Ушбу зиддиятли кунларда шахсий хавфсизликка таҳдид солиши мумкин бўлган ҳолатларни олдини олиш учун заруратсиз яшаб турган жойингизни тарк этмасликни тавсия қиламиз.

Элчихона консуллик бўлими ишонч телефонлари:

☎️ 03-672-2466
☎️ 03-672-2371
☎️ 03-758-5075
☎️ 03-758-5076

Фавқулодда ҳолатларда ва шошилинч хабарлар учун:
☎️ 972 54 485 1397
15-aprel kuni Toshkent shahrida o‘tkaziladigan “Markaziy Osiyo – Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi” Strategik muloqoti tashqi ishlar vazirlarining ikkinchi uchrashuvida qatnashish uchun delegatsiyalar mamlakatimizga yetib kelmoqda. Bugun kun davomida ular bilan tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidovning qator uchrashuvlari rejalashtirilgan. Ilk uchrashuv Qirg‘iziston delegatsiyasi bilan.

@TIVmatbuot
15-aprel kuni Toshkent shahrida o‘tkaziladigan “Markaziy Osiyo – Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi” Strategik muloqoti tashqi ishlar vazirlarining ikkinchi uchrashuvida qatnashish uchun delegatsiyalar mamlakatimizga yetib kelmoqda. Bugun kun davomida ular bilan tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidovning qator uchrashuvlari rejalashtirilgan. Ilk uchrashuv Qirg‘iziston delegatsiyasi bilan.

@TIVmatbuot
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Markaziy Osiyo – Ko'rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi: yangi imkoniyatlar maydoni

15-aprel kuni O'zbekiston poytaxtida "Markaziy Osiyo – Ko'rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi" Strategik muloqoti tashqi ishlar vazirlarining ikkinchi uchrashuvi bo'lib o'tadi

Batafsil
Батафсил

Telegram Русский | English | Facebook | Twitter | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Diplomatik dayjest" O'zbekiston diplomatiyasiga oid muhim voqealarni yetkazishda davom etadi

O'zbekiston Tashqi ishlar vazirligi va xorijdagi diplomatik vakolatxonalarimiz faoliyatida o'tgan haftada qanday yangiliklar bo'ldi?

Ko'rsatuvning navbatdagi (8-13-aprel) barchasi haqida sizga ma'lumot beradi.
Barcha mehmonlar Toshkentda, uchrashuv boshlanish arafasida.

@TIVmatbuot
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov “Markaziy Osiyo – Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi” Strategik muloqoti tashqi ishlar vazirlarining ikkinchi uchrashuvini ochib berdi.
***
Minister of Foreign Affairs of the Republic of Uzbekistan Bakhtiyor Saidov opened the Second Foreign Ministerial meeting of the Strategic Dialogue “Central Asia – Cooperation Council for the Arab States of the Gulf”.
***
Министр иностранных дел Республики Узбекистан Бахтиёр Саидов открыл вторую встречу министров иностранных дел Стратегического диалога «Центральная Азия – Совет сотрудничества арабских государств Залива».

@TIVmatbuot
Forwarded from Tashqi ishlar vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidovning “Markaziy Osiyo – Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi” Strategik muloqoti tashqi ishlar vazirlarining ikkinchi uchrashuvidagi kirish so‘zi.

Facebook |YouTube | Instagram | X
Forwarded from Tashqi ishlar vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bayonoti

O‘zbekiston Respublikasi Yaqin Sharqdagi vaziyat keskinlashuvining yangi bosqichidan chuqur xavotirda.

O‘zbekiston tomoni barcha taraflarni bosiqlikka, harbiy harakatlarni davom ettirishdan tiyilishga hamda mojaroni eng qisqa fursatlarda siyosiy tartibga solish uchun mumkin bo‘lgan barcha choralarni ko‘rishga chaqiradi.

Mazkur mintaqadagi keskinlikning avj olishi yanada jiddiy oqibatlarga va keng ko‘lamli harbiy qarama-qarshiliklarga olib kelishi mumkin deb hisoblaymiz.

Facebook |YouTube | Instagram | X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
2024-yil 15-aprel kuni Toshkent “Markaziy Osiyo – Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi” Strategik muloqoti tashqi ishlar vazirlarining ikkinchi uchrashuviga mezbonlik qildi.
***
On April 15, 2024, Tashkent hosted the Second Foreign Ministerial meeting of the Strategic Dialogue “Central Asia – Cooperation Council for the Arab States of the Gulf”.
***
15 апреля 2024 года в Ташкенте состоялось вторая встреча министров иностранных дел Стратегического диалога «Центральная Азия – Совет сотрудничества арабских государств Залива».

@TIVmatbuot @uzbekmfa
Jahonga mashhur CNN xalqaro axborot tashkiloti mamlakatimizning kreativ iqtisodiyoti vakillari hisoblanadigan raqamli kontent yaratuvchilar, rassomlar va musiqachilar keyingi avlodi haqida ko‘rsatuv suratga olish uchun O‘zbekistonga keldi.
***
The globally renowned international news organization CNN International has arrived in #Uzbekistan to film a program about the next generation of digital content creators, artists, and musicians driving the country’s creative economy. Stay tuned!

@TIVmatbuot @uzbekmfa