🇺🇿 TIV matbuot kotibi
5.74K subscribers
501 photos
152 videos
323 links
Tashqi ishlar vaziri matbuot kotibi kanali orqali sizlarni Vazirligimiz faoliyatiga oid yangiliklar va ma'lumotlar bilan tanishtirib boramiz.

Murojaat uchun: @mfa_press_bot
Download Telegram
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida pokistonlik jurnalist va yozuvchi Muhammad Abbos Xonning "O‘zbekiston: Uchinchi Renessans – taraqqiyot konsepti" nomli kitobining o‘zbek tilidagi nashri taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Oliy Majlisi vakillari, Pokiston Islom Respublikasi Prezidentining maslahatchisi va matbuot kotibi Murtazo Solangi, ikki mamlakat vazirlik va idoralari rahbarlari, fan, adabiyot va media sohalari namoyandalari ishtirok etdi.

“O‘zbekiston: Uchinchi Renessans – taraqqiyot konsepti” kitobi badiiy-publitsistik asar bo‘lib, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan Uchinchi Renessans g‘oyasi va amalga oshirilayotgan islohotlar dasturining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan. Unga so‘zboshini Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif yozgani esa davlatlarimiz rahbarlari va xalqlarimiz o‘rtasidagi ishonch va yaqin do‘stlikning yorqin ramzidir.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar bu asar Uchinchi Renessans va Yangi O‘zbekiston g‘oyalarining ahamiyati xalqaro miqyosda yanada teran anglanishi, O‘zbekiston-Pokiston hamkorligi va do‘stligi yanada mustahkam bo‘lishiga xizmat qilishiga ishonch bildirdilar.

В Национальной библиотеке Узбекистана имени Алишера Навои состоялась презентация узбекского издания книги пакистанского журналиста и писателя Мухаммада Аббаса Хана под названием «Узбекистан: Третий Ренессанс – концепция будущего».

В мероприятии приняли участие представители Администрации Президента и Олий Мажлиса Республики Узбекистан, советник и пресс-секретарь Президента Исламской Республики Пакистан Муртазо Соланги, руководители министерств и ведомств, а также деятели науки, литературы и медиа двух стран.

Книга «Узбекистан: Третий Ренессанс – концепция будущее» представляет собой художественно-публицистическое произведение, посвященное сути и содержанию идее Третьего Ренессанса, выдвинутой Президентом нашей страны Шавкатом Мирзиёевым, а также реализуемой под его руководством программы реформ. Предисловие к книге написал Премьер-министр Пакистана Шахбаз Шариф, что является ярким символом доверия и крепкой дружбы между нашими странами и народами.

Выступившие на мероприятии выразили уверенность, что книга будет способствовать более глубокому пониманию идей Третьего Ренессанса и Нового Узбекистана на международной арене, а также укреплению сотрудничества и дружбы между Узбекистаном и Пакистаном.

Facebook|Instagram|X
2🔥2👌1💯1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🤩🟠🟠: Gollivud yozuvidan to‘rt baravar balandroq va Oq uyga nisbatan taxminan yetti baravar kattaroq bo‘lgan O‘zbekistonning eng yangi madaniy markazi mislsiz miqyosdagi yodgorlikdir.

Qisman muzey, qisman ilmiy-tadqiqot markazi bo‘lgan uch qavatli Islom sivilizatsiyasi markazi Toshkent shahrida 2026-yil mart oyida jamoatchilik uchun ochilishi rejalashtirilgan. Ushbu markaz O‘zbekistonning islom ilm-fani markazi sifatidagi tarixiy o‘rnini qayta tiklashni maqsad qilgan.

***

🤩🟠🟠: Four times taller than the Hollywood sign and around seven times larger than the White House, Uzbekistan’s newest cultural center is a monument of epic proportions.

Part museum, part academic research facility, the three-story Center for Islamic Civilization (CISC) in Tashkent will be open to the public in March 2026, and is intended to celebrate and revive Uzbekistan’s historical role as a center of Islamic scholarship.

https://edition.cnn.com/world/uzbekistan-center-of-islamic-civilization-spc

@TIVmatbuot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7🔥53😍1
Fitch Ratings tomonidan Oʻzbekistonga berilgan “BB”/Barqaror reyting mamlakatda islohotlar jadallik bilan davom etayotganini hamda oʻrta muddatli istiqbolda qulay iqtisodiy oʻsish prognozlarini aks ettiradi. Ushbu omillar makroiqtisodiy barqarorlikka doir xatarlarni cheklashga xizmat qilishi va tarkibiy kredit koʻrsatkichlarining izchil yaxshilanishini ta’minlashi kutilmoqda.

***

Fitch Ratings’ ‘BB’/Stable rating for Uzbekistan reflects accelerated reform progress and favourable medium-term growth prospects, which we expect will contain macrostability risks and continue to drive a sustained improvement in structural credit metrics.

https://www.fitchratings.com/research/sovereigns/republic-of-uzbekistan-update-12-12-2025

@TIVmatbuot
4👍4👌2💯1
Dubay shahrida bo‘lib o‘tgan V yoshlar Para Osiyo o‘yinlarida yuksak mahorat va iroda namoyon etgan yosh para sportchilarimizni chin qalbdan tabriklaymiz.

Mazkur nufuzli musobaqada O‘zbekiston delegatsiyasi tarixiy natija qayd etib, 99 ta oltin, 57 ta kumush va 41 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi hamda 35 ta davlat orasida umumjamoa hisobida 1-o‘rinni egalladi. Bu yutuqlar yurtimizda para sport rivoji, tizimli tayyorgarlik va sportchilarimizning matonati samarasidir.

“Humo” Toshkent xalqaro aeroportida tantanali kutib olingan g‘oliblarimizga mustahkam sog‘liq, yangi zafarlar va kelgusi musobaqalarda ham ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz. Yurtimiz bayrog‘ini baland ko‘targan barcha sportchilar, murabbiylar va mutaxassislarga chuqur minnatdorlik bildiramiz.

@TIVmatbuot
👍2518🔥14👏14😍3
AQShning Rod-Aylend shtati, Providens shahrida joylashgan Braun universiteti hududida sodir bo‘lgan fojeali otishma oqibatida o‘zbekistonlik talaba MuhammadAziz Umurzoqovning halok bo‘lgani munosabati bilan marhumning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiramiz.

Mazkur fojia natijasida begunoh insonlarning hayotdan ko‘z yumgani barchamiz uchun og‘ir yo‘qotishdir.

O‘zbekiston Respublikasining AQShdagi vakolatxonalari vakillari marhumning qarindoshlari bilan doimiy aloqada bo‘lib, AQShning tegishli idoralari bilan hamkorlikda barcha masalalar yuzasidan yaqindan ish olib bormoqda.

@TIVmatbuot
😢436🙏5020
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori bilan mamlakatimiz uchun tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan muhim voqea — 2027-yilda O‘zbekiston va Ozarbayjonda futbol bo‘yicha U-20 Jahon chempionati o‘tkazilishi bo‘yicha tayyorgarlik ishlari rasman boshlandi.

Ushbu nufuzli musobaqa O‘zbekistonning xalqaro sport maydonidagi obro‘-e’tiborini yanada oshirishi, yoshlar sportini rivojlantirish hamda FIFA va Osiyo futbol konfederatsiyasi bilan hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishi kutilmoqda.

@TIVmatbuot
👍5😢211😍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bitta sportchi — 8 ta oltin medal!

Bu — jasorat, mehnat va matonat gʻalabasi.

Haqiqiy qahramon! Oʻzbekiston faxri!

@TIVmatbuot
🔥34👍115👏3😍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yaponiya

⚡️Kun chiqar mamlakat — Yaponiyada bir piyola choy ustida suhbat

Avval xabar berilganidek, Yaponiyada “O‘zbekiston madaniyat kunlari” tadbirlari bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.

Shu maqsadda, O‘zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov boshchiligidagi delegatsiya vakillari Yaponiyada bo'lib turibdi.

Joriy yilning 19-dekabr kuniga qadar davom etadigan Yaponiyada “O‘zbekiston madaniyat kunlari” tadbirlarida o'zbek san’at ustalari ishtirokida konsert dasturlari, fotoko‘rgazma hamda bir qator rasmiy uchrashuvlarning o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

O‘zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov Yaponiyada istiqomat qiluvchi 30 nafardan ortiq o'zbekistonliklar bilan uchrashdi.

Samimiy muloqot ruhida o'tgan suhbat jarayonida, vazir Yaponiyaning turli sohalarida mehnat qilayotgan o'zbekistonliklarning faoliyati bilan qiziqdi.

Uchrashuv jarayonida tibbiyot, iqtisod, ta'lim, sun'iy intellekt, kiberxavfsizlik, tadbirkorlik, madaniyat sohalari xususida suhbatlashildi.

Yaponiyada “O‘zbekiston madaniyat kunlari” tadbirlari bo‘lib o‘tadi.


Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍3🔥2😍1
Shu kunlarda Yaponiyada O‘zbekiston shukuhi tobora keng yoyilmoqda.

Mamlakatimiz bayrog‘i Yaponiya ko‘chalarida hilpiramoqda, eng mashhur maskanlarda tarixiy shaharlarimiz haqida videoroliklar namoyish etilmoqda.

O‘zbekiston madaniyati kunlari, vatandoshlar bilan uchrashuvlar va turli tadbirlar orqali yurtimizning boy tarixi, madaniyati va zamonaviy qiyofasi keng targ‘ib qilinmoqda.

@TIVmatbuot
👍20😍43🔥3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston nomi Tokio yuragida!

Kuniga 2,5 milliondan ortiq kishi harakatlanadigan Tokioning eng mashhur chorrahasida O‘zbekiston haqida maxsus rolik namoyish etilmoqda!

E’tiborlisi, ushbu ekran Yaponiyadagi eng yirik ekran bo‘lib, uning umumiy maydoni 424 kvadrat metrni tashkil etadi.

@TIVmatbuot
12👍3🔥2😍2
🇯🇵Japan News: “O‘zbekiston chorrahada: Toshkent Markaziy Osiyoda yangi davrni qanday shakllantirmoqda va bu Yaponiya uchun nimani anglatadi”

Prezident Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyoda integratsiya va hamkorlikni kuchaytirmoqda. Mintaqa alohida davlatlar yig‘indisi emas, balki yagona iqtisodiy va strategik hudud sifatida ko‘rilmoqda.

2017-yildan boshlab Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Doimiy maslahat uchrashuvlari yo‘lga qo‘yildi. 2024-yilda esa “Markaziy Osiyo – 2040” strategiyasi qabul qilinib, transport, energetika, suv va sanoat sohalarida umumiy rivojlanish rejalari belgilandi.

Mintaqa ichidagi savdo hajmi 4,5 barobarga oshdi, o‘zaro investitsiyalar ikki baravar ko‘paydi. Qo‘shma korxonalar, chegaradosh savdo zonalari va sanoat loyihalari (qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik, avtomobilsozlik va boshqalar) kengaymoqda.

Yangi temir yo‘llar, transport yo‘laklari, logistika va raqamli infratuzilma loyihalari amalga oshirilmoqda. Maqsad — Markaziy Osiyoni Yevropa va Osiyo o‘rtasidagi muhim logistika markaziga aylantirish.

O‘zbekiston–Yaponiya munosabatlari mustahkam. Mintaqaning integratsiyalashuvi Yaponiya uchun infratuzilma, energetika, raqamli texnologiyalar va investitsiya sohalarida yangi imkoniyatlar yaratmoqda.

🇺🇿Prezidentining siyosati Markaziy Osiyoni yanada barqaror, integratsiyalashgan va istiqbolli mintaqaga aylantirishga qaratilgan.

@TIVmatbuot
👍114😍41🔥1
🇺🇿🗼
Tokio shahrining ramziga aylangan teleminora O‘zbekiston davlat bayrog‘i ranglarida porlamoqda!

@TIVmatbuot
🔥13😍731👍1😢1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yaponiyadagi vatandoshlarimiz yuqori kayfiyatda, quvonch va faxr bilan o‘z tajribalari va taassurotlarini bo‘lishar ekan, ular bu yerda turli sohalarda salmoqli yutuqlarga erishganini ham alohida ta’kidlashmoqda.

@TIVmatbuot
😍621👍1🔥1
The Japan Times:

Prezident Shavkat Mirziyoyev hokimiyatga kelganidan buyon O‘zbekiston keng qamrovli va ulkan islohotlar yo‘lini tanlab, misli ko‘rilmagan sur’atlarda taraqqiyot bosqichiga kirdi.

Bu davr mamlakatning siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy hayotini tubdan o‘zgartirgan haqiqiy islohotlar to‘lqini bilan ajralib turdi. Yillar davomida yopiq bo‘lib kelgan eshiklar keng ochildi, izolyatsiya davriga barham berilib, O‘zbekistonning xalqaro hamjamiyat bilan ochiq va konstruktiv muloqotga tayyorligi namoyon etildi.

Dadil siyosiy qarorlar, faol diplomatiya va chuqur tarkibiy islohotlar orqali mamlakat dunyoning barcha mintaqalaridagi davlatlar, institutlar va bozorlar bilan barqaror hamkorlik ko‘priklarini barpo etib, o‘zini jahon maydonida faol va mas’uliyatli ishtirokchi sifatida mustahkam namoyon qildi.

https://www.japantimes.co.jp/2025/12/19/special-supplements/growing-boundaries-strategic-partnership/

@TIVmatbuot
5🔥2😍2