🇺🇿 TIV matbuot kotibi
5.23K subscribers
1.11K photos
242 videos
1 file
632 links
Tashqi ishlar vaziri matbuot kotibi Omonulla Fayziyev kanali orqali sizlarni Vazirligimiz faoliyatiga oid yangiliklar va ma'lumotlar bilan tanishtirib boramiz.

Murojaat uchun: @mfa_press_bot
Download Telegram
Italiya Respublikasi
Veb-sayt | Facebook | Telegram | Instagram | X

Koreya Respublikasi
Veb-sayt | Facebook | Telegram

Kuvayt Davlati
Veb-sayt | Facebook | Instagram

Latviya Respublikasi
Veb-sayt | Facebook | Instagram

Malayziya
Veb-sayt | Facebook | Instagram

Misr Arab Respublikasi
Facebook | Telegram | Instagram | X

Ozarbayjon Respublikasi
Veb-sayt | Facebook | Telegram | Instagram

Pokiston Islom Respublikasi
Veb-sayt | Facebook

Polsha Respublikasi
Veb-sayt | Facebook | Telegram | Instagram

Qatar
Veb-sayt | Facebook | Telegram | Instagram| X

Qirg‘iziston Respublikasi
Veb-sayt | Facebook | Instagram

Qozog‘iston Respublikasi
Veb-sayt | Facebook | Telegram | Instagram

Rossiya Federatsiyasi
Veb-sayt | VK | Telegram

Saudiya Arabistoni Podshohligi
Veb-sayt | Facebook | Instagram

Singapur
Veb-sayt | Facebook | Instagram

Tojikiston Respublikasi
Veb-sayt | Facebook | Instagram

Turkiya Respublikasi
Veb-sayt | Facebook | Telegram | Instagram | X
👍7❤3
Turkmaniston
Veb-sayt | Facebook | Instagram

Ukraina

Veb-sayt | Facebook | Telegram | Instagram

Vengriya
Veb-sayt | Facebook | Telegram | Instagram | LinkedIn | X

Xitoy Xalq Respublikasi
Veb-sayt | Facebook | Telegram | Instagram | X

Yaponiya

Veb-sayt | Facebook | Telegram | Instagram | X

O‘mon Sultonligi
Veb-sayt | Facebook | Instagram

Shvetsiya Qirolligi
Veb-sayt | Facebook | Instagram

Doimiy Vakolatxonalar:


BMT (Nyu-York)
Veb-sayt | Facebook | Instagram | X

BMT (Jeneva)
Veb-sayt | Facebook | Instagram

YUNESKO (Parij)
Veb-sayt | Facebook | Instagram
👍6❤1
Hurmatli kuzatuvchilar,

Mazkur kanalimizdagi xabarlarga izoh (comment) qoldirish imkoniyati kerakmi?
Final Results
87%
Ha
15%
Yo'q
Mamlakatimiz fuqarosining Bolgariyaning Sozopol shahrida vafot etganligi haqidagi xabarni chuqur qayg‘u bilan qabul qildik.

Marhumning oila a’zolariga chuqur hamdardligimizni bildiramiz.

Ushbu ma’lumot kelib tushishi bilan, Bolgariya Respublikasini qamrab oluvchi Istanbuldagi Bosh konsulxonamiz bilan darhol aloqa o‘rnatildi.

Hozirda diplomatlarimiz marhumning yaqinlari hamda Bolgariyaning tegishli davlat idoralari vakillari bilan hamkorlikda ishlamoqda.

Vaziyat yuzasidan barcha zarur chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.

@TIVmatbuot
😢15❤3🙏2🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🤩🟠🟠: Oʻzbekiston investitsiyalar uchun eng yaxshi mamlakatlardan biri!

CNN: Uzbekistan is one of the best investment destinations!

CNN: Узбекистан — одно из лучших направлений для инвестиций!

@TIVmatbuot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤8🔥5👍2👏1
2025 yil 9 avgust kuni Bolgariyaning Sozopol shahridagi Kavatsite sohilida cho‘kayotgan ukrainalik qizni qutqarishga urinish chog‘ida halok bo‘lgan 22 yoshli O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi J.M.ning jasadi Bolgariya Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining qutqaruv xizmatlari tomonidan suv ostidagi yirik qoyatoshlar orasidan olib chiqildi.

Hozirda O‘zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi Bolgariyadagi Faxriy konsullik bilan hamkorlikda marhumning jasadini O‘zbekistonga qaytarish bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni ko‘rmoqda.

Fursatdan foydalanib, Bosh konsulxona marhumning oila a’zolari va yaqinlariga yana bir bor chuqur hamdardlik bildiradi.
😢29👍6❤5👏3🔥1
O‘zbekiston Respublikasi Ozarbayjon Respublikasi va Armaniston Respublikasi o‘rtasidagi tinchlik muzokaralarida muhim natijaga erishilganini olqishlaydi.

Kuni kecha Vashingtonda tarixiy Qo‘shma deklaratsiyaning imzolanishiga Ozarbayjon Respublikasi va Armaniston Respublikasi yetakchilarining kuchli siyosiy irodasi va qat’iyati, shuningdek, Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidentining faol tinchlikparvar sa’y-harakatlari tufayli erishildi, deb hisoblaymiz.

Barcha tomonlarning ko‘p yillik mojaroni bartaraf etishga qaratilgan sa’y-harakatlarini yuqori baholaymiz. Ishonchimiz komilki, Janubiy Kavkazda uzoq muddatli tinchlik va barqarorlikning imkon qadar tezroq o‘rnatilishi keng mintaqamizdagi barcha xalqlar manfaati uchun yirik transport va infratuzilmaviy loyihalarni amalga oshirishga zamin yaratadi.

@TIVmatbuot
🔥9👍7❤3
O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov boshchiligidagi mamlakatimiz delegatsiyasi 19-21 avgust kunlari Bahrayn va Qatar davlatlarida rasmiy tashrif bilan bo‘ladi.

Kun tartibidan mazkur mamlakatlar hukumat vakillari, yetakchi kompaniyalar rahbarlari bilan qator muzokaralar o‘tkazish o‘rin olgan.

@TIVmatbuot
👏9❤3👍3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘tgan olti oyda salohiyatli xorijiy ish beruvchilar, rekruting agentliklari va ishbilarmon doiralar vakillari bilan 366 dan ortiq muzokaralar o‘tkazilib, fuqarolarimiz uchun 97 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratildi.

Bundan tashqari, 53 dan ortiq xorijiy kompaniya vakillarining mamlakatimizga tashrif buyurgani O‘zbekiston bilan hamkorlikka qiziqish ortib borayotganidan dalolat beradi.

Biz mazkur videoda O'zbekiston TIV tomonidan vatandoshlarimizning xorijda qonuniy mehnat faoliyati va huquqiy himoyasini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarga to'xtaldik.

Telegram Русский | English | Facebook | Twitter | YouTube
🔥5
Mozori Sharif shahrida Alisher Navoiy haykalining buzilishiga oid OAV vakillaridan kelayotgan savollarga izoh:

Mozori Sharif shahrida buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy haykalining buzib tashlangani haqida maʼlum bo‘lishi bilan O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi mazkur masala yuzasidan rasmiy izohlar olish maqsadida Afg‘oniston hukumati vakillari bilan bilan tezkor ravishda bog‘landi.

Olingan maʼlumotlarga ko‘ra, Alisher Navoiy haykali o‘rnatilgan joy buyuk alloma xotirasiga yetarlicha munosib emasligi, shoir va mutafakkir uchun yanada ko‘rkam majmua qurilishi lozimligi bois yodgorlik mahalliy hokimiyat tomonidan olib tashlangan. Shu bilan birga, ushbu buzish ishlari Afg‘oniston Madaniyat va axborot vazirligi hamda keng jamoatchilik bilan kelishilmagani alohida taʼkidlanib, afg‘on tarafi holat yuzasidan taassuf bildirdi.

Bundan tashqari Afg‘oniston hukumati vakillari nafaqat O‘zbekiston, balki Afg‘oniston xalqi uchun moʻtabar bo‘lgan Alisher Navoiy xotirasini munosib tarzda abadiylashtirilishini tasdiqlab, buyuk shoir va mutafakkir sharafiga alohida yodgorlik barpo etishga vaʼda berdi. Jumladan, hududni obodonlashtirish, shoir hayoti va ijodiy merosiga oid maʼlumotlarni o‘z ichiga olgan yozuvlarni tiklash hamda amaldagi qarorlarga muvofiq yangi yodgorlik barpo etish hamda u joylashgan maydonga buyuk shoir Alisher Navoiy nomi qo‘yilishi rejalashtirilganini maʼlum qildi.

Afg‘oniston tomoni butun mintaqa uchun birdek qadrli bo‘lgan buyuk mutafakkir xotirasini asrab-avaylash borasidagi qatʼiy sodiqligini bildirgan holda, uning nomini munosib eʼzozlash uchun barcha zarur choralar ko‘rilishini taʼkidladi.

@TIVmatbuot
🔥12❤8😢7👌4👍3
🇺🇿 TIV matbuot kotibi
Mozori Sharif shahrida Alisher Navoiy haykalining buzilishiga oid OAV vakillaridan kelayotgan savollarga izoh: Mozori Sharif shahrida buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy haykalining buzib tashlangani haqida maʼlum bo‘lishi bilan O‘zbekiston Tashqi ishlar…
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bugun Mozori Sharif shahrida Alisher Navoiy yodgorligi loyihasining boshlanishiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Unda shahar hokimi, mutasaddi rahbarlar, Afg‘oniston shimolidagi TIV vakolatxonasining rahbari hamda ushbu shahardagi O‘zbekiston Bosh konsulxonasi xodimlari ishtirok etdilar.

@TIVmatbuot
👍13❤4🔥3😢2
Yaponiya tashqi ishlar vazirining intervyusi:

...
Ko'p yillik tarix va do'stlikka asoslangan ikki tomonlama munosabatlarimiz izchil rivojlanib bormoqda.

Yaponiya O'zbekistonning iqtisodiy va ijtimoiy sohalardagi islohotlarni ilgari surish yo'lidagi sa’y-harakatlarini har tomonlama qo'llab-quvvatlab, uning rivojlanishiga, jumladan, infratuzilmani yaxshilash, kadrlar tayyorlash kabi sohalarda har tomonlama ko'mak bermoqda.

...

Batafsil: https://t.me/iadunyo_uz/42711

@TIVmatbuot
👍7❤6🔥3
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabar yuzasidan

Joriy yil 26 avgust kuni internet tarmog‘idagi ayrim messenjerlarda “13 yashar o‘zbekistonlik bola Turkiyada odam o‘ldirishga urindi” sarlavhali maqola tarqatildi.

Bosh konsulxona diplomatlari tomonidan o‘rganishlar natijasida aniqlanishicha:
- mazkur holat 22 avgust kuni Istanbuldan 521 km olisdagi Aksaray viloyatida sodir bo‘lgan;
- voqea ishtirokchilarining hech biri O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi emas, ular boshqa davlat fuqarolari hisoblanadi;
- ayblanuvchi – 2012 y.t. S.T., jabrlanuvchi – 2000 y.t. M.O.

Shu o‘rinda ta’kidlash lozimki, ba’zan boshqa davlat fuqarolari tomonidan sodir etilgan jinoyatlar ayrim OAVda O‘zbekiston fuqarolari bilan bog‘langan holda yoritilishi xalqimiz imijiga salbiy ta’sir etmoqda.

Vatandoshlarimizdan mahalliy qonunlarga qat’iy rioya etishlari, favqulodda holatlarda esa Bosh konsulxonaga murojaat qilishlari tavsiya etiladi.
❤9
Hamkasblarimizni yuksak davlat mukofotlari bilan chin yurakdan tabriklaymiz!

"Do'stlik" ordeni bilan Arziyev Farhod Nuritdinovich — O'zbekiston Respublikasining Xitoy Xalq Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi;

"Do'stlik" ordeni bilan Usmanov Ravshan Abrorovich — O'zbekiston Respublikasining Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi;

"Sodiq xizmatlari uchun" medali bilan Lapasov Ulugbek Xidirovich — O'zbekiston Respublikasining Birlashgan Millatlar Tashkilotidagi doimiy vakili taqdirlandi.

@TIVmatbuot
1👏10🔥5👍4❤1
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston Konstitutsiyasi, milliy qonunlar va xalqaro huquqning umume’tirof etilgan prinsiplari hamda normalariga asosan, O‘zbekiston fuqarolari dunyoning istalgan nuqtasida bo‘lishidan qat’iy nazar, davlat himoyasida ekanini ta’kidlaydi.

Agar fuqarolarning huquqlari, erkinliklari, qonuniy manfaatlari yoki qadr-qimmati xorijda buzilsa, ular darhol qabul qiluvchi davlatning vakolatli huquq-tartibot organlariga murojaat qilishlari zarur. Shuningdek, fuqarolar O‘zbekistonning diplomatik vakolatxonalari yoki konsullik muassasalariga huquqiy va konsullik yordami so‘rab murojaat qilishi mumkin.

Fuqarolarimizni xorijda himoya qilish davlat siyosatining muhim yo‘nalishi ekanini hamda bu mas’uliyat davlatning o‘z fuqarolari oldidagi majburiyatlari asosida amalga oshirilishini yana bir bor eslatib ta’kidlaymiz.

@TIVmatbuot
😢19❤7🔥7👍6🙏1
🇺🇿 38 million — O‘zbekiston aholisi.

Mamlakatimiz aholisi soni yuqori sur’atlar bilan ortib bormoqda. Agar dunyoda tug‘ilish ko‘rsatkichi o‘rtacha 2,2 bo‘lsa, O‘zbekistonda har bir ayolga o‘rtacha 3,5 nafar farzand to‘g‘ri kelmoqda.

Global tendensiyalardan farqli o‘laroq, ushbu ko‘rsatkich mamlakatimizda 2012-yildan (o‘shanda 2,3 bo‘lgan) buyon jadal o‘sishda davom etmoqda.

@TIVmatbuot
❤13👍10🔥4😍3😢2
“Ҳозирги мураккаб вазиятни ҳисобга олиб, мустақиллигимизни, юртимиздаги тинчлик, миллатлар ва динлар ўртасида ҳамжиҳатликни мустаҳкамлаш учун келгусида ҳам бор куч ва имкониятларимизни сафарбар этамиз”,

– деди Президент.

Давлатимиз раҳбари Ўзбекистоннинг ташқи сиёсат борасидаги позициясини яна бир бор таъкидлади.

Энг аввало, Марказий Осиё давлатлари билан кўп асрлик дўстлик, яхши қўшничилик, стратегик шериклик ва ўзаро ишонч руҳидаги алоқаларимиз сифат жиҳатидан янги босқичга олиб чиқилади.

Мустақил Давлатлар Ҳамдўстлиги, Шанхай Ҳамкорлик Ташкилоти мамлакатлари билан анъанавий кенг қамровли ва стратегик шериклик алоқалари янада кенгайтирилади.

АҚШ, Европа ва бошқа ривожланган давлатлар билан савдо-иқтисодий, молиявий, инвестициявий ва технологик ҳамкорлик ривожлантирилади, кенг кўламли шериклик ва амалий алоқалар мустаҳкамланади.

Жанубий Осиё, Яқин ва Ўрта Шарқ, Африка минтақасидаги мамлакатлар билан янги ва истиқболли йўналишларда ўзаро манфаатли ҳамкорлик учун транспорт-логистика йўлакларини яратишга алоҳида эътибор қаратилади.

Facebook|Instagram|X
❤2🔥1