TIIAME-NRU Zakovat klubi
220 subscribers
663 photos
58 videos
156 links
Ассалому алайкум ҳурматли билимдонлар!

«Тошкент ирригация ва қишлоқ хўжалигини механизациялаш муҳандислари институти» Миллий тадқиқот университети «Заковат клуби»нинг телеграм канали.

Мурожаат учун:
@Xursanmurodov
Download Telegram
STOP🛑
📌Javob: Alloh
Izoh: Slovyan tilida hatto Muhammad ismi Mehmet ismiga o‘zgartirilgan holda yoziladi. Faqatgina Alloh so‘zi o‘zgarishsiz (slavyan tilida Allah) talaffuz qilinadi va yoziladi.

Alloh Yagona - Bitta.
6⃣-savol. Muallif: Dostonbek Xursanmurodov
═══════════════════
Yuqoridaga su'ratda SSSRning "Любитель-2" nomli fotokamerasiga fotograflar tashqi ko‘rinishi sababli "ALFA" deb laqab qo‘yishadi. (ALFA so‘zi ikki so‘z o‘rnida qo‘llangan)
Shu sababli fotograflar su'ratga olish vaqtida USHBU IBORANI tez-tez takrorlashar edi.
Diqqat savol, fotograflar ushbu kameraga aslida qanday laqab qo‘yishganini topgan bo‘lsangiz USHBU IBORA qanday ibora ekanligini aniq yozib bering.

═══════════════════

O‘ylash uchun 3 daqiqa!
Javob berish uchun 1 daqiqa.
STOP🛑
📌Javob: "Hozir qushcha ushib chiqadi"
Izoh: Fotograflar kameraga tashqi ko‘rinishi sababli "Qush uyasi" deb laqab qo‘yishadi. Shu sababli su'ratga olish jarayonida hazil tariqasida ushbu iborani takrorlashardi.

Oramizda ko‘pchilik ushbu iborani eshitgani yoki aytgani aniq. Lekin nima uchun su'ratga umuman a'loqasi bo‘lmagan bu jumla aytilishini bilmaganingiz aniq.
7⃣-savol. Muallif: Dostonbek Xursanmurodov
═══════════════════
Samarqandlik oshpaz Abdumannon akaning bundan bir necha yil avval "Osh bo'lsin" teleko'rsatuvidagi ma'lumotlariga qaraganda oshga solingan USHBU MAHSULOT dumba yog'idan kam ta'm bermas emish.
Savol: USHBU MAHSULOT haqida mashxur ertak so‘ngida sichqon "haloskor"ga aylanishini inobatga olgan holda qaysi mahsulot ekanligini yozib bering.

═══════════════════

O‘ylash uchun 3 daqiqa!
Javob berish uchun 1 daqiqa.
STOP🛑
Javob: Tarvuz)
Albatta hazil))
📌Javob: Sholg‘om.
Izoh: Sholg‘om haqidagi o‘sha mashxur ertakda sholg‘om sug‘urib olinishi uchun eng ohirgi qo‘shilgan sichqonning sayi harakati katta ro‘l o‘ynaydi.
8⃣-savol. Muallif: Dostonbek Xursanmurodov
═══════════════════
Spartak Mishulinning kundaliklarida yozilishicha BU ISHNI jazo o'tash lagerida boshlagan ekan, uning so'zlariga ko'ra BU ISHNI qilmaganlar eshshakday ertalabdan kechgacha ishlagan ekanlar.
Sizga yordam ta'riqasida aytishim mumkin BU ISH siz bilgan kabi faqat umrni qisqartirish uchun emas balki bir necha asrlar avval oz bo‘lsada umrni uzaytirishga ham hizmat qilgan.
Savol: BU ISH o‘rnidagi so‘zlarni yozib bering.

═══════════════════

O‘ylash uchun 3 daqiqa!
Javob berish uchun 1 daqiqa.
STOP🛑
📌Javob: Sigaret chekish.

Izoh: Hammaga ma'lum sigaret chekish umrni qisqartiradi ammo bir necha asrlar avval o‘limga mahkum qilinganlar, qatl qilinish vaqti "so‘ngi tilak" so‘ralgan vaqti sigaret chekib olishni so‘raganlar oz bo‘lsada yana ozgina sigaret chekkuncha yashab olishlari mumkin edi)
9⃣-savol. Muallif: Dostonbek Xursanmurodov
═══════════════════
Uning razmeri 157x67 mm bo'lib, old tomoni kulrang, orqa tomoni yashil rangda. XVIII asr oxirlarida uning tarkibida 1,6 gr sof oltin yoki 24,06 gr sof kumush bo'lgan. Keyinchalik bu miqdor yo'qolib ketgan. U ko'pchiligimiz uchun sevimli. Yana qolgan ko'pchiligimiz uning sevimliligini o'zimizcha rad etamiz.
Diqqat savol U bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan insonning ism familiyasini yozib bering.

═══════════════════

O‘ylash uchun 3 daqiqa!
Javob berish uchun 1 daqiqa.
STOP🛑
📌Javob: Benjamin Franklin

Izoh: U — AQSH 100 dollorlik kapyurasi.