Telegraph Uzbekistan
23.3K subscribers
796 photos
188 videos
270 files
1.3K links
O'zbekistondagi eng tezkor Telegram yangiliklari kanali.
Telegramning eng so'ngi yangiliklari o'zbekcha talqinda birinchilarda bizda!
· Savollaringiz bo'lsa: @GraphChat

→ Reklama va Hamkorlik: @Sindor
Download Telegram
Hayrli kech!

TGraphUz Botiga kelib tushayotgan savollaran eng ko'pchiligi asosan nomerni blok holatiga tushib qolishi to'grisida bo'lmoqda.

Bu holatdan habardor bo'lmaganlar uchun tushuntirsam.
Siz telegram profil ochmoqchi bo'layotganingizda nomerni terib, ptichkani bosganingizda "Telefon raqami bloklangan" so'zi yozilgan dialog(oynacha) chiqadi. Bu esa nomer telegram tomonidan bloklanganligini bildiradi.

Nima uchun bloklanadi?
Ko'pincha Virtual nomerlar(usa, polsha va hk) bloklanadi. Sababi, ular soxta nomer... foydalanuvchiga rasman tegishli emas!
Agar nomer sizga tegishli, shaxsiy nomeringiz bo'lsa unda ham sabab bor. Siz o'sha nomeringizga tegishli profilingiz orqali telegram tomonidan o'rnatilgan ma'lum qoidalarni buzganingiz(spamerlik, porno va hk) aniqlangan. Shuning uchun ehtiyot bo'ling.

Nega aynan Telegraph'da bloklanyabdi?
Bu shunchaki sizning fikringiz! Eslatib o'taman, telegram qoidalariga hech qaysi mijoz ta'sir o'tkaza olmaydi. Sizning akkauntingiz bloklanishiga mijoz turining mutlaqo aloqasi yo'q. Shunchaki kanalimiz a'zolari asosan Telegraph'dan foydalanishgani tufayli hammaga shunday tuyilmoqda.
Shaxsan menda 4 ta akkaunt hech muammsiz turibdi. 2 ta uzbek nomeri, 1 ta usa, 1 ta bot. Yaqinda bu profillar saqlanib turganiga 1yil bo'ladi)) Haligacha hech nima bo'lmadi.
Shunday ekan vahimalarga o'rin yo'q!

Muhimi profillaringizdan To'g'ri foydalaning!

Eslatma: @TGraphUzBot ga savol bergandan so'ng javobini kuting! Botni o'chirib tashlamang. Albatta javob qaytadi.

E'tiboringiz uchun rahmat!
@TGraphUz kanali uchun @SindorbekUz.
👍25💩73🤝1
Bloklangan nomerni blokdan chiqarish uchun qayerga murojaat qilish kerak?

Blok holatiga tushurilgan nomerlarni qayta tiklash uchun telegram tomonidan maxsus elektron pochta ochilgan.

recover@telegram.org
Shu elektron pochta manziliga to'liq vaziyatni ingliz/rus tilida tushuntirib, nomeringizni ham yozib yuboring. Keyin esa javobni kuting...
Osonroq yo'li ham mavjud, "Yordam" tugmasidan chiquvchi xabarni ushbu emailga yo'naltiring: To'liq👈🏻
Agar ijobiy javob kelsa masalangiz hal))

@TGraphUz kanaliga a'zo bo'ling
17👏1
Hamyon manbaa(source) kodi

GitHub'da TON sahifasida ommaviy platformalar uchun hamyon manbaa kodi paydo bo'ldi.

Android.
iOS.
Desktop (Windows, Linux и macOS).

Hamyonning desktop-versiyasini yuklash uchun: wallet.ton.org

#TON #crypto #kripta
PROFILNI BUZISH MUMKINMI?

Vaqtm bo'lmaganligi sababli audio murojaat qildim. Tushunasiz.
Unigram 3.12 versyaga yangilandi.

Yangi funksiyalar:
— Chatlarni arxivlash.
— Yaqindagi chat va odamlar.
— Foydalanuvchilarni nomersiz kontaktga qo'shish.
— Telefon raqami shaxsiylik sozlamalari.
— Kanal/guruh muallifligini o'tkazish.
— Tekstni tagiga chizilgan va ustidan chizilgan qilib formatlash.
— Kanallarda "Discuss" funksiyasini qo'llab quvvatlash(kanalga guruh ulash).
— Sizga kimdir yozganda chiqadigan tugmachalar o'zgartirildi(hozigi "kontakga qo'shish" va "foydalanuvchini bloklash" tugmalari nazarda turilmoqda)

Bu shuni anglatadiki, tez kunda Android uchun Telegram X hozirgi telegram funksiyalariga yetib oladi.

#TDLib #unigram #telegramx
Telegram 5.12.1 versyaga yangilandi.

Yangiliklar:
• 20 daqiqadan uzun audiotreklarni 2X tezlikda tinglash.
• Uzun audio va videolar uchun siz qayerda to'xtagan bo'lsangiz o'sha joyidan davom ettirish.
• Fayllarni yuborayotganda qidirish funksiyasi.
• Xabar, fayl uzatayotganda(forward) bir nechta chatni belgilash.
• Arxivga bosib turish orqali undagi barcha xabarlarni o'qilgan qilish.

#telegram #android
@TGraphUz Telegram 5.12.1.apk
19.5 MB
👀2
FAYLLARNI ADASHTIRIB YUBORAYOTGANLAR UCHUN.

• Kechroq boshqa pack'dagi Animatsion Stikerlarni olish va o'zimizni shaxsiy animatsion pack'imizga qo'shish haqida yozib o'taman!

Do'stlaringizni taklif qiling👇
https://t.me/joinchat/AAAAAFitvHfANQ-TLq48QA
Forwarded from Telegram Uzbekistan (Davronbek Rustamov)
⁣⁣⁣⁣⁣⁣⁣⁣Почему WhatsApp никогда не будет безопасным

Подробно читайте в Telegraph-статье Павла Дурова.

@TeleUz

Nega WhatsApp hech vaqt xavfsiz bo‘la olmaydi

Pavel Durov yozgan maqolaning tarjimasi — Telegraph-maqolada batafsil o‘qing.
Animatsion Stikerlarni o'zlashitirish)))

Demak sizlar bilan bir ayyorlik qilamiz :)
Esingizda bo'lsa men @TGraphUz animatsion stikerpakini kanalga tashlagan edim. Endi esa huddi shunday pak ochish va unga stikerlarni qo'shishni o'rganamiz.

Bizga birinchi o'rinda @Stickers botga /newanimated yordamida pak ochib olish kerak bo'ladi. Nom kiritamiz... va bizdan 512×512 razmerda, .tgs formatda fayl so'raladi.

Ana endi asosiy mavzu. Bizga kerakli stikerni .tgs formatda bizga yuboruvchi bot @DownloadStickersBot hisoblanadi. Botga shunchaki bironta pakdagi stikerni jo'natamiz va u bizga stikerni .zip ga joylab va .tgs formatda(.tgs formatdagi rasmlar telegramda animation stiker sifatida ochiladi) jo'natadi. Siz teldan foydalansangiz sizga ikkinchi variant ma'qul.

Endi kelgan stikerni shunchaki @stickers botga forward qilamiz va emojilarni kiritamiz... buyog'i huddi oddiy stikerlarni pakga qo'shgandek bajariladi. Faqat icon o'rnata olmaysiz))
Agar oddiy stikerni pakga qo'shishdan xabaringiz yo'q bo'lsa ushbu postni o'qib chiqing.

Nega .zip formatda ham yuboradi deb hayron bo'layotgan bo'lsangiz, bunga javob bor. Ba'zi bir stikerlarni bot .tgs formatda yuklab berolmaydi. Shu sababli komp. uchun ham kerak)) uni ustiga fayl qilub saqlab olmoqchi bo'lsangiz ham bu yaxshi usul!

Shunday qilib hamma narsani yozdim deb o'ylayman. Agar savollaringiz bo'lsa @uzb_telegraph guruhida yozib qoldiring va xabar oxiriga @SindorbekUz deb yozib qo'yishni esdan chiqarmang. Albatta javob beraman.
Bu postni yozish uchun ketgan vaqtimni qadrlaysiz degan umiddaman kanal adminlari. Shunchaki @SindorbekUz'ni o'zi yetadi.

#animation #sticker #tutorial
👍2🤨2
🔺SIZGA YOQDIMI🔺
O'z savollaringizni @TGraphUzBot'ga yuboring.

Albatta javob beraman!
👍2
Stiker dizaynerlari tanlovi natijalari tayyor! 🎉

Dizaynerlardan birinchi 29 tasiga $1000 yutuq va Telegram bilan ishlash imkoniyati(har bir stiker uchun 200$ ko'proq).
Va qo'shimcha ikkinchi - $500 ni tashkil qiluvchi yutuqni 40 ta stiker dizaynerlariga taqdim etamiz.

G'oliblar ro'yhati va stikerpaklar:
BIRINCHI | IKKINCHI

@contest #tanlov #sticker
👍2
Forwarded from Telegram Uzbekistan (Davronbek Rustamov)
🇷🇺 На какой платформе вы больше всего используете Telegram?

🇺🇿 Siz Telegram'dan qaysi platformada ko‘proq foydalanasiz?
Anonymous Poll
64%
Android
5%
iOS
4%
Windows Desktop
7%
MacOS
19%
Web
1%
Windows Phone
Hamma menimcha xar hil mijozdan foydalanadi...

Narsalarning yaxshi yomoni bo'ladi deyishganidek, telegram mijozlarining ham yaxshi yomoni bo'ladi.

Eng ommabop norasmiy mijozlar Plus, Telegraph, Vidogram, Turbogram va BGram(hozircha uyquda) hisoblanishadi.

Ulardan eng tez ishlovchisi Plus hisoblanadi. Unda ummuman reklama yo'q. Uning ustunligi ham shularda. Deyarli O'zbekistonning 50-60%(tahminan) telegramdan foydalanuvchilari aynan Plus'dan foydalanadi. Chunki u ancha oldin, birinchilardan bo'lib ommaga taqdim etilgan.
Ba'zilar Plus'ni rasmiy ham deb o'ylashadi. Bu esa noto'g'ri!

Telegraph esa hamma bilganidek fantastik norasmiy mijoz hisoblanadi. Funksiyalar esa juda ko'p. Bu esa uning developeri fantaziyasi kuchli ekanligidan dalolat beradi :) Albatta buni juda ko'p joyda kuzatdik. Boshqa ko'plab norasmiy mijozlar aynan Telegraph'dan idea olishadi, hattoki plus ham!
Telegraph'da funksiya ko'pligi tufayli Juda sekin ishlaydi. Buni hamma bilsa kerak. Shu haqida ko'pchilik arz ham qilishgan. Telegraph'da Bug(xatolik) ham juda ko'p uchraydi. Bu ham odatiy hollardan hisoblanadi. Ko'pchilikga yoqmaydigan tarafi Rekalama hisoblanadi. Lekin Developerni ham tushunish kerak... Lekin funksiyalar bo'yicha eng oldi o'rinda!

Vidogram ham ajoyib mijoz. Uni ko'pchilik IGTV va video qo'ng'iroq funksiyalari uchun ishlatadi. Shaxsan o'zim foydalanmaganim tufayli ko'p narsani ayta olmayman. Lekin ko'pchilik yaxshi deyishadi. Ghost rejim bor, adashmasam reklama ham bor)))

Turbogram ham ancha funksional hisoblanadi(aniqroq qilib aytsak Telegraphdan ko'p idea olgan). Tezlik sal sekinroq. Ghost rejim bor. Eng yomon tarafi Reklama. Reklama tufayli undan foydalanishni maslahat bermayman. Men undan ancha oldin foydalangan edim. Agar hozir ham reklamasi shu ahvol bo'lsa "o'sha gap"... shunchaki foydalanmang. Foydalansangiz ham mod versiyadan foydalanishni maslahat beraman.

BGram shaxsan menga yoqgan edi. Lekin developerini muxim ishlari chiqib qoldi shekilli dastur ancha orqada qolib ketdi. U play marketda adashmasam 4.8, beta esa 5.9 versyada qolib ketgan. Shuning uchun uni hohlasangiz ham ishlata olmaysiz.

Agarda siz boshqa Nomli norasmiy mijozdan foydalanayotgan bo'lsangiz @TGTrash kanali bilan bir tanishib chiqing. Qo'pol qilib aytganda bu yerdan eng Rasvo mijozlar joy olgan))

Hammaga e'tibor uchun rahmat. Ketgan vaqtimni qadrlaysiz degan umiddaman)))
Do'stlaringizga tarqating!

@SindorbekUz #telegram #norasmiy #mijoz
Bu haqida kechroq To'liq gaprib beraman. Do'stlaringizni taklif qiling
Telegraph Uzbekistan
Bu haqida kechroq To'liq gaprib beraman. Do'stlaringizni taklif qiling
TON Blokcheyni... Gram Wallet Test rejimida!

Ko'pchilikni qiziqtirib kelgan Telegram TON blokcheyni test rejimida o'z ishini boshladi.
GramWallet manbaa kodi GitHub'da TON rasmiy profili tomonida ommaga taqdim etildi.
Gram Wallet hamyoni hozirda mavjud. Manbaa kod asosida dasturi ham ishlandi. Endilikda bunga qiziqqanlar uchun uni ishlatish imkoniyati bor. Dasturni post tagida qoldiraman!

Demak dasturni yuklaymiz va unga kiramiz. Hamyon yaratishni boshlaymiz va bizga 24 ta so'z ko'rsatiladi(adashmasam). O'sha so'zlarni biror joyga yozib olamiz va keyingi bo'limga o'tganimizda bizdan ulardan ixtiyoriy bir nechtasi so'raladi, yozamiz.

Mana hamyon ochildi. Endi gramlarni hamyonga tushurish uchun Receive'ni bosib Wallet adresini nusxalab olamiz.
Endi esa @test_ton_bot ga start bosamiz va nusxalangan adresni yuboramiz. O'zimizga keraklicha bo'lgan miqdorni tanlaymiz.
Bir necha daqiqadan so'ng ular hamyoningizga kelib tushadi.

Eslatib o'taman. Hozirda bu gramlar test rejimida va ular hech qanday foyda keltirmaydi. Ularni o'z manfaatingiz yo'lida ishlata olmaysiz. Hamma test gramlari reja to'liq ishga tushgach qaytarib olinadi.

#ton #kripta #crypto #gram #wallet
Gram Wallet.apk
11.2 MB
Android uchun Gram Wallet

#Android #gram #wallet
Telegramda bir milliardinchi registratsiya... Rostan ham shundaymi?

O'tgan hafta Telegram'da 1 milliardinchidan ortiq ID-raqam bilan akkauntlat paydo bo'la boshladi.

Ma'lumot uchun: Telegramning ID-raqam noyob ID-raqam hisoblanib, bu ro'yxatga olish paytida unga berilgan foydalanuvchi raqamidir. Telegramda ular faqat ichki foydalanish uchun mo'ljallangan, masalan, havolalarda (sslika). Faol yoki allaqachon o'chirilgan har bir akkauntning o'z ID'si mavjud. Akkaunt iD'si pereobulsya emas, ya'ni yangi qayd yozuvini yaratishda sizga boshqa foydalanuvchiga ilgari berilgan ID berilmaydi.

ID bir milliard ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar degani emasligini tushunish muhimdir va shuning uchun:

1.Hujjatlar berilgan maydonlar.
Raqamlarning tarqalishi mintaqaga bog'liq. Bir kunda turli mamlakatlarda kuzatilgan yuz millionlab ID berilishi mumkin.

2. Yangi maydonga o'tish avvalgi tugagan yoki qilinmaganligidan qat'iy nazar sodir bo'ladi. Shuning uchun har safar tarqalish kattalashadi.

3. Botlar ham, foydalanuvchilar ham bir xil formatdagi ID'ga ega, shuning uchun milliardlarning bir qismi botlarga tegishli.
@SweetDreams_uz tarjimasi...
VoIP tanlovi natijalari e'lon qilindi.

Yodingizda bo'lsa telegramda ovozli qo'ngiroqlar (VoIP) sifatini yaxshilash uchun tanlov uyushtirilgani haqida xabar bergan edik.
Keyinroq esa VoIP tanlove ertasi kuni tugashi haqida xabar bergandik.
Va nihoyat Tanlov natijalari ham aniqlandi.

Quyida tanlov g'oliblari, ularga berilgan mukofot va ularning ishlariga havola berib o'tilgan:

I O'RIN

🥇Mindful Pug $11,000
https://contest.com/voip-contest/entry997

II O'RIN

🥈Holy Cobra $6,000
https://contest.com/voip-contest/entry1010
🥈Classy Bee $6,000
https://contest.com/voip-contest/entry1012
🥈Sleek Eagle $5,000 (-$1000 penalty for using Python and Docker)
https://contest.com/voip-contest/entry1007

III O'RIN

🥉Fancy Beetle $3,000
https://contest.com/voip-contest/entry1013
🥉Sturdy Butterfly $3,000
https://contest.com/voip-contest/entry988
🥉Fair Goat $3,000
https://contest.com/voip-contest/entry1002
🥉Night Sloth $3,000
https://contest.com/voip-contest/entry987
🥉Stout Bell $3,000
https://contest.com/voip-contest/entry1009
🥉Busy Turkey $3,000
https://contest.com/voip-contest/entry994
🥉Groovy Cow $3,000
https://contest.com/voip-contest/entry995

IV O'RIN

🎖Jolly Shrimp $1,000
https://contest.com/voip-contest/entry1006

💸JAMI: $50,000

Bu hali hammasi emas. Telegram bunga o'xshash tanlovlarni yana ko'p bor uyushtiradi.
"Siz biladigan sohadan tanlov bo'layabdimi? Unda albatta qatnashishga harakat qiling."
@SindorbekUz
#contest #tanlov #voip #natija