Telegraph Uzbekistan
28.6K subscribers
808 photos
188 videos
270 files
1.3K links
O'zbekistondagi eng tezkor Telegram yangiliklari kanali.
Telegramning eng so'ngi yangiliklari o'zbekcha talqinda birinchilarda bizda!
· Savollaringiz bo'lsa: @GraphChat

→ Reklama va Hamkorlik: @Sindor
Download Telegram
Animatsion stiker va mavzular konkursi yakunlandi.

Jami 278 qatnashchilardan 340 mavzu va 296 animatsion stikerpaklar qabul qilindi.

Hamma ishlar tanlov saytiga joylandi. Ularni mavzular va animatsion stikerlar bo'limidan ko'rishingiz mumkin.

Hamma ishlar, tanlov qatnashchilari Natijalar chiqqincha o'zgartirilmaydi. G'oliblar 27-oktabrda e'lon qilinadi.

#tanlov #konkurs
Kecha(21-oktabr) kanallarni statistikasini oluvchi eng katta tizimlardan biri bo'lgan Telemetr tashkil qilinganiga 2 yil bo'ldi.

Shu munosabatda ular tizimning Logosini o'zgartirdi. Shaxsan menga bu logo yoqdi.

Marhmat, siz ham bu tizim orqali o'z kanalingiz statistikasini bilib oling: @telemetrmebot (sayt: telemetr.me)
Telegram-ning blokcheyn platformasidagi rossiyalik sarmoyadorlar TONni ishga tushirishni keyinga qoldirganligi sababli investitsiyalarini qaytarib berishni talab qilishmadi

Kompaniya investorlarga TONni 2020 yil aprelgacha ishga tushirishni kutish yoki AQSh rasmiylarining da'volari sababli pulning bir qismini qaytarishni taklif qildi.

Bugun, 23-oktabr, TON-dagi investorlar platformani 30-aprelgacha ishga tushirishni kutishga tayyor ekanliklarini yoki loyihadagi investitsiyalar hajmining 77 foizini qaytarishni xohlashlarini hal qilishlari kerak bo'lgan vaqt tugaydi.

Rossiyalik sarmoyadorlar tomonidan so'ralgan to'qqiz investorning yettitasi sarmoyaning qaytarilishini talab qilish niyatida emasligini aytishdi. Boshqa suhbatdoshning aytishicha, u loyihaga ishonmagan, lekin pulni qaytarib berishni so'ramagan - "Men qanday qilib nolga o'tish to'g'risida o'ylab ko'raman".

#TON (Tarjimon: @SweetDreams_Uz)
VoIP tanlovi ertaga tugaydi.

Ilovalaringizni yuborish uchun @jobs_bot'ga start buyrug'ini bering, keyin Voice Calls Contest'ni tanlang va botning savollariga javob bering. Bot sizning bajargan ishingizni .ZIP arxiv formatida qabul qiladi.

Barcha ishlar yakshanba kuni contest.com'da e'lon qilinadi.

#tanlov #konkurs #voip
👍1
Tez kunda TDLib'da yangilanish!

GitHub'da Unigram sahifasida kelasi versiyadagi yangilanish haqida qisqacha yozib qoldirildi. Yangi fuksiyalar:
— Chatlarni arxivlash.
— Yaqindagi chat va odamlar.
— Foydalanuvchilarni nomersiz kontaktga qo'shish.
— Telefon raqami shaxsiylik sozlamalari.
— Kanal/guruh muallifligini o'tkazish.
— Tekstni tagiga chizilgan va ustidan chizilgan qilib formatlash.
— Kanallarda "Discuss" funksiyasini qo'llab quvvatlash(kanalga guruh ulash).
— Sizga kimdir yozganda chiqadigan tugmachalar o'zgartirildi(hozigi "kontakga qo'shish" va "foydalanuvchini bloklash" tugmalari nazarda turilmoqda)

Bu shuni anglatadiki, tez kunda Unigram va Android uchun Telegram X hozirgi telegram funksiyalariga yetib oladi.

#TDLib #yangilanish #tezkunda
🎃
Telegraph Uzbekistan
🎃
Xelluin uchun yangi animatsion emoji🎃
#emoji #animated
👍1
👻
Telegraph Uzbekistan
👻
Yana bir animation emoji👻 #halloween muborak)))
👍1
Hayrli kech!

TGraphUz Botiga kelib tushayotgan savollaran eng ko'pchiligi asosan nomerni blok holatiga tushib qolishi to'grisida bo'lmoqda.

Bu holatdan habardor bo'lmaganlar uchun tushuntirsam.
Siz telegram profil ochmoqchi bo'layotganingizda nomerni terib, ptichkani bosganingizda "Telefon raqami bloklangan" so'zi yozilgan dialog(oynacha) chiqadi. Bu esa nomer telegram tomonidan bloklanganligini bildiradi.

Nima uchun bloklanadi?
Ko'pincha Virtual nomerlar(usa, polsha va hk) bloklanadi. Sababi, ular soxta nomer... foydalanuvchiga rasman tegishli emas!
Agar nomer sizga tegishli, shaxsiy nomeringiz bo'lsa unda ham sabab bor. Siz o'sha nomeringizga tegishli profilingiz orqali telegram tomonidan o'rnatilgan ma'lum qoidalarni buzganingiz(spamerlik, porno va hk) aniqlangan. Shuning uchun ehtiyot bo'ling.

Nega aynan Telegraph'da bloklanyabdi?
Bu shunchaki sizning fikringiz! Eslatib o'taman, telegram qoidalariga hech qaysi mijoz ta'sir o'tkaza olmaydi. Sizning akkauntingiz bloklanishiga mijoz turining mutlaqo aloqasi yo'q. Shunchaki kanalimiz a'zolari asosan Telegraph'dan foydalanishgani tufayli hammaga shunday tuyilmoqda.
Shaxsan menda 4 ta akkaunt hech muammsiz turibdi. 2 ta uzbek nomeri, 1 ta usa, 1 ta bot. Yaqinda bu profillar saqlanib turganiga 1yil bo'ladi)) Haligacha hech nima bo'lmadi.
Shunday ekan vahimalarga o'rin yo'q!

Muhimi profillaringizdan To'g'ri foydalaning!

Eslatma: @TGraphUzBot ga savol bergandan so'ng javobini kuting! Botni o'chirib tashlamang. Albatta javob qaytadi.

E'tiboringiz uchun rahmat!
@TGraphUz kanali uchun @SindorbekUz.
👍25💩73🤝1
Bloklangan nomerni blokdan chiqarish uchun qayerga murojaat qilish kerak?

Blok holatiga tushurilgan nomerlarni qayta tiklash uchun telegram tomonidan maxsus elektron pochta ochilgan.

recover@telegram.org
Shu elektron pochta manziliga to'liq vaziyatni ingliz/rus tilida tushuntirib, nomeringizni ham yozib yuboring. Keyin esa javobni kuting...
Osonroq yo'li ham mavjud, "Yordam" tugmasidan chiquvchi xabarni ushbu emailga yo'naltiring: To'liq👈🏻
Agar ijobiy javob kelsa masalangiz hal))

@TGraphUz kanaliga a'zo bo'ling
17👏1
Hamyon manbaa(source) kodi

GitHub'da TON sahifasida ommaviy platformalar uchun hamyon manbaa kodi paydo bo'ldi.

Android.
iOS.
Desktop (Windows, Linux и macOS).

Hamyonning desktop-versiyasini yuklash uchun: wallet.ton.org

#TON #crypto #kripta
PROFILNI BUZISH MUMKINMI?

Vaqtm bo'lmaganligi sababli audio murojaat qildim. Tushunasiz.
Unigram 3.12 versyaga yangilandi.

Yangi funksiyalar:
— Chatlarni arxivlash.
— Yaqindagi chat va odamlar.
— Foydalanuvchilarni nomersiz kontaktga qo'shish.
— Telefon raqami shaxsiylik sozlamalari.
— Kanal/guruh muallifligini o'tkazish.
— Tekstni tagiga chizilgan va ustidan chizilgan qilib formatlash.
— Kanallarda "Discuss" funksiyasini qo'llab quvvatlash(kanalga guruh ulash).
— Sizga kimdir yozganda chiqadigan tugmachalar o'zgartirildi(hozigi "kontakga qo'shish" va "foydalanuvchini bloklash" tugmalari nazarda turilmoqda)

Bu shuni anglatadiki, tez kunda Android uchun Telegram X hozirgi telegram funksiyalariga yetib oladi.

#TDLib #unigram #telegramx
Telegram 5.12.1 versyaga yangilandi.

Yangiliklar:
• 20 daqiqadan uzun audiotreklarni 2X tezlikda tinglash.
• Uzun audio va videolar uchun siz qayerda to'xtagan bo'lsangiz o'sha joyidan davom ettirish.
• Fayllarni yuborayotganda qidirish funksiyasi.
• Xabar, fayl uzatayotganda(forward) bir nechta chatni belgilash.
• Arxivga bosib turish orqali undagi barcha xabarlarni o'qilgan qilish.

#telegram #android
@TGraphUz Telegram 5.12.1.apk
19.5 MB
👀2
FAYLLARNI ADASHTIRIB YUBORAYOTGANLAR UCHUN.

• Kechroq boshqa pack'dagi Animatsion Stikerlarni olish va o'zimizni shaxsiy animatsion pack'imizga qo'shish haqida yozib o'taman!

Do'stlaringizni taklif qiling👇
https://t.me/joinchat/AAAAAFitvHfANQ-TLq48QA
Forwarded from Telegram Uzbekistan (Davronbek Rustamov)
⁣⁣⁣⁣⁣⁣⁣⁣Почему WhatsApp никогда не будет безопасным

Подробно читайте в Telegraph-статье Павла Дурова.

@TeleUz

Nega WhatsApp hech vaqt xavfsiz bo‘la olmaydi

Pavel Durov yozgan maqolaning tarjimasi — Telegraph-maqolada batafsil o‘qing.
Animatsion Stikerlarni o'zlashitirish)))

Demak sizlar bilan bir ayyorlik qilamiz :)
Esingizda bo'lsa men @TGraphUz animatsion stikerpakini kanalga tashlagan edim. Endi esa huddi shunday pak ochish va unga stikerlarni qo'shishni o'rganamiz.

Bizga birinchi o'rinda @Stickers botga /newanimated yordamida pak ochib olish kerak bo'ladi. Nom kiritamiz... va bizdan 512×512 razmerda, .tgs formatda fayl so'raladi.

Ana endi asosiy mavzu. Bizga kerakli stikerni .tgs formatda bizga yuboruvchi bot @DownloadStickersBot hisoblanadi. Botga shunchaki bironta pakdagi stikerni jo'natamiz va u bizga stikerni .zip ga joylab va .tgs formatda(.tgs formatdagi rasmlar telegramda animation stiker sifatida ochiladi) jo'natadi. Siz teldan foydalansangiz sizga ikkinchi variant ma'qul.

Endi kelgan stikerni shunchaki @stickers botga forward qilamiz va emojilarni kiritamiz... buyog'i huddi oddiy stikerlarni pakga qo'shgandek bajariladi. Faqat icon o'rnata olmaysiz))
Agar oddiy stikerni pakga qo'shishdan xabaringiz yo'q bo'lsa ushbu postni o'qib chiqing.

Nega .zip formatda ham yuboradi deb hayron bo'layotgan bo'lsangiz, bunga javob bor. Ba'zi bir stikerlarni bot .tgs formatda yuklab berolmaydi. Shu sababli komp. uchun ham kerak)) uni ustiga fayl qilub saqlab olmoqchi bo'lsangiz ham bu yaxshi usul!

Shunday qilib hamma narsani yozdim deb o'ylayman. Agar savollaringiz bo'lsa @uzb_telegraph guruhida yozib qoldiring va xabar oxiriga @SindorbekUz deb yozib qo'yishni esdan chiqarmang. Albatta javob beraman.
Bu postni yozish uchun ketgan vaqtimni qadrlaysiz degan umiddaman kanal adminlari. Shunchaki @SindorbekUz'ni o'zi yetadi.

#animation #sticker #tutorial
👍2🤨2
🔺SIZGA YOQDIMI🔺