Telegraph Uzbekistan
33.7K subscribers
810 photos
188 videos
270 files
1.31K links
O'zbekistondagi eng tezkor Telegram yangiliklari kanali.
Telegramning eng so'ngi yangiliklari o'zbekcha talqinda birinchilarda bizda!
· Savollaringiz bo'lsa: @GraphChat

→ Reklama va Hamkorlik: @Sindor
Download Telegram
Musiqaga qiziqasizmi?
A'zo bo'lishni tavsiya qilaman🔻
https://t.me/joinchat/AAAAAE2nffn3mlYujzM8Jw
#tavsiya
Forwarded from Telegram Uzbekistan (Davronbek Rustamov)
Telegram'ni o‘zbek tiliga o‘girishda ko‘maklashing!

Buning uchun siz rasmiy va ochiq Tarjimalar platformasiga qo‘shiling va interfeysning barcha qismlarining o‘zbek tilidagi tarjimalaringizni taklif qiling.

Ingliz yoki rus tilidan o‘zbek tiliga mukammal tarjima qila olasizmi?

O‘zbek tili paketi ommaga tezroq taqdim etilishi uchun platformada taklif etilayotgan tarjimalarni tasdiqlash imkoniyatiga ega bo‘ling.

Buning uchun ushbu yo‘riqnomani puxta o‘rganib chiqing va u yerda ko‘rsatilgan profilga murojaat qiling.

Kuch birlikda! Telegram'da o‘zbek tilining rasmiy paydo bo‘lishi o‘z qo‘limizda!

Murojaat uchun: @Rustamov_Davronbek.

@TeleUz
Telegram qo'ng'iroqlar sifatini kuchaytirish uchun yangi konkurs boshladi

Konkursning birinchi raund sharti:
C++ dasturlash tilida ovozli qo'ng'iroqlar sifatini tekshirib baholash uchun ikkita dastur yaratish.

To'liqroq: contest.com/docs/voip

Konkurs byudjeti: $50 000
Tugash vaqti — 26-oktabr, moskva vaqti bilan 23:59.

Qatnashish uchun: @jobs_bot.

Eslatamiz, noyabrda ham bizni yana 2 ta ajoyib konkurs kutmoqda.

#konkurs #tanlov @contests @TGraphUz
👍1
Telegram Android 5.12 (1744) versiyaga yangilandi.

Yangilik: ⁠⁠
— Profilni info'sini pastga tortganda(swipe) Foto to'liq ko'rinishi.
— Sitikerlarga oid narsalar to'g'irlandi.
— Yon menyuga maxfiy chat va kanal ochish qaytarildi.
— Yaxshilanish va ozroq yangilanish.

●Google Play
Faylni tez orada @UzTeleTG kanalidan yuklab olishingiz mumkin.

#yangilanish #android #telegram
Forwarded from Telegram Turlari
TGraphUz Telegram5.12.0.apk
19 MB
Telegram 5.12.0
Telegram iOS beta versiyada «Gram Wallet» kriptohamyoni paydo bo'ldi.

Lekin hozirda bu bo'limga kirish imkoni yo'q. Chunki deganda u endi mavjud emas.

O'sha kuni moskva vaqti bilan 12:30 da beta versiya yana yangilandi , faqat kriptohamyonsiz.

SEC bilan kelib chiqqan mojaro tufayli TON 2020 - yil 30-avgustgacha kechiktirildi.

#Beta #iOS #TON #crypto
AQSh Telegram regulyatorining da'volarini tinglash 18-fevralga belgilangan

Sud majlisi 18-fevral, GMT-4 (Moskva vaqti bilan 19:00) da soat 11.00 ga belgilangan.

Sud zalidan olingan TASS muxbirining so'zlariga ko'ra, bunday qarorni Manhettenning Janubiy okrugi tuman sudi sudyasi Kennet Kestrel qabul qilgan.

"Agar kerak bo'lsa, sud muhokamasi 19-fevralda davom ettirilishi mumkin", dedi u, taraflardan ishning barcha hujjatlarini 27-yanvargacha istisnosiz topshirishni talab qildi.

(SweetDreams_Uz'ga minnatdorchilik bildiramiz)
 #TON #sud
Forwarded from Eltun Media | Eltun Esger🎧 via @like
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
- Çox az qaldı ❤️
- Juda oz qoldi ❤️

TEZ KUNDA @ELTUNESGER KANALIDA PREMYERA😊😍
Animatsion stiker va mavzular konkursi yakunlandi.

Jami 278 qatnashchilardan 340 mavzu va 296 animatsion stikerpaklar qabul qilindi.

Hamma ishlar tanlov saytiga joylandi. Ularni mavzular va animatsion stikerlar bo'limidan ko'rishingiz mumkin.

Hamma ishlar, tanlov qatnashchilari Natijalar chiqqincha o'zgartirilmaydi. G'oliblar 27-oktabrda e'lon qilinadi.

#tanlov #konkurs
Kecha(21-oktabr) kanallarni statistikasini oluvchi eng katta tizimlardan biri bo'lgan Telemetr tashkil qilinganiga 2 yil bo'ldi.

Shu munosabatda ular tizimning Logosini o'zgartirdi. Shaxsan menga bu logo yoqdi.

Marhmat, siz ham bu tizim orqali o'z kanalingiz statistikasini bilib oling: @telemetrmebot (sayt: telemetr.me)
Telegram-ning blokcheyn platformasidagi rossiyalik sarmoyadorlar TONni ishga tushirishni keyinga qoldirganligi sababli investitsiyalarini qaytarib berishni talab qilishmadi

Kompaniya investorlarga TONni 2020 yil aprelgacha ishga tushirishni kutish yoki AQSh rasmiylarining da'volari sababli pulning bir qismini qaytarishni taklif qildi.

Bugun, 23-oktabr, TON-dagi investorlar platformani 30-aprelgacha ishga tushirishni kutishga tayyor ekanliklarini yoki loyihadagi investitsiyalar hajmining 77 foizini qaytarishni xohlashlarini hal qilishlari kerak bo'lgan vaqt tugaydi.

Rossiyalik sarmoyadorlar tomonidan so'ralgan to'qqiz investorning yettitasi sarmoyaning qaytarilishini talab qilish niyatida emasligini aytishdi. Boshqa suhbatdoshning aytishicha, u loyihaga ishonmagan, lekin pulni qaytarib berishni so'ramagan - "Men qanday qilib nolga o'tish to'g'risida o'ylab ko'raman".

#TON (Tarjimon: @SweetDreams_Uz)
VoIP tanlovi ertaga tugaydi.

Ilovalaringizni yuborish uchun @jobs_bot'ga start buyrug'ini bering, keyin Voice Calls Contest'ni tanlang va botning savollariga javob bering. Bot sizning bajargan ishingizni .ZIP arxiv formatida qabul qiladi.

Barcha ishlar yakshanba kuni contest.com'da e'lon qilinadi.

#tanlov #konkurs #voip
👍1
Tez kunda TDLib'da yangilanish!

GitHub'da Unigram sahifasida kelasi versiyadagi yangilanish haqida qisqacha yozib qoldirildi. Yangi fuksiyalar:
— Chatlarni arxivlash.
— Yaqindagi chat va odamlar.
— Foydalanuvchilarni nomersiz kontaktga qo'shish.
— Telefon raqami shaxsiylik sozlamalari.
— Kanal/guruh muallifligini o'tkazish.
— Tekstni tagiga chizilgan va ustidan chizilgan qilib formatlash.
— Kanallarda "Discuss" funksiyasini qo'llab quvvatlash(kanalga guruh ulash).
— Sizga kimdir yozganda chiqadigan tugmachalar o'zgartirildi(hozigi "kontakga qo'shish" va "foydalanuvchini bloklash" tugmalari nazarda turilmoqda)

Bu shuni anglatadiki, tez kunda Unigram va Android uchun Telegram X hozirgi telegram funksiyalariga yetib oladi.

#TDLib #yangilanish #tezkunda
🎃
Telegraph Uzbekistan
🎃
Xelluin uchun yangi animatsion emoji🎃
#emoji #animated
👍1
👻
Telegraph Uzbekistan
👻
Yana bir animation emoji👻 #halloween muborak)))
👍1
Hayrli kech!

TGraphUz Botiga kelib tushayotgan savollaran eng ko'pchiligi asosan nomerni blok holatiga tushib qolishi to'grisida bo'lmoqda.

Bu holatdan habardor bo'lmaganlar uchun tushuntirsam.
Siz telegram profil ochmoqchi bo'layotganingizda nomerni terib, ptichkani bosganingizda "Telefon raqami bloklangan" so'zi yozilgan dialog(oynacha) chiqadi. Bu esa nomer telegram tomonidan bloklanganligini bildiradi.

Nima uchun bloklanadi?
Ko'pincha Virtual nomerlar(usa, polsha va hk) bloklanadi. Sababi, ular soxta nomer... foydalanuvchiga rasman tegishli emas!
Agar nomer sizga tegishli, shaxsiy nomeringiz bo'lsa unda ham sabab bor. Siz o'sha nomeringizga tegishli profilingiz orqali telegram tomonidan o'rnatilgan ma'lum qoidalarni buzganingiz(spamerlik, porno va hk) aniqlangan. Shuning uchun ehtiyot bo'ling.

Nega aynan Telegraph'da bloklanyabdi?
Bu shunchaki sizning fikringiz! Eslatib o'taman, telegram qoidalariga hech qaysi mijoz ta'sir o'tkaza olmaydi. Sizning akkauntingiz bloklanishiga mijoz turining mutlaqo aloqasi yo'q. Shunchaki kanalimiz a'zolari asosan Telegraph'dan foydalanishgani tufayli hammaga shunday tuyilmoqda.
Shaxsan menda 4 ta akkaunt hech muammsiz turibdi. 2 ta uzbek nomeri, 1 ta usa, 1 ta bot. Yaqinda bu profillar saqlanib turganiga 1yil bo'ladi)) Haligacha hech nima bo'lmadi.
Shunday ekan vahimalarga o'rin yo'q!

Muhimi profillaringizdan To'g'ri foydalaning!

Eslatma: @TGraphUzBot ga savol bergandan so'ng javobini kuting! Botni o'chirib tashlamang. Albatta javob qaytadi.

E'tiboringiz uchun rahmat!
@TGraphUz kanali uchun @SindorbekUz.
👍25💩73🤝1
Bloklangan nomerni blokdan chiqarish uchun qayerga murojaat qilish kerak?

Blok holatiga tushurilgan nomerlarni qayta tiklash uchun telegram tomonidan maxsus elektron pochta ochilgan.

recover@telegram.org
Shu elektron pochta manziliga to'liq vaziyatni ingliz/rus tilida tushuntirib, nomeringizni ham yozib yuboring. Keyin esa javobni kuting...
Osonroq yo'li ham mavjud, "Yordam" tugmasidan chiquvchi xabarni ushbu emailga yo'naltiring: To'liq👈🏻
Agar ijobiy javob kelsa masalangiz hal))

@TGraphUz kanaliga a'zo bo'ling
17👏1
Hamyon manbaa(source) kodi

GitHub'da TON sahifasida ommaviy platformalar uchun hamyon manbaa kodi paydo bo'ldi.

Android.
iOS.
Desktop (Windows, Linux и macOS).

Hamyonning desktop-versiyasini yuklash uchun: wallet.ton.org

#TON #crypto #kripta
PROFILNI BUZISH MUMKINMI?

Vaqtm bo'lmaganligi sababli audio murojaat qildim. Tushunasiz.