𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV
20.2K subscribers
1.78K photos
202 videos
476 files
1.54K links
Repetitor, testolog Jalol BOLTAYEVning TARIX faniga ixtisoslashtirilgan kanali

Onlayn/oflayn kurslar
Repetitor: @JalolBOLTAYEV_kurs, @JalolBOLTAYEV
Tel.: 97-299-00-66
Muhim: @TARIX_OMBOR
Download Telegram
“Uchinchi guruh”imdagi gender statistika

Erkaklarni ko‘paytiraylik, harakat qilinglar )

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁77👎52👍1
“Oktyabrchilar” va “Dekabrchilar” guruhiga qo‘shilganlarga 3 ta “Kundalik-optimal” kitobi va imzoli ruchka sovg‘a qilinishidan xabaringiz bor.

Barchaga sovg‘alarni “Uzpost” pochtasi orqali yuboramiz. Lekin xorazmliklar o‘quv markazimga kelib, o‘zlari olib ketishlari ham mumkin. Qaytanga, bu bizga ham yaxshiroq bo‘lardi. :)

Bunda yana men bilan rasmga tushish baxtiga ham musharraf bo‘lishingiz mumkin. 😄

Kursga qabul davom etmoqda, murojaat uchun: @jalolboltayev_kurs

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁3310🔥7👀3
Jalol Boltayev kursining repetitorlar hamjamiyati

Qariyb 10 yillik repetitorlik faoliyatim davomida to‘plagan tajribamni endi kursimda tahsil olayotgan repetitorlar bilan alohida yopiq guruhda bo‘lishmoqchiman.

Bu guruhda o‘quvchilar oldida aytib bo‘lmaydigan, dars jarayonida ko‘rinmaydigan repetitorlikning ichki jihatlari, yillar davomida shakllangan qarashlarim, turli vaziyatlarda sinab ko‘rgan usullarim, yo‘l qo‘ygan xatolarimdan chiqargan xulosalarim, o‘quvchilar bilan ishlashdagi nozik masalalar, darsni tashkil qilish va yuqori natijaga erishish bo‘yicha tajribalarim haqida ochiq yozib boraman.

Bundan tashqari, testologiyaning ilmiy-nazariy asoslari, zamonaviy yondashuvlari va ularni amaliyotda qo‘llash bo‘yicha yillar davomida shakllangan tajribalarimni ham shu hamjamiyatda qisqa-qisqa yozib boraman.

❗️Hamjamiyatga faqat kursimda tahsil olayotgan repetitorlargina qo‘shila oladi.

Eslatma: bu test servisi emas. Ya’ni “falon mavzudan faloncha test kerak” deb test so‘raladigan guruh emas.

Kurslarga ro‘yxatdan o‘tish uchun
@jalolboltayev_kurs'ga yozing.

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
20👍3
SO‘NGGI IMKONIYAT!

Aslida “Uchinchi guruh”ga 31-avgustgacha qo‘shilganlarga 3 ta kitob + imzoli ruchka sovg‘a qilishni rejalashtirgandik.

Lekin ko‘pchilik so‘ragani uchun bugun ham qo‘shilganlarga sovg‘alarni yuboradigan bo‘ldik.

Guruhga keyinchalik ham qo‘shilish mumkin, ammo kitob va imzoli ruchka sovg‘a qilinmaydi.

To‘g‘ri tushuning, kitoblarni yuborish uchun har kuni pochtaga borib-kelish imkonimiz yo‘q. Shu sababli sovg‘a muddatini faqat yana bir kunga uzaytirdik.

Murojaat uchun: @jalolboltayev_kurs

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
24👍6👎1
Tarix fanini shu paytgacha maxsus tarzda umuman o‘rganmagan o‘quvchilar diqqatiga!

Agar sizga tarix fanidan sertifikat asosiy fan sifatida kerak bo‘lsa, oktyabr oyidagi imtihonga shoshilmaslikni tavsiya qilaman.

Ijtimoiy tarmoqlardagi “mutlaq noldan 1 haftada A+, 1 oyda A+” kabi gaplarga uchmang. Ha, menda ham mutlaq boshlang‘ich nuqtadan 1 oyda yuqori natija olgan o‘quvchilar bo‘lgan. Lekin ular umumiy o‘quvchilarimning kamchilik qismini tashkil qiladi.

Agar menda tayyorlanishni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz-u, tarixni mutlaq noldan boshlayotgan bo‘lsangiz, 27-oktyabrga mo‘ljallangan “Tezkor guruh”ga emas, “dekabrchilar” guruhiga kiring.

“Tezkor guruh”da mavzular ko‘proq bo‘ladi. Demak, kuniga bajariladigan testlar soni ham ko‘p. Mutlaq noldan boshlayotgan o‘quvchining bunday temp va bosimga moslasha olmaslik ehtimoli yuqori.

Telegram-Instagramdagi chiroyli va'dalarga ishonib, qolgan 2 oyingizni ham samarasiz o‘tkazib yuborishingiz mumkin.

Vaholanki, shu 2 oyda to‘g‘ri tartib va real temp asosida tayyorlansangiz, ancha samaraliroq natijaga erishishingiz mumkin. Men chin dildan maslahat beryapman, keyin afsuslanib qolmang.

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
137👍15👎1
⚡️ 80 ming so‘m evaziga Jalol Boltayevda 1 oy tahsil olish imkoniyati!

Guruhga kirish narxi 200 ming so‘m. Ammo guruhga qo‘shilganlarga 3 ta “Kundalik-optimal” kitobi va imzoli ruchka sovg‘a qilinadi.

Bu sovg‘alarning o‘zi men uchun yuborish xarajatlari bilan 120 ming so‘mga tushadi. Demak, aslida siz 80 ming so‘m evaziga 1 oy tahsil olyapsiz.

“Kundalik-optimal”dan foydalanganlar uning qadrini yaxshi biladi. Bu kitoblar orqali tayyorgarlik ko‘rgan odam keyinchalik boshqa har qanday usullarni “sust” ko‘ra boshlaydi.

Shunchaki, bundan bexabar bo‘lganlar ham bu afzallikni bilishi uchun kitoblarni sovg‘a qilish tartibini joriy qildim.

Ishonchim komilki, men aytgan tartibda 1 oy tahsil olgan odam 2-oyda ham shu guruhda qolishni xohlaydi.

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
53🔥14👍3
O‘quvchilarning maqsadi ham har xil ekan

“Uchinchi”, “To‘rtinchi” guruhdagilarning 76 foizi – Milliy sertifikat, 61 foizi – attestatsiya, 22 foizi – Vazir jamg‘armasi, 8 foizi – olimpiada, 1 foizi esa yozgi kirish imtihoniga tayyorlanmoqda.

Maqsadlar har xil. Talab bitta – tarixni puxta o‘rganish. Buning uchun – Jalol BOLTAYEV onlayn kursi.

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏4921🔥9👍1
Uchinchi – “Oktyabrchilar” guruhiga qabul davom etmoqda. Darslar tez kunlarda boshlanadi

Hozir ham guruhga qo‘shilishingiz mumkin, biroq endi sovg‘a berilmaydi. Sovg‘a olishni istasangiz, to‘rtinchi – “Dekabrchilar” guruhiga 10-sentyabrgacha qo‘shilishingiz kerak.

Aslida, aminmanki, sovg‘asiz ham bu kurs o‘z narxiga arziydi. Beradigan qiymatini hisobga olsak, kurs narxi uning haqiqiy qiymatidan ham arzonroq.

Kursga qo‘shilish uchun
@jalolboltayev_kurs'ga yozing.

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
26🔥8
“I (i) unli harfmi, undoshmi, ustoz?”

Abituriyent paytlarimda ona tili darsida bir o‘quvchi ustozga shunaqa savol bergandi. Bu mavzularni allaqachon o‘tib bo‘lgan edik. Qolaversa, umuman kursda tayyorlanmaydigan o‘quvchi ham o‘zbek tilidagi 6 ta unlini juda yaxshi biladi, deb o‘ylagandim o‘shanda.

Ichimda “hozir domla so‘kib tashlasa kerak”, deb turgandim. Lekin domlam soʻkmadi, “shuni ham bilmaysanmi?” demadi ham. I ning unli harf ekanini va nima uchun unli ekanini o‘sha o‘quvchiga qaytadan tushuntirib berdi.

Men ham abituriyent paytimda ona tili va fransuz tili fanlaridan tayyorlanardim va juda ko‘p savol berardim.

Meni odatda “kim?”, “qachon?” degan savollardan ko‘ra, “nega?” degan savol ko‘proq qiziqtirardi.

Masalan, fransuz tilida le, la artikllari nima uchun aynan ma’lum otlar oldidan qo‘yiladi? Maktabda matematikadan o‘rganganimiz π nima uchun aynan 3,14 ga teng? Nega bunday?

Xullas, “nega?” degan savolni juda ko‘p berardim.

Bir gal fransuz tili ustozim hazillashib “bunga qo‘yib bersa, hozir bu testlar nima uchun “snegurochka” (oq qog‘oz)ga chiqarilyapti, nima uchun rangli qog‘ozga emas, deb ham so‘raydi”, degandi. 😁

Fransuz tili tayyorlanganlar biladi, u yerda qayerdan kelgani ham tushunarsiz, “shunchaki shunaqa” qoidalar bor (aniqrog‘i, test uchun ahamiyatsiz).

Repetitor sifatida xarakterim shakllanishida o‘sha ona tili ustozimning ta’siri katta bo‘lgan. Onlayn kursimda har bir darsni “kimda qanday savol bor?” degan gap bilan yakunlayman.

Odatda o‘sha paytda javob beraman. O‘sha paytning o‘zida javob bera olmasam (ya’ni bilmasam yoki ikkilansam) odatda taxmin qilib ketmayman. Manbalardan qarayman, tekshiraman va imkon qadar aniq javob berishga harakat qilaman.

Xullas, ayrim o‘quvchilarim “savol bersam, ustoz oldida yomon ko‘rinib qolaman”, deb o‘ylashi mumkin. Aslo unday emas. Biror narsani tushunmayapsizmi – bemalol so‘rang. Hatto o‘zingizga juda oddiy tuyilayotgan narsa bo‘lsa ham.

(c) Jalol BOLTAYEV

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
166👍29🔥17💯4🏆2👏1
❗️❗️❗️❗️❗️❗️❗️❗️❗️

SIFATLI MATERIALLAR, KUCHLI METODIKA, TO‘G‘RI TIZIM MANA QANDAY NATIJALARGA OLIB KELADI?


• 3 oyda “mutlaq nol”dan “Milliy sertifikat”ni qo‘lga kiritgan o‘quvchilardan biri – ISBOT!

Ikkita asosiy fan – tarix va geografiyadan menda tayyorlanib, Respublikada ushbu yo‘nalishda birinchi bo‘lib ketma-ket “Milliy sertifikat”ni qo‘lga kiritgan va TAKRORLANMAS REKORD o‘rnatgan o‘quvchim – ISBOT!

• Xorazm viloyati bo‘yicha eng yuqori natija ko‘rsatgan o‘quvchim – ISBOT!

• 2024-yil oktyabrda bo‘lib o‘tgan “Milliy sertifikat” imtihonida REKORD natija qayd etgan o‘quvchim – ISBOT!

• 2024-yil dekabrda bo‘lib o‘tgan “Milliy sertifikat” imtihonida REKORD natija qayd etgan o‘quvchim – ISBOT!

• 2025-yil fevralda bo‘lib o‘tgan “Milliy sertifikat” imtihonida REKORD natija qayd etgan o‘quvchim – ISBOT!

• 2025-yil mayda bo‘lib o‘tgan “Milliy sertifikat” imtihonida TOP (onlayn kurslarda eng yuqori) natija qayd etgan kursim a’zosi – ISBOT

• 2025-yil dekabrda bo‘lib o‘tgan “Milliy sertifikat” imtihonida TOP (onlayn kurslarda eng yuqori) natija qayd etgan kursim a’zosi – ISBOT

• 2026-yil yanvarda bo‘lib o‘tgan “Milliy sertifikat” imtihonida top (onlayn kurslarda eng yuqori) natija qayd etgan kursim a’zosi – ISBOT

• 2026-yil aprelda bo‘lib o‘tgan “Milliy sertifikat” imtihonida top (onlayn kurslarda eng yuqori) natija qayd etgan kursim a’zosi – ISBOT

• Olimpiadada TOP natija qayd etgan o‘quvchilarim – ISBOT

Bu xamir uchidan patir, xolos. 189 ball to‘plagan o‘quvchilarim, kursimdagi attestatsiyadan muvaffaqiyatli o‘tgan, Vazir ustamasiga ega chiqqan ham ustozlar ham bisyor.

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥2710💯4👏2🏆1
Bugun “Oktyabrchilar” guruhida BIRINCHI DARS boʻlib oʻtadi. Qoʻshilish uchun @jalolboltayev_kurs'ga yozing.
🔥236
Kursimning har bir a’zosini kontaktimga saqlab olganman. Bu narsa ular bilan ishlashni qulaylashtiradi, ehtiyojlarni aniqlashga yordam beradi, muloqotni osonlashtiradi.
1🔥73👍1710😍7
📚 Dekabr oyidagi “Milliy sertifikat” imtihonida natija qilishni niyat qilganlar uchun – “Dekabrchilar” guruhiga qabul davom etmoqda!

“Dekabrchilar” guruhida darslar sentyabr oyining o‘rtalaridan boshlanadi.

🎁 13-sentyabrgacha to‘lov qilganlar kurs davomida foydalanadigan 3 ta “Kundalik-optimal” test to‘plami va imzoli ruchkani sovg‘a sifatida qo‘lga kiritadi.

Shoshiling!

Kursga qo‘shilish uchun 9860010133910371 kartasiga 200 ming so‘m to‘lovni amalga oshirib, chekni @jalolboltayev_kurs'ga yuboring. So‘ngra sizni guruhga qo‘shib qo‘yamiz.

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
19🔥1💯1🏆1
“Abulg‘oziy Bahodirxonning “Shajarayi turk” asarining nechanchi bobi tarix fani uchun qimmatli manba hisoblanadi?”

Yuqoridagi savol televideniyedagi bir ko‘rsatuvda berilgan ekan (bir necha yil bo‘lgan shekilli).
O‘zim “g‘aliz savollar”dan misol keltirmoqchi bo‘lsam, birdan kelmay qoladi (chunki men unday o‘qitmayman). Bu savol – “g‘aliz”.
Masalan, “Shajarayi turk”ning qolgan boblari tarix uchun ahamiyatsiz deb bo‘lmaydi. Darslikda bu bir ma’lumot o‘laroq yozilgan, xolos. Masalan, o‘zbeklar qadimdan choy iste’mol qilib kelishgan, degan ma’lumot to‘g‘ri. Lekin bundan “Qaysi xalq qadimdan choy iste’mol qilgan?” deb savol tuzib bo‘lmaydi.
Odatda “murakkab” yoki “zo‘r savol ekan” deya baholanadigan bunday “g‘aliz savollar”, ya’ni noto‘g‘ri savollar orqali tayyorgarlik ko‘rgan odamning qaytangga natija qilishi murakkabroq bo‘lishi, kutilganidan ko‘proq vaqt ketib qolishi mumkin. Yoki butun tayyorgarlik tizimi davomida bunday “g‘aliz savollar” bilan ko‘p ishlasa, “fikrlash” jarayoniga zarar yetishi mumkin.

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
32👍13💯3
80+ ball bilan “Milliy sertifikat” olib, 189 ball bilan diplomatiya talabasi boʻlgan oʻquvchilarimdan birining fikri

“Menga, ayniqsa, kurs davomida ortiqcha ma’lumot, keraksiz sifralarni yodlatmasligingiz yoqar edi...”


👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
40🔥8👏7💯4👍2😁1👌1
IELTS, BMBA… endi PISA hammi?

O‘zbekiston bolalari ta’lim tizimimizning haqiqiy ahvolini bilish uchun PISA testida qatnashdi. Bu bepul emas, buning uchun davlat tomonidan katta mablag‘ sarflanadi.

Lekin PISA 2025 natijalari chiqdi-yu, O‘zbekistonning matematika va o‘qish savodxonligi bo‘yicha natijalari e’lon qilinmadi.

Test o‘tkazuvchi tashkilot – OECDning o‘zi bunga sabab sifatida ma’lumotlardagi “nomuvofiqliklar”ni ko‘rsatgan. Ya’ni ma’lumotlar ishonchli taqqoslash uchun yetarli darajada to‘g‘ri bo‘lmagan (vazirlik hali qo‘shimcha izoh bersa kerak).

Tashkilot xohlasa, raqamlarni chiqarib yuboraverardi. Lekin bu OECDning obro‘siga to‘g‘ri kelmaydi. Chunki xalqaro baholashning ma’nosi – shunchaki raqam chiqarish emas, ishonchli raqam chiqarish.

IELTSni “epladik” – O‘zbekistonda qog‘ozdagi imtihonlar bekor qilinib, kompyuterga o‘tkazildi;

BMBAni ham “epladik”
– 1000 $ ga 1 kunda natija qilish mumkin ekan;

Mana endi PISAni ham “eplashgan” ko‘rinadi, shunqorlar. 😉

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
48🔥20😁8👍5💯2
10-sinf “O‘zbekiston tarixi” (2022) QUIZ testlar mundarijasi
✅️ Jalol Boltayev
👉 10 o‘zbek (2022). 1–3-mavzular
👉 10 o‘zbek (2022). 4–9-mavzular
👉 10 o‘zbek (2022). 10–13-mavzular
👉 10 o‘zbek (2022). 14–17-mavzular
👉 10 o‘zbek (2022). 18–20-mavzular
👉 10 o‘zbek (2022). 21–24-mavzular
👉 10 o‘zbek (2022). 25–28-mavzular
👉 10 o‘zbek (2022). 29–32-mavzular

10-sinf «O‘zbekiston tarixi» (2022) darsligi boʻyicha «savol-javob»lar
✅️ “Savol-javob”lar Jalol Boltayev tomonidan olib borilgan!
Oldingi «Savol-javob darslari»mizda yozib olingan audiofayllar. 1,2x yoki 1,5x tezlikda eshitib, darsga tayyorgarlik koʻrishingizni tavsiya etaman!
👉 10 o‘zbek (2022), 1–6-mavzular
👉 10 o‘zbek (2022), 7–13-mavzular
👉 10 o‘zbek (2022), 14–17-mavzular
👉 10 o‘zbek (2022), 18–20-mavzular
👉 10 o‘zbek (2022), 21–24-mavzular
👉 10 o‘zbek (2022), 25–28-mavzular
👉 10 o‘zbek (2022), 29–32-mavzular

10-sinf “O‘zbekiston tarixi” (2022) darsligini o‘rganishning eng maqbul yo‘li (bitta dars misolida):

I. ASOSIY O‘RGANISH JARAYONI:
1-qadam: darslikni bir marta o‘qing, bunda faktlarni eslab qolishga emas, mavzuning umumiy mohiyatini anglab olish, o‘rganilayotgan mavzu bo‘yicha tushuncha hosil qilish maqsadida o‘qing.
2-qadam: endi 2 marta mavzuni yaxshiroq o‘zlashtirish maqsadida o‘qing. Sekinroq o‘qisangiz ham bo‘ladi.
3-qadam: “KUNDALIK-OPTIMAL” test to‘plamidagi o‘rganilayotgan mavzularning testlarini kitobchaning o‘ziga ishlab chiqing. Bunda ikkilangan, bilmagan savollaringizni darslikdan qarang. Bu qaytangga yaxshi.
4-qadam: darslikni yana bir marta o‘qing.

II. QO‘SHIMCHA MUSTAHKAMLASH JARAYONI:
5-qadam: Oldingi darslarimizda yozib olingan “savol-javob”ni eshiting (tegishli mavzular bo‘yicha).
6-qadam: “Quiz test”ni ishlang. Xatolaringizni tahlil qiling. To 2–3 xato yo xatosiz chiqqunga qadar ishlang.
7-qadam: “FORMS TEST”ni ishlang. 4 variantli testlardan tashqari yozma savollarga ham alohida e’tibor bering. Ishlab bo‘lgach, xatolarni birma-bir tahlil qiling.

III. SINOV JARAYONI
Yana bir marta o‘qib olib, yopiq guruhda kechqurun bo‘ladigan “savol-javob”da qatnashing.


(c) Jalol BOLTAYEV – testolog, repetitor

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
27👍7👏6🔥1
Dekabrdagi imtihon uchun moʻljallangan 4‐guruhga kirganlarga ham 3 ta kitob sovgʻa qilinadi, faqat 13‐sentyabrgacha qoʻshilish kerak.

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
44👍5😎2👎1
📊 ONLAYN KURSIMIZ AUDITORIYASI QANDAY?

Bugun kursimizda ta’lim olayotgan o‘quvchilar statistikasiga bir nazar tashladik. Natija qiziq:

👦 Eng kichik ishtirokchi – 13 yoshda.
👨 Eng katta ishtirokchi – 52 yoshda.

13 yoshdan 52 yoshgacha bo‘lgan o‘quvchil va ustozlarni birlashtirib turgan narsa esa bitta – tarixdan yuqori natija qilish maqsadi.

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
32💯16🔥4👍2