Urganch innovatsion universitetida qabul davom etmoqda. Quyidagi yoʻnalishlar bor:
Bakalavriat:
🟠 60230100 – Filologiya va tillarni o‘qitish (o'zbek tili, ingliz tili, rus tili) — kunduzgi
🟠 60110400 – Boshlang‘ich ta'lim — kunduzgi
🟠 60610100 – Axborot tizimlari va texnologiyalari — kunduzgi
🟠 60410100 – Iqtisodiyot — kunduzgi
🟠 60220300 – Tarix — kunduzgi
🟠 60410200 – Buxgalteriya hisobi — kunduzgi
🟠 60310300 – Psixologiya — kunduzgi
🟠 60410600 – Bank ishi — kunduzgi
Diqqat! Kim ushbu universitetda oʻqimoqchi boʻlsa, @JalolBOLTAYEV bilan bogʻlansin. Shu tariqa maxsus chegirmaga ega boʻlasiz.
👉 @TESTLIDER

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥22❤13👍4👎2👏1
Kimning ichida menga aytolmay yurgan gapi bo‘lsa, anonim tarzda yozishi mumkin.
Anonim gaplashgim kelib qoldi:
http://t.me/anonaskbot?start=comg2
Anonim gaplashgim kelib qoldi:
http://t.me/anonaskbot?start=comg2
👍24❤7💯5🔥4
𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV
Kimning ichida menga aytolmay yurgan gapi bo‘lsa, anonim tarzda yozishi mumkin. Anonim gaplashgim kelib qoldi: http://t.me/anonaskbot?start=comg2
Aksar xabarlarga ertaga javob yozib chiqaman, hozir imkon boʻlmayapti. Yozib qoʻyavering.
❤24👍7🔥5
Gap yoshda boʻlmasligi mumkin. 47 yoshmisiz, 17 yoshmisiz – sifatli mavzulashtirilgan test ishlash kerak. Faqat eshitish yoki savol‐javob qilish bilangina natija qilish murakkab. Yangi darsliklarni sifatli mavzulashtirilgan testsiz oʻzlashtirish qiyin.
👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍58😁16❤12🔥9💯3
Audio
50 yoshdagilar hech qanday “birak” emas! 🙂
Nabiralaringizning rohatini ko‘ring!
(c) Jalol BOLTAYEV
👉 @TESTLIDER
Nabiralaringizning rohatini ko‘ring!
(c) Jalol BOLTAYEV
👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤39🔥14👍9
Huquq darsi yoki ta’riflar darsi? «Davlat va huquq asoslari» yangi dasturi nimani o‘rgatadi va nimani o‘rgatmaydi
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi takomillashgan, milliy o‘quv dasturlarini jamoatchilik muhokamasiga qo‘ydi.
1. Hujjat 25+ sahifa. Unda kompetensiyalar, formativ baholash, hatto BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlari ham bor. Lekin hujjatni boshidan oxirigacha o‘qib chiqqan odam bitta savolga javob topolmaydi: bu fanni tugatgan 15 yoshli o‘quvchi huquqi buzilsa nima qiladi?
2. Dasturning yuragi – ikki sinf uchun 52 ta o‘quv maqsadi. Shulardan 45 tasi (86,5 foiz) bitta fe’l bilan tugaydi: «izohlash». 18 tasi esa so‘zma-so‘z «… tushunchasini izohlash»: «Huquq tushunchasini izohlash», «Davlat tushunchasini izohlash», «Huquqbuzarlik tushunchasini izohlash», «Jamiyat tushunchasini huquqiy nuqtayi nazardan izohlash».
Hujjatning o‘zi «izohlash»ga ta’rif beradi: «tushunchaning mazmunini tushuntirib berish». Bu – Blum taksonomiyasining ikkinchi pog‘onasi, ya’ni tushunish. Qo‘llash, tahlil, baholash, muammoni hal qilish darajasidagi maqsad – NOL.
Hujjatning boshqa sahifasida esa «o‘quvchilarning e’tibori yodlashga emas, balki muammoni yechishga qaratilgan» deb yozilgan. Yana bir betda: o‘quvchilar «huquqiy muammoni aniqlab… to‘g‘ri huquqiy qaror qabul qilishni o‘rganadilar». Chiroyli gaplar-a...
Lekin darslik tuzilganda ham, test tuzilganda ham chiroyli gaplardan emas, 52 ta maqsaddan kelib chiqib tuziladi. O‘quv dasturi maqsadlari asosan “izohlash”ni talab etar ekan, BMBAning ishi ham osonlashadi (chunki odatda bunday testlarni tuzish osonroq).
Xullas, dastur o‘zi rad etgan yodlashni orqa eshikdan qaytarib olib kiryapti.
Davomi bor

❤25🔥5👍3💯3👎1
Jalol BOLTAYEV qarashlari!
Qur'on va Sunnat – Maqsadlar noto'g'ri... Abdulloh domla 🍃 #abdulloh_domla #abdullohdomla…
Qisqasi huquq fani oʻquv dasturi haqidagi xulosalar
💯16👍4🔥4
Telegramda ovozli chatda jiddiy muammolar paydo bo‘la boshladi. Onlayn guruhimda dushanbadan boshlab google meetingni sinab ko‘rishni boshlaymiz. Ovozli chat bo‘yicha yana qanday taklflar bor?
👍23🔥7❤6
Huquq darsi suzishni qirg‘oqda o‘rgatmoqchi (3-qism)
1, 2-qismlar
8-sinf dasturi mavzulari tartibi, mana birinchi yarim yil: Inson va shaxs tushunchasi, jamiyat tushunchasi, davlat tushunchasi va belgilari, davlat shakli va turlari, davlat boshqaruv shakli, davlat tuzilish shakli, siyosiy rejim, huquq tushunchasi, huquq manbalari, huquqiy xulq-atvor, huquqiy ong va huquqiy, madaniyat, huquqiy tarbiya.
Tanish tuyilyaptimi? Bu universitetdagi «Davlat va huquq nazariyasi» darsligining mundarijasi. Biz shuni 13 yoshli bolaga bermoqchimiz.
26 mavzudan 15 tasi – shunday mavhum tushunchalar (nazariya). Bu taxminan 17–18 soat, ya’ni o‘quv yilining yarmidan ko‘pi. Bola sentyabrdan dekabrgacha «davlat nima?», «huquq nima?», «unitar davlat federativdan nimasi bilan farq qiladi?» degan ta’riflarni yodlaydi va shu vaqt ichida o‘ziga tegishli birorta qoidani o‘rganmaydi. O‘z hayotiga aloqador birinchi mavzu – huquqbuzarlik – 16-o‘rinda, taxminan yanvarda.
Nega bu ishlamaydi?
Universitetda nazariyadan boshlash to‘g‘ri. Talaba 18 yoshda, kasbni o‘zi tanlagan, mavhum tushunchani olib uni misollarga qo‘llay oladi. Bunga «deduktiv» yo‘l deyiladi – umumiydan xususiyga.
13 yoshli bolada esa davlat bilan munosabat tajribasi yo‘q. U «davlat tuzilish shakli»ni nimaga bog‘laydi? Hech narsaga. Unitar yoki federativ ekani uning hayotidagi hech narsani o‘zgartirmaydi. Bog‘lanmagan bilim faqat yodlanadi.
Rivojlangan davlatlarda huquq darsi teskaridan boshlanadi – xususiydan umumiyga, «induktiv» yo‘l:
– Maktabda qoida bor. Kim tuzgan? Buzsang nima bo‘ladi?
– Do‘konda sifatsiz telefon sotishdi. Qaytarib bo‘ladimi?
– 14 yoshda ota-onasiz velosiped sotib olsang bo‘ladimi?
Bola bu savollarni tushunadi, chunki boshidan o‘tgan. Shundan keyin o‘qituvchi umumlashtiradi: «Mana bular huquq normalari. Ularni davlat belgilaydi. Davlat esa shunday tuzilgan». Nazariya misollardan kelib chiqadi, oldindan yuklanmaydi.
Yaponiyada huquq darsi «keling, birga qoida (qonun) tuzamiz» mashqidan boshlanadi. Germaniyada 8-sinf o‘quvchisi «qaysi yoshdan nimaga haqqim bor?» jadvalini tuzadi.
Qizig‘i, o‘quv dasturining 1.5-bo‘limda «bilim va ko‘nikmalarni hayotiy vaziyatlarda qo‘llash» deb yozilgan. Bu to‘g‘ri va yaxshi gap. Lekin mavzular tartibi bu gapga zid.
Bir o‘xshatish. Bolaga suzishni o‘rgatmoqchisiz. Birinchi yo‘l: 17 soat suvning fizik xossalari, Arximed qonuni, suzish usullari haqida ma’lumot berasiz. Keyin suvga tushirasiz. Ikkinchi yo‘l: suvga tushirasiz, suzdirasiz, keyin «nega cho‘kmading?» deb tushuntirasiz.
Yangi dastur birinchi yo‘lni tanlagan.
Hali muhokama bosqichida. Tartibni o‘zgartirish uchun kech emas: bolaning hayotidagi qoidalardan boshlab, nazariyani yil oxiriga – umumlashma sifatida qoldirish kifoya.
Sizningcha, 13 yoshli bola huquq darsida birinchi navbatda nimani bilishi kerak – «davlat tuzilish shaklining belgilari»nimi yoki sifatsiz tovarni qanday qaytarishnimi?

👍23❤13🔥6😁3👎2👏1
Huquq darsi bolaga kim deb qaraydi: jinoyatchi debmi yoki fuqaro debmi (4‐qism)?
1, 2-qismlar
3-qism
4-qism
Huquq fanini asosan avvalo ikki xil maqsadda o‘qitish mumkin.
Birinchi maqsad: «Bolalar jinoyat qilmasin». Unda darsda jinoyat nima, belgilari qanday, jazo turlari qanday, necha yoshdan javobgarlik, qaysi holat og‘irlashtiradi – shular o‘tiladi. Bu darsda o‘quvchi ehtimoliy huquqbuzar, dars esa ogohlantirish.
Ikkinchi maqsad: «Bolalar huquqlarini bilsin va ishlatsin». Unda darsda huquqlaring nima, ularni kim buzishi mumkin, buzilsa qayerga borasan, arizani qanday yozasan, sud qanday ishlaydi, advokat nima qiladi – shular o‘tiladi. Bu darsda o‘quvchi – fuqaro. Dars esa qurol.
Yangi dastur loyihasi qaysi birini tanlagan?
52 ta o‘quv maqsadidan 16 tasi – jinoyat, huquqbuzarlik, jazo, javobgarlik haqida. 9-sinfdagi «Ommaviy huquq» bo‘limining 18 maqsadidan 9 tasi – jinoyat huquqi: jinoyat tushunchasi, jinoyat huquqi asoslari, jazo tizimi, jazo tayinlash, og‘irlashtiruvchi holatlar…
Endi ikkinchi ustun. Saylov – yo‘q. Sud qanday ishlaydi – yo‘q. Davlat organiga murojaat – yo‘q. Advokat — yo‘q. Konstitutsiyadagi huquqlaring – yo‘q. Bor narsa: voyaga yetmaganlarning sohaviy huquqlari va iste’molchi misoli – 6 ta maqsad.
Jinoyat huquqi bo‘lmasin, demayapman. Har qanday davlatda ham bu bor. Farq – qaysi tomondan o‘tilishida. U yerda jinoyat huquqi bolaga «seni qamashadi» deb emas, «seni qanday himoya qilishadi» deb o‘tiladi: aybsizlik prezumpsiyasi, adolatli sud huquqi, advokat olish huquqi, o‘smirlar sudi kattalar sudidan nimasi bilan farq qiladi. Bizda esa jazo tizimi, jazo tayinlash, og‘irlashtiruvchi holatlar.
Bu yangi emas. Sovet maktabida «Основы советского государства и права» fani aynan shunday bo‘lgan. Fanning vazifasi – intizom. O‘quvchi – nazorat obyekti.
15 yoshli bolaning jinoyat sodir etish ehtimoli – kichik. Huquqi buzilish ehtimoli esa yuqori. Yozda ishlagan joyi maoshini bermaydi. Do‘kon buzuq telefonni qaytarib olmaydi. Internetda haqorat qilishadi. Maktabda bulling bo‘ladi. Militsiya to‘xtatadi – nima qilish kerak, bilmaydi.
Dastur kam ehtimolli holatga 16 maqsad ajratgan. Yuqori ehtimolli holatga juda kam maqsad ajratilgan.
Dastur bolani yurfak talabasi deb qaraydi (nazariyadan boshlaydi), potensial huquqbuzar deb qaraydi (jazoga urg‘u beradi), lekin fuqaro deb qaramaydigandek tuyilyapti.

💯22👍10🔥10❤7👎2
Huquq darsligi nimani o‘rgatishi kerak: «necha yil»nimi yoki «nega»nimi (5-qism)?
1, 2-qismlar
3-qism
4-qism
5-qism
Angliyaning maktab o‘quvchilari uchun yozilgan «GCSE Law» darsligini ko‘rib chiqdim. Unda ham xuddi bizdagidek jinoyat, jazo va sud mavzulari o‘tiladi. Lekin bitta farq bor: darslik bolaga faqatgina «birovni ursang necha yilga qamalasan» deb o‘rgatmaydi. U «birovni urish nima uchun taqiqlangan»ligiga ko‘proq urg‘u qaratadi.
Bola ko‘chada birovni urdi. Unga ikki xil gap aytish mumkin. Birinchisi: «Buning uchun kodeks bo‘yicha falon yilgacha jazo beriladi». Ikkinchisi: «Har bir odamning tanasi faqat o‘ziniki. Unga roziligisiz tegish mumkin emas: xoh u kuchli bo‘lsin, xoh kuchsiz, xoh pastkash bo‘lsin. Nizoni musht bilan hal qilish huquqi hech kimga berilmagan. Shuning uchun urish taqiqlangan.
To‘g‘ri, birinchisi ham ishlaydi: jazodan qo‘rqish odamni ushlab turadi. Lekin har doim emas. «Bu odamning tanasi meniki emas» deb anglagan bola bu fikrni hamma joyda o‘zi bilan olib yuradi. Qo‘rquv tashqaridan qo‘riqlaydi, tushuncha – ichkaridan.
Yana bir farq: «necha yil» – eskiradigan javob, kodeks har yili tahrirlanishi mumkin. «Nega» esa eskirmaydi, tana daxlsizligi esa 50 yil oldin ham shunday edi, 50 yildan keyin ham shunday bo‘ladi va yuzta vaziyatga kalit beradi: tana daxlsizligini tushungan bola o‘zi xulosa chiqaradi – urish mumkin emas, qo‘rqitish ham.
Demak, to‘g‘ri tartib: avval mohiyat, keyin jazo – uning tasdig‘i sifatida. GCSE Law shunday qurilgan: normalar bor, lekin mohiyatni ko‘rsatuvchi misol sifatida.
Endi bizning darslik. 2024-yilgi 8-sinf darsligida birovni urish nima uchun noto‘g‘riligi haqida bir abzats ham yo‘q – «zo‘ravonlik» so‘zi 122 betda bir marta ham uchramaydi. Uning o‘rniga: «jarima bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravaridan 600 baravarigacha», «ma’muriy qamoq 3 sutkadan 15 sutkagacha», qasd shakllari kodeksdan so‘zma-so‘z, hatto «intizomiy qismga jo‘natish» – harbiylarga beriladigan jazo – 13 yoshli bolaga tushuntirilgan.
Darslik aybdor emas, u dasturni bajargan. Va hozir muhokamadagi yangi dastur ham xuddi shu buyurtmani beryapti: 52 maqsad ichida «jazo tizimini izohlash» bor, «nima uchun taqiqlangan ekanini asoslash» – bitta ham yo‘q.
Har maqsadga bitta «nega» qo‘shish. «Jazo tizimini izohlash» o‘rniga – «davlat nima uchun jazolashga haqli va jazodan maqsad nima ekanini asoslash».

❤33🔥11
“Uchinchi guruh”da yangiliklarni joriy qilyapman, degan edim
Shu yangiliklardan biri – guruhga qabul qilingan har bir ustoz va o‘quvchini kontaktimga alohida saqlab borish. Hech kim qolib ketmaydi.
Maqsadim – onlayn ta’limdagi eng katta muammolardan biri, “o‘quvchini o‘z holiga tashlab qo‘yish” muammosini hal qilish.
Kimdir darsdan qolsa, faolligi pasaysa yoki biror masalada yordam kerak bo‘lsa, u shunchaki guruhdagi yuzlab ismlardan biri bo‘lib qolmaydi. Men u bilan bevosita bog‘lana olishim kerak.
👉 @TESTLIDER
Shu yangiliklardan biri – guruhga qabul qilingan har bir ustoz va o‘quvchini kontaktimga alohida saqlab borish. Hech kim qolib ketmaydi.
Maqsadim – onlayn ta’limdagi eng katta muammolardan biri, “o‘quvchini o‘z holiga tashlab qo‘yish” muammosini hal qilish.
Kimdir darsdan qolsa, faolligi pasaysa yoki biror masalada yordam kerak bo‘lsa, u shunchaki guruhdagi yuzlab ismlardan biri bo‘lib qolmaydi. Men u bilan bevosita bog‘lana olishim kerak.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤51👍16🔥4👏1
8 o‘zbek (2023) – mavzulashtirilgan test.pdf
4.2 MB
Va nihoyat nashr etildi 🔥
• 8-sinf «O‘zbekiston tarixi» (2023)
• Mavzulashtirilgan test
• “KUNDALIK-OPTIMAL”
• Jalol BOLTAYEV
@TESTLIDER
• 8-sinf «O‘zbekiston tarixi» (2023)
• Mavzulashtirilgan test
• “KUNDALIK-OPTIMAL”
• Jalol BOLTAYEV
@TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍44🔥13❤4💯1
“Kundalik-optimal”ning ko‘rinmaydigan tomoni
2871 ta testdan iborat 8-sinf darsligining “Kundalik-optimal” test to‘plami nashrdan chiqdi. Bu raqam og‘izning bir chetidan chiqib ketadi. Quruq raqamdek tuyiladi. Xuddi tarix kitoblarida “falon urushda 28541 kishi halok bo‘ldi” degan jumlani o‘qiganimizda 28 541 shunchaki raqam bo‘lib ko‘ringani kabi. Holbuki, uning ortida 28 541 ta alohida taqdir, alohida hayot bor.
2871 ta test ham men uchun shunchaki 2871 emas. Har birining ortida vaqt, o‘qish, izlanish, tekshirish, xato qilish, qayta tuzish va yana qayta tekshirish bor. Har bir testga mehnatim singgan.
Lekin bu safar o‘sha mehnat haqida emas, shu mehnatni qilishimga imkon bergan odamlar haqida yozmoqchiman.
Men test tuzishga har kunimning kamida 8 soatini ajrataman. Shu sababli ba’zan kanalda kamnamo bo‘lib qolaman. Aslida 10 ta gapdan iborat postni yozishim 5 daqiqa ham vaqt olmaydi. Ammo 8 soat davomida test tuzgan bo‘lsam, o‘sha kun uchun eng muhim ishimni bajargan bo‘laman.
Men uchun hozir eng katta “foydali ish koeffitsiyenti” “Kundalik-optimal”larni yaratish.
Kimdir “Nega bepul dars o‘tmaysiz?” deb so‘ragandi. Ishoning, men uchun bepul dars o‘tish – Kundalik-optimal tuzishdan 100 baravar osonroq ish. Xohlasam, kuniga ikki soat ajratib, bemalol dars o‘tishim mumkin. Lekin bunday qilsam, ichimda boshqa bir gap turadi: “sen hozir “Kundalik-optimal”ni tuzishing kerak-ku”. Shu fikrning o‘zi meni tinch qo‘ymaydi.
Chunki oldimga maqsad qo‘yganman – qishgacha barcha darsliklar uchun “Kundalik-optimal” test to‘plamlarini chiqarish.
Ayni paytda biror kitobni bepul o‘tishdan ko‘ra, shu to‘plamlarni nashr ettirish odamlar uchun ham 100 baravar katta foyda beradi aslida (“Kundalik-optimal”ni ishlaganlar buni yaxshi tushunadi).
Bu ishlarni qilish uchun menga vaqt kerak. Vaqt esa ayrim ishlarni kimdir o‘z zimmasiga olganidagina paydo bo‘ladi.
Shu ma’noda “Kundalik-optimal”lar faqat mening mehnatim mahsuli emas. Masalan, onlayn guruhlarimda savol-javoblarni bir kun men, bir kun Mardon ustoz olib boramiz. Mardon ustoz savol-javobni olib borgan kuni men 8 soatdan ham ko‘proq ishlay olaman.
Ochig‘i, kasbiy hamkorlik masalasida odamlarga juda kam ishonaman. Bu – sifat masalasi. Biror ishni boshqa odamga topshirishim uchun uning natijasi men qilganimdek chiqishiga ishonishim kerak.
Mardon ustozga esa o‘zimga ishongandek ishonaman. Savol-javoblarimiz ham deyarli bir xil bo‘ladi. Qolaversa, uning boshqa ko‘plab xislatlari ham bu ishonchni oqlab kelmoqda.
To‘g‘ri, “Kundalik-optimal”ning o‘zini yaratish jarayonida hech kim bilan hamkorlik qilmayman. Har bir ma’lumotni qayta-qayta tekshirish, o‘z tuzgan testiga tanqidiy qarash, testni boshidan tuzish talab etiladi. Xullas, sifatga bo‘lgan talabim juda yuqori.
Lekin bu kitoblarning yaratilishiga sharoit yaratishda jamoamning hissasi juda katta. Ular bo‘lmaganida men katta vaqtimni test tuzishga ajrata olmasdim.
Ayni paytda bir necha yildan beri menda tahsil olib kelayotgan Oygul Ikromova ustoz ham tashkiliy ishlarda menga ancha dastak bo‘lib kelmoqda. Unga ham alohida rahmat.
Oflayndagi shogirdim Sarvinoz esa haqiqiy menejerlik qobiliyatiga ega. Ko‘p ishlarimni yengillashtirib, menga ancha dastak bo‘lmoqda.
Shuning uchun kitob chiqqanida “mana, yana bir kitobim chiqdi” deb, buni faqat o‘z mehnatimning natijasi sifatida ko‘rsatgim kelmadi.
Bu kitoblarda mening mehnatim juda katta, lekin uning ortida mening vaqtimni bo‘shatib bergan, tashkiliy ishlarni ko‘targan, o‘quvchilarimiz bilan ishlagan, menga ishongan odamlarning ham mehnati bor.
Men bu to‘plamlarni juda qadrlayman. Bu kitoblar tarix fanini o‘rganayotgan odam uchun eng tizimli va uzoq muddat foydalaniladigan materiallardir.
Shu sababli 2871 ta testni ko‘rganingizda, uni shunchaki “2871 ta test” deb qaramang.

❤38👍24🔥6💯2
📚 KO‘PLARNI KUTTIRGAN KITOB NASHRDAN CHIQDI!
8-sinf “O‘zbekiston tarixi” fanidan “KUNDALIK-OPTIMAL” test to‘plami. KITOBDAN NAMUNA
• Bir dona kitob – 35 000 so‘m
• Pochta puli – 15 000 so‘m (qo‘shib to‘lov qilasiz)
15 000 so‘mlik pochta to‘lovi 3 tagacha kitob uchun amal qiladi. Ko‘proq kitob buyurtma qilmoqchi bo‘lsangiz, nechta kitob kerakligini yozing, yetkazib berish xarajatini hisoblab aytamiz.
💳 Karta: 9860010133910371
📩 Buyurtma berish uchun: @jalolbooks

Qolgan “KUNDALIK-OPTIMAL” test to‘plamlari ham 35 000 so‘mdan. Juda ko‘p kitob olmoqchi bo‘lsangiz, maxsus narxda xarid qilishingiz mumkin.
📩 Buyurtma berish uchun: @jalolbooks
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤16🔥12👍2😁1
Forwarded from Xalq ta’limi Info
Yangi Milliy o‘quv dasturi muhokamada: dasturda nimalar nazarda tutilgan?
Majburiy umumiy o‘rta ta’lim tizimida o‘quvchilarga nimalarni o‘rgatish, qanday bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish hamda buning maqsadi qanday bo‘lishi "curriculum" deb ataluvchi hujjat – Milliy o‘quv dasturida belgilab beriladi.
Ammo O‘zbekistonda vaziyat boshqacha. Ya’ni, 2023-yildan buyon 6 milliondan ortiq o‘quvchining ta’lim olishini belgilab beruvchi, ular nimani va qanday maqsadda o‘rganishini aniq ko‘rsatib turadigan yagona hujjat amalda to‘laqonli ishlamayotgandi.
2025-yilgacha maktablarga tatbiq etilishi kerak bo‘lgan Milliy o‘quv dasturi 2026-yilga kelib, yana qayta tahrirlanib, jamoatchilik muhokamasi uchun taqdim qilindi.
Xo'sh, takomillashtirilgan yangi Milliy o'quv dasturida nimalar nazarda tutilgan? Qanday o'zgarishlar bor? Qisqacha tafsilotlar bilan saytimizda tanishing.
Batafsil — https://xalqtaliminfo.uz/post/1708
Telegramda o'qish
Telegram l Instagram l YouTube

Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.
Telegram l Instagram l YouTube
🔥11❤5
Attestatsiya: avval darslikmi yoki qo‘shimcha adabiyotmi?
Attestatsiya imtihonlari spetsifikatsiyasini ko‘pchilik ko‘rgan bo‘lsa kerak. Unda tavsiyaviy xarakterdagi 16 ta asosiy va 14 ta qo‘shimcha adabiyot keltirilgan. Lekin bundan qo‘rqib, “endi imtihondan o‘tish uchun 30 ta kitobni o‘qish kerak ekan”, degan xulosaga kelish shart emas.
Masalan, o‘tgan attestatsiya imtihonidagi savollarni tahlil qiladigan bo‘lsak, 35 ta testning 32 tasiga faqat maktab darsliklarini o‘qigan holda javob berish mumkin edi. Qolgan 3 ta topshiriqning 2 tasi metodik qo‘llanmaga, 1 tasi esa tashqi manbaga borib taqalgan.
O‘sha paytda “tarqalgan” (yoki “tarqatilgan”) “35 ta savolning 30 tasi boshqa kitoblardan tushdi” degan gap esa haqiqatga mutlaqo to‘g‘ri kelmaydi. Bunday gapni aytganlar yo birovdan eshitgan gapiga ko‘r-ko‘rona ishongan, yo bu gapni aytishdan boshqa g‘arazli maqsadi bor.
Hozir ham o‘qituvchilarga avvalo yangi maktab darsliklarini puxta o‘zlashtirishni tavsiya qilaman. Chunki ko‘pchilik yangi darsliklarni hali yetarlicha o‘zlashtirmasdan turib, qo‘shimcha adabiyotlarga o‘tishga shoshiladi. Bu to‘g‘ri yondashuv emas.
Ro‘yxatda tavsiya etilgan, tarix fanlari doktori, professor Akbar Zamonov boshchiligida yozilgan barcha kitoblarni o‘qib chiqqanman. Ular, albatta, qiziqarli va foydali. Lekin o‘qituvchilar attestatsiya imtihoniga tayyorgarlik ko‘rishda, birinchi navbatda, maktab darsliklarini puxta o‘zlashtirgani ma’qul.
Biz shu yondashuv bilan doim yuqori natija qilib kelyapmiz.
Albatta, attestatsiyadagi savollarning sifati (validligi) boshqa mavzu.

👍21❤11💯5👎2🔥2
Aytgancha, masalan, rus tili o‘qituvchilari uchun 49 ta, matematika o‘qituvchilari uchun 34 ta tavsiyaviy manba ko‘rsatilgan. Boshqa fanlarda ham bunday manbalar soni ancha ko‘p.
Lekin ular tavsiyaviy. Testologiya nuqtayi nazaridan esa kitobdagi har qanday mayda ma’lumot test uchun material bo‘lavermaydi. Test o‘quvchining muhim bilim va ko‘nikmalarini o‘lchashi kerak, tasodifiy yoki ikkilamchi tafsilotni yod olgan-olmaganini emas.
Masalan, bir darslik muallifi bilan suhbatlashganimda u kishi o‘z kitobidagi bir ma’lumot haqida: “Men bu ma’lumotni test tuzish uchun kiritmagandim”, degan edi.
Umuman olganda, Baholash markazi ham bu tamoyilni hisobga olsa kerak.
O‘tgan galgi imtihonda 35 ta testning 32 tasiga maktab darsliklarini o‘qigan holda javob berish mumkin edi (o‘tgan galgi imtihondagi barcha topshiriqlarni yuqori sifatli deya olmayman, lekin avvalgi imtihonlarga qaraganda nisbatan yaxshiroq bo‘lgan).

🔥21❤11👎4👍1
Forwarded from Jalol BOLTAYEV
Bu yerda sotuvdagi mening muallifligimdagi (hammuallifligimdagi) tarix faniga oid test to‘plamlari va qo‘llanmalaridan namunalar ko‘rishingiz va ularni sotib olishingiz mumkin. Shu paytgacha 70 dan ortiq o‘quv qo‘llanmalari (test to‘plamlari, qo‘llanmalar) yaratganman. Aksariyati onlayn kursim ishtirokchilariga PDF holatida ham taqdim etilgan. Ushbu bo‘limda esa nashriyotdan chiqqan, hozirda sotuvda mavjud bo‘lganlarni ko‘rishingiz mumkin.
BOSHQA KITOBLARIMIZ:
• “REPETITOR” (2017–2019-yilgi 6–9-sinf darsliklari asosida – Akbar ZAMONOV, Sharofiddin NURMUHAMMADOV, Jalol BOLTAYEV)
• “ZAMONAVIY 30”
• “MAJBURIY FAN. O‘ZBEKISTON TARIXI”
“KUNDALIK-OPTIMAL” TURKUMI
• “KUNDALIK-OPTIMAL” (6-sinf “Qadimgi dunyo tarixi” – 2022)
• “KUNDALIK-OPTIMAL” (7-sinf “O‘zbekiston tarixi” – 2022)
• “KUNDALIK-OPTIMAL” (7-sinf “Jahon tarixi” – 2022)
• “KUNDALIK-OPTIMAL” (10-sinf “O‘zbekiston tarixi” – 2022)
• “KUNDALIK-OPTIMAL” (10-sinf “Jahon tarixi” – 2022)
• “KUNDALIK-OPTIMAL” (8-sinf “O‘zbekiston tarixi” – 2023)
YAQINDA NASHRDAN CHIQISHI KUTILAYOTGAN KITOBLARIM...
• “KUNDALIK-OPTIMAL” (8-sinf “Jahon tarixi” – 2024)
• “KUNDALIK-OPTIMAL” (9-sinf “Jahon tarixi” – 2024)
• “KUNDALIK-OPTIMAL” (9-sinf “O‘zbekiston tarixi” – 2024)
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤27🔥11👍8🏆1