𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV
20.1K subscribers
1.77K photos
202 videos
476 files
1.54K links
Repetitor, testolog Jalol BOLTAYEVning TARIX faniga ixtisoslashtirilgan kanali

Onlayn/oflayn kurslar
Repetitor: @JalolBOLTAYEV_kurs, @JalolBOLTAYEV
Tel.: 97-299-00-66
Muhim: @TARIX_OMBOR
Download Telegram
#arxiv Ushbu post 2025-yil 5-mayda yozilgan edi

Repetitorlikni endi boshlagan paytlarimda “yosh bolalarcha” bir orzum bo‘lar edi. O‘zim xorazmlik bo‘lganim uchunmi yo boshqa streotiplar tufaylimi, Urganch davlat universitetining “tarix” yo‘nalishiga men tayyorlagan o‘quvchi 1-grant bo‘lib kirishini juda istardim va harakat qilar edim. Lekin bu men uchun murakkab bo‘lishi tabiiy edi. Chunki o‘zi 1 yo 2 o‘quvchim topshirardi. Shunday bo‘lsa-da, UrDUdagi grantlar ichida mening o‘quvchilarim ham bo‘lardi, albatta. O‘tgan o‘quv yilida esa bir o‘quvchimga tarix va geografiyadan “Milliy sertifikat” “olib berdik” (ikkala fandan ham o‘zim o‘qitdim). “Majburiy fanlar”dan biroz kamroq ishlab qo‘yib, 180,4 ball bilan mandatni kutib turdi. Ushbu yo‘nalishda Xorazm (UrDU) bo‘yicha eng yuqori natija ekanligini bilardim. Ammo kutilmaganda Qoraqalpog‘istondan bir o‘quvchi topshirib qo‘ydi. 😁 Shu bilan 2-grantga o‘tib ketdi :)

Endi bu yil ko‘ramiz. Bu yilam tarix va geografiyadan sertifikati bor bir o‘quvchim UrDUga topshiradi. Majburiylarni ham yaxshi ishlab chiqsa, nasib, 1-grant kirib qolar... Umuman olganda, grant kirsa bo‘ldi. Pul “ekonom” bo‘ladi.

(c) Jalol BOLTAYEV

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
39🔥9👏3
𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV
#arxiv Ushbu post 2025-yil 5-mayda yozilgan edi Repetitorlikni endi boshlagan paytlarimda “yosh bolalarcha” bir orzum bo‘lar edi. O‘zim xorazmlik bo‘lganim uchunmi yo boshqa streotiplar tufaylimi, Urganch davlat universitetining “tarix” yo‘nalishiga men tayyorlagan…
Bu yil repetitorlikni endi boshlagan paytlarimda shakllangan o‘sha maqsadga – UrDU TARIX yo‘nalishiga 1-GRANT kiritish maqsadiga erishdim, deb o‘ylayman.

Nima derdi, orzu orzuligicha qolmaydi, yurak urib tursa bas, dermidi :)

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
48💯18🔥15🏆1
Xorazmda oflayn tarzda tayyorlanmoqchi bo‘lgan o‘quvchilar va o‘qituvchilar diqqatiga!

Ayni damda oflayn yangi guruhlar uchun qabul davom etmoqda. Markazda yordamchi o‘qituvchilarim kelganlarni ro‘yxatga olib, kursning qanday tashkillanishi bo‘yicha ko‘rsatmalar berib bormoqda. Allaqachon ayrim guruhlarda darslar davom etmoqda!

Har 6 nafar odam yig‘ilgach, alohida guruh shakllantiriladi.

Majburiy fan va asosiy fan bo‘yicha tayyorlanmoqchi bo‘lganlar hozirdanoq kelib ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin. Kechiktirmasdan yozilish tavsiya etiladi.

Quyidagi fanlardan kurs o‘tamiz:
• Tarix (o‘zbek, rus)
• Huquq
• Geografiya


• Repetitor: Jalol BOLTAYEV
• Manzil: Urganch sh., “Arastu” o‘quv markazi, 3-qavat, 3-xona
• Mo‘ljal: “Data” ta’lim stansiyasi ro‘parasi
• Telefon: 88-054-85-83
Geolokatsiya

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍229👏2🔥1
Kitoblar bo‘yicha @jalolbooks'ga murojaat qiling!

@TESTLIDER
💯2412🔥5👍4😁1
8-sinf “Jahon tarixi” (2024) darsligi bo‘yicha tuzgan “KUNDALIK-OPTIMAL” test to‘plamimdan namuna

Ushbu darslik bo‘yicha tuzgan “Kundalik-optimal” test to‘plamimda 2500 ta test mavjud. Ayni damda testlarni tekshirish, qayta ishlash, yangi testlar kiritish jarayoni davom etmoqda.

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
33👍25🔥10
“Uchinchi guruh” uchun QABUL BOSHLANDI!

Guruhga dastlabki 10 kun ichida qo‘shilgan barcha ishtirokchilarga 3 ta “Kundalik-optimal” kitobi va Jalol Boltayev imzosi tushirilgan maxsus ruchka SOVG‘A QILINADI!

📌 Guruh haqida:
Guruh tipi: “Tezkor” + “Sekinlashtirilgan” (ya’ni imtihonni kuzda ham, qishda ham topshiradiganlar uchun mos)
Kimlar uchun? Attestatsiyaga tayyorlanuvchi o‘qituvchilar, “Milliy sertifikat”ga tayyorlanuvchilar, imtihonni kuzda yoki qishda topshirishni rejalashtirganlar

👨🏻‍🏫 O‘qituvchilar: Jalol Boltayev (tarix), Mardon Shukurov (tarix), Guli Eshnazarova (pedagogika)

💰 Kurs narxi: oyiga 200 000 so‘m.

Kursga qo‘shilish uchun 9860010133910371 kartasiga 200 000 so‘m to‘lovni amalga oshiring va chekni @jalolboltayev_kurs'ga yuboring. Shundan so‘ng sizni guruhga qo‘shamiz.

Muhim: kitoblar va imzoli ruchka faqat dastlabki 10 kun ichida guruhga qo‘shilgan ishtirokchilarga beriladi. 10 kunni o‘tkazib yubormang!

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2814🔥3
Vijdon ketgan joyda albatta bir kun,
Ilondek qo‘zg‘olur bo‘hton va tuhmat.
Bu yorug‘ olamda odamzod uchun
Bormikan ulardan ortiqroq kulfat.

Vijdonsiz kimsaga duch kelgan nafas
Kofir ham dod solgay: Asragil, yo Rabb!
Oddiy bismilloni bilmaydigan kas
Iltijo qilgaydir qiblaga qarab.

Vijdondan ayrilib qolgan fursatda
Boshlanar toj-taxtga ruju daf’atan.
Ne-ne zukko xalqlar qolib g‘aflatda,
To‘zg‘ib ketajakdir butun bir Vatan.


Abdulla Oripov, 1994

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
78👍30🔥21💯10
Rasman tasdiqlandi

UrDU tarix yoʻnalishiga 1‐GRANT boʻlib mening shogirdim kirdi. Tarixdan ham, geografiyadan ham oʻzim tayyorlaganman. 😌

Boʻldi, armonim qolmadi. 😁

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
96👍53💯11😁9🏆5👎4🔥2
Yangi talabalarga 7 ta maslahat

Huquqshunos Sirojiddinning yangi talaba bo‘lganlarga bergan 11 ta maslahatini o‘qib qoldim. Shundan keyin menda ham talabalarga bir-ikki maslahat berish istagi paydo bo‘ldi.

Maslahatlarimning aksariyati kitobdan yoki kimningdir gapidan olingan qoidalar emas. Ular o‘z talabalik tajribamdan – qilgan xatolarimdan ham, to‘g‘ri qarorlarim va menga foyda bergan odatlarimdan ham kelib chiqqan xulosalar.

Shuning uchun bularni “shunday yashashingiz kerak” degan qat’iy qoidalar sifatida emas, talabalikni o‘zim qanday ko‘rganim va nimalarni boshdan kechirganimdan kelib chiqqan maslahatlar sifatida qabul qiling. Sizga to‘g‘ri keladiganini oling, to‘g‘ri kelmaydiganini esa bemalol chetga surib qo‘ying.

1. Universitetdan ko‘p narsa kutmang.
Ochig‘i, talaba bo‘lishimdan oldin va ayniqsa 1-kursda universitetdan juda ko‘p narsa kutganman.
Masalan, antropologiya darsida bosh chanog‘i skeletlari ustida tadqiqot olib boramiz, deb o‘ylardim. Bosh chanog‘i qayerda, antropologiya darsining o‘zi o‘tilmagan. :)

Universitetda men kutganimdek bo‘lmagan jihatlar ham yetarlicha bor edi. Lekin men ham universitetdan reallikdan tashqari ko‘p narsa kutgan ekanman. Bu mening xatoyim edi. Kutganim bilan amalda ko‘rganim o‘rtasidagi farq ayrim paytlarda meni asabiylashtirardi. Keyinchalik esa universitetdagi hamma narsani o‘zgartirishga urinishdan ko‘ra undan nima olish mumkinligini o‘ylash foydaliroq ekanini tushundim (juda ko‘p narsa ololmaysiz, shuni ham yodda tuting).

2. Universitetga kirganingizdan keyin sizda ikkita yo‘l bor.
Biri – tadbirma-tadbir yurib, “faol yoshlar” qatoriga kirish. Ikkinchisi – tom ma’noda ilm ustida ishlash.
Birinchi yo‘lni yomon demoqchi emasman. Zero, O‘zbekistondagi kadrlar bozori ayrim, balki aksariyat holatlarda shunday “faol yoshlar”ni ko‘proq o‘ziga jalb qilar ekan, aksariyatning bu yo‘lni tanlashini tushunsa bo‘ladi. Men esa bu yo‘lni tanlay olmaganman :)

Sirojiddin tadbirlarda qatnashishning yana bir foydali tomoni – networking haqida aytibdi. Bu haqiqatan ham muhim narsa. Networking deganda o‘z sohangizdagi odamlar bilan tanishish, foydali aloqalar o‘rnatish, kelajakda bir-biringizga kerak bo‘lishingiz mumkin bo‘lgan insonlar davrasini shakllantirishni tushuniladi. Bu narsa karyera o‘sishida ham ancha asqatadi. O‘zimda ham bunday aloqalarning foydasi teggan.

Lekin ayrimlar ba’zan networkingni ham o‘ziga xos “o‘zbekona networking”ga aylantirib yuborishadi. :)

Ya’ni odamning nima degani, qanday fikrlashi, o‘z sohasida nimani bilishi unchalik qiziq bo‘lmay qoladi. Muhimi – qaysi lavozimda o‘tirgani, kim bilan tanishligi va uning yonida ko‘rinish. Hatto biror odam kursida o‘tirib, mantiqsiz gap gapiryaptimi-yo‘qmi, buning o‘zi emas, uning kursida o‘tirgani qiziq bo‘lib qoladi. Menimcha, bu networking emas.

Haqiqiy networking yaxshi narsa. Kelajakda sizga juda ko‘p eshiklarni ochib berishi mumkin. Lekin men odam bilan tanishishda uning lavozimidan oldin salohiyatiga, mansabidan oldin ilmiga qarashni ma’qul ko‘rganman. Faqat lavozimi uchun odam izlashni esa yaxshi strategiya deb hisoblamayman.

Chunki qachondir talab o‘zgarishi mumkin. Yo‘q deganda, bugun sizga biror narsani va’da qilgan odamning o‘zi ertaga o‘sha kursida bo‘lmasligi mumkin.

Shunday vaziyatda yana o‘zingizni o‘zingiz tortishingizga to‘g‘ri keladi. Ana shunda ilm asqatadi.
Shuning uchun agar birinchi yo‘lni tanlasangiz ham, maromida ushlang. Tadbirga boring (har qanday bema’ni tadbirlarga emas), odamlar bilan tanishing, jamoat ishlarida qatnashing, networking qiling. Bularning foydasi bor.

Lekin juda “paxtakash”, juda “tadbirvoz” bo‘lib ketmang. Faollikni ilmning o‘rniga qo‘ymang.

Faol bo‘lish yaxshi. Tanish-bilish orttirish ham yaxshi. Lekin oxir-oqibat sizni ushlab turadigan narsa – bilimingiz va salohiyatingiz.

3. Domlalar bilan urishmagan ma’qul, menimcha.
Hozir avvalgi davrlar emas. Ayrim kafedralarda hatto “bolalarni qiynamanglar” degan topshiriq berilayotganini eshitdim.

Lekin shunday bo‘lsa ham, bir-ikkita talabaga bosim o‘tkazishga urinadigan yoki undan ham yomoni, mantiqsiz topshiriqlar beradigan “domla”lar uchrab turishi mumkin.

Shunday vaziyatda darrov qarama-qarshilikka borish shart emas, deb o‘ylayman. Chunki bunday vaziyatlarda odatda faqat bitta-ikkita odam pushkada qolib ketadi. Vaziyatga qarang. Fikringiz to‘g‘ri bo‘lsa va ko‘pchilik ham shu fikrni qo‘llab-quvvatlashga tayyor bo‘lsa, ko‘pchilikdan qolmang. Lekin bitta o‘zingiz bo‘lsangiz, biroz ehtiyotkorroq bo‘lgan ma’qul.

Masalan, siz 3-kurs talabasisiz. Auditoriyada doskaga yopishtirib qo‘yilgan olma shaklidagi stikerlar bilan dars o‘tilyapti, bu 3–4-sinf bolalariga xos metod. Buni domlaga aytdingiz. Lekin u kishi 20 yildan beri shu “innovatsion uslub”da dars o‘tib kelayotgan bo‘lsa, qolaversa, kursdoshlaringizga ham bu uslub ma’qul bo‘lsa (chunki bunday darsda “baho olish oson”), sizning e’tirozingiz bilan nimadir o‘zgarishi qiyin. Faqat siz domlaning ko‘ziga “gap qaytaradigan talaba” bo‘lib qolishingiz mumkin.

4. Domlalarga paxta qo‘ymang. Lekin domlalar bilan urishmang ham.
To‘g‘ri, paxta qo‘yib, “o‘sish” mumkin. Balki karyera qilish ham mumkindir. Balki bu yo‘l osonroqdir. Lekin boshqa yo‘l ham bor. O‘zingizni bilim, mehnat va natija bilan ko‘rsatishga harakat qiling (mana, men shu joyida “ko‘rsatishga” so‘zini qo‘llab xato qildim, faqat o‘zingiz uchun o‘qing, o‘zingizga o‘zingizni ko‘rsatib qo‘ying).

Qisqasi, paxta ham qo‘ymang, urishmang ham. Menimcha, talabalikdagi eng yaxshi pozitsiyalardan biri shu.

5. Ayrim paytlarda shunchaki “xo‘p” deng.
Ba’zi narsalar kurashishga arzimaydi. Ba’zan haq bo‘lsangiz ham “xo‘p” deyish – qo‘rqoqlik emas. Shunchaki o‘sha masalaga vaqtingizni, asabingizni sarflashga arzimaydi. Talabalikda buni ham o‘rganish kerak ekan.

6. Biror xato qilib qo‘ysangiz (yoki shunaqa o‘ylasangiz), AFSUSLANMANG!
Bu men uchun eng muhim maslahatlarning biri. Yuqoridagilarga amal qilganingizdan yoki aksincha, amal qilmaganingizdan keyin qandaydir zarar ko‘rsangiz, afsuslanib o‘tirmang :)

“Bunday qilsam bo‘lardi”, “unday qilmasligim kerak edi”, “nega shunday dedim ekan?” degan gaplar odamni ichidan yeydi. Yagona to‘g‘ri qoidalar to‘plami yo‘q. Hayotda xato qilasiz. Ba’zan to‘g‘ri deb o‘ylagan qaroringiz noto‘g‘ri chiqadi. Ba’zan noto‘g‘ri qaroringiz siz kutmagan yaxshi natijaga olib keladi.
Xullas, xatolar bo‘ladi. Afsuslanmang.

Bu saboqni menga bir paytlar fakultetim dekani bo‘lgan ustozim bergan edi. Men oldinlari qilgan ayrim xatolarimdan juda ko‘p afsuslanardim. “Bunday qilsam bo‘lardi, unday qilsam bo‘lardi”, deb o‘zimni qiynardim. Keyin tushundim: bu odamni ortga qarab yashashga majbur qilar ekan. Hozir men umuman bunday qilmayman. Boshga tushganni ko‘z ko‘radi, deb qo‘yibman.

Nima bo‘lgan bo‘lsa, bo‘ldi. Undan saboq oling-da, keyingi ishga o‘ting.

7. Kursdoshingizni sevib qolmang.
Sirojiddin kursdoshni sevmaslikni maslahat beribdi. Nima desam ekan... Bu maslahatga 99,9 foiz holatda hech kim amal qilmaydi baribir. :)

Men ham shu maslahatni beraman. Lekin mabodo sevib qolsangiz ham, afsuslanmang. :)

(c) Jalol BOLTAYEV

@TESTLIDER
84😁68🔥15👍10👏6💯3🏆3
Urganch innovatsion universitetida qabul davom etmoqda. Quyidagi yoʻnalishlar bor:

Bakalavriat:
🟠60230100 – Filologiya va tillarni o‘qitish (o'zbek tili, ingliz tili, rus tili) — kunduzgi
🟠60110400 – Boshlang‘ich ta'lim — kunduzgi
🟠60610100 – Axborot tizimlari va texnologiyalari — kunduzgi
🟠60410100 – Iqtisodiyot — kunduzgi
🟠60220300 – Tarix — kunduzgi
🟠60410200 – Buxgalteriya hisobi — kunduzgi
🟠60310300 – Psixologiya — kunduzgi
🟠60410600 – Bank ishi — kunduzgi

Diqqat! Kim ushbu universitetda oʻqimoqchi boʻlsa, @JalolBOLTAYEV bilan bogʻlansin. Shu tariqa maxsus chegirmaga ega boʻlasiz.

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥2213👍4👎2👏1
Kimning ichida menga aytolmay yurgan gapi bo‘lsa, anonim tarzda yozishi mumkin.

Anonim gaplashgim kelib qoldi:
http://t.me/anonaskbot?start=comg2
👍247💯5🔥4
Gap yoshda boʻlmasligi mumkin. 47 yoshmisiz, 17 yoshmisiz – sifatli mavzulashtirilgan test ishlash kerak. Faqat eshitish yoki savol‐javob qilish bilangina natija qilish murakkab. Yangi darsliklarni sifatli mavzulashtirilgan testsiz oʻzlashtirish qiyin.

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍58😁1612🔥9💯3
Audio
50 yoshdagilar hech qanday “birak” emas! 🙂

Nabiralaringizning rohatini ko‘ring!

(c) Jalol BOLTAYEV

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
39🔥14👍9
Huquq darsi yoki ta’riflar darsi? «Davlat va huquq asoslari» yangi dasturi nimani o‘rgatadi va nimani o‘rgatmaydi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi takomillashgan, milliy o‘quv dasturlarini jamoatchilik muhokamasiga qo‘ydi.

1. Hujjat 25+ sahifa. Unda kompetensiyalar, formativ baholash, hatto BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlari ham bor. Lekin hujjatni boshidan oxirigacha o‘qib chiqqan odam bitta savolga javob topolmaydi: bu fanni tugatgan 15 yoshli o‘quvchi huquqi buzilsa nima qiladi?

2. Dasturning yuragi – ikki sinf uchun 52 ta o‘quv maqsadi. Shulardan 45 tasi (86,5 foiz) bitta fe’l bilan tugaydi: «izohlash». 18 tasi esa so‘zma-so‘z «… tushunchasini izohlash»: «Huquq tushunchasini izohlash», «Davlat tushunchasini izohlash», «Huquqbuzarlik tushunchasini izohlash», «Jamiyat tushunchasini huquqiy nuqtayi nazardan izohlash».

Hujjatning o‘zi «izohlash»ga ta’rif beradi: «tushunchaning mazmunini tushuntirib berish». Bu – Blum taksonomiyasining ikkinchi pog‘onasi, ya’ni tushunish. Qo‘llash, tahlil, baholash, muammoni hal qilish darajasidagi maqsad – NOL.

Hujjatning boshqa sahifasida esa «o‘quvchilarning e’tibori yodlashga emas, balki muammoni yechishga qaratilgan» deb yozilgan. Yana bir betda: o‘quvchilar «huquqiy muammoni aniqlab… to‘g‘ri huquqiy qaror qabul qilishni o‘rganadilar». Chiroyli gaplar-a...

Lekin darslik tuzilganda ham, test tuzilganda ham chiroyli gaplardan emas, 52 ta maqsaddan kelib chiqib tuziladi. O‘quv dasturi maqsadlari asosan “izohlash”ni talab etar ekan, BMBAning ishi ham osonlashadi (chunki odatda bunday testlarni tuzish osonroq).

Xullas, dastur o‘zi rad etgan yodlashni orqa eshikdan qaytarib olib kiryapti.


Davomi bor

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
25🔥5👍3💯3👎1