𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV
24.1K subscribers
1.55K photos
185 videos
452 files
1.46K links
Repetitor, testolog Jalol BOLTAYEVning TARIX faniga ixtisoslashtirilgan kanali

Onlayn/oflayn kurslar
Repetitor: @JalolBOLTAYEV; @JalolBOLTAYEV_kurs
Tel.: 97-299-00-66
Muhim: @TARIX_OMBOR
Download Telegram
Agar yanvarda ham “X-variant” bo‘lgan bo‘lsa, demak, o‘sha paytda B bo‘lib qolganlar aslida A yoki A+ olishga haqli edi.

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
124💯64🔥24👍11👎7😎2
Trollarga javob!
🔥63😁2217👍3👎3👏3💯3🏆1
Aprel oyidagi imtihonlarda tohiriylar va g‘aznaviylar sulolalarining so‘nggi vakillari so‘ralgan yozma test tushgan edi. Bir obunachimiz “milliardlab ma’lumotlar ichidan qanday qilib bildingiz bu savollar tushishini, sizdayam “X” bo‘lgan” degan mazmunda yozyapti...

Tohiriylar sulolasining so‘nggi vakili – Muhammad ibn Tohir, g‘aznaviylar sulolasining so‘nggi vakili esa – Xusrav Malik. Ushbu ma’lumotlar darsliklarda berilmagan. Lekin qo‘llanmamda bor edi. Shubhali-a?

Lekin ushbu testning muallifi shaxsan o‘zimman. 52 ta sulolaning birinchi va oxirgi hukmdorlarini yig‘ib chiqqanman. Bu boshqa narsa. Dabdurustdan, imtihondan bir kun oldin 1000 dollar so‘rash va 50 tadan 33 tasi to‘g‘ri kelishi boshqa narsa.

O‘sha ish bilan shug‘ullanayotgan bo‘lishi mumkin deb gumon qilinayotgan shaxslardan biri Husanboyga shunday degan ekan: “Sizlarning o‘zingiz tuzgan savollar haqiqatan ham ‘x’da bor bo‘ladi, hayron qolaman...”.

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
99💯32👍13👎5🔥5🤝1
X VARIANT

Yaqin kunlarda tarix fanidan x variant tarqalganligi ehtimoli toʻgʻrisidagi xabarlarga munosabat bildirganlarni quyidagicha ajratish mumkin.
Birinchi toifa, chuqur qaygʻuda, bunga qarshi kurashish muhimligini anglaydi va bu kurash albatta samara berishiga ishonib, harakat qiladi, ular ma'nan yetuklardir.

Ikkinchi toifa, ular uchun natija muhimroq. X variant tarqalsin, tarqalmasin natija yaxshi chiqsa bass. Lekin, bilishmaydiki, x variant ularning natijasiga SALBIY taʼsir koʻrsatishini. Bundaylarda jamiyat manfaatlaridan koʻra, shaxsiy manfaatlar yuqori turadi.

Uchinchi toifa, balkin, x variant ishida qoʻli borlardir. Ular x variantga qarshi daʼvolarni qoralaydi. Unga qarshi kurashganlarga asossiz tuhmatlar qilib, ularni chalgʻitishga urinadi. Ma'nan qashshoq insonlardir ular.

Uchinchi toifadagilarning xalqqa yetkazadigan parazit fikricha, bizni oʻzlarida avval x variant boʻlgan, hozir oʻzlarida yoʻq boʻlganligi uchun kurashmoqda...

Jinoyatchi hech qachon jinoyatning bir uchi ochilishini ham istamaydi. Agar ochilsa, barchasi ketishini biladi. Shunday ekan, agar aloqasi boʻlib turib ham adolat uchun kurashishning oʻzi KATTA JASORAT emasmi? Lekin, bizning bunday ishlarga zarracha ALOQAMIZ YOʻQ.

Shunday ekan, x variantga qarshi kurashganlarga asossiz tuhmat qilayotganlarni koʻrsangiz, bilingki, ularni x variantga aloqasi bor (sotgan yoki sotib olgan) deb tahmin qilishingiz mumkin.

Siz qaysi toifadansiz?
👍 - birinchi toifa
❤️ - ikkinchi toifa
😁 - uchinchi toifa

@tarix_tilsimi
👍564178😁27🔥12💯1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Gitler testlarga munosabat bildirdi!

“Senlarni maxsus tashkilotlar o‘rganishi kerak, masalan, SS” 😁


(c) To‘lqin Ro‘zmatov
@tarixolimpiada

@TESTLIDER
😁203👍3318🔥8💯5👏4👀3😍2🏆2
Forwarded from 53/LOLA RO‘ZIYEVA
sizlar un kurashmoqchi bo'lgan odamni ham sindirmoqchi bo'lasizlar. bu qanday holat.....
Jalol BOLTAYEVni kurslarida o'qib ko'rganmisiz o'zi. men o'qiganman. bir yil oldin arzimagan 150mingga u ham qarzga o'qiganman. EHTIMOLIY TESTLAR uchun ortiqcha pul talab qilganmi biron marta guruhda, yoki imtihondan 1 kun oldin palon guruhimga o'tiylar shu narxda sizlarga EHTIMOLIY test ishlataman deganmilar. o'sha 150ming uchun kim X varinat sotadi. u kurslarda qanchalar mehnat yotganini bilmaysizda ustoz haqida har xil gap chiqarasiz. shubhaiz bo'lsa o'qib ko'ring avval kurslarida kn uyalib qolasiz bunday postlar yozganizga.
🔥231💯10326🙏24👍15😁13👎7
99 % ehtimol bilan natija bekor qilinmaydi… Bu kurash kelajak uchun!

Natijalar bekor qilinishi ehtimoli juda past. Har qanday tashkilot o‘z obro‘siga zarar yetishini istamaydi, yopiqlik qozon yopiqligicha qolishini xohlaydi. Shunday ekan, biz nima uchun kurashyapmiz?
Oldimizda yozgi kirish imtihonlari, kuzda yana “Milliy sertifikat” imtihonlari bor. Bu imtihonlarning barchasini yana o‘sha tashkilot – BMBA o‘tkazadi. U imtihonlar shaffof va adolatli o‘tishi shart!

Audioyozuvni kim o‘qigani, kim 1000 dollar olgani – bu ikkinchi darajali masalalar. Biz “tashqaridagi” alohida shaxslar bilan kurashmayapmiz. Bu shaxsan menga qiziq ham emas. ICHKARI toza bo‘lsin.

BMBAda men hurmat qiladigan, juda ilmli va vijdonli insonlar ko‘p. Lekin xalqimizda bir maqol bor: guruch ko‘rmaksiz bo‘lmaydi.

BMBA ham 33 ta savol tushganini tan oldi. Ammo vaziyatdan chiqish uchun bu holatni 400 tadan 33 deb ko‘rsatib, uni 8 ga bo‘lib talqin qilishga urindi. Aslida 50 tadan 33 ta va bu imkonsiz. Buni BMBAdagilar ham juda yaxshi biladi aslida.

Xullas, nima demoqchiman: hech kimning tutilishini, qamalishini istamaymiz. Arzimagan 100–200 $ pul deb, o‘rtadagi oddiy o‘qituvchi “firibgar” nomi bilan qolib ketishini ham istamaymiz. Va bu imkonsiz ham. Chunki ayni damda “kimdirlar” tutilsa, qozon ochilib ketadi.

Fransiyadagi “Jakeriya” qo‘zg‘oloni yodingizdami? O‘sha davrda fransuz amaldorlari oddiy xalqqa jabr-zulmni haddan oshirib yuborgan edi. Shunda Gilom Kal degan mard inson mulkdorlarga qarshi qo‘zg‘olon ko‘tardi. To‘g‘ri, qo‘zg‘olon mag‘lub bo‘ldi. Lekin undan keyin amaldorlar to‘g‘ri xulosa chiqardi. Ular dehqonlarga nisbatan siyosatini o‘zgartirishga majbur bo‘ldi. Ya’ni qo‘zg‘olon yutqazgan bo‘lsa ham tizim o‘zgardi.

Shaxslar muhim emas. Audioni kim o‘qigani ham muhim emas. Muhimi – tizim qanday xulosa qiladi? Kuzgi “Milliy sertifikat” imtihonlarida hamma narsa shaffof o‘tishi ehtimoli, Xudo xohlasa, 99 %. Bu bo‘yicha ayni damdayam ayrim «yuqori toifadagi shaxslar» shaxsan xulosa qilib bo‘lganiga shaxsan o‘zim guvoh bo‘lib turibman.

Kurash – kelajakdagi imtihonlarning adolatli o‘tishi uchun!

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
147💯49👍29🔥10👎2👏2🤝2😁1👀1
Eng ijobiy ssenariy – har ikki tomonni ham qoniqtira oladigan va amalda erishish mumkin bo‘lgan yo‘l quyidagicha:

Natijalar bekor qilinmaydi, ko‘pchilik kerakli natijani qo‘lga kiritadi. Kelajakdagi imtihonlar, ayniqsa, kuzgi “Milliy sertifikat” imtihonlari adolatli o‘tadi.

Ochig‘i, real imkoniyatlarimiz, kuchimizni hisobga olib, aynan shunday yakunni ham g‘alaba deyish mumkin.

Lekin baribir dushanba og‘ir keladi!

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
150💯52👍27🔥9👀7👎4👏2😁1
Gondurasda ham bir paytlar xalqni himoya qilib kurashgan, ammo oxir-oqibat aynan shu xalqdan zarba yeb, “yaxshisi kuchlilar tomoniga o‘tay” deb tizim ichiga singib ketganlar bormikan?
74🔥27👍16💯12👎3🏆1
Ehtimollar nazariyasiga ko‘ra, 0 ga teng!

Men 11 ta maktab darsligi, kollej darsliklari (“Lafasov”, “Usmonov”) va darsliklardan tashqari adabiyotlardan 400 ta test tuzaman. Kimdir (xohlasangiz, bir necha kishi bo‘lib) 50 ta test tuzsin. Sizlar tuzgan 50 ta test ichidagi 33 ta test men tuzgan 400 ta testning ichida bo‘lishi kerak. Qila olasizlarmi? Buning ham ehtimoli 0 ga teng!!! (vaholanki, aslida 50 tadan 33 edi)

Xohlasa, BMBA ham sinab ko‘rishi mumkin.

Men tushunaman: BMBA uchun ayni damda yopiq qozon yopig‘ligicha qolgani yaxshi, ular keyingi imtihonga to‘g‘ri xulosa ham chiqaradi, Xudo xohlasa. Biroq jamiyatni ayni damda manipulyatsiya qilish yaxshimas (BMBAni nazarda tutmayapman).

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥10248👍23👎5💯4👏1
100 % kuzgi imtihonlar adolatli o‘tadi. Men ishonaman, va’da berildi – mana shu kerak edi.

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
263👍92👀45👎30👏15🔥12💯11😍6😁3👌3🙏1
⚡️ “Yopiq guruh”da attestatsiyachilar va sertifikatchilar uchun darslarimiz tez orada boshlanadi. Mana shunday TAKRORLANMAS test to‘plamlari orqali tayyorgarlik ko‘rishingiz mumkin. Har qachongidan jiddiyroq kurs bo‘ladi bu, Xudo xohlasa.

• Kurs narxi: 180 ming so‘m (oyiga)
• Chegirmada: 150 ming so‘m (1-oyi)
• Karta: 9860010133910371

To‘lovni o‘tkazib, chekni @jalolboltayev_kurs'ga jo‘nating. So‘ngra sizni qo‘shib qo‘yaman.

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
43👍15👎4🔥2👏1
“Langobardlar ishi” bo‘lib yurgan kezlarda “o‘quv markazingga boraman, qarab tur” degan tahdidlar ham bo‘lgan...

Ha, Jeyms Bondman.

Aytgancha, oflayn kurslarga qabul ochiq:
• Manzil: Urganch sh., “Arastu” o‘quv markazi, 3-qavat, 3-xona
• Mo‘ljal: “Data” ta’lim stansiyasi ro‘parasi
• Telefon: 88-054-85-83
Geolokatsiya


👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁18450🔥25👍10👎10
“O‘zbekiston tarixi” “majburiy fanlar” qatorida juda katta ehtimol bilan SAQLAB QOLINADI.

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2263👍93👏25🔥18💯10👀6😍5😎3👎1
Tarix vatanparvarlikni shakllantiradi, deyishadi. Avvalo “vatanparvarlik” nimani anglatishini aniqlab olish kerak. Vikipediyada ushbu so‘zga ta’rif berila turib, Avloniy va Behbudiylar misol qilingan. Demak, vatanparvarlik jadidlar kabi haqiqatlarni qo‘rqmasdan ayta olishdir, jamiyatni uyg‘otish uchun harakat qila olishdir.

Bizning o‘zimizda tarixchi sifatida shu jihatlar shakllanganmi? Agar javobimiz “ha” bo‘lsa, “tarix vatanparvarlikni shakllantiradi” deb aytishga ma’nan haqlimiz. Agar “yo‘q” bo‘lsa, bu gapni aytish ikkiyuzlamachilikka o‘xshab qoladi.
👍13740💯25🔥13
Assalomu alaykum... Salomaaat...

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥366👍63😁4745😎12💯9👀7👎5👌5👏3🏆1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁29520👍14👎3👏2🔥1💯1
• “NOYOB QO‘LLANMA”dan
• 6 tarix (2022)
• Jalol BOLTAYEV


Mualliflik huquqini hurmat qiling!

Tez orada “Yangi guruh”da darslar boshlanadi. Har bir dars sifatli bo‘lishi uchun maksimal harakat qilaman. Murojaat uchun @jalolboltayev_kurs'ga yozing.

@TESTLIDER
72👍35🔥15👏4💯2👌1🏆1