𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV
24.1K subscribers
1.55K photos
185 videos
452 files
1.46K links
Repetitor, testolog Jalol BOLTAYEVning TARIX faniga ixtisoslashtirilgan kanali

Onlayn/oflayn kurslar
Repetitor: @JalolBOLTAYEV; @JalolBOLTAYEV_kurs
Tel.: 97-299-00-66
Muhim: @TARIX_OMBOR
Download Telegram
Saroylarda she’rlar o‘qib xalqimga,
O‘zimni ko‘rsatsam bo‘lardi yona.
Lek so‘nggi lahzada g‘amgin qalbimga,
Xoin bo‘lolmadim, kechiring ona!

Qo‘limdan tortqilar o‘ziga shuhrat,
Zayliga yurgizmoq istar zamona.
Shunda ham Allohga hamd bo‘lsin faqat!
Xoin bo‘lolmadim, kechiring ona!


Xayrulla Hamidov

***
Ertaga ayrimlar uchun og‘ir kun bo‘ladi...

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
170🔥40👍24😍9💯7👏5
Platon mening do‘stim, biroq haqiqat ustun

Mening BMBAda ustoz sifatida ko‘radigan, ilmini, shaxsini hurmat qiladigan insonlarim bor. Biroq hurmat – sukut saqlash degani emas. Ertaga og‘ir kun bo‘ladi.


👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥24167💯43👍19👎7👀7👏5
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
153💯84👍42👏16🔥12👎6🏆3👀3🤝3😎3🙏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
113💯88🔥31👍22👌10👎5🤝4🙏3😎3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
114💯62🔥35👍21🤝12👀7👎5😎3🙏1
Milliy sertifikat savollari nima uchun bog'dan tog'dan bo'ldi ?

Agar diqqat bilan e'tibor qaratsangiz, o'quv dasturi ortiga yashirinish negizida, faktik ma'lumotlarga asoslangan savollar ko'p tuzilgan.

Mantiqiy fikrlashga asoslangan savollardan ko'ra, faktik savollar. Ya'ni, yo bilasiz, yo bilmaysiz. Fikrlab topib bo'lmaydi.

Jumladan, quyidagi savollar:

1. Ushbu konferensiyada qatnashmagan uch davlat nomini yozib bering. – AQSH, Turkiya, Xitoy

2.Ushbu qo‘zg‘olon qatnashchilari qayerda namoyishkorona o‘ldirilganini yozib bering. –Podjuan-Pokrul

3.1971-yilda Shayx Zoid ibn Sulton an-Nahayon tashabbusi bilan tashkil etilgan davlat nomini aniqlang. – BBA

4. 2013-yil Yevropa Ittifoqi va uning oltita sharqiy qo‘shnisi o‘rtasida Sharqiy sheriklik sammiti bo‘lib o‘tgan shaharni yozib bering. – Vilnyus

5. Shayboniyxon qaysi hududlar egallanishi safaviylarga xavf tug‘dirgan? – Mashhad va Tus


Bu yerda qanday fikr kelib chiqadi:

Savollar atayin faktik ma'lumotlardan tuzilgan bo'lishi mumkin. Chunki, mantiqiy fikrlash emas, balki faktik ma'lumotlar bilan bog'liq savollarni hech qanaqasiga fikrlab topib bo'lmaydi. Natijada esa "X variant"ning bozori chaqqon bo'ladi. Bular mening tahmin va farazim. Balki unday emasdir.

Agar "x variant" rostan chiqqan bo'lsa va sotilgan bo'lsa, u oldindan reja qilingan bo'lishi va savollar atayin shu tarzda tuzilgan bo'lishi mumkin.

Xullas, bu masalada fikrlaydigan bo'lsak, chuqurlashib, jiddiylashib ketiladi. Qani, ertaga Agentlik yana munosabat bildirsin-chi?

Xullas, shuncha postdan maqsad nima?

Maqsad adolatli imtihon bo'lsin. Agar o'rtada qonunbuzarliklar bo'lsa qonun doirasida javobgarlikka tortilsin. Tamom.

Keyingi imtihonlar adolatli va to'g'ri o'tkazilsin.

@legalzoneuz
🔥113💯5645👍12😍3
𝗟𝗘𝗚𝗔𝗟 𝗭𝗢𝗡𝗘 | SIROJIDDIN
Savollar atayin faktik ma'lumotlardan tuzilgan bo'lishi mumkin. Chunki, mantiqiy fikrlash emas, balki faktik ma'lumotlar bilan bog'liq savollarni hech qanaqasiga fikrlab topib bo'lmaydi. Natijada esa "X variant"ning bozori chaqqon bo'ladi.
“Milliy sertifikat” testlarining “murakkablashib” (aslida mantiqsizlashib) ketgani “vestgot-langobard” sud ishi bilan umuman bog‘liq emas edi. O‘sha paytda ko‘pchilik manipulyatsiya qurboni bo‘lgan edi.

Endi esa Xaqiqiy sabablar haqida xolis o‘ylab ko‘ring.

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥9232💯22👎12👌6
𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV pinned «Platon mening do‘stim, biroq haqiqat ustun Mening BMBAda ustoz sifatida ko‘radigan, ilmini, shaxsini hurmat qiladigan insonlarim bor. Biroq hurmat – sukut saqlash degani emas. Ertaga og‘ir kun bo‘ladi. 👉 @TESTLIDER»
Forwarded from Xalq ta’limi Info
Milliy sertifikat: “X-variant” bo‘yicha yangi tafsilotlar

Avvalroq, aprel oyi boshida o‘tkazilgan tarix fanidan milliy sertifikat imtihonining savollari oldindan tarqalgani va sotilgani haqida xabar bergandik.

Holat bo‘yicha Bilim va malakalarni baholash agentligi rasmiy munosabat bildirdi. Agentlikka ko'ra, savollarning 33 tasi mazmunan o‘xshash ekani aniqlangan, biroq ular so‘zma-so‘z bir xil emas.

Jamoatchilik faollari esa 50 ta savoldan 33 tasining 400 dan ortiq savollar ichida “tasodifan” mos kelishi ehtimoldan yiroq deb aytmoqda.

Ayrimlar esa “X variant”ning bozori chaqqon bo‘lishi uchun “milliy sertifikat” savollari atayin faktik ma’lumotlardan tuzilgan bo'lishi mumkinligini iddao qilmoqda.

Batafsilhttps://xalqtaliminfo.uz/post/1584

Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.


Telegram l Instagram l YouTube
56💯20👍11🔥5👏1😁1
Xalq ta’limi Info
Milliy sertifikat: “X-variant” bo‘yicha yangi tafsilotlar Avvalroq, aprel oyi boshida o‘tkazilgan tarix fanidan milliy sertifikat imtihonining savollari oldindan tarqalgani va sotilgani haqida xabar bergandik. Holat bo‘yicha Bilim va malakalarni baholash…
Komil Jalilov kim?

Komil Jalilov – O‘zbekistondagi testologiya bo‘yicha eng yirik uchta odamdan biri. Buyuk Britaniyada tahsil olgan, testologiya bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borgan va ushbu yo‘nalishda kitob ham yozgan. Baholash agentligida ham ishlagan.

Aynan shu soha vakili bo‘lgan mutaxassis bu holat haqida shunday fikr bildirmoqda:
“Bunday moslik ehtimoli amalda 0 ga teng”.

Endiyam ishonmayapsizmi?
Haliyam yosh bolasiz-e, Umidjon :)


👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
132😁47🔥30💯23👍7👏2
Dushanba og‘ir keladi, deyishadi. Eng og‘ir kun dushanba ekan. Bugunmas ekan.

Mayli, kattalarni kutib turoramiz.

Xalq seshanbada biladi, menimcha.

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
131😁74👀24🔥16💯7👍2
Yangi guruhimizda darslar tez kunlarda boshlanadi. Qabul davom etmoqda! Attestatsiya + sertifikat.

@jalolboltayev_kurs

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁28219💯19👍9👎6👀6🔥3😎3
«Avvalgi imtihonlarda sizlarning savollaringiz 1:1 kelgan-ku, nega x haqida aytmagansizlar?» deb telefon qilishdi.

Agentlik shaffofligiga toʻla ishonganligimiz uchun qoʻlimizdagi ayrim ma’lumotlarni dastlab “x-variant” deb oʻylamagan edik... Va yetarli dalillar yo‘q edi o‘sha paytda...

Qolaversa, avvalgi imtihonlarda hammaga berganmiz, kanallarimizga bepul yozganmiz. Boshqalardek 1000 dollarlik guruh qilib, imtihondan bir necha kun oldin yodlatmaganmiz.

Qaytangga shu ommaga sizdirilgan savollarning tushishi x ololmaganlar uchun + ga ishlagan.

Shuningdek, hozirgi holat umuman boshqa: 1) atigi 50 tadan 33 ta; 2) 1000 $ va yana...

Davomi bor...

@tarix_tilsimi
@testlider
🔥5622💯15👍5👏3👀3
O‘quvchisini ukasidek ko‘rgan ustoz undan “qo‘shimcha” pul undirmaydi

Qarang, 2000 ta test tuzib, tizimli ishlaydigan odam “X-variant”dan mutlaqo manfaatdor bo‘lmaydi. Agar kimdir “so‘nggi kuni” natija qilish uchun qandaydir yashirin yo‘l bor deb hisoblasa, u o‘tirib har bir darslik bo‘yicha minglab test tuzib o‘tirmaydi.

“X-variant”dan kimlar manfaatdor bo‘lishi mumkin?
Odatda tizimli ishlashga sabri va mahorati yetmaydigan, test tuzishga qodir bo‘lmagan, asosiy maqsadi pul bo‘lganlar manfaatdor bo‘ladi.

Shuningdek, yana bir narsani o‘ylab ko‘ring: kimnidir 5–6 oy davomida o‘qitgan odam vaqt o‘tishi bilan o‘sha bolani yaxshi ko‘rib qoladi. Uni ukasidek, singlisidek ko‘rib qoladi. Men shaxsan abituriyentlarimga shunday qarayman. Ancha vaqt birga ishlab kelayotgan ustozlar bilan ham yaqin insonlardek bo‘lib ketamiz.

Shunday ekan, o‘ylab ko‘ring:
qanday qilib 5–6 oy birga ishlab, mehnat qilib kelgan bolalardan, ustozlardan imtihon arafasida birdaniga 1000 dollar so‘rash mumkin?

Bu nafaqat insofsizlik, balki repetitorlik etikasi va ustozlik mas’uliyatiga ham mutlaqo zid, deb o‘ylayman.

“Bo‘lsa-bo‘lsin – xalqqa bo‘lsin”.

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💯120👍2322👏10🔥4
Agar yanvarda ham “X-variant” bo‘lgan bo‘lsa, demak, o‘sha paytda B bo‘lib qolganlar aslida A yoki A+ olishga haqli edi.

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
124💯64🔥24👍11👎7😎2
Trollarga javob!
🔥63😁2217👍3👎3👏3💯3🏆1
Aprel oyidagi imtihonlarda tohiriylar va g‘aznaviylar sulolalarining so‘nggi vakillari so‘ralgan yozma test tushgan edi. Bir obunachimiz “milliardlab ma’lumotlar ichidan qanday qilib bildingiz bu savollar tushishini, sizdayam “X” bo‘lgan” degan mazmunda yozyapti...

Tohiriylar sulolasining so‘nggi vakili – Muhammad ibn Tohir, g‘aznaviylar sulolasining so‘nggi vakili esa – Xusrav Malik. Ushbu ma’lumotlar darsliklarda berilmagan. Lekin qo‘llanmamda bor edi. Shubhali-a?

Lekin ushbu testning muallifi shaxsan o‘zimman. 52 ta sulolaning birinchi va oxirgi hukmdorlarini yig‘ib chiqqanman. Bu boshqa narsa. Dabdurustdan, imtihondan bir kun oldin 1000 dollar so‘rash va 50 tadan 33 tasi to‘g‘ri kelishi boshqa narsa.

O‘sha ish bilan shug‘ullanayotgan bo‘lishi mumkin deb gumon qilinayotgan shaxslardan biri Husanboyga shunday degan ekan: “Sizlarning o‘zingiz tuzgan savollar haqiqatan ham ‘x’da bor bo‘ladi, hayron qolaman...”.

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
99💯32👍13👎5🔥5🤝1
X VARIANT

Yaqin kunlarda tarix fanidan x variant tarqalganligi ehtimoli toʻgʻrisidagi xabarlarga munosabat bildirganlarni quyidagicha ajratish mumkin.
Birinchi toifa, chuqur qaygʻuda, bunga qarshi kurashish muhimligini anglaydi va bu kurash albatta samara berishiga ishonib, harakat qiladi, ular ma'nan yetuklardir.

Ikkinchi toifa, ular uchun natija muhimroq. X variant tarqalsin, tarqalmasin natija yaxshi chiqsa bass. Lekin, bilishmaydiki, x variant ularning natijasiga SALBIY taʼsir koʻrsatishini. Bundaylarda jamiyat manfaatlaridan koʻra, shaxsiy manfaatlar yuqori turadi.

Uchinchi toifa, balkin, x variant ishida qoʻli borlardir. Ular x variantga qarshi daʼvolarni qoralaydi. Unga qarshi kurashganlarga asossiz tuhmatlar qilib, ularni chalgʻitishga urinadi. Ma'nan qashshoq insonlardir ular.

Uchinchi toifadagilarning xalqqa yetkazadigan parazit fikricha, bizni oʻzlarida avval x variant boʻlgan, hozir oʻzlarida yoʻq boʻlganligi uchun kurashmoqda...

Jinoyatchi hech qachon jinoyatning bir uchi ochilishini ham istamaydi. Agar ochilsa, barchasi ketishini biladi. Shunday ekan, agar aloqasi boʻlib turib ham adolat uchun kurashishning oʻzi KATTA JASORAT emasmi? Lekin, bizning bunday ishlarga zarracha ALOQAMIZ YOʻQ.

Shunday ekan, x variantga qarshi kurashganlarga asossiz tuhmat qilayotganlarni koʻrsangiz, bilingki, ularni x variantga aloqasi bor (sotgan yoki sotib olgan) deb tahmin qilishingiz mumkin.

Siz qaysi toifadansiz?
👍 - birinchi toifa
❤️ - ikkinchi toifa
😁 - uchinchi toifa

@tarix_tilsimi
👍564178😁27🔥12💯1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Gitler testlarga munosabat bildirdi!

“Senlarni maxsus tashkilotlar o‘rganishi kerak, masalan, SS” 😁


(c) To‘lqin Ro‘zmatov
@tarixolimpiada

@TESTLIDER
😁203👍3318🔥8💯5👏4👀3😍2🏆2
Forwarded from 53/LOLA RO‘ZIYEVA
sizlar un kurashmoqchi bo'lgan odamni ham sindirmoqchi bo'lasizlar. bu qanday holat.....
Jalol BOLTAYEVni kurslarida o'qib ko'rganmisiz o'zi. men o'qiganman. bir yil oldin arzimagan 150mingga u ham qarzga o'qiganman. EHTIMOLIY TESTLAR uchun ortiqcha pul talab qilganmi biron marta guruhda, yoki imtihondan 1 kun oldin palon guruhimga o'tiylar shu narxda sizlarga EHTIMOLIY test ishlataman deganmilar. o'sha 150ming uchun kim X varinat sotadi. u kurslarda qanchalar mehnat yotganini bilmaysizda ustoz haqida har xil gap chiqarasiz. shubhaiz bo'lsa o'qib ko'ring avval kurslarida kn uyalib qolasiz bunday postlar yozganizga.
🔥231💯10326🙏24👍15😁13👎7
99 % ehtimol bilan natija bekor qilinmaydi… Bu kurash kelajak uchun!

Natijalar bekor qilinishi ehtimoli juda past. Har qanday tashkilot o‘z obro‘siga zarar yetishini istamaydi, yopiqlik qozon yopiqligicha qolishini xohlaydi. Shunday ekan, biz nima uchun kurashyapmiz?
Oldimizda yozgi kirish imtihonlari, kuzda yana “Milliy sertifikat” imtihonlari bor. Bu imtihonlarning barchasini yana o‘sha tashkilot – BMBA o‘tkazadi. U imtihonlar shaffof va adolatli o‘tishi shart!

Audioyozuvni kim o‘qigani, kim 1000 dollar olgani – bu ikkinchi darajali masalalar. Biz “tashqaridagi” alohida shaxslar bilan kurashmayapmiz. Bu shaxsan menga qiziq ham emas. ICHKARI toza bo‘lsin.

BMBAda men hurmat qiladigan, juda ilmli va vijdonli insonlar ko‘p. Lekin xalqimizda bir maqol bor: guruch ko‘rmaksiz bo‘lmaydi.

BMBA ham 33 ta savol tushganini tan oldi. Ammo vaziyatdan chiqish uchun bu holatni 400 tadan 33 deb ko‘rsatib, uni 8 ga bo‘lib talqin qilishga urindi. Aslida 50 tadan 33 ta va bu imkonsiz. Buni BMBAdagilar ham juda yaxshi biladi aslida.

Xullas, nima demoqchiman: hech kimning tutilishini, qamalishini istamaymiz. Arzimagan 100–200 $ pul deb, o‘rtadagi oddiy o‘qituvchi “firibgar” nomi bilan qolib ketishini ham istamaymiz. Va bu imkonsiz ham. Chunki ayni damda “kimdirlar” tutilsa, qozon ochilib ketadi.

Fransiyadagi “Jakeriya” qo‘zg‘oloni yodingizdami? O‘sha davrda fransuz amaldorlari oddiy xalqqa jabr-zulmni haddan oshirib yuborgan edi. Shunda Gilom Kal degan mard inson mulkdorlarga qarshi qo‘zg‘olon ko‘tardi. To‘g‘ri, qo‘zg‘olon mag‘lub bo‘ldi. Lekin undan keyin amaldorlar to‘g‘ri xulosa chiqardi. Ular dehqonlarga nisbatan siyosatini o‘zgartirishga majbur bo‘ldi. Ya’ni qo‘zg‘olon yutqazgan bo‘lsa ham tizim o‘zgardi.

Shaxslar muhim emas. Audioni kim o‘qigani ham muhim emas. Muhimi – tizim qanday xulosa qiladi? Kuzgi “Milliy sertifikat” imtihonlarida hamma narsa shaffof o‘tishi ehtimoli, Xudo xohlasa, 99 %. Bu bo‘yicha ayni damdayam ayrim «yuqori toifadagi shaxslar» shaxsan xulosa qilib bo‘lganiga shaxsan o‘zim guvoh bo‘lib turibman.

Kurash – kelajakdagi imtihonlarning adolatli o‘tishi uchun!

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
147💯49👍29🔥10👎2👏2🤝2😁1👀1