𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV
23.9K subscribers
1.55K photos
185 videos
454 files
1.47K links
Repetitor, testolog Jalol BOLTAYEVning TARIX faniga ixtisoslashtirilgan kanali

Onlayn/oflayn kurslar
Repetitor: @JalolBOLTAYEV; @JalolBOLTAYEV_kurs
Tel.: 97-299-00-66
Muhim: @TARIX_OMBOR
Download Telegram
BMBA departamenti boshligʻi Nurmatov Javlonbek Talimxabarlari.uz saytiga natijalar taxminan 6-may kuni e’lon qilinishini ma’lum qildi.

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥8629👀11💯5👍3👏2
Izohga yozishibdi, qo‘shilmasdan iloj yo‘q!

“Xullas, 43-savol tekshirilyapti, ana chiqyapti, mana chiqyapti, oz qoldi, degan piar gaplarga uchmay, xotirjam o‘tiring. Natija chiqsa, uzog‘i yarim soat ichida bilib olasiz, telefoningiz tinmaydi”.


👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
99💯32👍15👏6
“Baribir o‘qitish tizimingiz boshqacha ekan”

Fotima dastlab haqiqatan rosa ikkilangandi. Balki, onlayn kurslar haqidagi umumiy taassurotlar bunga sabab bo‘lgandir...

Lekin mas’uliyatli, eng faol o‘quvchilarimdan biri bo‘ldi va NOLDAN A+ natijani oldi.

Xullas, tizim haqida gapirish boshqa, tizim yaratish boshqa... Tizim yaratish uchun faqat nutqiy yo marketing ko‘nikmalarigina yetmaydi, pedagogik ko‘nikmalar zarur.


Yangi guruhda 5-mayda BIRINCHI DARS boshlanadi.

@JalolBOLTAYEV_kurs'ga yozing.

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
52🔥21👍10👎2👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Udar video!!! 🔥🔥🔥

Mana shu videoni natija chiqquncha ko‘rib turinglar, chalg‘iysizlar!

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥8731💯14👎10👍8😁4👏3
“O‘ZBEKISTON TARIXI” “MAJBURIY FANLAR” QATORIDA QOLISHI KERAKMI?

Janubiy Koreyada uzoq vaqt tarix kirish imtihonida ixtiyoriy fan edi. Lekin 2017-yildan boshlab u barcha abituriyentlar uchun majburiy qilib qo‘yildi. Chunki yoshlar tarixdan uzoqlashayotgan, eng yomoni, o‘z millatining o‘tmishi haqida yuzaki tasavvurga ega bo‘lib qolayotgani davlat darajasida muammo sifatida ko‘rildi. Natijada prezident tashabbusi bilan tarix majburiy fan etib belgilandi.

Shunga o‘xshash yondashuv O‘zbekistonda ham kuzatilgan. O‘zbekiston tarixining ta’lim tizimidagi o‘rni davlat darajasida alohida e’tirof etilgan va Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan qo‘llab-quvvatlangan edi vaqtida. Bu bejiz emas – bu strategik qaror edi. Chunki vatan tarixi faqat fan emas, balki milliy xavfsizlik, mafkuraviy barqarorlik masalasidir.

Ayniqsa bugungi notinch geosiyosiy vaziyatda bu yanada dolzarb. Dunyo axborot urushlari, mafkuraviy ta’sirlar va turli narrativlar to‘qnashuvi ichida yashayapti. Bunday sharoitda o‘z tarixini bilmagan jamiyat tashqi ta’sirlarga nisbatan ancha zaif bo‘ladi. Kimdir uning o‘tmishini qayta yozadi, kimdir qahramonlarini obro‘sizlantiradi, yana kimdir yolg‘on g‘oyalarni “haqiqat” sifatida singdiradi.

Agar bunga qarshi ichki immunitet, ya’ni tarixiy ong bo‘lmasa, jamiyat buni ajratib bera olmaydi.

YUNESKO ham tarix ta’limini mustaqil davlatlar uchun strategik omil sifatida baholaydi: u nafaqat milliy identitetni mustahkamlaydi, balki jamiyatda tinchlik, fuqarolik ongini va inson huquqlariga hurmatni shakllantiradi. Tarixni bilmagan jamiyat esa bo‘shliq ichida qoladi va bu bo‘shliqni ko‘pincha yot g‘oyalar to‘ldiradi.

Tarix – o‘tmishni yod olish emas, uni anglashdir. Amerikalik tadqiqotchilar ham aynan shuni ta’kidlaydi: tarix insonni o‘tmishni chuqurroq tushunishga, hozirgi holatni tahlil qilishga va kelajakni ongli qurishga o‘rgatadi. Bu quruq nazariya emas. Masalan, Ikkinchi jahon urushining dahshatli saboqlarini to‘g‘ri xulosa qilgan Germaniya jamiyati keyinchalik inson huquqlari va adolat tamoyillarini ustuvor qadriyatga aylantira oldi va tezda qayta rivojlandi.

Shu nuqtayi nazardan qaraganda, tarix ham matematika yoki ona tili kabi fundamental fandir. Matematikada mantiq shakllanadi, ona tilida fikr ifodasi va madaniyat tarbiyalanadi. Tarix esa insonni kimligini anglashga majbur qiladi. U davlat qanday qurilganini, jamiyat qanday o‘zgarishini va bugungi kun qanday shakllanganini tushuntiradi.

Agar O‘zbekiston tarixi ixtiyoriy fan sifatida qolsa, oqibatini ochiq aytish kerak: ko‘pchilik o‘z tarixini fundamental darajada ham o‘rganmasligi mumkin. Natijada esa tarixiy haqiqatni emas, balki sodda yoki buzib talqin qilingan fikrlarni “haqiqat” deb qabul qiladigan avlod shakllanishi xavfi bor. Bugun ijtimoiy tarmoqlarda uchrayotgan noto‘g‘ri qarashlar – masalan, Jaloliddin Manguberdining “yomonligi” haqida noto‘g‘ri tasavvurlar yoki jadidlarni xoin sifatida talqin qilish – aynan tarixiy savodsizlikning mahsuli.

O‘zbekiston tarixini “majburiy fan” sifatida qoldirmaslik – uni asta-sekin yo‘qotish bilan barobar. Tarixini yo‘qotgan jamiyat esa oxir-oqibat o‘zini yo‘qotadi.

Bitta muhim shart bor: imtihon tizimi tarixni shunchaki yodlashga emas, uni anglashga majbur qilishi kerak. Biz o‘qituvchilar, repetitorlar ham faktlarni tiqishtirish bilan cheklanmay, o‘quvchiga mazmunni anglatishni maqsad qilishimiz zarur. Ana o‘shanda O‘zbekiston tarixi biz uchun suv va havodek zarur bo‘ladi!

(c) Jalol BOLTAYEV

👉
@TESTLIDER
👍22857🔥27💯12👎4🏆4👏3😍2😁1😎1
Zamonaviy pedagogikaning otasiPiaje maktabda 1 yil ishlagan, xolos.

Bu uning butun dunyo haligacha tan oladigan va pedagogika yoʻnalishlarida asarlari oʻqitiladigan olim boʻlishiga xalal bermagan.

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
102👎31🔥25💯11
Onlayn ta’limning 5 ta asosiy ustuni bor. Birinchi – metodologiya va ikkinchi – material (test, qo‘llanma va b.) bo‘lmasa, qolgani bir tiyin. Ayniqsa, material. Natija bo‘lmaydi bo‘lmasa.

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
48💯13👍7
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
5-mayda “Yangi guruh”da dars boshlanadi. Darslarni mana shu ustoz o‘tadi. 😁

Yangi guruhga kirish uchun @jalolboltayev_kurs’ga yozing.

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁16125🔥9👏4🏆2👎1💯1
ERTAGA GAPIR, KEYIN ESA JIM BO‘L – AKS HOLDA FITNAKORSAN!

Ertaga Toshkentda “Davlat va huquq asoslari” fan dasturi hamda ta’lim standartlari muhokamasi bo‘lar ekan. Bu hujjatlar keyinchalik darsliklarda qanday mavzular bo‘lishi, o‘quvchilar nimani o‘rganishi va BMBA imtihonlari nimaga asoslanishini belgilab beradi.

Ya’ni bu oddiy narsa emas, butun tizimga ta’sir qiladigan jarayon.

Qizig‘i, mas’ullardan biri odamlarni “mard bo‘lsangiz, keling, maydonda sinashamiz, keyinchalik fitna qo‘zg‘amang” degan ohangda chaqiryapti. Bu yondashuv biroz noto‘g‘ri ko‘rinadi. Chunki bu yerda maqsad kim bilandir “kuch sinashish” emas, balki fan dasturi va DTSni imkon qadar puxta va sifatli ishlab chiqish bo‘lishi kerak.

Shuningdek, yig‘ilish atigi bir kunda o‘tadi. Viloyatlardagi mutaxassislar tabiiyki, Toshkentga bir kunda yetib bora olmaydi. Bundan tashqari, dastur mualliflari hujjatni oldindan biladi, ustida ishlagan bo‘ladi. Tashqaridan kelgan mutaxassis esa uni bir kunda chuqur tahlil qilib ulgurmaydi.

Endi tasavvur qilaylik: tashqaridagi mutaxassis bu dastur ustida 1–2 oy ishladi, puxta o‘rgandi va kamchiliklarni aniqladi. Keyinchalik o‘z fikrini bildirsa, bu “fitna” hisoblanadimi? Boshqacha aytganda, o‘sha oflayndagi 1 kunlik muhokamadan so‘ng fikr bildirish mumkin emasmi? Qiziq...

Boshqa misollar: 1998-yilda chiqqan kitobdan xato topsangiz, uni aytish uchun o‘sha yili yashagan va o‘sha kitobning “muhokamasi”da qatnashgan bo‘lishingiz shartmi? Biron-bir kitobdan keyinchalik aniqlangan xatoni aytish fitna bo‘ladimi? Qiziq...

Boshqa huquqshunoslar ham bu masalaga diqqatini qaratganidan xursandman!
https://t.me/legalzoneuz/7413
https://t.me/edulaw1/2449
https://t.me/legaldoctor_uz/18339

RTM meni azoblaydiyov butun umr!!!

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
54💯12🔥6👍5
𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV
ERTAGA GAPIR, KEYIN ESA JIM BO‘L – AKS HOLDA FITNAKORSAN! Ertaga Toshkentda “Davlat va huquq asoslari” fan dasturi hamda ta’lim standartlari muhokamasi bo‘lar ekan. Bu hujjatlar keyinchalik darsliklarda qanday mavzular bo‘lishi, o‘quvchilar nimani o‘rganishi…
Aytib o‘tishim kerak: bu yerda Akmal Sodikovning shaxsiyati bilan ishim yo‘q. Masala – ta’lim tizimi, jumladan, abituriyentlar uchun o‘ta muhim bo‘lgan o‘quv dasturi ustida ishlayotgan TIZIM XODIMIning noto‘g‘ri yondashuvi haqida.

Men uning shaxsiyati, huquqiy yoki pedagogik salohiyati haqida gapirmayapman, ayni paytda bularning ahamiyati ham yo‘q.

Agar aytadigan bo‘lsam, audiodarslari yaxshi, nutqi ravon, ovozi tiniq. Shuningdek, “BMBA-huquqshunoslik ishi” doirasidagi chiqishlari ham yodimda (boshida huquqiy va testologik jihatdan noto‘g‘ri yondashgan edi, oxirida to‘g‘rilashga uringan).

Ammo bular ayni mavzuga aloqador emas. Kimdir shaxsiyatiga baho beryapti, deb o‘ylamasligi uchun aytyapman. Ayni paytda A. Sodikovga mas’ul xodim sifatida qarash zarur. Bu yerda yondashuv (fikr)ga munosabat bildirilyapti.
73👀8💯7🔥5👎2
Tez orada 8-sinf “Kundalik-optimal” test to‘plamlarim nashr etiladi. Nashr etilishidan oldin Xorazmda, o‘quv markazimda 1 kunlik muhokama o‘tkazaman. Mard bo‘lsanglar, o‘sha kuni kellaring, keyin heyter, negativ bo‘lib, fitna qo‘zg‘ab yurmalaring.

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁98👍2315🔥5👀5😎4💯1🏆1
Xatoni tan olish – ilm belgisi

Tom ma’nodagi ilmda “fitna” degan tushuncha bo‘lmaydi. Ilmiy muhitda xatoni ko‘rsatish rivojlanish vositasi. Ilmli odam uchun xatoni tan olish, g‘oya, fikr ustida munozara qilish oddiy holat.

“Kundalik-optimal” testlarim nashr etilgandan beri turli fikrlar bildirildi. Ayrim kamchilik va xatolar ko‘rsatib berildi va bu men uchun faqat foydali bo‘ldi. Chunki aynan shu fikrlar orqali to‘plamlarimni yanada takomillashtirish imkoniyati paydo bo‘ladi.

Xuddi shunday, men ham qaysidir kitobdagi xatoni aytsam, bu muallifning ilmiga shubha qilganimni anglatmaydi. Bu – ko‘pchilik foydalanadigan materialni yaxshilashga qo‘shilgan hissadir.

Ammo muallif buni “ilmimga shubha qilyapti” deb baholasa va “o‘zini” himoya qilish uchun asossiz dalillar keltira boshlasa, ochig‘i, o‘sha paytda uning ilmiga shubha qila boshlayman. Chunki ilmli odam uchun xatoni tan olish muammo emas.

Boshqacha aytganda, ilmda e’tibor shaxslarga emas, fikrga qaratiladi. Har ikki tomon o‘sha fikr ustida munozara qilayotganini tushunib turadi. Har ikki tomonning maqsadi o‘sha fikr (kitob, g‘oya)ni ilmiy asoslantirish, yaxshilash bo‘ladi.

Bu yerda ham shunga doir qiziq hayotiy voqeani yozganman, buniyam o‘qib ko‘ring: https://t.me/TESTLIDER/4205

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
59👍14🔥8
“Ichkarida” nomli mashhur turk seriali. Bir seriyasiniyam qoldirmay, qiziqib ko‘rganman.

Jinoyatning tepasida faqatgina tashqaridagilar emas, ichkaridagilar turadi.
💯284🔥6148👎11😁10👍5👏5
https://t.me/tarix_tilsimi/3753

“Epshteyn ishi” 25 yildan so‘ng jamoatchilikka ma’lum bo‘lgan. Bu vaqt ichida shunchalik og‘ir jinoyatlar sodir bo‘lganki, hatto ularni tasvirlashning o‘zi qiyin. Hatto bu ishda eng yuqori doiralar ham aralashgan.

Gondurasda ham, balki, bordir bunday ish. Balki, “Epshteyn ishi”dek 25 yildan so‘ng ochilar. Balki, juda oz qolgandir.

Lekin bir narsa qiziq: Amerika xalqi jaholatga qarshi chiqdi, haqiqatni qo‘lladi, manipulyatsiyalarga uchmadi. Yomonlar tarafida turmadi. Gonduras xalqi nima der ekan?

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥5433
Forwarded from Xalq ta’limi Info
O‘zbekiston tarixi majburiy fanlar qatorida qolishi kerakmi?

Yoshlar tarixdan uzoqlashayotgan, eng yomoni, o‘z millatining o‘tmishi haqida yuzaki tasavvurga ega bo‘lib qolayotgani davlat darajasida muammo sifatida ko‘rildi. Natijada prezident tashabbusi bilan tarix majburiy fan etib belgilandi.

Batafsilhttps://xalqtaliminfo.uz/post/1580

Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.


Telegram l Instagram l YouTube
👏22451🔥24👍15💯7👎5👌2
Attestatsiya va “Milliy sertifikat” uchun onlayn kurslarga qabul davom etmoqda. Darslar 5-mayda boshlanadi!

• Kurs narxi: 150 ming so‘m (1-oy)
• Karta: 9860010133910371

To‘lovni amalga oshirib, chekni @jalolboltayev_kurs'ga yuboring. Sizni qo‘shib qo‘yaman.

Oldingi top natijalardan namunalar: https://t.me/TESTLIDER/7189

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥2315👏3👍1
Ayrim insonlarni ilmli sifatida hurmat qilaman. Lekin hurmat – ko‘z yumish degani emas.

Ko‘z o‘ngimizda bo‘layotgan holatlarga sukut qilish – undan ham og‘irroq.

Tez orada bu masala kengroq ochiladi.

Gonduras xalqini larzaga keltiramiz. Tarafingizni belgilab oladigan vaqt keldi.

O‘zbekistonda hammasi tinch...

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
72👍19💯5👎2🔥1
Tez orada...
👀52😁3712👏4🏆1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Milliy kurashimizda ikki atama bor ekan: “Halol” va “Xarom”. Agar kurashda nohaqlik bo‘lsa, odamlar “Xarom, xarom, xarom” deb 3 marta qichqirarkan.

Xarom, xarom, xarom.

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁7425👍14💯8🔥4👎3👀3👏1