𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV
23.8K subscribers
1.55K photos
185 videos
454 files
1.47K links
Repetitor, testolog Jalol BOLTAYEVning TARIX faniga ixtisoslashtirilgan kanali

Onlayn/oflayn kurslar
Repetitor: @JalolBOLTAYEV; @JalolBOLTAYEV_kurs
Tel.: 97-299-00-66
Muhim: @TARIX_OMBOR
Download Telegram
Xoin bo‘lolmadim, kechiring ona

Yoshlikdan topdim men go‘zal tarbiyat,
Qoshimda qalbingiz erur parvona.
Afsus, qilolmadim tuzuk bir xizmat,
Xoin bo‘lolmadim, kechiring ona!

Saroylarda she’rlar o‘qib xalqimga,
O‘zimni ko‘rsatsam bo‘lardi yona.
Lek so‘nggi lahzada g‘amgin qalbimga,
Xoin bo‘lolmadim, kechiring ona!

Ko‘rdim ne hofizni g‘amgin kuylatgan,
Shoirlar shohlarga bo‘lmish hamxona.
Laycha it misoli dumin o‘ynatgan,
Xoin bo'lolmadim, kechiring ona!

Tentirab aynigan muhitda sassiz,
Sizga faqat tashvish berdim mardona.
Endi qasrlarda yashay olmassiz,
Xoin bo‘lolmadim, kechiring ona!

Munis qo‘lingizda gulmas, qadoqlar,
Mendan ko‘rganingiz faqat g‘amxona.
Men deya otamning sochida oqlar,
Xoin bo‘lolmadim, kechiring ona!

Boshqalar singari g‘ururlanmassiz,
Ehtimol, dardingiz to‘lmish haryona.
Bir kuling, do‘stlarim ichida yolg‘iz,
Xoin bo‘lolmadim, kechiring ona!

Qo‘limdan tortqilar o‘ziga shuhrat,
Zayliga yurgizmoq istar zamona.
Shunda ham Allohga hamd bo‘lsin faqat!
Xoin bo‘lolmadim, kechiring ona!

Yig‘lamang, siz mag‘rur dunyoga boqing,
Hech kim bilmas hali kimda tantana,
Quvnoq suratlarim barini yoqing!
Xoin bo‘lolmadim, kechiring ona!

Endi voz kecholmam, aslo bu hisdan,
Garchi dunyo erur bir mehmonxona.
Netay, shu ta’limni olganman sizdan,
Xoin bo‘lolmadim, kechiring ona!!!


Xayrulla Hamidov

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
176👍59🔥29👏11😍2💯2👀2🏆1
Bugundan boshlab ishdaman. Hozir ham markazdaman. Har kitobimdan 100 tadan olib keldim.

“10 o‘zbek” va “8 lar”dan tashqari (ular endi chiqadi). Kelib olib ketishlaringiz mumkin.
🔥6323👏4
Surxondaryoda direktor 2 mln so‘m pora olgani uchun 4 yilga qamalibdi. Buyoqda esa 1 kunda (aniqrog‘i, 1 kun ham emas, soat 4:00–8:00 oralig‘ida) 170 ming AQSH dollari ishlash imkoni bor )

Baxtga qarshi (yoki baxtlarigami, bilmadim) ayrim nufuzli shaxslarning bizning oldimizda hurmati bor.

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💯84😁5714👀10👎4🔥4👏2
Urganch innovatsion universitetiga ishga kirdim. Shu paytgacha o‘zim ish so‘rab qayergadir borib ko‘rmaganman. Bu safar ham shunday bo‘ldi. UrIUda ishlaydigan, meni universitetda o‘qitgan ustozlarimdan biri ishonch bildirib, chaqirtirdi. Qani, oliy ta’lim sohasida ham ishlab ko‘raylik-chi...

Lekin oldindan aytib qo‘yay, mening bitta aybim bor: ora-sirada faqatgina haqiqatni gapirib qo‘yaman, byurokratiyaga chidamayman :)

Demak, ayni damda o‘z ishlarimdan tashqari ikkita joyda ishlayapman: Data xalqaro maktabi va Urganch innovatsion universiteti.

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
127👍91🔥37👌4🏆2💯1
🔥 Yangi guruhda darslarimiz 5-maydan boshlanadi.

Bu safar muhim bir jihatga aniqlik kiritaman: o‘zgarishlar asosan tizimlashtirish va boshqaruvda.
Material bazasi esa o‘zgarmaydi. Chunki u allaqachon sinovdan o‘tgan va natija berib kelmoqda.

Onlayn ta’lim bir nechta asosiy bo‘lakdan iborat: material, metodika, tizimlashtirish, nazorat va boshqaruv.
Shulardan aynan tizimlashtirish va boshqaruv qismi kuchaytirilmoqda.

Nimalar bor:
“Kundalik-optimal” – yuqori sifatli mavzulashtirilgan testlar
Forms testlar – murakkabroq testlar
Quiz testlar – yuqori sifatda
Chuqurlashtirilgan savol-javoblar

Nimalar o‘zgaradi:
– Ichki jarayonlarni tartibga solish
– O‘quvchi nazorati va natijalar monitoringi ancha tizimli bo‘ladi

Narx: 150 ming so‘m (1-oy)

Yana ayrim yangiliklar bor – tez orada aytiladi.

To‘lovni amalga oshirib, chekni @jalolboltayev_kurs'ga yuborasiz.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
48👏15🔥9
Ertaga Quyosh sharqdan chiqadi. 7 larda, jaa 7 larda bo‘lmasa, 8 larda. Aniq chiqadi. Meni aytdi deysizlar hali!

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
208😁183👍38🔥17👀4👎2💯2
Do‘stlar, natijalar bugun-erta-indin chiqib qolar... Ko‘nglingizni to‘q qilib turing. Qachon chiqishidan qat’i nazar natija endi o‘zgarib qolmaydi.

Ja bunchalikka bormaslar axir endi, har holda imtihondan so‘ng natijani o‘zgartirib bo‘lmas...

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
383👍85💯70🔥42👀20😁12👎6👏3😍3
O‘qituvchining vazifasi mavzudagi BARCHA MA’LUMOTNI “yetkazish”mi?

Bir guruhda «8-sinf “Jahon tarixi” darsligidagi hamma ma’lumotni 45 daqiqada o‘quvchiga yetkazib bo‘lmaydi» degan gap chiqdi.

Avval bu fikrga do‘stim Muhriddin vazmin tarzda argumentlar bilan javob berdi. Lekin unga “men 16 yillik o‘qituvchiman” degan gap bilan javob berib, oxiri bloklab qo‘yishdi. Holbuki, u hech kimni haqorat qilmagan, faqat aniq argumentlar bilan fikr bildirgan edi.

Keyin men ham aralashdim. Chunki bu yerda “norozilik” xato argument ustiga qurilgan: o‘qituvchining vazifasi – darslikdagi hamma ma’lumotni birma-bir yetkazish emas. Maktabdagi darsning maqsadi ham bu emas. Hech qayerda bunday talab yo‘q. Dars – o‘quvchiga asosiy narsani anglatish jarayoni.

Oxirida esa qiziq holat bo‘ldi: barcha yozganlarim o‘chirildi, faqat o‘zlariga ma’qul joylari qoldirildi. Bu esa ochiq muhokama emas, bir tomonlama yondashuv bo‘lib qoladi.

Eng og‘riqli joyi – biz tarixchilar, ya’ni fikr yuritishi kerak bo‘lgan odamlar, ba’zida fikrga yopiq bo‘lib qolyapmiz. Axir biz odamni emas, fikrni muhokama qilyotgan edik.

Ha, aytgancha, aynan ushbu darslik muallifi bilan tortishib yurgan odamman men. Jahon tarixi darsliklariga e’tirozlar yetarlicha. Biroq “o‘qituvchining vazifasi mavzudagi hamma ma’lumotni yetkazish” deb o‘ylash ham JUDA-JUDA KATTA XATO (boz ustiga “men 16 yillikman” degan “argument” bilan o‘zini e’tirof etayotgan o‘qituvchi shunday fikrlasa...). Biz shuni tushuntirayotgan edik ularga.

***

Shuningdek, darslik test tuzish uchun yozilmaydi.

👉 @tarixchi_qarashlari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
110👎56👍32😁12🔥6💯2👌1
Yopiq guruhda darslar 5-mayda boshlanadi!

Har kuningiz reja asosida: nima o‘qiysiz – aniq, nima bajarasiz – aniq. Natija tasodif emas, tizim mahsuli.

Kursga qo‘shilish uchun: @jalolboltayev_kurs
54👍25🔥10🤝8👎1👌1
Kecha tashlagan postimdan so‘ng “natija chiqadi degandingiz, chiqmadi-ku, demak, aybdorsiz” deyishmoqda.

Holbuki, izohda ham “ertalab natija chiqmaydi, postning mazmuni boshqa” deb yozganman.

Repetitorning asosiy vazifasi – sifatli test tuzish, puxta material yaratish.

“Taxmin o‘yini” qilib, har kuni bir signal tashlab, tasodifan to‘g‘ri chiqsa, “mana, men eng zo‘rman” deyish — kulgili.

Postning mazmuni shu haqda: TEZ ORADA konkret bo‘ladigan narsani “taxmin” qilish haqda.
2129💯55👎20🔥6👌6👏4
Rasmiy ma’lumot: “Vestgot-langobard” savoli 1200+ o‘qituvchiga tushgan. 300+ o‘qituvchi “langobard” javobini, 900+ o‘qituvchi “vestgot” javobini belgilagan.

Oldin aytganimdek, bu savolda qaytangga mutlaq ko‘pchilik (75 %) “vestgot” javobini belgilagan.

900+ o‘qituvchi orasida oyligi, toifasi oshganlar bor, ishga qayta tiklanganlar ancha...

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥13238😎23👎12👍9👏4
𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV
Rasmiy ma’lumot: “Vestgot-langobard” savoli 1200+ o‘qituvchiga tushgan. 300+ o‘qituvchi “langobard” javobini, 900+ o‘qituvchi “vestgot” javobini belgilagan. Oldin aytganimdek, bu savolda qaytangga mutlaq ko‘pchilik (75 %) “vestgot” javobini belgilagan. 900+…
75 % o‘qituvchining huquqlari tiklandi!

Tizimdagi oddiyroq lavozimda ishlovchi bir kishi “95 % odam langobardni belgilagan, sen yo‘q joydan muammo chiqaryapsan” degan edi.

Men uchun gap foizda emas, hatto bitta odamning huquqlari buzilgan bo‘lsa ham haqiqatni himoya qilgan bo‘lardim.

Ayrimlar haqiqatni izlash o‘rniga shaxsni qoralashni xohlaydi. Shuning uchun statistikani ham o‘zlariga qulay qilib “yaratishadi” yoki rad etishadi.

Hatto 25 % o‘qituvchi “vestgot”ni belgilaganida ham, boring, 1% bo‘lsin – baribir haqiqat yuzaga chiqishi kerak edi.

Ammo 1 % yoki 25 % emas ekan, o‘qituvchilarning 75% i aynan “vestgot” javobini tanlagan ekan.

Shaxsiyga kelgan xabarlarni chiqarmadim. Ular orasida aynan shu qaror sabab ishiga qaytganlar ham bor, toifasi oshib, oyligi ko‘tarilganidan xursand bo‘layotgan ota-onalar ham bor.

Agar yana bir kun kelib haqiqatni himoya qilish kerak bo‘lsa, yana qilaman.

Ig‘vo esa har doim bo‘lgan, bundan keyin ham bo‘ladi.

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11846👏15😁10👎5💯5🏆3🔥2
Toshkentga borganimizda qayerda ekanimizni, qaysi manzilda ekanimizni kanalda ochiq yozib bordik, telefonim ishlab turdi. Husanboy ham ayrim qiziquvchilarga qo‘ng‘iroq qilib: “Jalol aka shu yerda, ko‘rishmoqchi bo‘lsanglar, gaplaring bo‘lsa, kelinglar”, degan. Ammo negadir kelishga vaqt topilmadi shekilli.

Mayli, agar Xorazmga yo‘lingiz tushsa, qo‘ng‘iroq qiling, albatta, chiqaman. Borgunimcha, ketib qolmasangiz bo‘ldi.
111🤝31🔥20😎9😁6👍5
MANDAT...

Biz payti 1-avgust kuni imtihon topshirilar edi. Mandat taxminan 20 kunlarda chiqardi.

O‘sha dam hech ham esimdan chiqmaydi: do‘stlarim bilan ko‘chada sayr qilib yurgan edim. Bir do‘stim hazillashib, “o‘qishga qabul qilindingiz” deb menga soxta sms yuborgan. Sakrab yuborganman, lekin pastga tushgunimga qadar bu SMS soxta ekanini, do‘stlarimdan biri hazillashganini bilib ulgurgan edim.

To‘g‘ri kelganining yuziga shapaloq tortib yuborganman. Ikkalasi ham kulgili bo‘lgan: soxta xabarga ishonib, sevinib, sakraganim; do‘stimning yuziga shapaloq tortib yuborganim. Maza qilib kulgandik o‘shanda...

Biroz o‘tib haqiqiysi keldi. Birinchi yili o‘qishga kirdim. Biz payti biroz qiyinroq edi: atigi 100 nafar talabadan 3 nafari o‘z yilida o‘qishga kirgan edi o‘shanda. Ulardan biri men edim.

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
215🔥79👏22👍18😁8👌4🏆3👎1
𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV
MANDAT... Biz payti 1-avgust kuni imtihon topshirilar edi. Mandat taxminan 20 kunlarda chiqardi. O‘sha dam hech ham esimdan chiqmaydi: do‘stlarim bilan ko‘chada sayr qilib yurgan edim. Bir do‘stim hazillashib, “o‘qishga qabul qilindingiz” deb menga soxta…
O‘sha yili universitetga kirgan 100 kishidan faqat 3 nafari o‘z yilida talaba bo‘la olgan edi. Men ham o‘sha uchlik ichida edim, biroq kontraktga kirgandim.

Ona tili ustozim (repetitorim) biroz xafa bo‘lgandek tuyilgandi o‘shanda. Mendan grant kutgandi. Biroz xafa bo‘lgani menga sezilgandi. To‘g‘risi, kontraktga kirganim emas, ustozimning shu holati meni ko‘proq tashvishlantirgan. Chunki ustozimni juda hurmat qilardim, qanchalik mehnat qilganini yaxshi bilardim.

Keyinroq tushundim: bu – repetitor sifatidagi reaksiya edi. Ustoz sifatida esa u kishi biz uchun har doim yo‘lchi, maslahatchi bo‘lib qoldi, buni hozirgacha his qilib kelaman.

O‘sha paytdagi ichki kechinmalarimni eslab, hozir o‘z abituriyentlarimga shunday deyman: repetitor sifatida men sizdan 85+ ball olib, A+ darajaga chiqishingizni xohlashim mumkin, olimpiadada yutishingizni xohlashim mumkin. Lekin ustoz sifatida bilamanki, bular ilmning yagona mezoni ham emas, hayotdagi muvaffaqiyatning kaliti ham emas.

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2221👍60🔥32👏9👎6💯6🏆2
BMBA departamenti boshligʻi Nurmatov Javlonbek Talimxabarlari.uz saytiga natijalar taxminan 6-may kuni e’lon qilinishini ma’lum qildi.

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥8629👀11💯5👍3👏2
Izohga yozishibdi, qo‘shilmasdan iloj yo‘q!

“Xullas, 43-savol tekshirilyapti, ana chiqyapti, mana chiqyapti, oz qoldi, degan piar gaplarga uchmay, xotirjam o‘tiring. Natija chiqsa, uzog‘i yarim soat ichida bilib olasiz, telefoningiz tinmaydi”.


👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
99💯32👍15👏6
“Baribir o‘qitish tizimingiz boshqacha ekan”

Fotima dastlab haqiqatan rosa ikkilangandi. Balki, onlayn kurslar haqidagi umumiy taassurotlar bunga sabab bo‘lgandir...

Lekin mas’uliyatli, eng faol o‘quvchilarimdan biri bo‘ldi va NOLDAN A+ natijani oldi.

Xullas, tizim haqida gapirish boshqa, tizim yaratish boshqa... Tizim yaratish uchun faqat nutqiy yo marketing ko‘nikmalarigina yetmaydi, pedagogik ko‘nikmalar zarur.


Yangi guruhda 5-mayda BIRINCHI DARS boshlanadi.

@JalolBOLTAYEV_kurs'ga yozing.

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
52🔥21👍10👎2👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Udar video!!! 🔥🔥🔥

Mana shu videoni natija chiqquncha ko‘rib turinglar, chalg‘iysizlar!

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥8731💯14👎10👍8😁4👏3
“O‘ZBEKISTON TARIXI” “MAJBURIY FANLAR” QATORIDA QOLISHI KERAKMI?

Janubiy Koreyada uzoq vaqt tarix kirish imtihonida ixtiyoriy fan edi. Lekin 2017-yildan boshlab u barcha abituriyentlar uchun majburiy qilib qo‘yildi. Chunki yoshlar tarixdan uzoqlashayotgan, eng yomoni, o‘z millatining o‘tmishi haqida yuzaki tasavvurga ega bo‘lib qolayotgani davlat darajasida muammo sifatida ko‘rildi. Natijada prezident tashabbusi bilan tarix majburiy fan etib belgilandi.

Shunga o‘xshash yondashuv O‘zbekistonda ham kuzatilgan. O‘zbekiston tarixining ta’lim tizimidagi o‘rni davlat darajasida alohida e’tirof etilgan va Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan qo‘llab-quvvatlangan edi vaqtida. Bu bejiz emas – bu strategik qaror edi. Chunki vatan tarixi faqat fan emas, balki milliy xavfsizlik, mafkuraviy barqarorlik masalasidir.

Ayniqsa bugungi notinch geosiyosiy vaziyatda bu yanada dolzarb. Dunyo axborot urushlari, mafkuraviy ta’sirlar va turli narrativlar to‘qnashuvi ichida yashayapti. Bunday sharoitda o‘z tarixini bilmagan jamiyat tashqi ta’sirlarga nisbatan ancha zaif bo‘ladi. Kimdir uning o‘tmishini qayta yozadi, kimdir qahramonlarini obro‘sizlantiradi, yana kimdir yolg‘on g‘oyalarni “haqiqat” sifatida singdiradi.

Agar bunga qarshi ichki immunitet, ya’ni tarixiy ong bo‘lmasa, jamiyat buni ajratib bera olmaydi.

YUNESKO ham tarix ta’limini mustaqil davlatlar uchun strategik omil sifatida baholaydi: u nafaqat milliy identitetni mustahkamlaydi, balki jamiyatda tinchlik, fuqarolik ongini va inson huquqlariga hurmatni shakllantiradi. Tarixni bilmagan jamiyat esa bo‘shliq ichida qoladi va bu bo‘shliqni ko‘pincha yot g‘oyalar to‘ldiradi.

Tarix – o‘tmishni yod olish emas, uni anglashdir. Amerikalik tadqiqotchilar ham aynan shuni ta’kidlaydi: tarix insonni o‘tmishni chuqurroq tushunishga, hozirgi holatni tahlil qilishga va kelajakni ongli qurishga o‘rgatadi. Bu quruq nazariya emas. Masalan, Ikkinchi jahon urushining dahshatli saboqlarini to‘g‘ri xulosa qilgan Germaniya jamiyati keyinchalik inson huquqlari va adolat tamoyillarini ustuvor qadriyatga aylantira oldi va tezda qayta rivojlandi.

Shu nuqtayi nazardan qaraganda, tarix ham matematika yoki ona tili kabi fundamental fandir. Matematikada mantiq shakllanadi, ona tilida fikr ifodasi va madaniyat tarbiyalanadi. Tarix esa insonni kimligini anglashga majbur qiladi. U davlat qanday qurilganini, jamiyat qanday o‘zgarishini va bugungi kun qanday shakllanganini tushuntiradi.

Agar O‘zbekiston tarixi ixtiyoriy fan sifatida qolsa, oqibatini ochiq aytish kerak: ko‘pchilik o‘z tarixini fundamental darajada ham o‘rganmasligi mumkin. Natijada esa tarixiy haqiqatni emas, balki sodda yoki buzib talqin qilingan fikrlarni “haqiqat” deb qabul qiladigan avlod shakllanishi xavfi bor. Bugun ijtimoiy tarmoqlarda uchrayotgan noto‘g‘ri qarashlar – masalan, Jaloliddin Manguberdining “yomonligi” haqida noto‘g‘ri tasavvurlar yoki jadidlarni xoin sifatida talqin qilish – aynan tarixiy savodsizlikning mahsuli.

O‘zbekiston tarixini “majburiy fan” sifatida qoldirmaslik – uni asta-sekin yo‘qotish bilan barobar. Tarixini yo‘qotgan jamiyat esa oxir-oqibat o‘zini yo‘qotadi.

Bitta muhim shart bor: imtihon tizimi tarixni shunchaki yodlashga emas, uni anglashga majbur qilishi kerak. Biz o‘qituvchilar, repetitorlar ham faktlarni tiqishtirish bilan cheklanmay, o‘quvchiga mazmunni anglatishni maqsad qilishimiz zarur. Ana o‘shanda O‘zbekiston tarixi biz uchun suv va havodek zarur bo‘ladi!

(c) Jalol BOLTAYEV

👉
@TESTLIDER
👍22857🔥27💯12👎4🏆4👏3😍2😁1😎1