𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV
23.6K subscribers
1.56K photos
185 videos
454 files
1.47K links
Repetitor, testolog Jalol BOLTAYEVning TARIX faniga ixtisoslashtirilgan kanali

Onlayn/oflayn kurslar
Repetitor: @JalolBOLTAYEV; @JalolBOLTAYEV_kurs
Tel.: 97-299-00-66
Muhim: @TARIX_OMBOR
Download Telegram
“Kundalik-optimal”lar tizimi

Hozircha faqatgina 2 ta 8-sinf, va 2 ta 9-sinf va 11-sinflar bo‘yicha “Kundalik-optimal”lar nashr etilmagan.

8-sinflar tez orada chiqadi. Ochig‘i, ushbu kitoblar asosida test tuzish oson ish emas.

Nima deysiz? 8-sinf “O‘zbekiston tarixi” (2023) bo‘yicha namuna joylaymi?

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥80👍3821💯2🏆1
Imtihonlar shuni ko‘rsatmoqdaki, buyog‘iga natija qilish uchun mavzulashtirilgan test ishlash SHART!

Qizig‘i, bu narsani ancha yillar oldin tushunganman va repetitorlikni boshlaganimdan beri targ‘ib qilib kelaman.

Kursdagi rekord natijalar o‘z-o‘zidan bo‘lib qolmagan.

Endi, menimcha, hamma tushunib bo‘ldi.

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
46💯15🔥12👍6
“Forms test” haqida haqiqatan ko‘pchilik bilmaydi. Bu faqat yopiq kursim ishtirokchilari uchun tizimli materialdir. Bu orqali murakkab savollarga tayyorgarlik ko‘rish muhim.

Imtihonlarga tayyorgarlik ko‘rishda eng-eng muhim vositalardan biridir.

@TESTLIDER
💯29👍1512🔥5
Gapirish kerak, doim gapirish kerak! Agar maqsad shaxsni qoralash emas, tizimni yaxshilash bo‘lsa!

Baholash markazi tomonidan tuzilgan testlarni sinchiklab ko‘rib chiqyapman. Ayrim savollar hanuz mayda tafsilotlarga tayanib tuzilganini ko‘rish mumkin. Vaholanki, sud jarayonlarida Baholash markazi “biz “YUNESKO” testologiya tamoyillariga amal qilamiz” deya ta’kidlagan edi. O‘sha ingliz tilidagi kitobda test topshiriqlari mayda tafsilotlar asosida tuzilmasligi kerakligi aniq yozib qo‘yilgan.

To‘g‘ri, bu galgi testlarda avval kuzatilgan ayrim kamchiliklar kamaygan. Xususan, “so‘z o‘yinlari”ga asoslangan savollar sezilarli darajada qisqargan, bir nechta javob bir vaqtning o‘zida to‘g‘ri bo‘lib qoladigan testlar (“A” ham to‘g‘ri, ”B” ham to‘g‘ri, “C” ham to‘g‘ri) deyarli uchramaydi. Bu ijobiy o‘zgarish.

Biroq ikki muhim muammo hanuz saqlanib qolmoqda.

Birinchisi – mayda tafsilotlarga ortiqcha urg‘u berilishi. Masalan, qaysidir hukmdorning nechanchi o‘g‘lini bilishni talab qiladigan test topshirig‘i – bu tarixiy tafakkurni emas, faqat yodlash qobiliyatini sinovdan o‘tkazadi. Bunday topshiriqlar bilimning mazmunini emas, uning mayda parchalarini tekshiradi.

Ikkinchisi va eng asosiysi – testlarning umumiy yo‘nalishi hali ham ko‘proq xotirani baholashga qaratilgan. Holbuki, XXI asrda (hatto XX asrdayoq) insonning asosiy ustunligi oddiy yodlash emas, balki ma’lumotni tahlil qilish, solishtirish va xulosa chiqarish, kreativlik, muammo topa olish qobiliyati ekanligi ilmiy jihatdan ko‘p bora isbotlangan. Ko‘p ma’lumotni eslab qolish – bu hali chuqur tushunish yoki tahlil qilish ko‘nikmasi mavjud degani emas (“ko‘p ma’lumot bilaman, men kushliman”, deganlar oddiy narsani tahlil qila olmasligi ko‘p bora kuzatilgan).

Tanqid – rivojlanish uchun zarur vosita. Agar maqsad tizimni yanada mukammal qilish bo‘lsa, muammolarni ochiq aytishdan qo‘rqmaslik kerak.

(c) Jalol BOLTAYEV

👉 @TESTLIDER
💯10438👍27🔥20😍2🏆2
Prezident topshirig‘i bilan attestatsiya rasman bekor qilindi

O‘qituvchilar orasida kuchayib borayotgan psixologik bosim, shuningdek, ko‘plab tajribali ustozlarning tizimni tark etayotganiga sabab bo‘layotgani inobatga olinib, amaldagi attestatsiya tartibi rasman bekor qilindi. Qozog‘istonda.

Balki, bizdagi attestatsiya tizimining ham umri kam qolgandir. Chunki qozoqlarniki bilan deyarli bir xil edi. “Yana qaysi davlatda bunday markazlashgan attestatsiya tizimi bor?” deyishsa, “Qozog‘istonda bor-ku” deyishardi. Endi uyam yo‘q )

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍107👎36😁35🔥1915👏2
“Metodik qo‘llanma”larni sinxron tarzda o‘rganib boramiz

Onlayn kursda, masalan, “6 tarix” darsligining 1–5-mavzular o‘rganilayotgan paytda metodik qo‘llanmadagi aynan shu mavzularga tegishli, lekin darslikda uchramaydigan qo‘shimcha ma’lumotlar alohida ajratib tushuntirib boriladi. Metodik qo‘llanmaga xos bo‘lgan ana shu ma’lumotlar asosida ham testlar ishlab chiqiladi.

Masalan, darslikdagi 1–5-mavzularda driopiteklar haqida ma’lumot berilmagan, lekin metodik qo‘llanmada bu haqda qo‘shimcha ma’lumotlar mavjud. Shunday joylar, albatta, ko‘rsatib o‘tiladi va e’tibordan chetda qolmaydi.

Har bir metodik qo‘llanma avval darslikdagi mavzular bilan bir vaqtda – sinxron tarzda o‘rganiladi. Keyinchalik alohida yana bir bor qayta ko‘rib chiqiladi. Shunda osonroq bo‘ladi.

Onlayn kursga yozilish uchun @jalolboltayev_kurs'ga yozing.

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
27🔥9👍1💯1
Xorazmda oflayn tarzda tayyorlanmoqchi bo‘lgan o‘quvchilar va o‘qituvchilar diqqatiga!

Ertaga Toshkentga yo‘l olaman, 2–3 kun ichida qaytaman, Xudo xohlasa.

Ayni damda oflayn yangi guruhlar uchun qabul davom etmoqda. Markazda yordamchi o‘qituvchilarim kelganlarni ro‘yxatga olib, kursning qanday tashkillanishi bo‘yicha ko‘rsatmalar berib bormoqda.

Har 6 nafar odam yig‘ilgach, alohida guruh shakllantiriladi.

Majburiy fan va asosiy fan bo‘yicha tayyorlanmoqchi bo‘lganlar hozirdanoq kelib ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin. Kechiktirmasdan yozilish tavsiya etiladi.

• Manzil: Urganch sh., “Arastu” o‘quv markazi, 3-qavat, 3-xona
• Mo‘ljal: “Data” ta’lim stansiyasi ro‘parasi
• Telefon: 88-054-85-83
Geolokatsiya

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
24🔥13👍5👏2
«Kundalik-optimal» (8-sinf «O‘zbekiston tarixi») test to‘plamidan NAMUNA

485. Dehli sultoni Shamsuddin Eltutmishning Jaloliddin Manguberdiga nisbatan avval “yuksak ehtirom” ko‘rsatib, keyinchalik ochiq dushmanlik va bosim o‘tkazish pozitsiyasiga o‘tganligining tub mohiyatini aniqlang.
A) dastlab mo‘g‘ul istilosi va sultonning harbiy salohiyatidan cho‘chib, ehtiyotkorona diplomatik aloqa o‘rnatish, vaziyat oydinlashgach esa sulton kuchi bilan o‘z raqiblarini zaiflashtirib, holdan toygan Jaloliddinni mamlakatdan siqib chiqarish
B) Islom olami birligini saqlash maqsadida xorazmshohni dastlab ochiq qo‘llab-quvvatlash, biroq keyinchalik mo‘g‘ul xonlari bilan maxfiy kelishuvga erishib, Sultonni o‘z ittifoqchilari orasida butunlay yakkalab qo‘yishga harakat qilish
C) sultonning Hindiston shimolida kuchayishiga va yangi davlat barpo etishiga sharoit yaratib berish, biroq uning xoin lashkarboshilarini qo‘llab-quvvatlash orqali Xorazmshoh qo‘shinini jang qilmasdan turib ichdan parokanda qilish.
D) sultonning Hindistonda yangi davlat barpo etishiga keng sharoit yaratib berish, biroq uning ukasi G‘iyosiddin Pirshoh bilan tuzilgan maxfiy kelishuvga asosan Xorazmshohga qarshi to‘satdan harbiy hujum uyushtirish.

(c) Jalol BOLTAYEV

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
16🔥9
«Kundalik-optimal» (8-sinf «O‘zbekiston tarixi») test to‘plamidan NAMUNA

480. Shamsuddin Eltutmishning Jaloliddin Manguberdiga yo‘llagan maktubidagi yuksak ehtirom, diniy birodarlik va sultonning islom olamidagi nufuzini tan olish ruhidagi xitoblar uning qanday asl maqsadini ifodalagan?
A) sultonning islom olamidagi yuksak mavqeyini e’tirof etish orqali u bilan ochiq harbiy mojarodan qochish hamda uni diplomatik iltifotlar yordamida o‘z hududidan uzoqlashtirish
B) Jaloliddinning mo‘g‘ullarga qarshi kurashdagi tajribasini tan olgan holda unga Dehli sultonligi qo‘shinlari ustidan qo‘mondonlik qilish vakolatini topshirish va umumiy ittifoq tuzish
C) Islom dunyosini kutilayotgan mo‘g‘ul tahdididan himoya qilish maqsadida Xorazmshoh bilan beg‘araz, o‘zaro ishonchga asoslangan hamda uzoq muddatli harbiy-siyosiy hamkorlik o‘rnatish
D) sultonning xiyonatkor lashkarboshilarini tutib, ularni jazolash uchun Jaloliddin huzuriga qaytarish orqali ikki davlat o‘rtasidagi chinakam ishonch va do‘stlikni amalda isbotlash

(c) Jalol BOLTAYEV

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
22🔥7👍2
Bir xil imkoniyat – ikki xil yondashuv!

Onlayn kursimda barcha bir xil imkoniyatga ega! Tez orada yangi kurs boshlanadi. Men yaratgan vositalardan unumli foydalanish esa sizga ham bog‘liq!

Agar siz 1-kategoriyadagi odam bo‘lsangiz, mening kursim aynan siz uchun!

Kurslarga qo‘shiling: @jalolboltayev_kurs

👉 @TESTLIDER
😁8431👍18🔥3
Onlayn kursimda tarixdan tashqari pedagogika o‘rgatiladi. Buning uchun alohida to‘lov UNDIRILMAYDI!

Bitta to‘lovning ichida! Hozirgacha ko‘plab o‘qituvchilar qo‘shildi. Siz ham sifatni ustun ko‘ruvchilar qatorida bo‘ling.

Murojaat: @jalolboltayev_kurs

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
55🔥20👍13😍3👎1
Hurmatli do‘stlar, yopiq guruhga kirish uchun @jalolboltayev_kurs akkauntiga yozing. Shunda tezroq javob beramiz.

@jalolboltayev akkauntida 800+ xabar turibdi. Sizlardan chin dildan uzr so‘rayman. Bir qarashda mensimaslikdek tuyilishi mumkin. Lekin aslo, aslo unday EMAS. Hammaga yozib chiqaman hali. Ishlar bilan band edim. 0 ga tushirib qo‘yaman.
48👍20🔥15💯6👎5👏1
Kelaverasizlar, “Samosh”damiz.
137🔥45👍37💯7👎3😍3👏2👀1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
158👍72🔥43😎4👎3👏2💯2🏆1👀1🤝1
6 OY – BU YAXSHI NATIJA UCHUN QULAY VAQT

Bilasiz, men qabulni imtihonga yaqin yopaman. Chunki haqiqiy natija tizimli tayyorgarlik bilan keladi.

Qisqa muddatda “mo‘jiza” va’da qilish, “bir haftada natija”, “55 tadan 55 ta tashlab beradigan” qo‘llanma – bular havoyi gaplar EDI.

6 oy – yetarli vaqt. Bu davr davomida sinovdan o‘tgan metodika, mavzulashtirilgan testlar, forms testlar va aniq tizim bilan ishlaymiz.

Qo‘shiling. Hammasi zo‘r bo‘ladi, Xudo xohlasa.

Murojaat: @jalolboltayev_kurs

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
60👍23🔥8👎3👏3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ijodkor hukmdorlarning yozgan sheʼrlari ham tarixni yoritib berishga koʻmaklashadi.

t.f.d., prof. Akbar ZAMONOV

Toʻliq

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
40🔥15👍8👎3👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Shogirdim men yo‘q payti o‘zidan o‘zi mana bunaqa videolarni olib tashlabdi )

Tizimli o‘qitishimiz rost, lekin osonroq bo‘lishi mumkin-u, OSONGINA bo‘lmaydi )
🔥7213👏12👎6👍3🏆3
🤣

Nu, lekin, 10 dan 10 ishlashingiz uchun maksimal harakat qilamiz, siz ham intizomli bo‘lsangiz, natija bo‘ladi, Xudo xohlasa.
😁16129👎20🔥9👏4💯4👍3🏆2👀1
OTMga kirish imtihonlarida majburiy fan sifatida “O‘zbekiston tarixi” bo‘lishi kerak, deb hisoblaysizmi?
Anonymous Poll
30%
Ha (repetitor/o‘qituvchiman)
43%
Ha (o‘quvchiman)
5%
Yo‘q (repetitor/o‘qituvchiman)
14%
Yo‘q (o‘quvchiman)
17%
Statistikani ko‘rmoqchiman, xolos
1💯24🔥1510👎6👍1
Kim uchun kurashyapmiz: o‘zimiz uchunmi yoki jamiyat uchunmi?

“Tanaffus” podkastda bir gap aytgandim: hozirgi ko‘rinishdagi attestatsiya tizimi repetitor sifatida menga ma’qul bo‘lishi mumkin, ammo jamiyat manfaatlarini o‘ylaydigan inson sifatida u menga ma’qul emas.

Hozir ham shunga o‘xshash vaziyat. Agar “O‘zbekiston tarixi” majburiy fanlar qatoridan olib tashlanmasin, chunki repetitorlarning noni yarimta bo‘lib qoladi, degan mantiq bilan yondashadigan bo‘lsak, bu xudbinlikka o‘xshab qoladi.

Ya’ni masalaga bir guruh repetitorlarning manfaatlari nuqtayi nazaridan emas, balki jamiyat manfaatlari nuqtayi nazaridan qarash kerak, menimcha.

“O‘zbekiston tarixi” fanining imtihonlarda “majburiy fan” sifatida qolishi kerakligini, bu jamiyat uchun zarur ekanligini konkret dalillar, argumentlar bilan asoslab berish lozim. Shundagina ta’sir o‘tkazish mumkin.

Uyga borgach, shu mavzuda batafsilroq yozaman.

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤝5740💯28🔥7🏆1